Moonrise during the day
Hamshira qiz yuzidagi niqobini yechdi
β ho'sh Yeorin xonim bugun siz bilan hayrlashamiz Suga menga omonat
Nara baland ovozda kulgancha xonadan chiqib ketti
Yeorinning axvoli tobora og'irlashib borar ediki hatto ovozi chiqmay qoldi ko'zlari sekin yumulib yashashdan umidini uzdi ammo taqdir degan narsa bor qabirga tiriklayin ko'milib tirik qolgan inson oddiy bir alergiya tufayli bu dunyoni tark etolmaydi chunki hali uni qilishi kerak bo'lgan ishlari va yashashi kerak bo'lgan umri bor
Yeorin hushini yo'qotti balki o'lim yoqasida turgandir lekin honaga kirgan Sua bunga yo'l qo'ymadi u shifokor bo'lgani boyis Yeoringa tezda birinchi yordamni ko'rsatdi va tezda shifoxona hamshiralarini yordamga chaqirdi
Hamshiralar Yeoringa kerakli muolijalarni ko'rsatishni boshlar ekan Sua Jungkook va Sugani bundan habardor qilish kerak deb bildi va palatadan chiqar-chiqmas Jungkookga qo'ng'iroq qildi.
β Alo, Jungkook qayerdasizlar tezda shifoxonaga yetib kelishinglar kerak
Telefon ortidan Jungkookning havotirli ovozi yangradi
β nimadir bo'ldimi, Yeorin yaxshimi
Sua eshikni qiya ochib Yeoringa ko'z tashladi
β hozir yaxshi ammo 5 daqiqa oldin - Sua bu gaplarni telefonda gaplashishni hohlamay gapini shu yerda uzdi - Jungkook gapni ko'paytirmay Sugani kasalxonaga olib keling
β yaxshi 10 daqiqada o'sha yerda bo'lamiz
Sua telefonni o'chirib Yeorinning yoniga kirdi.
Yeorinning axvoli yaxshi edi qo'lida shirinlik qog'ozi unga termulib o'tirardi. Sua unga bir nigoh tashlab hamshiralarga ketishi haqida ishora qildi.
Yeorin qog'ozdan ko'zlarini uzmay javob berdi.
β Sua meni sodaligimni deb hozir menga qo'shilib bolam ham nobud bo'lishi mumkun edi.
Yeorinning so'zlari Suani biroz o'ylashga majbur qildi. Sua qo'lini uzatib Yeorinning qo'li ustiga qo'ydi.
β Yeorin bunda seni aybing yo'q bilasanmi har qanday ona ham o'z farzandi haqida qayg'uradi hech qachon farzandiga yomon bo'lsin demaydi.
Suani gaplari Yeorinni tasirlantirdi oxirgi bor onasini qay axvolda ko'rgani ko'z oldiga kelib onasi unga bergan kanvert yodiga tushdi.
β Sua meni biroz yolg'iz qoldirolasanmi
β ha, albatta Jungkook kelishi kerak edi uni kutib olaman.
Sua tabassum qilgancha o'rnidan turdi eshikdan chiqish barobarida Yeoringa ko'z tashlab qo'ydi.
Sua xonadan chiqib ketishi bilan Yeorin yostig'i ostidan onasi o'limi oldi bergan o'sha kanvertni oldi kanvert ichida bir xat bor edi.
Yeorin kanvert ichida xatni olib kanvertni janvon ustiga qo'ydi va sekinlik xatni o'qiy boshladi
Mening qanotsiz farishtam nihoyat 10 yil deganda senga barcha haqiqatni aytishga jurat qildim sen doim meni yomon ona sifatida ko'rding bunga haqli ham eding seni qo'llash o'rniga yaramas Don-Hyukni qarorlarini qo'lladim senga hech qachon quloq solmadim ammo bari sen uchun edi. Bundan 10 yil oldin Don-Hyuk soxta avto halokat uyushtirib otangni o'ldirdi tan-olaman bunda meni ham qo'lim bor edi ammo buni istamagan edim u seni hayoting bilan menga taxdid qildi unga men yoki sen kerak emas edik unga otangni pullari kerak edi shuning uchun unga yordam berishdan boshqa ilojim qolmagandi otangni o'limi va pullari unga yetarli bo'lmadi u otangni barcha narsasiga egalik qilishni hohladi shu qatorda sen va menga ham Don-Hyuk agar unga turmushga chiqib umrimning oxirigacha uni qarorlarini qo'llamasam seni qayerda bo'lishingdan qattiy nazar o'ldirishini aytdi men undan va sendan ayrilib qolishdan juda qo'rqardim shuning uchun unga turmushga chiqdim bilaman 10 yildan so'ng bularni aytish befoyda ammo bilaman Don-Hyuk bugun yoki erta meni baribir o'ldiradi sen meni yomon ona sifatida eslashingni istamadim. Agar otangni uchratsam albatta undan kechirim so'rayman ishonaman u meni kechiradi. Sen ham Suga bilan baxtli bo'l hech kim va hech narsa haqida o'ylama balki hozir mendan hafadirsan balki mendan nafratlanayotgandirsan ammo bir kun ona bo'lganingda meni chunasan qizm baxtli bo'l.
