Idoll or I am a doll
Bir kuni men 6 ta gulim va minglab kapalaklarimni tark etaman
Kim SeokJin
Bugun debyut kuni.... Seri hayajonda edi. Odamlarga spoiler berib bo'lingan. Juda ko'pchilik uni o'ziga bias ham qilib bo'lgan. Uni xato qilishga haqqi yo'q. Seri sahnada mukammal ko'rinish uchun juda ko'p tinchlantiruvchi ichardi. Qichqiriqlar, chiroqlar, sahna.....idollar......Seri vakillari uning jamoasi sahnaga chiqdi. Ular birinchi o‘zlarining debyut qo'shiqlarini kuylashadi. Keyin esa Blackpinkning Boombayah qo'shig'i. Atigi 15 daqiqa balki undan ham kam .....
Seri : o'zingni qo'lga ol....sen uddalaysan...hammasi yaxshi bo'ladi .....Seri....jin ursinnn.....
Seri sahna ortida asabiy borib kelar edi. Qo'llari tinimsiz qaltirardi. Agar u shu chiqishni eplolmasa kompaniya uni haydab yuboradi. O'zi ular shundoq ham Serini ortiqcha deb bilishadi. Hali hech qanday mashhurlik bo'lmay turib , uning joniga qasd qilishga ham urinishdi. Ammo o'sha kuni Kim Taehyung bo'lmaganda Seri o'sha yerda ustiga chiroq tushishidan vafot etardi , tirik qolganda ham butun umr nogiron bo'lib qolardi. Kompaniya buni qancha yashirishga urinmasin bu narsa butun Internetga ham tarqab ketdi. ARMY lar Seridan nafratlanib, unga nisbatan katta hate yog‘dirishni boshlashdi . Taehyung jonli efirda bu baxtsiz tasodif bo'lganini aytgan bo'lsa ham, bu hate ko'paygan sari ko'paydi, kamaymadi. Seri hozir shularni o‘ylardi. U hali tanilishga ham ulgurmay shuncha gap so'z. Mashhur bo'lsa nima qiladi ? Odamlarrrr....
Taehyung ham sahna ortida edi. Ammo u ancha bosiq necha yillik tajriba uni cho‘chitmasdi. Sahnaning u tomonida odamlar qichqirishyapti. Ular xuddi sirkka kelgandek, idollar....odam emasdek
Taehyungning o'tkir nigohlari tinmay yuriyotgan bir qizga tushdi. Nahotki , bu o'sha qiz....Taehyungning yuragi guppillab ura boshladi ....tomoqlari quriyapti....bu o'sha qiz....Taehyung o‘ylanib qoldi borsinmi gaplashsinmi? Staflar qarab turibdi....jin ursin ...nima qilsa bo'ladi....yo'q yo'q bormasligi kerak....kmdr ko'rib qolsa...unga yana hate ko'payadi.....Taehyung ohista Seriga yaqinlashdi. Uning ko'zi Serining tinimsiz titrayotgan qo'llariga tushdi
Seri : hhhaa ajoyib....😁.....😭😭😭qo'rqib ketyapmannnnnn.....😩😩😩
Taehyung qizning to'satdan qilgan bu ishidan qo'rqib ketdi. Biroq keyin kulib yubordi. Seri bu holatda juda yoqimtoy bo'lib ko‘rinardi
Tae : hpy hoy bo'ldi...hammasi yaxshi 😁
Seri : hamma shunday deyapti ....ln nmasi yaxshi....men o'zimdan qoniqmayapman....to'satdan yiqilib tushsamchi...qo'shiq so'zlari yoki raqsni unutsamchiii😩😩😩
Taehyung : hecham unday bo'lmaydi....sen hammasini uddalaysan. Men senga ishonaman. Qani olg'a. Agar odamlardan qo'rqsang. Ularga qarama. Diqqatingni boshqa yerga jamla
Tae boshqa a'zolarga qo'shilib, sahnaga chiqdi. Run BTS yangray boshladi. Seri chetdan kuzatdi. Bu yigitlar juda mukammal. Ular chiqishni tugatishdi. Navbat Seri va jamoasiga....Seri chuqur nafas olib sahnaga chiqdi. Odamlar....Seri to'g'risida turgan Taehyungni ko'rdi. Tae kulib qo'ydi. Qo'shiq boshlandi....
