Hamkorlik
November 11, 2024

TALABALAR ASSOTSIATSIYASIDAN HAMKORLIKKA OID YANGILIK!

©️Talabalar Assotsiatsiyasi, 09.11.2024.

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti va Yangi O'zbekiston Universiteti Talabalar Assotsiatsiyalari o'rtasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Sizga ma'lumki, joriy yilning 25-sentyabr kuni Yangi O’zbekiston universitetida Talabalar uyushmalari o’rtasida memorandum imzolash tadbiri bo’lib o’tgandi. Ushbu tadbirda TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi 8 ta ilg’or universitet Talabalar uyushmalari bilan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolagan edi.


Kuni kecha, 9-noyabr sanasida esa, TDYU va Yangi O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi o'rtasida TDYU Majlislar zalida ushbu Memorandum ijrosini ta'minlashga qaratilgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Memorandumda ko'zda tutilgan loyihalarni iloji boricha tez fursatda to'liq amalga oshirish, xalqaro hamkorlik tajribalari bilan almashish, ikki universitet talabalarini bir-biri bilan yaqindan tanishtirish va tajriba almashish kabi masalalar va ayrim yangi loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda TDYU Talabalar Assotsiatsiyasi delegatsiyasi tarkibida Talabalar Assotsiatsiyasi prezidenti Mavludbek Ismoilov, vitse-prezidenti Ruxsora Yuldasheva, menejerlar Azizbek Numonov, E’zoza Inagamova va Sitora Rustamovalar ishtirok etishdi.



Telegram | Instagram

——————————

НОВОСТЬ О СОТРУДНИЧЕСТВЕ ОТ АССОЦИАЦИИ СТУДЕНТОВ!

©️Ассоциация Студентов, 09.11.2024.

Состоялась встреча, направленная на укрепление взаимного сотрудничества между Ассоциациями Студентов Ташкентского Государственного Юридического Университета и Университета Нового Узбекистана.


Как вам известно, 25-сентября этого года в Университете Нового Узбекистана прошло мероприятие по подписанию меморандума между Ассоциациями студентов. На этом мероприятии Ассоциация Студентов ТГЮУ подписала меморандум о взаимном сотрудничестве с Ассоциациями студентов 8 ведущих университетов.


Накануне, 9 ноября, в Зале заседаний ТГЮУ состоялась первая встреча между Ассоциациями студентов ТГЮУ и Нового Узбекистана, направленная на обеспечение выполнения данного Меморандума.

На встрече обсуждались вопросы скорейшей и полной реализации проектов, предусмотренных Меморандумом, обмена опытом международного сотрудничества, ознакомление студентов двух университетов и обмен опытом, а также некоторые новые проекты.

На встрече в составе делегации Ассоциации Студентов ТГЮУ приняли участие президент Ассоциации Студентов Мавлудбек Исмоилов, вице-президент Рухсора Юлдашева, а также менеджеры Азизбек Нумонов, Эъзоза Инагамова и Ситора Рустамова.



Telegram | Instagram

——————————

Fotogalereya/Фотогалерея:



Telegram | Instagram