β oyi sizdan hafa emasman, siz ham meni kechiring
Yeorinning ko'z oldidan onasi bilan bog'liq bo'lgan hotiralar birin ketin o'ta boshladi xatga qaragancha ko'z yoshlariga erkinlik berdi.
Bu orada Jungkook va Suga kasalxonaga yetib kelishgandi Sua ularga bo'lgan voqeani aytib bergandi. Suga Yeorindan havotirlanib tezda Yeorinning palatasiga yetib keldi ichkariga kirishi bilan Yeorinni bu axvolda ko'rib havotiri 2 barobarga ortdi.
β qizalog'im senga nima bo'ldi qayering og'riyapti
Yeorin hech nima demadi shunchaki qo'lidagi xatni Sugaga uzatdi.
Suga xatni olib orqasidan palataga kirib kelgan Sua va Jungkookga qarab kravat yonidagi stulga o'tirdi Jungkook Suganing yoniga keldi va unga qo'shilib xatni o'qiy boshladi Sua mayda lekin tez qadam tashlab Yeorinning yoniga keldi va javon ustidagi grafdan bir stakan suv olib unga uzatdi.
β yaxshimisan - dedi Sua havotirli ohangdan Yeorinning yoniga o'tirib gapini davom ettirdi - siqilma, asabilashma bu bolaga zarar berishi mumkun.
Yeorinni hatto gapirishga madori qolmagandi shuning uchun shunchaki bosh silkidi.
Suga va Jungkook xatni o'qib chiqib bir biriga qarab qolishdi. Ular nigohlari orqali gaplashardi.
β nima demoqchisizlar hech nimani mendan yashirmang
Yeorin ularga qarab turar ekan Suga stulini u tomon tortdi.
β Yeorin meni diqqat bilan eshit Don-Hyuk ham Jimin ham jazosini oldi shaxsan meni o'zim ularga jazo berdim menga ishon
Yeorin Suaga qaramagan holda stakanni u tomon uzatdi.
β yaxshi Narachi unga jazo bermaysanmi
β Suga jim meni eshit bilasanmi meni shu axvolga tushishimga kim ayibdor o'sha b*ch u xonamga hamshira kiyimida kirib o'sha lanati shirinlikni berdi agar Sua bo'lmaganda men ham bolamiz ham hozir tirik bo'lmas edik
Sugani kaftlari musht tuguldi ishonching komilmi
β Suga biz hozir o'yin o'ynaymizmi aaa nega men seni alday
Suga shasht bilan o'rnida turdi keskin bo'lgan harakat tufayli stul siljim chiyillagan yoqimsiz ovoz chiqardi.
β 1 soatda qaytaman, Jungkook sen shu yerda bo'l
Suga eshik tomon yo'l oldi eshik tutqichini tudi ammo undan oldin eshikni shifokor ochdi.
β hayrli kun janob Suga siz bilan gaplashib olishimiz kerak
β doktor keyinroq gaplashaylik hozir muhum ishim bor
β ishingiz ayolingiz sog'ligidanda muhummi
Suga uchun Nara muanmosini hal qilish hamma narsadan muhumroq edi ammo Yeorinning sog'lig'idan emas shu bois Suga doktorga ergashin uning xonasiga bordi.
Doktor xonaga kirib kirislolardan biriga ishora qildi
Suga kastyumi tugmasini yechib oyoqlarini keng yozgancha kirislodan joy oldi.
