December 15

Idoll or I am a doll

Jungkook : hoy bas qiling dedim. Qahva ichmoqchi bo'lsangiz o'zingiz olib keling. Yoki xodimlarga buyuring

Suga : voy , bu bolani gapini eshitdingizmi? Aytdim sizlarga uni ko'p erkalatmanglar deb. Aytganimni qilmadingiz mana endi u bizga qarshi chiqib turibdi

Tae : ha hyung ....men sizga qo'shilaman. Jin hyung uni ko'p erkalatgan. Kecha kelgan qizni bizdan ustun qo‘yyapti qarang axir . . Bu Adolatdanmi?

Jungkook: adolat haqida siz gapirmang hyung. Doim Jimin hyungni ustidan kulib , mensimay yuriyszku . Yana menga hurmat haqida gapirasizlar

Taehyung: hoy bola ...men bilan Jimin soulmate miz men u bilan istagan muomalamni qila olaman. U hatto mening mantilarimni yeb qo‘yganda ham u bilan qattiq tortishmaganman

Jimin : shu yeri xato bo'ldi. Agar Namjoon hyung bo'lmaganida biz butun ko‘rsatuv davomida qo‘l ushlashib turmasdik

Tae : o'sha hayotimdagi eng yomon daqiqalar edi ( pichirlab )

J - hope: JIMIN U OSHA KUN U UCHUN ENG YOMON DAQIQALAR BOLGANINI AYTDI

Tae : HYUNGGGGGGGGG

Jimin : ha mayli , ammo men uni bir qiz bilan ko'p gaplashib qolayotganini ko'rdim.....Yangi guruhdagi qiz ....yoqimtoy ekan

Tae : hoy og‘zingni yum.

Jin : qani nima gap ? Aytchi

Tae : xullas ....

Jimin : yo'q o'zim aytaman

Jimin : hyong , Tae qutqarib qolgan qiz yodingizdami? O'sha qizni u yoqtirib qolgan

Namjoon : Jimin sekinroq....gaplarinngga ehtiyot bo'l....xodimlar va kameralar bor

Yigitlar yaqinlashishdi va to'da bo'lib gaplashiga o'tishdi

Namjoon: Tae agar chindan ham u qiz senga yoqqan bo'lsa biz senga sharoit yaratib beramiz

Jin : ha biz sen uchun hammasini qilamiz

Jimin : do'stim, qorqma biz sen bilan

Jungkook: hyong qani boshlang

Tae : o'zing ham Lilyni yoqtirib qoldingmi

Jungkook: hali bilmadim .....ammo men aytgandek

Namjoon : yigitlar biz Oilamiz. Kelinglar uni kengaytirishni boshlaymiz

Namjoon: BANG...

Azolar : TANNN

Jin : xo'sh kim mening eski hazillarimdan eshitadi ? Yoki biron bir o'yin o‘ynaymizmi ?

Yigitlar birga vaqtlarini chog' o'tkazishni boshlashdi. Ularning qalbida yangi sahifa va yangi kurtaklar gullash arafasida edi. Bu baxt uyi va muhabbat edi

3 kundan keyin

Jimin tish doktoriga yana qayta keldi. Namjoon bo'lsa o'sha psixolog huzuriga. Ularning suhbati juda ham maroqli o'tdi. Jiminda ham Namjoonda ham qizlarga nisbatan nimadirlar uyg'ondi.

Bu vaqtda Suga o'zining yangi tarjimonini qanday qilib qiynashni o‘ylayotgandi

Yoongi : xo‘shshshshsh.....Safiya ....Isming chiroyli ekan. 20 yoshda. Ancha yosh va tajribasiz. Ingliz , rus , koreys tillarini biladi. Koreys tili darajasi topicdan 6 ....ingliz tilidan 8,5 IELTS ...ajoyib ....xo'sh xonim .....arigato guzaimasu so'zining ma'nosi nima ?

Safi : immm.....haligi....

Yoongi : xato. Bu rahmat degani . Yapon tilida

Yoongi : xo'sh......nihao chi ? Shi ? Bu so‘zlarni ma'nosini bilasanmi ?

Safi : yo'q

Yoongi : bular oddiy Xitoy va yapon tillaridagi sozlashuvga xos so'zlar. Sen qanday tarjimon san o'zi....3 ta til bilan qanday qilib ishlatmoqchisan? Biz gostrollarga borsak , seni o‘rningga ham o'zimiz gaplashamizmi unda seni nima keraging bor? Senga nimaga pul to‘layapmiz? Bir ingliz tili uchun bo'lsa, Google translate bilan ham qila olamiz . Xo'sh nima deysan

Safi : men harakat qilaman. Men hammasini o'rganaman

Yoongi : qachon ?

Safi: 3 oyda

Yoongi : 3 oy juda ko'p

Safi : ammo....

Yoongi : mana bu kitoblarni Namjoondan oldim. Xo'sh, ularni sahifama sahifa yod ol . Ertagacha mana shu kitobning yarmini yodlab menga topshirasan . Agar topshira olmasang, mana bu tayoqchani ko‘ryapsanmi? ( u uzunligi 20 sm bo'lgan temir ko‘rsatkich oldi ) har bir xato uchun shu bilan qo‘llaringga uraman . Uqdingmi ?

Safi : ammo....

