May 17, 2025

Moontise during the day

FINAL 2- qism

Hamshira qiz yuzidagi niqobini yechdi

β€” ho'sh Yeorin xonim bugun siz bilan hayrlashamiz Suga menga omonat

Nara baland ovozda kulgancha xonadan chiqib ketti

Yeorinning axvoli tobora og'irlashib borar ediki hatto ovozi chiqmay qoldi ko'zlari sekin yumulib yashashdan umidini uzdi ammo taqdir degan narsa bor qabirga tiriklayin ko'milib tirik qolgan inson oddiy bir alergiya tufayli bu dunyoni tark etolmaydi chunki hali uni qilishi kerak bo'lgan ishlari va yashashi kerak bo'lgan umri bor

Yeorin hushini yo'qotti balki o'lim yoqasida turgandir lekin honaga kirgan Sua bunga yo'l qo'ymadi u shifokor bo'lgani boyis Yeoringa tezda birinchi yordamni ko'rsatdi va tezda shifoxona hamshiralarini yordamga chaqirdi

Hamshiralar Yeoringa kerakli muolijalarni ko'rsatishni boshlar ekan Sua Jungkook va Sugani bundan habardor qilish kerak deb bildi va palatadan chiqar-chiqmas Jungkookga qo'ng'iroq qildi.

β€” Alo, Jungkook qayerdasizlar tezda shifoxonaga yetib kelishinglar kerak

Telefon ortidan Jungkookning havotirli ovozi yangradi

β€” nimadir bo'ldimi, Yeorin yaxshimi

Sua eshikni qiya ochib Yeoringa ko'z tashladi

β€” hozir yaxshi ammo 5 daqiqa oldin - Sua bu gaplarni telefonda gaplashishni hohlamay gapini shu yerda uzdi - Jungkook gapni ko'paytirmay Sugani kasalxonaga olib keling

β€” yaxshi 10 daqiqada o'sha yerda bo'lamiz

Sua telefonni o'chirib Yeorinning yoniga kirdi.

Yeorinning axvoli yaxshi edi qo'lida shirinlik qog'ozi unga termulib o'tirardi. Sua unga bir nigoh tashlab hamshiralarga ketishi haqida ishora qildi.

β€” Yeorin axvoling yaxshimi

Yeorin qog'ozdan ko'zlarini uzmay javob berdi.

β€” Sua meni sodaligimni deb hozir menga qo'shilib bolam ham nobud bo'lishi mumkun edi.

Yeorinning so'zlari Suani biroz o'ylashga majbur qildi. Sua qo'lini uzatib Yeorinning qo'li ustiga qo'ydi.

β€” Yeorin bunda seni aybing yo'q bilasanmi har qanday ona ham o'z farzandi haqida qayg'uradi hech qachon farzandiga yomon bo'lsin demaydi.

Suani gaplari Yeorinni tasirlantirdi oxirgi bor onasini qay axvolda ko'rgani ko'z oldiga kelib onasi unga bergan kanvert yodiga tushdi.

β€” Sua meni biroz yolg'iz qoldirolasanmi

β€” ha, albatta Jungkook kelishi kerak edi uni kutib olaman.

Sua tabassum qilgancha o'rnidan turdi eshikdan chiqish barobarida Yeoringa ko'z tashlab qo'ydi.

Sua xonadan chiqib ketishi bilan Yeorin yostig'i ostidan onasi o'limi oldi bergan o'sha kanvertni oldi kanvert ichida bir xat bor edi.

Yeorin kanvert ichida xatni olib kanvertni janvon ustiga qo'ydi va sekinlik xatni o'qiy boshladi