β ho'sh doktor ayolimning sog'lig'ida qanday muanmo bor
β muanmo ayolingizni emas sizni sog'lig'ingizda
β ha to'g'ri sizni aldadim chunki rostini aytganimda men bilan bu yerga kelmas edingiz
Suga jaxil bilan o'rnidan turdi
β meni muxum ishim bor ketishim kerak
Suga eshik tomon yo'l olar ekan doktor ham jaxil bilan turib ish stolini mushtlab urdi
β siz o'lyapsiz eshityapsizmi o'lyapsiz
Suga joyida tosh kabi qotti ortga yuzida chunarsiz ifoda bilan o'grildi
Doktor afsus bilan ko'zlarini yumdi
β qancha umrim qolgan farzandimni ko'rolamanmi uni erkalab bag'rimga bosolamanmi
β aniq aytolmayman davolamsangiz 5 yil 8 yil balki 10 yil agar davolanmasangiz 5 daqiqa ham bo'lishi mumkun
Suga ortiq biron nima deyishni hohlamadi so'zsiz ortga burilib xonadan chiqib ketti.
Yeorin senga vada beraman qancha umrim qolgan bo'lsa ham doim seni yoningda bo'lamn qancha kerak bo'lsa davolanaman ammo hozir qilishim kerak bo'lgan bir ish bor.
Suga mashinani o't oldirib qayerlargadir haydab ketti.
Oradan yarim soat vaqt o'tti Naraning uyi eshigi taqqiladi Nara kim kelganini juda yaxshi bilardi shuning uchun shoshmasdan borib eshikni ochdi.
β azizim kel axvoling yaxshimi Don-Hyukni tutdingmi
Suga hech nima bo'lmagandek uy ichkarisiga kirdi va to'g'ri dam olish xonasiga kirdi deraza yoziga borib tashqarida turgan mashinasiga qaradi
Suga yuzida soxta tabassum bilan Nara tomon o'girildi
β ha hammasi yaxshi Don-Hyukni ham qo'lga oldik hayotimdan birin ketin keraksiz insonlarni yo'q qildim
Nara nozlangancha Suganing qarshisiga kelib barmoqlari bilan kastyum yoqasini siladi
β demak chuda charchagansan shundaymi balki bugun dam olarsan
β yaxshi bo'lardi biron nima ichamizmi
β albatta iloji bor hozr ombordan olib chiqaman
Nara sharob olib kelish uchun omborga tushib ketti 10 daqiqa deganda sharob va qadaxlar bilan xonaga kirar ekan Suga xonada yo'q faqatgina xona o'rtasidagi stol ustida bir telefon turardi telefonga qo'ng'iroq bo'ldi.
Nara qiziqsh bilan deraza yoniga borib sekin pardalarni ko'tarib tashqarida mashinasiga suyangancha derazaga qarab turgan Sugani ko'rdi.
Suga qo'lini baland ko'tarib tabassum bilan silkitti
β meni ayolimga homonlik tilagan barcha jazosini oladiii. Hayr sevgilim
Uy portlab ketti Suga qora ko'z oynak taqib mashinasiga o'tirib yonayotgan uydan uzoqlashdi
Jeonlar xonadoni juda chiroyli qilib yasatilgan darvozalar ochiq ekan turli hil rusumdagi avtomobillarda mexmonlar uy eshigi yonigacha kirib kelishar ularni uy hizmatchilari hurmat bilan qarshi olardi. Shu qars kabi hashamatli uyning 2 qavatidagi bir katta xonada egniga oq libos kiygan Sua ko'zguda o'z aksini tomosha qilib turardi
Men bir hisni tuyapman uni ta'riflash uchun so'z topolmayapman. Men bugun oila quraman bu yaxshimi yoki yomon buni bilmayman ammo qalbim shuni buyurgani uchun Jungkookga turmushga chiqayapman u bilan meni hikoyam qanday boshlandi yaa qanday boshlandi avvaliga dushmanlar keyin sheriklar va so'ngra sevishganlar bular qachon qanday bo'ldi deysizmi u bilan Sugani uyida ilk bor ko'rishganimizda dushmanlar kabi edik, u menga qizi uchun oila qurishni taklif qilganda va men amakimni topish uchun unga turmushga chiqishga rozi bo'lganimda biz sheriklar edik va 6 oy davomida biz o'z maqsadlarimiz yo'lida birlashib sevishganlarga aylandik mana endi oila qurayapmiz bu qanday baxt aa qanday baxt
Sua ko'zgudagi aksiga qarab jilmayib turar ekan eshik ochildi ichkariga avvaliga Jungkook kirib keldi va tabassum bilan Suaning orqa tomonidan borib beliga qo'lini o'rab o'zi tomon tortdi Sua Jungkookning baquvvat qo'llari orasiga banda bo'ldi.
