Amaliyot davri taassurotlari
Amaliyot - bu talabaning butun bir semestr davomida o‘rgangan bilimlarining sarhisobi, ularni amalda qo‘llay olishning eng samarali usulidir va bu jarayon yosh avlodni kelajakdagi qadamlari uchun bo‘ladigan poydevoridir.
Biz 6-3 uzb 23-guruh talabalari bir oylik malakaviy amaliyotni Buxoro davlat universitetining Axborot resurs markazida o‘tkazdik. Jarayon juda ham qizg'in va ajoyib bo'ldi. Amaliyot boshlanishidan oldin professor ustozlar va ARM ning ma'sul xodimlari bilan suhbatlar bo'lib o‘tdi. Ular bizga amaliyotning maqsadi va vazifalari borasida tushuntirishlar berdilar va bizni guruhlarga bo'lib alohida - alohida bo'limlarga jo‘natdilar.
Bizning guruh Xizmat ko'rsatish va Xorijiy tillar fakulteti bo'limlarida faoliyat olib bordi.
Xizmat ko'rsatish bo'limida 160 mingdan ortiq kitoblar bo'lib, bundan tashqari u yerda talabalar uchun kerak bo‘ladigan magistrlik ishlari ham bor ekan. Ularning har biri fakultetlarga hamda mualliflarning familyasi bilan alifbo tartibida joylashtirilgan edi.
Amaliyot davri juda ham ajoyib va maroqli o‘tdi. U yerda yangi narsalarni o'rgandik. O'ylaymanki ularning barchasi kelajakda biz uchun albatta kerak bo'ladi.