May 18, 2025

Mafiya Jeon Ep 9 written by sugafficc

YUZLAR ORTIDAGI HAQIQAT.....

Yomg‘ir shiddat bilan yerga urilar, osmon go‘yoki ular guvohi bo‘layotgan fojialarga o‘z noroziligini bildirayotgandek momaqaldiroq bilan qichqirar edi.

Yujin hozirgina eshitgan gaplardan karaxt holatga tushdi.

"Jungkookning akasi?" Bu so‘zlar miyasi ichida qayta-qayta jaranglar, yuragidagi og‘irlikni yanada kuchaytirardi.

Yujin

— "Bu imkonsiz... Jungkook yolg‘iz edi,"

— dedi u shivirlab, ammo yuragi unga yolg‘on gapirayotganini his qilardi.

Mashina ichidagi odam eshikni ochdi. U sekin qadamlar bilan ularga yaqinlasha boshladi.

Har bir qadami yerga urilganda, go‘yo tun o‘zi bilan birga yurayotgandek edi.

— "Men Jungkookning soyasidim. Uning orqasida qolgan, lekin hamisha yonida bo‘lgan odam...

Endi men uning nomidan bu dunyoni larzaga solaman," — dedi u shovqinli, ammo sovuqqon ohangda.

Taehyung qurolini uning tomon yo‘naltirdi.

— "Biz bu urushni tugatdik. Yetarli odam o‘ldi."

— "Siz urush tugadi, deb o‘yladingizmi?" — u kulib yubordi. — "Bu endi boshlanmoqda."

U o‘zining qora charm pal’tosini yechdi. Uning kaftlari qora qo‘lqopda, ko‘zlari esa o‘tmish azobi bilan to‘lgan edi.

— "Sen ukamni o‘ldirding, Yoongi. Endi men sizning har biringizdan hisob so‘rayman."

To‘satdan birinchi o‘q yangradi. Yujin qichqirib yubordi, lekin bu faqat ogohlantiruvchi zarba edi — uning oyog‘i yoniga tegdi.

— "Bu faqat boshlanish," — dedi u.

Taehyung, Yoongi va Yujin orqaga chekina boshlashdi.

Ammo ular juda yaxshi tushunishardi: bu safar ular oddiy dushmanga emas, o‘tmishdan kelgan qasosga duch kelishgan edi.

Zulmat ularni yutmoqchi bo‘ldi. Qochish endi natija bermasdi. Yagona yo‘l — yuzlanish va kurashish edi.

Yomg‘ir kuchaygan sari, osmonni yoritgan chaqmoqlar ularning qiyofasini chaqnab ko‘rsatardi.

Jungkookning akasi mashinadan tushdi. Uning harakati sokin, ammo xavfli edi — u yirtqich singari, qurbonlariga yaqinlashayotgan edi.

Uning ko‘zlari xuddi muzday yoritgichdek sovuq, unda na achinish, na kechirim bor edi.

— Mening ukam... — dedi u, past va titroq ovozda. — U sizlar sababli o‘ldi. U sizlarga ishonib xato qildi. Endi navbat sizlarda.

Taehyung qurolini ko‘tarib, oldinga qadam tashladi.

— U bizga xiyonat qilgan edi. Biz tanlov qilmadik.

— Hamma tanlov qiladi, — dedi u. — Siz yovuzlikni tanladingiz. Endi siz bilan yovuzlik o‘rtasida men turaman.

Birdan u o‘q uzdi.

Yujin dod solib, orqaga qochdi. Yoongi Taehyungni yerdan tortib tushirdi — o‘q uning tepasidan o‘tib ketdi.

Ular mashina orqasiga berkinib, tin olishdi.

— Bu odam telba, — dedi Yoongi tishlarini g‘ijirlatib.

— U qasos olish uchun kelgan, — javob berdi Taehyung, — va u to‘xtamaydi.