Jungkook iyagini qizning yelkasiga qo'yib ko'zgudan unga qaragancha jilmaydi
β mening qaysar qushim bugun chinakam oqqushga aylanibdi
Sua ayyorona tabassum qilib erkakning qo'llari orasidan chiqdi va nozik qo'llarini uning bo'yniga o'radi
β nima oqqushga aylanishimga shubxangiz bormidi
Jungkook yuzini osmonga qaratib tabassum qilgancha Suani belidan tutib o'z tanasi bilan birlashtirdi.
β qanaqasiga shubxalanar ekanman a
Erkak yuzidagi tabassumni kichraytirib qizning yuz tomon egildi
Erkak lablarini Suaning kichik lablariga bosdi bu bo'sa qisqa ammo hisiyotlarga boy va yoqimli bo'sa edi. Sua va Jungkook bir birining ko'zlari ummoniga g'arq bo'lgandi ham eshik tomondan qarsak eshitildi
β qanday ajab tovur juftlik to'g'rimi azizam biri qaysar bo'lsa ikkinchisi undan o'tgan qaysar
Jungkook bilan Sua eshik tomon qarashdi
Eshik yonida qorni anchagina kattarib qolgan Yeorin va yuzidan hech tabassum arimayotgan Suga turardi.
Sua Yeorinni ko'rdi yu uning yoniga yugurib bordi
Suga Jungkookning yoniga bordi va qulog'iga shivirladi
β kasalligimni Suaga aytmay tur Yeorin buni mendan bilishi kerak
Jungkook do'stini bag'riga bosib yig'lashni hohladi lkn o'zini bosib bosh silkidi
β qani yoshlar tashqariga chiqishdan oldin bir ikkita rasim tushinglarchi
Yeorin mayin jilmayib Suaning kaftti orasidan qo'lini oldi
β Sua biz ikkingiz estalik uchun bizga rasim tushib berishingizni hohlaymiz
Sua tabassum qilgancha Jungkookning yoniga bordi ikkisi xona burchagidagi o'rindiqlarga o'tirishdi Suga ularni suratga oldi
β qani yoshlar endi chiqa qolaylik sizlarni kutishyapti
Jungkook Suani Suga esa Yeorinni qo'lidan maxkam tutdi zinalardan avval Suga va Yeorin keyin esa Jungkook va Sua sekin astalik bilan tushishdi.
To'y kech soat 00 gacha davom etti mexmonlar tarqaldi faqat kelin va kiyovga yaqin insonlar qolgandi
Sua toliqqanini aytib xonasiga ko'tarildi Jungkook esa Sugani yoniga bordi
β Suga kasaling haqida Yeoringa qachon aytmoqchisan
Suga gapni qisqa qildi va eshik yonida uni kutayotgan ayoli yoniga yo'l oldi.
Jungkook to'yga tashrif buyurgan mexmonlarni kuzatib xonasiga ko'tarildi qandaydir hayajon bilan xonasiga kirdi ammo Sua yo'q edi.
Jungkook qo'rqib ketti Suani qidirib xonadan choqdi zinalardan pastlamoqchi edi Leoraning xonasidan qandaydir ovozlar chiqqani uni etiborini tortdi Jungkook sekin eshikni qiya ochdi
Ichkarida Sua va Leora bir biri bilan o'ynashar ikalasini ham kayfiyati juda yaxshi edi Jungkook ham ichkariga kirdi va ularning yoniga bordi Sua va Leora bir biriga ko'z qisib Jungkookni o'rtaga olishdi
β Dada endi kulish navbat sizniki
Suga va Yeorin mashinada uy tomon ketishar ekan mashinada sukunat hukumron edi Suga yo'ldan ko'zini uzmas ora sira o'g'rincha Yeoringa qarab qo'yardi.
Yeorinning boshi egik qo'llari anchagina ishib qolgan qorni ustida sirpanardi Suga ortiq chidolmadi mashinani yo'l chetida to'xtatdi.