XAT

Mening qanotsiz farishtam nihoyat 10 yil deganda senga barcha haqiqatni aytishga jurat qildim sen doim meni yomon ona sifatida ko'rding bunga haqli ham eding seni qo'llash o'rniga yaramas Don-Hyukni qarorlarini qo'lladim senga hech qachon quloq solmadim ammo bari sen uchun edi. Bundan 10 yil oldin Don-Hyuk soxta avto halokat uyushtirib otangni o'ldirdi tan-olaman bunda meni ham qo'lim bor edi ammo buni istamagan edim u seni hayoting bilan menga taxdid qildi unga men yoki sen kerak emas edik unga otangni pullari kerak edi shuning uchun unga yordam berishdan boshqa ilojim qolmagandi otangni o'limi va pullari unga yetarli bo'lmadi u otangni barcha narsasiga egalik qilishni hohladi shu qatorda sen va menga ham Don-Hyuk agar unga turmushga chiqib umrimning oxirigacha uni qarorlarini qo'llamasam seni qayerda bo'lishingdan qattiy nazar o'ldirishini aytdi men undan va sendan ayrilib qolishdan juda qo'rqardim shuning uchun unga turmushga chiqdim bilaman 10 yildan so'ng bularni aytish befoyda ammo bilaman Don-Hyuk bugun yoki erta meni baribir o'ldiradi sen meni yomon ona sifatida eslashingni istamadim. Agar otangni uchratsam albatta undan kechirim so'rayman ishonaman u meni kechiradi. Sen ham Suga bilan baxtli bo'l hech kim va hech narsa haqida o'ylama balki hozir mendan hafadirsan balki mendan nafratlanayotgandirsan ammo bir kun ona bo'lganingda meni chunasan qizm baxtli bo'l.

Axmoq onangni kechir.......

β€” oyi sizdan hafa emasman, siz ham meni kechiring

Yeorinning ko'z oldidan onasi bilan bog'liq bo'lgan hotiralar birin ketin o'ta boshladi xatga qaragancha ko'z yoshlariga erkinlik berdi.

Bu orada Jungkook va Suga kasalxonaga yetib kelishgandi Sua ularga bo'lgan voqeani aytib bergandi. Suga Yeorindan havotirlanib tezda Yeorinning palatasiga yetib keldi ichkariga kirishi bilan Yeorinni bu axvolda ko'rib havotiri 2 barobarga ortdi.

β€” qizalog'im senga nima bo'ldi qayering og'riyapti

Yeorin hech nima demadi shunchaki qo'lidagi xatni Sugaga uzatdi.

Suga xatni olib orqasidan palataga kirib kelgan Sua va Jungkookga qarab kravat yonidagi stulga o'tirdi Jungkook Suganing yoniga keldi va unga qo'shilib xatni o'qiy boshladi Sua mayda lekin tez qadam tashlab Yeorinning yoniga keldi va javon ustidagi grafdan bir stakan suv olib unga uzatdi.

β€” yaxshimisan - dedi Sua havotirli ohangdan Yeorinning yoniga o'tirib gapini davom ettirdi - siqilma, asabilashma bu bolaga zarar berishi mumkun.

Yeorinni hatto gapirishga madori qolmagandi shuning uchun shunchaki bosh silkidi.

Suga va Jungkook xatni o'qib chiqib bir biriga qarab qolishdi. Ular nigohlari orqali gaplashardi.

β€” nima demoqchisizlar hech nimani mendan yashirmang

Yeorin ularga qarab turar ekan Suga stulini u tomon tortdi.

β€” Yeorin meni diqqat bilan eshit Don-Hyuk ham Jimin ham jazosini oldi shaxsan meni o'zim ularga jazo berdim menga ishon

Yeorin Suaga qaramagan holda stakanni u tomon uzatdi.

β€” yaxshi Narachi unga jazo bermaysanmi

β€” Yeorin

β€” Suga jim meni eshit bilasanmi meni shu axvolga tushishimga kim ayibdor o'sha b*ch u xonamga hamshira kiyimida kirib o'sha lanati shirinlikni berdi agar Sua bo'lmaganda men ham bolamiz ham hozir tirik bo'lmas edik

Sugani kaftlari musht tuguldi ishonching komilmi

β€” Suga biz hozir o'yin o'ynaymizmi aaa nega men seni alday

Suga shasht bilan o'rnida turdi keskin bo'lgan harakat tufayli stul siljim chiyillagan yoqimsiz ovoz chiqardi.

β€” 1 soatda qaytaman, Jungkook sen shu yerda bo'l

Suga eshik tomon yo'l oldi eshik tutqichini tudi ammo undan oldin eshikni shifokor ochdi.

