Qora atirgul
Seri ko‘zlariga ishonmasdi. Tae telba edi. Qo'rqib ketgan qiz uydan qochishga harakat qildi. Ammo bu o'zining katta xatosi ekanini bilmasdi . Feya bir ilojini qilib , soqchilar oldidan ham o‘tib oldi . U tinmay yugurardi
Seri qochdi. Buni esa uydagi keksa xizmatkor ayol ko'rib qoldi. U Serini yomon ko‘rganidan emas , aksincha unga nimadir bo'lishidan xavotir olib , Taega xabar berishga urindi. Bu vaqtda Tae o‘z xotiralari bilan band edi. Bir soatda jondan sevgan rafiqasi va murg‘ak bolasining o‘t ichida yonib ketganini ko‘rgan yigit , aqldan ozgandi. Shifokorlarning say harakati bilan u ozgina o'ziga kelgan ammo vaqti vaqti bilan , ko'pincha dori ichmagan vaqtlarida kasali xuruj qilib Qolar edi. Ammo , bazida Taening o'zi dorisini ichmas , bir necha soat o'z olamida qolishni istar edi. Bugun ham shunday kunlardan biri edi. ( uning hikoyasi keyinroq Seri orqali anglashilib qoladi ) . Xizmatchi ayol xonaga yugurib kirdi . U Taega bolaligidan xizmat qilar. Asli o'z farzandi bo'lmagan bu ayol unga o'z oglidek qarar, uning baxtli bo'lishini istardi. Seri kelganda esa , eski yaralarni shu qiz bitira olar deb o‘ylagandi biroq niyatlari puchga chiqadigandek tuyilayotgandi hozir . Tae ham bu ayolni o'z onasidek ko'rardi. Uni hurmat qilib , gaplariga so'zsiz itoat qilardi .
Xizmatchi : Tae , doringni ichib ol. Seri qochib ketdi . U seni siringni bilib qoldi. Uni qaytarish kerak. Bechora qiz hozir qayerdadir qo'rqib yurgan bo'lsa kk
Xizmatchi ayol gapira gapira Taega dori ichirdi. Oradan bir soat o‘tib , Tae o'ziga keldi . Va hamma narsani anglab yetdi . U tezda mashinasiga chiqib , odamlari bilan Serini izlashga chiqdi .
Bu vaqtda Seri qayerda yurganini o'zi ham bilmasdi . Oyoqyalang bo'lgani uchun , oyoqlari qonab ketgandi. U qayerga ketayotgani, va nima qilmoqchi ekanini bilmasdi. To'satdan oldidan qora mashina chiqib qoldi. Tun dahshatidan qo'rqqan qiz beixtiyor mashinaga qo'l silkib , uni to‘xtatish uchun oldiga yugurib chiqdi. Ammo bu mashina Tae tegishli ekani uning xayoliga ham kelmagan edi.
Mashinadan tushib kelgan baland boyli yigitning o'tkir kozlaridagi g‘azabni Seri yaqqol ko'rdi va qochishga urindi. Biroq kiyikdan ham chaqqon bo'lgan Tae uni bir urinishda ushlab oldi va baqirishlariga qaramay Serini mashinasiga bosdi , odamlariga qaytishni buyurdi.
Mashinaga mingan Serini qo'rquv battar chulg‘ab oldi . Tae kelib mashinaga o'tirdi va haydovchiga Haydashni buyurdi .
Tae : uyga yaqin qolganda, mashinani chekkada to‘xtatasan va o'zing mashinadan tushib kalitni menga berib ketasan.
Haydovchi bosh egib qo‘ydi . Serini qo'rquv chulg‘ab oldi. Endi nima qiladi . Tae nmaga boshqa gapirmadi . U nima qilmoqchi.
Uyga yaqin qolganda mashina to'xtab haydovchi tushib ketdi. Tae va Seri yolg'iz qoldi .
Tae : xo'sh mening qochoq quyoncham, senga qochmaslik haqida gapirgan edim shekilli aaaaaa? Yo men yanglishyapmanmi? GAPIR !!!!
To'satdan bo'lgan kuchli baqirish Serini battar qo'rqitib yubordi . Tae bo'lsa bir qo'li bilan Serini iyagidan ko'tarib kozlariga qaradi . Seri yig‘lardi . Tae ikkilanmay o'z lablarini Serining issiq va qo‘rquvdan titrayotgan lablariga bosdi ....
Bu vaqtda Safi boshi og'rib, o'zining qayerda ekanini anglolmay uyqidan uyg‘onayotgan edi . Chindan ham u qayerda , nega uning ustida bor yog'i bitta erkaklar fudbolkasi, u barga borib ichganini eslaydi, bir kelishgan yigitning ustiga ichimlik to‘kkanini ham , ammo keyingi narsalar uning yodida yo'q. U qayerda , va qamday qilib bu yerga kelib qoldi ? Kecha tunda nimalar bo'ldi? Yuvinish xonasida kim bor ?
Safi shu savollar bilan band ekan , yuvinish xonasidan bir yigit beliga sochiq o'rab , qo'lidagi sochiq bilan esa uzun sochlarini artib chiqib keldi . Safi shu zahoti ustiga yopinchiqni tortib oldi .
Yigit uning ishiga kulib qo'ydi
Yigit : nimadan uyalyapsan axir hammasini ko'rib bo'ldimku, yoki men ko'rmagan , men teginmagan biror yering qoldimi , aaa Kapalak ?
Safi javob berolmay qoldi . Keyin esa ko'zlari yoshga to'ldi. Nima bu yigit rost aytyaptimi? Nahotki ichgani unga shunchalik qimmatga tushgan bo'lsa?
Yigit xonani tark etdi. Va kulib qo'ydi. U Safini sinab kormoqchi edi. Uni bir korishda yoqtirib qolgan edi. Hech km bn yaxshi muomalada bo'lmaydigan bu yigitni , bu mast qiz o'ziga jalb etgan edi. To'g'ri Safi kmningdir ustiga ichimlik tokdi , ammo u Yoongi emasdi . U yigit Safining bu qilig‘idan jahli chiqqan va Safini qilgan ishi uchun, chetdagi xonalardan biriga tortmoqchi bo'lgan, uning shu ahmoqligi qimmatga tushib , qonga belangancha, O'sha xonada jon taslim qilgan edi. Kayfda bo'lgan Safini esa Yoongi avaylab olib chiqqan va uyiga keltirib , xizmatkorlarga o'zining birorta kiyimini kiydorib qo‘yishlarini buyurgan , va bu tong ham Safida shubha qoldirmaslik uchun atay o'sha ahvolda chiqib, yuqoridagi so'zlarni aytgandi . Yoongi bularni barini Safi qayta ichkilikka yaqin bormasligini ta'minlash maqsadida qilgandi . Tabiatan qo‘rs va qo'pol shavqatsiz bo'lgan bu yigit , bir qiz oldida mushukdek yuvosh tortishi kimning ham xayoliga kelibdi deysz .