Qora atirgul
Hayot yutqazgan joyingdan qayta boshlanadi
Tong. Kun juda ajoyib. Seo dars xonasiga keldi. Stol ustida bir dona qora atirgul turar edi. U hayron bo'ldi. Avvaliga menga emas deb o'yladi. Ammo atirgul ostidagi konvertni va uning ustida yozilgan o'z ismini ko'rib battar hayratlandi. Qiziqish bilan konvertni ochdi va konvert ichidan.....
Feya ko‘zlarini erinib ochdi. Telefonidan soatni ko'rib, Safi va Seoga bugun darsga bora olmasligi uyida notanish mehmon borligi unga qarashi kerakligini yozib yubordi. Va o'zini epaqaga keltirib umumiy xonaga chiqdi. U yerda kechagi akasi mashinada urib yuborgan, o'zining aytishi bo'yicha mafia qo'lidan qocha olgan jabrdiyda qiz o‘tirardi. U Feyaga tabassum bilan qaradi. Biroq Feyaga bu tabassum xuddi g‘arazlidek tuyuldi. Oradagi jimlikni yuqoridan tushib kelayotgan Jin buzdi
Jin kelib Singlisini quchoqlab oldi. Aka singilning munosabati Havas qilsa arzirlik edi. Jin ishda qanchalik qattiqqo'l bo'lmasin, Uyda mushukdek yuvosh. Feyaga bir og'iz ham ortiqcha gapirolmasdi. Feya ham bundan ko'p foydalar , biroq ko'pincha buning oxiri ishkal bilan tugar. Aka singil bir birilariga yaxshigina baqirib olar edilar.
Shunday qilib oradan kunlar o'tishni boshladi bu orada jabrdiyda qiz bilan Feya ham Jin ham ancha chiqishib qolishdi . Hatto Jinda bu " begunoh qanotsiz qushcha" ga nisbatan tuyg'ular ham paydo bo'la boshladi . Bir kuni Feya juda qattiq shamollab qoldi . Jin uyda emasdi. Feya esa doktorga borishni lozim topmay, Uyda shunchaki dori ichib qo‘ya qolishni afzal bildi . Fursatdan foydalangan Yuhi Feyaga o‘ta kuchli narkotik dorini ichirdi. Bir marotaba ichgan Feya o'zida g‘alati narsalarni his qila boshladi va bu unga yoqa boshladi
Bu vaqt davomida Seoga har kuni qora atirgullar va konvertlar kelar edi. Bu konvertlarda oilasi va hatto o‘rtoqlarining rasmlari , Seoning har bir qadamigacha kuzatilgani ayonlashgan edi. Seo juda qattiq qo‘rqardi . Biroq otasiga ayta olmasdi. Seoning o'zi qiziqqonlik qilib qidirib ham kormoqchi bo'ldi ammo bundan ham qattiq qo'rqdi.
Bir kuni kechqurun oilaviy ovqatlanib o‘tirishganlarida janob Kimga noqonuniy ish bilan qo'lga tushgani va kompaniyasi bankrot bo'lgani haqida xabar yetib keldi . Bularning barida Jungkookning qo'li bor edi . Janob Kim nima qilishni bilmay qoldi . U majbur o'zi haydab yuborgan o‘g‘lidan yordam so'rashga majbur bo'lib qoldi. Ammo Jungkook buning evaziga nima so'rasa ekan ?
Bu orada Yuhi Jinning uyidagi ishini bitirib bo'lgan edi. U Jungkokning oldiga qaytdi. Ammo Feya u doriga qaram bo'lib qoldi . U siz yashay olmasdi. U Yuhi bilan tez tez uchrashar edi. U hatto o'qishga ham kelmay qo'ydi. Seo ham otasi bilan bo'lgan muammolar tufayli o'qishga kela olmasdi. Uning ham Safining ham Feyadan xabari yo'q edi. Safi bo'lsa Seo bilan Feya haqida qayg'urar. Seoga qanday bo'lmasin yordam berishning ilojini qidirardi. Shunday yo'li topildi ham. U Yaponiyada mashhur bo'lgan , asli koreyalik bo'lgan Min Yoongi laqabi Suga bo'lgan bir katta yakudza mafiyasi bilan bitim tuzmoqchi bo'ldi. Bitim shartlari keyin aniq bo'ladi