Idoll or I am a doll
Seri o'sha xaloskorining ko‘ylagini mahkam ushlab olgan edi. Ko‘zlarini ham ochishga qo‘rqardi. Taehyung ko'zini ochib , quchog‘idagi qizga qaradi. Qo'rqqan mushukchaga o'xshab uning ko‘ylagini g‘ijimlab olgan. Xodimlar yugurib kelishdi. Ular kelishidan oldin esa Seri ko‘zlarini ochdi.
Taehyung Serining ko‘zlariga tikilib qoldi . Qanday beg'ubor. Seri esa uning ko‘zlariga cho'kib ketishni istardi.
Jk : Hyong , Taehyungie hyong ....ahvolingiz yaxshimi
Jungkook yugurib kelib Taehyungni turishiga yordamlashdi. Jin bilan Jimin kelib ohista Serini turg‘azdi. Seri kiyimidan uyalardi. Xodimlar ham yetib kelishdi va Serining guruhdoshlaridan biri uning ustiga kiyim berdi. Seri o‘ralib oldi ....ammo yurmoqchi edi oyog'i og‘ridi . Qattiq bosa olmayapti. Menejerlar tinmay so‘kinishyapti. Nima bo'lgani noma'lum. Sahnaning bo'lsa dabdalasi chiqdi . Chiroq qattiq urilishdan portlab ketdi . Hech kim zarar ko'rmadi ammo shu bahonada bugungi mashg‘ulotlar qoldirildi. Taehyung uyiga keldi . Iliq dush qabul qilib olgandan keyin, ko‘ylagini yuvmoqchi bo'ldi. Shunda undan xushbo‘y hid taraldi. Serining atiri hidi uning ko‘ylagiga o'rnashib qolgan edi . Taehyung bir soniya o'sha qizni qayta esladi va kulib qo'ydi. Ko‘ylakni yuvish o'rniga alohida qilib olib qo'ydi. 😁
Lily ko‘zlarini ochganda qayerda ekanligini bilmay qoldi. Boshi qattiq og‘rirdi . Bu qanaqasi u qayerda. Hid va yorug‘likka qaraganda u shifoxonada. Ammo uni kim olib keldi . Va o'sha odam qani ? Eshik ochilib hamshira kirib keldi . Lily ingliz tilini bilardi .
Hamshira : ha xonim. Men ingliz tilida gaplasha olaman .
Lily : meni bu yerga kim olib keldi.
Hamshira : xonim , bizga u odam haqida ma'lumot berish taqiqlangan. Ammo bir narsadan xotirjam bo'ling , Janob sizning barcha xarajatlaringiz va dori darmonlaringizga pul to'lagan.
Lily hayratdan qotib qoldi . Bu saxiy odam kim bo'ldi. U onasini davolanishiga ham yordam bera oladimi ? Lily nima qilib bo'lmasin o'sha odamni topishi kerak.
Lily : haligi men o'zimni yaxshi his qilyapman .... ozgina aylanib kelsam maylimi ?
Lily xonadan chiqdi . Agar unga ma'lumot berishmasa u o'zi topadi. Lily ohista kameralar nazorati xonasiga kirdi. Xo'sh kecha tungi soat 10lar atrofidagi video yozuvlar kerak unga. Lily yashirincha u yerga kirdi . Baxtiga bu yerda hech kim yo'q ekan. Chunki hamma yong'in degan soxta chaqiruv sabab o'z joyidan ketgandi bu esa Lilyga vaqt yaratdi . Lily kameralarni ko'rdi. Mana va nihoyat topdi . Lilyni qo'lida ko'tarib kelgan yigit . Jin ursin axir uning yuzida niqob borku .
Lily uning qanchalik baquvvat ekanligini ham ko'rdi. Qaddi qomatidan chakki emas. Ammo yuzini ko'rib bo'lmadi. Shoshilish kerak . Lily tezda kompьyuterni yopib chiqib ketdi . Hech kim uni payqamadi.
