May 1, 2025

MOONRISE DURING THE DAY

— O'LIM BU YAKUN EMAS —

EPISODE 16

Yigitlardan biri Sugani pulsini tekshirdi

— ha janob o'libdi

O'ziga kerakli javobni olgan Jimin ayanch bilan tabassum qildi va yigitlariga ketish haqida ishora qildi.

Jimin va yigitlarni omborni tark etti.

Pov Jimin

Yeorin meni kechirolsang kechir buni hammasiga o'zing ayibdorsan men seni savganchalik sen meni sevolmading menga hiyonat qilding lekin senga vada beraman tez orada yoningga boraman u yerda bizni hech kim bir birimizdan ayirolmaydi.

Jimin mashina oynasidan omborga qarab turar ekan go'yoki hayot u uchun misoli rangsiz surat insonlar esa pul, nafrat va g'azab qo'lida o'ynaydigan ipsiz qo'g'irchoqlar kabi edi

Jiminning omborga qaratilgan nigohidan so'ngi bor yosh tomchiladi

Bu yosh tomchisi quvonchdan yoki achinishdan chiqan yosh tomchisi emas balki azobni ifodalovchi ko'z yoshi edi

U bugun qachonlardir o'z hayoti evaziga bo'lsada uni otasining g'azabiyu dunyoning barcha yomonliklaridan himoya qilishga vada bergan insonining hayotiga o'zi nuqta qo'ydi bu u uchun juda og'riqli edi ammo Jimin bu qilgan ishidan afsuslanmadi vaqti kelib Yeorinning yoniga borganda u uni kechirishiga umid qildi

Jimin mashina oynasini ko'tarib yuzini haydovchi tomon burdi

— ketamiz

Haydovchi Jiminning buyrug'ini so'zsiz bajarib mashinani o't oldirib ombordan uzoqlasha boshladi

1 kun oldin

— janob Don-Hyuk sir bo'lmasa qanday qilib Sugani uyiga odam joyladingiz bilishimcha u uyga ishga olinadigan har bir ishchi sinovlardan o'tkazilib keyin olinadi.

Don-Hyuk ayyorona iljayib qo'lidagi shisha qadahni yonidagi kichik stolga ehtiyotkorlik bilan joylashtirib oyoqlatini chalkashtirib oldi

— exx Jimin Jimin men odamimni Suganing uyiga emas yoniga joyladim

Jimin hayratlanib Don-Hyukning qarshisidagi o'rindiqdan joy oldi. Oyoqlarini keng yozin qo'llarini birlashtirgancha Don-Hyuk tomon biroz engashdi

— qanday qilib

Don-Hyuk boshini ortga tashlab baland tonda kulib yubordi

— bu oson bo'lmadi deyolmayman albatta mening qadirli kiyovimni ayollarga suyagi yo'qligini kim bilibdi deysan Jimin

Jimin qo'llarini bir biriga ishqalab bir qoshini yuqoriga ko'tardi

— yani Sugani yoniga qiz bolani joyladingizmi aa qaysi aqil bilan bu ishni qildingiz agar u qiz bizni sotib qo'ysachi

Don-Hyuk sekin asta o'rnidan turib xona burchagidagi seyf yoniga bordi va bir nechta suratlarni olib Jiminning yoniga tashladi

— bizga hiyonat qilsa eski suratlari butun dunyoga tarqalishini juda yaxshi biladi

Jimin suratlatni qo'liga olib diqqat bilan tikildi

— nima siz ich kiyim modellini Suganing qo'yniga joyladingizmi.

Yigit suratlatni birin ketin ko'ribchiqa boshladi

— qanday qilib Suga o'zidan oldin bir nechta erkaklar quchog'ida bo'lgan qizni yonida olib qolishi mumkun

Don-Hyuk ayyorona tirjayib boyagina stolga joylagan qadahini qayta qo'liga olib chayqatdi

— bilasanmi Jimin bugungi kunda hamma narsani iloji bor. Sen bularni qo'y manga bir narsani ayt bugun tunda Yeorin sen bilan ketishga rozi bo'lmasa nima qilasan

— yani

Bir qoshlarini chimirgancha savol berdi Jimin

— yani o'tgan safar ham Yeorin sen bilan ketoshdan bosh tovlagandi nima uchun bilasanmi chunki u alla qachon Sugani sevib qolgan

Jimin o'rnidan sapchib turdi

— yo'q. Unday bo'lishi mumkun emas u menga hiyonat qilmaydi

— agar hiyonat qilsa uni ham Sugani ham o'ldirolasanmi yoki bu qo'lingdan kelmaydimi

Hozirgi kun

— qo'limdan keladi.