Yujin ko‘z yoshlari bilan duo o‘qirdi. Yuragi vahimaga to‘lsa ham, ichida bir nur bor edi

— Allohga bo‘lgan ishonchi. U bu zulmatda faqat shu nurning ularni qutqarishiga ishonardi.

— Biz bu yerdan chiqishimiz kerak, — dedi u. — Lekin uni o‘ldirmasdan. Yana qon to‘kilmasin iltimos…

Yoongi unga achinish bilan qaradi.

— Qon siz yoqtirmaydigan narsa, ammo biz yashayotgan dunyo faqat shuni tushunadi…

To‘satdan orqadan portlash eshitildi. O‘sha sirli odam

— Jungkookning akasi — ularning mashinasiga o‘t qo‘ygandi. Olov osmonga o‘rlab, qorong‘ulikni yorita boshladi.

Bu olov ularga vaqt kerakligini anglatar, lekin ayni damda bu — halokat belgisi edi.

Taehyung Yujinga qaradi.

— Yur. Endi emas, hozir emas. Lekin bir kuni men bu yovuzlikni tugataman.

Va agar sen hali ham men bilan bo‘lishni xohlasang…

U ayta olmay qoldi. Yujin esa faqat bosh irg‘adi.

Ular qorong‘ulik ichra yana qochishdi. Ammo bu safar ularning orqasidan nafaqat o‘tmish, balki o‘ch olishga chanqagan jinlar quvardi.

Chunki o‘tmishdan qochib bo‘lmaydi. Ayniqsa, u qasosga aylangan bo‘lsa…

Yomg‘ir qattiqroq yog‘a boshladi. Ular mashina ichidagi qorong‘u qiyofali odamga tikilib qolishdi.

U esa to‘pponchasini sekinlik bilan ko‘tarib, oynadan tashqariga chiqardi.

— Pastga tushinglar, — dedi u sovuq ohangda.

Yoongi birinchi bo‘lib harakatga keldi.

U asta qurolini pastga tushirdi. Taehyung esa hamon tahdidli nigoh bilan qarab turardi.

— Sen kim bo‘lishingdan qat’i nazar… biz taslim bo‘lmaymiz, — dedi Taehyung.

Odam mashinadan tushdi. Endi ular uning yuzini aniq ko‘rishardi. Ha, bu Jungkookga o‘xshardi.

Ammo ko‘zlari… butunlay boshqacha edi. Unda mehr emas, nafrat bor edi.

— Menimcha, sen hali hammasini tushunmagansan, Taehyung,

— dedi u yengil qadamlar bilan yaqinlashar ekan. — Bu o‘yin siz o‘ylagandan ancha chuqurroq.

Yujin orqaga chekinar ekan, yuragi shiddat bilan urardi. U bu odamdan qandaydir g‘ayritabiiy sovuqni his qilayotgandi.

Uning nigohlari nafaqat jismni, balki qalbni ham muzlatardi.

— Nima kerak senga? — deb so‘radi Yujin.

Odam unga qaradi. Bir zum jim qoldi. So‘ng sekin javob berdi:

— Sizlar olgan narsani qaytarish. Ukamning hayoti — sizlar uchun oddiy xotira, lekin men uchun u hammasi edi. Endi, sizlarning har biringiz navbatdasiz...

U qopqora charm ko‘ylagi ichidan kichik detonatorni chiqardi. Yoongi hayqirib yubordi:

— Chekining! Bu tuzoq!

Ammo kech edi. Bir zumda kuchli portlash tovushi atrofni larzaga keltirdi.

Ular uch tomonga o‘qday uchib ketishdi. Portlash ularni yerga yiqitdi. Yujinning qulog‘i shang‘illab, ko‘zlari qorong‘ulashdi.

Yarim hushida bo‘lgancha, u faqat bitta narsani eshitdi: “Bu faqat boshlanish…”

Davomi boor