Lily kasalxonadan ruxsat olib chiqib ketdi . Ota onasini borib ko'rdi va pul topish uchun ko'chaga chiqib ketdi . Qayerga borishni bilmay avtobus bekatiga borib o‘tirdi. Yomg'ir yog‘ishni boshladi. G‘alati joy ekan . Yomg'ir ko'p yog‘ar ekan. Lily bekatda o‘tirib atrofni tomosha qildi. Bekatning shisha devoriga qandaydir 7 ta yigitning suratlari yopishtirilgan va ostida BTS & ARMY FOREVER deb yozilgan va purple yurakchalar qo'yilgan yana qandaydir emblemalar ham. Lily avvaliga rasmga uncha e'tibor berib qaramadi. Ammo 3 soniyadan keyin tok urgandek sapchib ketdi.....
Lily : axir bu ....o'rtadagi yigit.......
Lilyning ko'zlari katta katta ochilib ketdi. U hayratdan qotib qolgandi. Lily tezda telefonini olib bu guruh haqida qidirishni boshladi. Mana o'sha, xuddi o'zi.....
Jeon Jungkook 1997-yil 1-sentabr .... Golden maknae .... Golden Voice .... King of the K-pop.... Big Hit entertaiment.....HBYE ....
Lily joylashuvni chiqarib oldi va HYBE ga qarab yo'l oldi .
*
Alyssa bugun juda xursand edi. Axir kechagi suhbat uni butunlay rag‘batlantirgan edi. U JHope bn bo'lgan suhbatni eslab , quvonchdan sakradi. JHope undan yaqinda chiqaradigan trekida birga raqsga tushishni so'radi. Bugun birinchi marta raqsga tushib ko'rishadi. Alyssa yopiqroq kiyindi. Va ishga ketdi .
Safiya hujjatlari bilan HBYE ga keldi . U bugun suhbatdan o'tadi. U o'zini ruhan tayyorlardi. Suhbatdan o‘tuvchilar soni 10ta . Ulardan 2 kishi tanlanib olinadi. Safiya dadil qadamlar bilan kompaniyaga kirdi. Lift kelishini kutib turib, telefonidan yana qayta o'qib tayyorlanayotgan edi. Lift ochilib ichidan odamlar chiqib keldi . Safi orqaga yurib ularga yo'l bermoqchi bo'ldi ammo orqasidagi odamning oyog'ini bosib oldi va oldinga yuraman deganida telefoni qo‘lidan tushib ketib sindi . Safining jahli chiqdi . Yerdan zarda bilan telefonni oldi va orqasidagi odamga qarata
Safi : oyog‘im ostida o'ralashib nima qilyapsiz ? Chetroqda yursangiz bo'lmaydimi ?
Dedi. Ko‘zlari ham ko‘rinmaydigan darajada yuzini yopib olgan 2 yigitdan biri to javob berguncha Safi liftga chiqdi va ularning kelishini kutmay , eshikni yopib , kerakli qavatni tanladi.
Jimin : Hyong , qiz bo‘yingizni past ko'rdimi? Uning oyog'i ostida nima qilayotgandingiz? 🤣🤣🤣🤣
Suga : og‘zingni o'zim yopmasimdan avval jim bolasanmi ?😒
Jimin uni ermak qilib kulishdan to‘xtamasdi. Bu vaqtda Safi suhbatda edi. Suga yuqori qavatga chiqib Safi haqida surishtirdi. Va menejerlar bilan gaplashib , shu qizni ishga olushlari kerakligini aytdi . Suga uni bu gapi uchun afsuslantirmoqchi edi.
Lily kompaniyani topib keldi . Eshik oldida odam kam. Odamlar o‘z odaticha ko'chadan o‘tib qaytishayotgan edi. Qop qora qimmat mashina kelib to‘xtadi va ichidan o'sha yigit tushib keldi . Qo‘riqchilardan biri uni narsalarini mashinadan olib , oldinda yurishni boshladi . Lily yigitdan 3 qadam uzoqda edi. Shu vaqt o'ng tomondan
Xx : JEON JUNGKOOOOOOOOOOKKKKKKKK
Bir erkak qo'lida pichoq ushlab unga qarab yugurdi. Lily buni ko'rdi. Yigit qochishga ulgurmaydi, qo'riqchi ham kelolmaydi. Jungkook o‘girilib qaragan ediki....pichoq unga qarab qadaldi ammo uni jarohatlamadi .... yerga qon tomchiladi.....