Jimin mashinaning yon oynasidan omborga oxirgi bor qarab qo'ydi.

Mashinalar ombordan anchagina uzoqlashdi. Jimin sevishganlarni ayirganidan mamnun uyiga qaytdi ammo u juda qattiq adashgandi.

Bu olamda taqdir degan narsa bor ekan o'lim hech qachon yakun bo'lolmaydi.

Jiminning yigitlari pulsi juda past urayotgan Sugani o'ldiga chiqarishgandi. Ular ketganidan bir necha daqiqalar o'tib Suga ko'zlarini majburan ochdi tanasidagi va boshidagi og'riq tufayli tanasini ko'tarolmay atrofni yotgancha kuzatar ekan ko'zi sal avval Yeorin o'tirgan stulga tushdi.

Stul yerda yiqilgan, stul bo'ylab qabirgacha ilon izi singari Yeorin sudralgan iz bor edi.

Suga hayoliga kelgan o'ylardan qo'rqib majburan o'rnidan turdi sudralgancha qabir yoniga kelar ekan qabir ustiga o'zini tashladi.

Qo'li yoqramida shoshilgancha qabirni qozar ekan qo'liga ilimgan Yeorinning surati uni yana ham vaximaga solib qo'ydi.

— Yeorin qizalog'im meni eshityapsanmi o'tinaman meni tashlab ketma iltimos ozgina sabir qil

Suga jon jaxti bilan qabirni qozar ekan qo'llari holdan to'yib tuproqni olishga kuchi yetmay qoldi.

Suga alam bilan sochlarini changallab nima qilishimi bilmay qoldi

Pov Suga

Tamom bo'laman agar Yeorin ham meni tashlab ketsa butkul tamom bo'laman u siz yashay olmayman

Yeorin meni eshitayotgan bo'lsang iltimos meni tashlab ketma ozgina sabir qil hozir biron nima o'ylab topaman

Suga o'rnidan turib yon atrofdan tuproqni qazish uchun asbob qidira boshladi ko'zi uzoqroqda yotgan belga tushib bir oyog'ini sudragancha yoniga borib qo'liga oldi

Sudralib kelib qabirni qoza boshladi anchagina olingan tuproqdan keyin Suganing oyoqlari taxta tobudga tegdi buni sezgan Suga qo'lidagi belni otib cho'kalagancha tobud ustidagi tuproqni tozaladi.

Tobud taxtadan bo'ganiga qaramay juda og'ir anchagina kaltaklangan va juda toliqgan Suganing bir o'zi tobudni olib chiqolmasdi shuning uchun tobud qapqog'ini sindirish uchun musht chura boshladi.

Tobud qapqog'i sindi Suganing qo'li qontalash bo'lib ketgandi ammo tobud ichida yotgan ayolini ko'rgan Suganing yuragi og'rig'i oldida qo'lining og'rig'i hech nima emas edi

— Yeorin

Suga baqirgancha Yeorinni bag'riga oldi extiyotlorlik bilan qabirdan olib chiqdi

Pov Suga

Yeorinni tobud ichida ko'rganimda yuragimda kuchli og'riq turdi uni issiq quchog'imga olin qabirdan olib chiqdim. Lablari attofi ko'kargani barmoqlari yirtilib tirnoqlari orasini qoplagan zirapchalarni hisobga olmasa Mening qizalog'im huddi uxlab yotganga o'xshaydi lekin uni bag'rimga bosar ekan man nafas olishini sezmayapman. Uni bo'shashib sovib borayotgan tanasini bag'rimga bosib tinimsiz yig'lab meni tashlab ketmasligi uchun yalinar ekan man quloqlarim ostida kuchli shangilash paydo bo'lib ko'z oldim hiralashib yerga quladim Yeorin hali ham quchog'imda uni ketishini o'ylaganim sari qulog'im ostidagi ovoz tobora kuchayib borardi ko'zlarim sekinlik bilan yumila boshladi men ko'rgan so'ngi manzara ombor eshigidan kirib kelgan inson sharpasi edi.

EPIZODE 16 TUGADI

MUALLIF: SUA LORENZ

KANAL: @bangtan_ff_shop_menu