May 25, 2025

Mafia Jeon Ep 12 written by sugafficc

Yujin daftardagi rasmga yana bir bor tikildi. Unda chizilgan podval... u allaqachon bunday joyni tushlarida ko‘rgan edi.

Har safar u o‘sha qorong‘i xonaga kirganida, yuragi siqilib, ichida qandaydir chaqiriq eshitilardi. Bu tasodif emasdi.

Yoongi, Lisa, Taehyung — har biri o‘z ichki shubhalariga g‘arq bo‘lgan holda turardi.

Ammo endi ular faqatgina tirik qolish uchun emas — balki haqiqatni ochish, hayotni qaytarish, va najot topish uchun kurashardi.

Mina orqaga bir qadam tashladi.

— “Meni kuzatishadi. Meni bu yerga yuborishmagan... Men o‘zim tanladim. Ularni tark etdim.

Ammo bu degani, ular hali ham mendan xabardor.”

— “Ular kim?” — deb so‘radi Taehyung sovuq ohangda.

Mina chuqur nafas oldi.

— “Ular ‘Core Division’ deb ataladi. ‘KR’ loyihasi — ularning faqat bir filiali edi.

Ammo markaz... u yerda hamon JUNGKOOK ushlab turilibdi. Boshqalar esa — undan kuch olishmoqda.”

Yujinning yuragi o‘zini bosolmadi. U ikki qadam oldinga chiqdi.

— “Men boraman. Agar u tirik bo‘lsa, uni topaman. U qanday holatda bo‘lmasin — men uni olib chiqaman.”

Lisa shivirlagancha:

— “Ular seni o‘ldirishadi, Yujin. Sen hali ularning qanday qudratga ega ekanini tushunmading.”

Ammo Yujin ortga qaramadi. Uning ko‘zlarida ilk bor — zaiflik yo‘q edi. Endi u nafaqat sevgan ayol, balki jangchi edi.

Yurakdagi g‘amdan yasalgan qiz — endi taqdir bilan to‘qnashadigan kuchga aylangan edi.

— “U menga yuragini bergan bo‘lsa, men ham unga o‘z jonimni berishga tayyorman.”

Mina unga tikilib qaradi. Uning lablarida yengil jilmayish chaqnadi.

— “Demak, sen uni sevasan?”

Yujin bosh irg‘adi. — “Qorong‘u ichida ham, umid so‘ngida ham — faqat u menga yorug‘lik bo‘ldi.”

Mina esa sekin orqasidagi sumkadan eski chipta olib chiqdi. Unda qora muhr bor edi — “A.R.K Sector — 07B”.

— “Mana bu... yo‘l. Bu chipta sening o‘sha joyga kirishing uchun yagona kalit.

Lekin esingda bo‘lsin — u yerga kirganingda, ortga qaytish bo‘lmaydi.”

Lisa, Yoongi va Taehyung bir-biriga qarashdi. Ular buni tan olmasdi, ammo ichlarida ular ham Yujinning borgan joyiga borishni istar edilar.

Yoongi:
— “Agar bu sening qaroring bo‘lsa, biz sen bilan birgamiz. Qonimizni, o‘limimizni, hatto haqiqatimizni sen bilan bo‘lishamiz.”

Lisa:
— “Agar Jungkookni qaytarish imkoniyati bo‘lsa... men yana kurashishga tayyorman.”

Taehyung esa faqat yelkasidagi to‘pponchasini siqib, bosh irg‘adi. U so‘zsiz va shartsiz tayyor edi.

Mina oxirgi bor Yujinga qaradi.

— “Unda tayyorlan. Chunki u yerda seni nafaqat sevging kutadi... balki haqiqatning eng qo‘rqinchli yuzlari ham.”

Shu payt, yer ostidan g‘o‘ldiragan ovozlar keldi. Xonada elektr yaltiradi. Devordagi chiroqlar bir-bir o‘chdi.

— “Ular meni topishdi,” — dedi Mina. — “Sizlarga vaqt ochdim. U tunnelga o‘tinglar. U yer sizni Sector-07B’ga olib boradi. Qolganini... o‘zingiz ko‘rasiz.”

Yujin uning ko‘zlariga qaradi.

— “Biz yana uchrashamizmi?”

Mina asta jilmaydi.

— “Agar omon qolsak — ha. Ammo bu safar... biz hammamiz o‘z soyamizga qarshi kurashamiz.”

To‘satdan, shipdan qora dron tushdi. U bir zumda o‘q otdi — Mina tizzasiga urildi.

Ammo u o‘zini ushlab, barchani tunnelga undadi.

Yujin, Yoongi, Lisa va Taehyung yugurib tunnel ichiga tushishdi. Orqada — portlash. Mina qorong‘ida yo‘qoldi.

Tunnelda esa... yangi sirli yo‘l boshlanardi. Devorlar qizg‘ish nur bilan yoritilgan, yer osti vagonlari ichkariga yetaklar edi.