Yoongi : shu vaqtdan e‘tirozmi? Eplolmaysanmi? Seni bo'shatib, sendan zo'r bo'lganlarni olaylikmi ( Safi yo'q ishorasida bosh qimirlatdi ) yo'qmi? Unda harakat qil . Senga hozir boshqa ish yo'q. Omad . Charchama

Yoongi shunday deb chiqib ketdi. Ammo eshik oldidan ketmadi. U Safining reaksiyasini bilmoqchi edi

Safi : endi nima qildim. YARAMAS MIN YOONGI . O‘LDIRAMAN SENI 😭😭😭😭

Safi shunday deb yerga o'tirib yig‘ladi

Safi yig'lab turganda Jin kelib qoldi .

Jin : hoy, nega yig‘layapsan

Safi ko'z yoshlarini artib o'rnidan turdi .

Safi : yig‘laganim yo'q

Jin : xo'p mayli. Aytmasang aytma . Ammo bir narsani eshitishni istaysanmi? Bu sir faqat hech kmga aytma

Safi : xo'p . Nima ekan ?

Jin : bir kuni baliq mast bo'lib qolibdi va uyiga kelsa , xotini kutib turgan ekan . Xotini ga qarab , bor yuvinib chiq debdi😂

Safi kulib yubordi.

Jin : qara bundan ham qizig'i bor .....chol qanday o‘lganini bilasanmi ?

Safi : yo'q

Jin : u yoshligida o‘lib qolgan ekan 😂

Safi yana kulib yubordi . Yoongi ularni deraza pardasi ortidan ham quvonch ham rashk bilan kuzatardi.

Jin : mana ....endi ancha yaxshi....menga qara boshingga nima tashvish tushsa ham , uni baland ko'tarib kulib yur xopmi . Boshqa yi‘laganingni ko'rmay. Kulsang yanada chiroyli bo'lar ekansan . Buni suykalish deb o‘ylama

Jin shunday deb Safining kayfiyatini ko'tarib ketdi . Safi quvnoq kayfiyat ila Yoongi bergan kitoblarni o‘qishga tushdi . U ancha tinchlangan va o'ziga kelgan , kitoblar qiyin emasdek tuyulardi.

Jin

Jin qanchalik kulmasin va odamlarni kuldirishga urinmasin uning o'zi ich ichidan siqilardi. Jin o'zi haqida bo‘layotgan mish mishlar va bo‘htonlarni o‘ylardi . Azolar yaqinda harbiy xizmatidan qaytishdi . Ularga ham halitdan shuncha gap so'z nima qilsa qutiladi bu hatelardan. Jin ko'p hollarda guruhni tark etishni o‘ylardi. Shartnomani bekor qilmaganiga afsuslanar ammo ukalarining kulgusi va quvonchini korganda , bu fikrlar tezda g'oyib bo'lardi . U Jungkookdan xavotirda edi. Unga hatto suiqasd qilishga ham ulgurishdi ammo o'sha qiz sabab hech nima bo'lmadi. Hate qilishdi asossiz ... odamlar ......

Jin tansoqchilari kutib turgan mashinaga yo'l oldi . U o'sha model qiz bilan ko‘rishishi kerak edi . Yaqinda Jin Guccining ham taklifini qabul qilish arafasida turibdi . Xo'sh nima qilsa bo'ladi.

J -hope bu vaqtda o'zining yakkaxon kontserti va Killin it girl raqsi bilan ovora edi. U Alissa bilan raqsga tushar . Unga bu o‘t olov qiz juda yoqib borardi .

Ular bir biri bilan shunchalik yaqin raqsga tushishardiki hatto ARMY lar ham ular haqida editlar qilib , ularni qo'llab quvvatlashni boshlashdi. Biroq ular chindan ham sevishadimi bir birini ? Sahna ortida ularning munosabati juda ham boshqacha edi. J-hope Alissa bilan juda ham qo'pol va sovuq muomala qilar edi. Ammo ichki ovozi uni sevishini guppillab aytardi. Alissa bo'lsa uning bu munosabatini tushunmas, biroq unga ham J-hope yoqar , ammo tan olish yoki sezdirib qo'yishdan qo‘rqar edi

Bugungi konsertda J-hope ortiq chiday olmadi . Sahnada bo'lishiga qaramay, qizning doim tanasiga tegmay aylanadigan qo'li uning avval qo'lini keyin esa belidan ushlab oldi . Fandom yovvoyilarcha qichqirib yubordi. Alissa o'z raqsini davom ettirdi. Ammo yuzlari va ko‘zlari qalbidagi bor tuyg'ularni yaqqol ko'rsatgan edi.

Bu vaqtda Lily ota onasining oldidan chiqib , Nima qilarini bilmay , tungi klubga bordi va to'yib ichdi. Ammo uning xayolidan Jungkookni kompaniyadan olib ketish mutlaqo ko'tarilgan edi. Jungkook qizga ko'p marotaba qo'ng'iroq qildi ammo u javob bermadi. Oxiri bar stolida boshi tushib uxlab qolgan Liliyning telefoniga barman javob berdi. Jungkook zudlik bilan u yerga yetib keldi. Lily mast edi

Jungkook: jin ursin .... endi nima? Tansoqchimning tansoqchisi bo'ldimmi?

Jungkook shunday deb Lilyni ko'tarib olib ketdi.

Lily : 😂😂😂😂mmmmm meni olib ketgani farishta keldi.....qanday ajoyib

Jungkook: bas qil. Sen hozir mastsan......

Jungkook shunday deb Lilyni o'z uyiga olib ketdi