August 16

Qora atirgul ep 12

Jeonlar qo‘rg‘oni.

Seona hali ham o'z xonasida qamalgan edi. Jungkook unga har kuni 1 soat faqat bog‘ga unda ham qo'riqchilar, yoki xizmatkorlar hamrohligida chiqishga ruxsat berardi. Biroq Seonaga ular bilan chiqdi nima yu chiqmadi nima edi . U hammasidan charchagan. Tanasi emas ruhi orom olishini xohlardi. Jiminni sog‘inar. Kun bo'yi uni o'ylar. Ovozi ko‘zlari va yuzini eslab qolishga harakat qilardi. Otasi va onasi bilan bo'lgan ishlarni eshitgan. Ichidan zil ketgan edi. U hammasidan oson qutilishni istardi. Qani edi akasi uni to‘pponchasi bilan otib tashlasa. Nima qilsa akasi uni otib tashlashi haqida o‘ylardi. Qanday qilsa akasi undan nafratlanadi? Jungkook Seonaning qandaydir xatoga qo'l urmoqchi ekanini bilardi ammo ipni uzun tashlagan edi. Hali vaqt bor . Hammasi tugaguncha Seona hech narsani bilmasligi kerak. Ammo chiday olarmikin ungacha. Hovuzga oyoqlarini solib o‘tirgan Seona , yuqoridan uni ikki kishi kuzatib turganini bilmasdi.

Jungkook : Jimin , sen Yoongining rafiqasiga zarar yetkazmay olib chiqishni o‘yla. U qurbon bo'lmasligi kerak. Agar u o‘lsa Seona bizni kechirmaydi. Biz jangni Yoongi bilan qilyapmiz. Safiya bilan emas. Uni aralashtirma.

Jimin : yaxshi. Ammo Seona....

Jungkook : yo'q... u hali seni tirikligingni bilmasligi kerak

Jimin : Jungkook..

Jk : bas. Bu sirni faqat 4 kishi biladi. Hatto qo‘riqchilar ham , xizmatkorlar ham . Boshqa hech kim seni tirikligingni bilmaydi. Doktorni ham bir yoqlik qildik. Seni klinik o‘lim holatiga solib , olib chiqish oson bo'lmadi. Seona hammasi tinchigandan keyin bilib oladi. Sen hozircha Yoongining soyasi bo'l. Uning uyidagi odamlarimizdan xabar keldimi. Hobi hyung nima qilyapti ? Do‘stingchi?

Jimin: xavotir olma . Hammasi joyida. Hobi hyung hozir Safining shaxsiy tansoqchisi qilib qo‘yilgan. Safini olib chiqishda bu qo‘l keladi. Keyin do‘sting emas do‘stimiz eski ginalarni unut . U bexabar bo'lgan.

Jungkook: yaxshi. Menda boshqa gaping yo'qmi. Ketishing mumkin

Jimin : Seonani ko'rishimga ijozat ber

Jungkook: xo'p lekin. Uxlaganida

Jimin : u hali veri uxlamaydi. Men kutolmayman

Jk : unda uxlatamiz

Jungkook xizmatchilardan birini chaqirdi. Jimin yashirib turdi. Jungkook unga Seonaga uyqu dori berish kerakligini aytdi. Faqat Seona buni bilmasligi kerak. Ayol topshiriqni tez bajardi. 20 daqiqadan keyin Seona xonasida uxlab yotardi.

Jimin Jungkookning hamrohligida hech kimga sezdirmay kirib keldi. Jungkook avvalroq chiqib zalda va xonalar atrofida hech kim bolmasligini tayinlagan edi. Shuning uchun uy bo‘shdek turardi. Jimin ohista Seonaning karavotiga kelib o‘tirdi. Yuzidan sochlarini oldi.

Jimin : Seonam ... farishtam yana ozgina sabr qil. Kuchli bo'l. Tezroq shu g‘alvalar bitsa, doim birga bo'lamiz. Senga aytolmagan izhorlarimni ham o'shanda hissasini oshirib qilaman. Seni sevaman.