β Yeorin senga bir muxum gapni aytishim kerak
Yeorin boshini ko'tarib Suga tomon qaradi uni ko'zlari yosh edi
β Yeorin senga nima bo'ldi - kaftlari orasiga qizni yuzini olib gapini davom ettirdi - nega yig'layapsan
β Suga men barchasini bilaman eshityapsizmi bilaman shunchaki o'zingiz aytishingizni kuttim
Suga ko'zlarini og'ir yumdi va Yeorinni bag'riga bosdi
β meni kechir senga buni oldinroq aytmaganim uchun meni kechir senga vada beraman men seni va bolamiz uchun yashash uchun harakat qilaman lkn sen ham vada ber kuchli bo'laman deb vada ber
Suga o'z vadasida turdi imkoni boricha yashashga va oilasi bag'rida bo'lishga harakat qildi taqdirning ham unga ataganlari bor ekan farzandlarini ko'rdi Allohim unga egiz o'gil berdi Suga ularga tarbiya berdi suyukli ayoli bilan birga yana 10 yil yashadi ammo har qanday go'zal narsani ham go'zal yakuni bo'ladi uning ham go'zal hayotini yakuni kelgandi kasalxonaning 31- palatasi Suga har hil moslamalar qurshovida oxirgi daqiqalarini yashar ekan Yeorin uning yonida yig'lagancha hudodan unga shifo so'rardi
Suga ko'zlarini sekin ochdi yuzlarida qon qolmagan terisi oqarib ko'z qovoqlari cho'kandi
β Yeorin bu meni oxirim meni yaxshilab eshit sen kuchli ayolsan bundan keyin ham kuchli bo'lasan ishonaman farzandlarimizga bir o'zing ham tarbiya berolasan ulg'aytirolasan yani senga vasiyatim turmushga chiqma bolalarimizni o'zing katta qil bilasanmi sen oqila va mayus qiz san huddi oy kabi endi mag'rur va yengilmas bo'lish vaqti keldi kunduzgi oy misoli menga vada ber
Yeorin sasiz yig'lardi yuzidan oqib tushayotgan ko'z yoshlari pastelga tushib kichik nam dog'lar qoldirardi
Yeorin Sugani qo'lini maxkam siqdi lablariga bosib unga vada berdi
Suga yuragini tinchlantirdi va so'ngi bor tabassum qilib ko'zlarini yumdi yu butun tanasi bo'shashdi u bu dunyoni tark etti.
Suga siz bilan o'tkazgan 12 yilim hayotimning yorqin yillariedi sen netting u hayotim butkul rangsiz bo'lib qoldi faqat meni hayotim emas farzandlarimizni hayoti ham mazmunsiz bo'lib qoldi. Seni dafn qilgan kunimiz hayotimni eng qorong'u kuni edi huddi biz kabi osmon ham yig'lar ekan qabring boshidan odamlar ketgach farzandlarimiz ketishni istamadi seni yomg'irda qoladi deb ustki kiyimlarini yechib qabring ustiga tashlashdi o'zlari esa qabringni quchgancha yig'lab uxlab qolishdi meni qo'limdan hech nima kelmadi lekin hayot ko'ndiruvchi ekan ular ko'nikdi ammo men ko'nikolmadim har kuni seni ishga kuzataman deb soat 5 da uyg'onib kiyimlaringni dazmonlar kech soat 6 bo'lishi bilan eshik yoniga kelib seni kutardim ammo sen yo'q eding hayotimni sensiz o'tgan har bir soniyasi asrlarga teng edi lekin 30 yil deganda bu kunlar tugadi bir necha daqiqalar ichida yoningda bo'laman yoningga yoruq yuz bilan boraman men sen aytgandek ayol bo'ldim farzandlarimizni o'zim katta qildim kuchli bo'ldim egildim lkn sinmadim seni ishonchingni oqladim lekin bir armonim qoldi Sua va Jungkookni ko'rish ularni ko'rmaganimga 20 yil bo'lindi ularni qayerda ekanini bilmayman lekin baxtli degan umiddaman
Yeorin o'sha Suga jon taslim qilgan palatada jon taslim qilar ekan o'g'illari uni yonida edi ular yog'larni ammo onasi uchun hursand edi chunki u endi o'z sevgisiga butunlay erishadi.
Yeorin tabassum bilan ko'zlarini yumdi atrofni nur qopladi va ko'zlarini ochganda qarshisida ota-onasi va Sugani ko'rdi Suga unga qo'lini uzatdi Yeorin tabassum bilan uning qo'llaridan tutdi va nihoyat ular butunlay sevgisiga erishdi
BIR BIRIMIZNI SHUNCHALIK QATTIQ SEVAYLIKKI DUNYOLAR BIZNI AYIYOLMASIN
KANAL: @bangtan_ff_shop_menu