Bu kunlarda Lilyni Bang PD sinab ko'rdi . Qiz chindan ham kuchli edi. Va oxiri u Jungkookning tansoqchisi qilib ishga olindi. Jungkook terisiga sig'masdi
Jungkook: mana endi mening tansoqchimsan
Lily : sizdan qarzimni uza olganimdan xursandman
Lily : lekin nega o'sha kuni menga yordam berdingiz? Jimgina o‘tib ketaversangiz ham bo'lardiku boshqalarga o‘xshab. Men sizga hech kim emasku
Jungkook: men shunchaki yordamga muhtoj bir qizni ko'rdim va unga yordam berdim.
Lily : ammo bu sizning mavqeingizga togri kelmaydiku?
Jungkook: mavqe ? Seningcha men uchun insoniylikdan ham ko'ra shon shuxrat muhimi? Meni shunaqa odam deb o‘ylaysanmi?
Lily : men bilgan ko'p mashhurlar kibrli bo'lgan
Jungkook: ular bo'lsa bo'lgandir ammo biz unday emasmiz. Biz hamma emasmiz bizni ular bilan tenglashtirma. Menga Namjoon hyungim doim bir gapni aytadi " oyog‘ingiz ostida yer borligini his eting " deydi . Men kibr emasman etiboring uchun
Jungkook shunday deb jahl qilib yuzlarini solib oldi. Lily chetga qarab kulib qo'ydi.
Lily ( xayol ) : kim bu o'zi? Qanday odam ? Bu yerga kelganimga bir hafta bo'ldi. Ammo bunaqa odamlarni boshqa uchratmadim . Nega u bunchalik yoqimtoy ? Hatto jahl qilganda ham? Qanday qilib u bilan tortishib turish mumkin ? Menga nima bo'lyapti? Qancha yigitlarni ortidan yugurtirgan qiz .....nahotki shu yigit uchun 6 ta barzangi bilan olishib , burnini yerga ishqaladim.....Lily o'zingni qo'lga ol ....onang kasal...sevmasliging kerak .....ammo bu imkonsiz .....
Lily Jungkookka tikilib qoldi . U juda yoqimtoy edi. Harakatlari o'ziga juda yarashadi. Lilyning xayollariga eshikdan kirib kelgan BTS azolari nuqta qo'ydi
Jin : JAYKAAAAAAAAAAYYYYYYYYYYY
Jungkook: JAAAAAAAAAAAAAANNNNNNNNNN
Azolar va Lily ularning salomlashish usullaridan baralla kulib yuborishdi . Jin Lily tomonga yuzlandi
Jin : ooooo salom kichkintoy ....demak sen o'sha bizning Jungkookieni hayotini saqlab qolib , 6 ta erkak bilan kurashib ularni yengib , tansoqchiga aylangan qizsan
Jin Lilyning sochlarini qo'llari bilan silab to‘zg‘itib yubordi
J-hope : I like my girls....sen raqsga tushishni bilasanmi ? Istasang o‘rgatishim mumkin ?
Taehyung: hey , u modaga qiziqadi axir u Parijlikku
Jin : balki senga kelishgan yuz kerakdir aaaa?
Namjoon: kitoblar va suratlarchi? Ular ajoyib aaaaaa
Suga : hoy, paxmoq qiz, balki uxlarsan aaaa
Lilyni azolar 6 tomondan talab tashlashdi. Lily ularning qaysiga ham javob berishni bilmasdi . Oxiri Jungkook baqirib yubordi
Jungkook: BAS QILING! u qiz meni tansoqchim. Uni tinch qo'ying
Azolar bir soniya uning gapini tinglashdi
Suga : hoy, bor sovuq qahva olib kel.