SA news
August 14, 2025

TDYUda Xalqaro Ta'lim Dasturi

Toshkent Davlat Yuridik Universitetida Xalqaro Ta'lim Dasturi: Yuridik Etika

Toshkent Davlat Yuridik Universitetida yurisdiktsiyaning eng muhim sohalaridan biri bo‘lgan professional etika va mas'uliyatga bag‘ishlangan xalqaro intensiv trening tashkil etildi.

Ushbu loyiha, PILnet, TDYU va xalqaro yuridik firma White & Case bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi yosh yuridik mutaxassislarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash, shuningdek, talabalarga yuridik etika, professional mas'uliyat va etika standartlarini haqiqiy amaliyotda qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni taqdim etishdir.

To‘rt kunlik ta'lim dasturida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Gruziyadan talabalar ishtirok etmoqda. Bu esa hududiy tajriba almashish, huquqiy madaniyatdagi farqlar va o‘xshashliklarni muhokama qilish uchun qulay muhit yaratadi.

Darslarni Markaziy Osiyoda va chet elda faoliyat yuritayotgan taniqli yuridik mutaxassislar, shu jumladan xalqaro yuridik firmalarining hamkorlari, hukumat vakillari, yetakchi akademik doiralar va professorlar olib boradi. Trening davomida yuridik etika masalalari turli nuqtai nazarlardan ko‘rib chiqiladi.

Bugungi global huquqiy muhitda professional ko‘nikmalar va bilimlar bilan bir qatorda, yuridik etika prinsiplari, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va mijozlar bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish muvaffaqiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Ta'lim dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • advokatlik faoliyatini tartibga solish va yuridik kasbning asosiy qoidalari;
  • advokat va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar hamda mijozlarni tanlash va jalb qilish tartibi;
  • manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari;
  • maxfiylik va ma'lumotni oshkor qilish qoidalari;
  • korrupsiyaga qarshi kurash va halollik prinsiplari;
  • biznes va inson huquqlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
  • mas'uliyatli tadbirkorlik va bepul yuridik yordam ko‘rsatish amaliyoti.
Barcha bu yo‘nalishlar nafaqat nazariy shaklda, balki amaliy misollar, haqiqiy huquqiy holatlar va xalqaro tajriba asosida o‘rgatiladi.

Trening davomida talabalar faqat tinglovchilar sifatida emas, balki faol ishtirokchilar sifatida ham qatnashadilar. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ular mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish, xalqaro va mintaqaviy yuridik amaliyotdan olingan holatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


В ТГЮУ проводится международная образовательная программа по юридической этике

В Ташкентском государственном юридическом университете организован международный интенсивный тренинг, посвященный одной из важнейших сфер юриспруденции — профессиональной этике и ответственности.

Основная цель проекта, реализуемого в сотрудничестве с PILnet, ТГЮУ и международной юридической фирмой White & Case, — подготовка молодых юристов в соответствии с международными стандартами, а также обеспечение студентов глубокими знаниями и практическими навыками по применению норм юридической этики, профессиональной ответственности и этических стандартов в реальной практике.

В четырехдневной образовательной программе принимают участие студенты из Узбекистана, Казахстана, Кыргызстана, России и Грузии. Это создает благоприятную среду для обмена региональным опытом, обсуждения различий и сходств в правовых культурах.

Занятия проводят известные юристы, работающие в Центральной Азии и за рубежом, в том числе партнеры международных юридических фирм, представители правительственных структур, ведущие представители академических кругов и профессора. В рамках тренинга вопросы юридической этики рассматриваются с различных точек зрения.

Как было подчеркнуто, в современном глобальном правовом пространстве наряду с профессиональными навыками и знаниями ключевое значение для успеха юриста имеют соблюдение этических принципов, предотвращение конфликта интересов и умение правильно выстраивать отношения с клиентами.

Программа обучения охватывает следующие направления:

  • регулирование адвокатской деятельности и основные нормы юридической профессии;
  • отношения между адвокатом и клиентом, а также порядок выбора и привлечения клиентов;
  • механизмы предотвращения конфликта интересов;
  • правила конфиденциальности и раскрытия информации;
  • борьба с коррупцией и принципы честности;
  • взаимосвязь между бизнесом и правами человека;
  • ответственное предпринимательство и практика предоставления бесплатной юридической помощи.
Все эти направления преподаются не в теоретической форме, а на основе практических примеров, реальных правовых ситуаций и международного опыта.

Во время тренинга студенты выступают не только в роли слушателей, но и в качестве активных участников. В рамках практических занятий они получают возможность вести прямой диалог с экспертами, анализировать ситуации, взятые из международной и региональной юридической практики.


International Educational Program on Legal Ethics Held at Tashkent State University of Law

An international intensive training focused on one of the most important areas of jurisprudence — professional ethics and responsibility — has been organized at Tashkent State University of Law (TSUL).

The main goal of the project, implemented in cooperation with PILnet, TSUL, and the international law firm White & Case, is to train young lawyers in accordance with international standards, and to provide students with in-depth knowledge and practical skills in applying legal ethics, professional responsibility, and ethical standards in real practice.

The four-day educational program brings together students from Uzbekistan, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Russia, and Georgia. This creates a favorable environment for sharing regional experiences and discussing differences and similarities in legal cultures.

The sessions are led by renowned legal experts working both in Central Asia and internationally, including partners of international law firms, government officials, leading academics, and professors. During the training, legal ethics are examined from various perspectives.

It was emphasized that in today’s global legal environment, in addition to professional skills and knowledge, compliance with ethical principles, prevention of conflicts of interest, and the ability to build proper relationships with clients are crucial for a lawyer’s success.

The training program covers the following areas:

  • regulation of legal practice and key principles of the legal profession;
  • the attorney-client relationship, as well as procedures for selecting and engaging clients;
  • mechanisms for preventing conflicts of interest;
  • rules on confidentiality and disclosure of information;
  • anti-corruption practices and principles of integrity;
  • the relationship between business and human rights;
  • responsible entrepreneurship and the practice of providing pro bono legal assistance.
All these topics are taught not in a theoretical manner, but through practical examples, real legal cases, and international experience.

During the training, students are not only listeners but also active participants. Through practical sessions, they have the opportunity to engage in direct dialogue with experts and analyze cases taken from international and regional legal practice.



Telegram | Instagram