Yujin yuragidagi og‘riqqa qaramay, ichki chaqiriqni aniq his qilardi.

Jungkook tirik.
U hansirab o‘ziga shivirlaydi:

— “Men seni qaytaraman. Agar bu jahannam bo‘lsa ham — men seni undan olib chiqaman.”

Tunel

Tunnel ichkarisida havo zich edi. Qizg‘ish chiroqlar har bir yurak urishini ko‘zga ko‘rinadigan darajada sekinlashtirayotganday tuyular, har bir qadam ostida yer ozor bilan nola qilardi.

Yujin yo‘lning boshida, qo‘lida Mina bergan chipta, qalbida esa kuchli qaror bilan yurardi.

Orqada Yoongi yarasiga qaramay og‘ir nafas bilan yurardi. Lisa uning yonida, hushyor va tayyor edi.

Taehyung esa so‘zsiz, ammo qadamlarida qat’iyat bilan yurardi — Yujinning orqasida, soyadek sadoqatli.

Tun tunnel ichiga so‘nggi marta shivirlagandek edi.

Bir necha daqiqadan so‘ng ular tor bo‘shliqqa yetib kelishdi. Yer osti vagonining to‘rtburchak shaklidagi kapsulasi ularni kutib turgandi.

Devorga bosilgan eski tugmalar, tozalikka o‘xshamaydigan zamonaviy texnologiya — bu joy juda qadim va juda xavfli edi.

Lisa bosh egdi. — “Bu yerda texnika tirik. Ular ko‘radi. Eshitadi. Hiss qiladi.”

Yujin chiptani kapsula paneliga qo‘ydi. Yashil nur chaqnadi. Eshik ochildi.

Ular ichkariga kirdilar.

Vooooooooooon... — kabina to‘lqinlanib silkinar, darhol harakatga tushdi.

Tashqaridagi tunnel devorlari shunchalik tez harakatlanardiki, ular go‘yoki vaqt bo‘shlig‘idan o‘tayotganday sezildi.

Yoongi ko‘zlarini yumdi. — “Bu bizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak markaziga olib boradi. U yerda — kodlar yashaydi.”

Yujin unga tikildi. — “Kodlar?”

Yoongi bosh irg‘adi. — “‘KR’ loyihasining markazi. U yerda har bir inson qalbiga, ongiga bog‘langan neyro kodlar bor.

Agar Jungkookni topmoqchi bo‘lsang, u kodni sindirishing kerak.”

Lisa ohangsiz so‘z qotdi. — “Yoki u seni sindiradi.”


Kapsula to‘xtadi. Eshik ochildi.

Ular qorong‘u, lekin keng metall koridorga kirdilar. Har qadamda derazalar orqasida kameralar, ichkarida esa... odamga o‘xshamagan mavjudotlar.

Yo‘q, ular o‘lik emasdi. Ammo tirik ham emasdi. Go‘yoki yarim inson, yarim mashina. Yuzlari ifodasiz, ko‘zlarida hayot emas — buyruq bor edi.

Taehyung qurolini ko‘tardi.

— “Agar ular uyg‘onsa... bu yer — qirg‘in bo‘ladi.”

Lisa ichkariga qadam tashladi.

— “Ular uyquda emas. Ular... kutishmoqda. Bosh buyruqni. Va o‘sha buyruq — Jungkookdan keladi.”

Yujin yuragida chayqalish sezdi. — “Demak u... hali ham ularga ulangan?”

Yoongi chuqur nafas oldi. — “Ha. U bu tizimning markaziy yuragi. U qanchalik qarshilik qilmasin — u orqali tizim oziqlanadi.

Agar uni qutqarolmasak, bu yerda butun dunyoga yo‘naltirilgan kodlar yuboriladi.”

Shu payt, koridor oxirida eshik ochildi. Yorug‘lik, qalin, oq nur ichidan bir kimsa paydo bo‘ldi.

Qadamlar sekin, lekin jarangdor. So‘ng... yuz ko‘rindi.

Bu — Jungkook edi.

Ammo boshqacha.

Ko‘zlarida hayot emasdi — sovuqlik. Nigohi tanidi, ammo tan olmayotganday edi.

Yujin yurak urishini his qildi.

— “Jungkook... bu menman... Yujin. Eslaysanmi?”

U bir lahza jim turdi. So‘ng boshini qiyshaytirdi. — “Yujin. Neyron bo‘limi 13. Yurak aloqasi o‘rnatilgan. Ammo kod uzilgan.”

Lisa past ovozda pichirladi. — “U o‘zini yo‘qotgan. Uni butun tizim egallagan.”

Yujin bir qadam oldinga chiqdi.

— “Sen menga qarshi kurashma. Men seni qaytarish uchun keldim.”

Jungkookning ko‘zlari yaltiradi. Ammo yuragi hali jim edi.

So‘ng u lablarini ochdi.

— “Agar yuraging menga tegishli bo‘lsa, meni qurol sifatida qabul qil. Agar aksincha bo‘lsa... sen yo‘q qilinishing kerak.”