Jimin ohista egilib, Seonaning yuzidan o‘pib qo'ydi. Seona uyqusida ham ozgina tabassum qilib qo'ydi.

Ularni kuzatib turgan Jungkook

Jungkook: 🙄🙄🙄hm hm hqm ...hoy Romeo ... xalal bermayapmanmi... Tur bo'ldi ketishing kerak . Ishqli eshshak

Jimin : 😏😏 Hanani sevib yurgan davrlarini unutibdilardaaaa aaaaa... ortidan itday ergashib , oynasi oldidan ketmay , gullar bilan kutarding... yodingda yo'qmi

Jungkook : u davrlarda yosh edim.

Jimin : ha szga kelganda yoshlik beboshlik bo'ladi. Menda esa ahmoqlik aaaa

Jungkook : bo'ldi ko'p jirillama

Jimin : seni bir qiz topib uylantirish kk

Jungkook Jiminga yomon o‘qrayib qaradi. Jimin qancha tez ketsa shuncha yaxshi ekanligini bilib xayrlashib yashirincha jo'nab ketdi.

Minlar qo‘rg‘oni

J-hope ismli yigit Safining tansoqchisi. Safi bugun do'kon aylanishni istab qoldi. Yoongiga aytgandi . Rozi bo'ldi. Yoongi galati bo'lib qolgan. Kun bo'yi bir yigit bilan band bo'ladi. Safi uni tanimaydi. Bir ikki marotaba ko'rgan xolos. Ammo juda kelishgan bu yigit Safining e'tiboridan chetda qolmagan. Ha to'g'ri u juda ham chiroyli edi. Xuddi kimdir bor mahorati va umrini ishga solib chizgandek

Ammo baribir Safi uchun Yoongisi yagona. Yoqimtoy mushukchasini hech kmga almashmaydi. Biroq u yigit shubhali tuyulyapti.

Safi do'kon aylanish uchun tayyorgarlik ko'rdi. Oddiy va chiroyli kiyindi. Ochiq ham emas . Dabdabali ham emas. J-hopega xabar berdi. Safidan 10 yoshlar chamasi katta bo'lgan bu yigit Safiga juda yoqib qolgandi. Shuning uchun qiz uni oppa deb chaqirardi. Hobi oppa juda ham quvnoq. Va o'z navbatida akalardek himoya qilardi. Safi oilasida yolg'iz farzand bo'lib o‘sgani uchun , bu muomala unga xush yoqqandi. Shu uchun Yoongidan so'rab yolvorib uni o'ziga tasoqchilikka oldirgandi. Yoongiga ham bu yigit yoqib qolgan. Yaqinda kelib qo'shilgan bo'lishga qaramay barcha sinovlardan o'tgandi. U aqlli va quvnoq , o'z ishining ustasi ham edi. Yoongi shuning uchun ham Safini uning yolg'iz o'zi bilan jo‘nata olardi.

J-hope

Safi tayyor bo'lib chiqdi. J-hope kutib turgandi.

Safi mashinaga chiqdi. Yo'lda ketishayotganda J-hope to'satdan boshqa tomonga burdi. Unga to'liq ishonga Safi so'rab ham o‘tirmadi. Biroq nega ular shahardan tashqariga chiqishyapti. Safining ichiga qo'rquv oralay boshladi.

Safi : nega shahardan chiqyapmiz...qayerga olib ketyapsiz...

J-hope javob bermadi. Safi battar qorqa boshladi. Atrofda boshqa mashina ham yo'q. Qayerga olib ketyapti. Mashina to'xtadi. Safi endi bildi . Ortidan yana bitta mashina kelgan ekan. Safi bu Yoongining biror surpirizi bordir deb o'yladi. Safi o‘tirgan tomon mashina eshigi ochildi. Bu Yoongi emasdi. Safining ko'zlari kattalashib ketdi.

Safi : siz ...

U boshqa gap aytishga ulgurmadi. Boshiga kidirilgan qop. Va bo‘yniga tushgan zarbadan hushidan ketdi.