β€” hayrli kun janob Suga siz bilan gaplashib olishimiz kerak

β€” doktor keyinroq gaplashaylik hozir muhum ishim bor

β€” ishingiz ayolingiz sog'ligidanda muhummi

Suga uchun Nara muanmosini hal qilish hamma narsadan muhumroq edi ammo Yeorinning sog'lig'idan emas shu bois Suga doktorga ergashin uning xonasiga bordi.

Doktor xonaga kirib kirislolardan biriga ishora qildi

β€” o'tiring

Suga kastyumi tugmasini yechib oyoqlarini keng yozgancha kirislodan joy oldi.

β€” ho'sh doktor ayolimning sog'lig'ida qanday muanmo bor

β€” muanmo ayolingizni emas sizni sog'lig'ingizda

Sugani qoshlari chimirildi

β€” ammo siz menga

β€” ha to'g'ri sizni aldadim chunki rostini aytganimda men bilan bu yerga kelmas edingiz

Suga jaxil bilan o'rnidan turdi

β€” meni muxum ishim bor ketishim kerak

Suga eshik tomon yo'l olar ekan doktor ham jaxil bilan turib ish stolini mushtlab urdi

β€” siz o'lyapsiz eshityapsizmi o'lyapsiz

Suga joyida tosh kabi qotti ortga yuzida chunarsiz ifoda bilan o'grildi

β€” hazillashyapsizmi

Doktor afsus bilan ko'zlarini yumdi

β€” afsuki yo'q

β€” qancha umrim qolgan farzandimni ko'rolamanmi uni erkalab bag'rimga bosolamanmi

Doktor sekin o'rniga o'tirdi

β€” aniq aytolmayman davolamsangiz 5 yil 8 yil balki 10 yil agar davolanmasangiz 5 daqiqa ham bo'lishi mumkun

Suga ortiq biron nima deyishni hohlamadi so'zsiz ortga burilib xonadan chiqib ketti.

Pov Suga

Yeorin senga vada beraman qancha umrim qolgan bo'lsa ham doim seni yoningda bo'lamn qancha kerak bo'lsa davolanaman ammo hozir qilishim kerak bo'lgan bir ish bor.

Suga mashinani o't oldirib qayerlargadir haydab ketti.

Oradan yarim soat vaqt o'tti Naraning uyi eshigi taqqiladi Nara kim kelganini juda yaxshi bilardi shuning uchun shoshmasdan borib eshikni ochdi.

β€” azizim kel axvoling yaxshimi Don-Hyukni tutdingmi

Suga hech nima bo'lmagandek uy ichkarisiga kirdi va to'g'ri dam olish xonasiga kirdi deraza yoziga borib tashqarida turgan mashinasiga qaradi

β€” hammasi yaxshimi

Suga yuzida soxta tabassum bilan Nara tomon o'girildi

β€” ha hammasi yaxshi Don-Hyukni ham qo'lga oldik hayotimdan birin ketin keraksiz insonlarni yo'q qildim

Nara nozlangancha Suganing qarshisiga kelib barmoqlari bilan kastyum yoqasini siladi

β€” demak chuda charchagansan shundaymi balki bugun dam olarsan

Suga tabassum qilgancha

β€” yaxshi bo'lardi biron nima ichamizmi

β€” nima ichishni hohlaysan

β€” iloji bo'lsa oq sharob

β€” albatta iloji bor hozr ombordan olib chiqaman

Nara sharob olib kelish uchun omborga tushib ketti 10 daqiqa deganda sharob va qadaxlar bilan xonaga kirar ekan Suga xonada yo'q faqatgina xona o'rtasidagi stol ustida bir telefon turardi telefonga qo'ng'iroq bo'ldi.

Nara telefonga javob berdi.

β€” azizam derazadan qara

Nara qiziqsh bilan deraza yoniga borib sekin pardalarni ko'tarib tashqarida mashinasiga suyangancha derazaga qarab turgan Sugani ko'rdi.

Suga qo'lini baland ko'tarib tabassum bilan silkitti

β€” senga ajoyib sovg'am bor

Nara endi qo'rqa boshladi.

β€” qanday sovg'a

β€” u dunyooooo

Suga Telbalarcha kuldi

β€” Suga

β€” meni ayolimga homonlik tilagan barcha jazosini oladiii. Hayr sevgilim

Uy portlab ketti Suga qora ko'z oynak taqib mashinasiga o'tirib yonayotgan uydan uzoqlashdi