Bu so‘zlar Yujinni larzaga soldi. Ammo u qadam tashlashdan to‘xtamadi.

— “Men seni qurol emas, inson sifatida sevaman, Jungkook.”

So‘ng... u yaqinlashdi. Qo‘lini uzatdi. Yuragining ustiga qo‘ydi.

— “Esla... men kim edim.”

Uning yurak urishi... kuchaydi.

So‘ng Jungkookning yuzidagi metall yoritkichlar titray boshladi.

Ko‘zlari rang o‘zgartirdi. Bir pasda tizim larzaga keldi.

— “Yujin...”

Bu uning ovozi edi. Haqiqiy Jungkook.

Ammo orqada tizim qichqirdi.

XATOLIK. QO‘RQQAN SEVGI AKTIVLASHDI. YURAK QOIDASI BUZILDI.

So‘ng butun devorlar titradi. Kamera orqasidagi mavjudotlar uyg‘ona boshladi.

Yoongi: — “Ular uyg‘ondi! Bizga endi yo‘l yo‘q!”

Lisa: — “Yujin, uni olib chiq! Tez!”

Jungkook hushini yo‘qotayotgancha Yujinga suyanar edi.

— “Men seni... his qildim. Har lahza. Har og‘riq... har chora.”

Yujin ko‘zlaridan yosh oqizdi.

— “Endi sen yolg‘iz emassan.”


Ular yugurishardi. Tizim orqalaridan yiqilar, elektr portlashlari ularni quvlardi. Ammo Yujin endi qo‘rqar emasdi.

Chunki Jungkook uning qo‘lida edi.

Va har bir yurak urishi — bu endi yangi hayotga qadam edi.

Ammo bu oxiri emasdi.

Chunki tizim... hali tirik edi.

Ular undan qochdi. Ammo u orqalaridan qarardi. Va uning ichida... yangi bir mavjudot uyg‘onardi.

KR loyihasi endi tugamagan edi.

Endi... u Yujin orqali yangi bosqichga o‘tayotgandi.

Yujin

Tashqarida tong yorishgan edi.

Ular qochgan, lekin qutulmagan edi.

Lisa mashinani tog‘li yo‘l orqali yurdirar, orqa o‘rindiqda Yujin — hushsiz Jungkookni bag‘riga bosgancha, sukutda edi.

Yoongi old o‘rindiqda yarasini bosib o‘tirar, yuzida og‘riq emas — xavotir bor edi.

Taehyung esa ko‘zgudan faqat Yujinga qarar, unga hech kim yetmasin deganday hushyor edi.

Mashina uzoq yo‘l bosib, balandlikdagi eski monastirga o‘xshagan xarobalarga kirib bordi.

Bu joy bir paytlar rohibalar panohi bo‘lgan, endi esa ularning oxirgi maskaniga aylangandi.

Lisa mashinani to‘xtatdi.

— “Bu yer xavfsiz. Hech kim signallarni ushlay olmaydi.”

Ular ichkariga kirishdi. Jungkookni sovuq tosh karavotga yotqizishdi. Yujin uning peshonasiga yuzini qo‘ydi.

— “U tirik. Yuragi uryapti. Lekin... ichida nimalar bo‘layapti — hech kim bilmaydi.”

Yoongi asta kompyuterni ishga tushirdi. Lisa maxfiy kabel orqali Jungkookning ensasidagi portga ulanishni boshladi.

— “Men uni skaner qilaman. Kod darajasidagi zararni ko‘raman.”

Taehyung yon tomonda turib, yuragini ushlab o‘ylab qoldi:

— “U qaytadi... lekin u hali ham o‘sha tizimning yuragi. Demak u xavf.”

Yujin sekin boshini ko‘tardi.

— “Men unga ishonaman.”

Lisa ko‘zini unga qadadi. — “Bu ishonch seni o‘ldirishi mumkin.”

Yujin jim. Ammo ko‘zlarida qat’iyat bor edi.

Soat o‘tdi.

Nihoyat, Jungkook ko‘zini ochdi.

Ammo bu nigoh... tanish emasdi. Hali ham g‘ira-shira, begona.

Yujin unga yaqinlashdi. — “Bu menman. Esingdami? Biz yashirincha ko‘z tegmasin deb tilak qilgan edik.

Yoddami, bolaligimda menga aytganding — yuragim seni uyg‘otadi deb?”

Jungkook asta ko‘zlarini yumdi. So‘ng:

— “Men... tush ko‘rdim. Unda sen yo‘q eding.”

Yujinning yuragi zirq etdi.

Ammo Jungkook yana ko‘z ochdi. Bu safar... yuragidan gapirdi.

— “Men sen bilan bo‘lganimda... ichimdagi zulmat jim bo‘ladi. Faqat sen... meni tutib turgan nursan, Yujin.”

Yujin o‘zini tiya olmadi. Yuzini uning ko‘kragiga qo‘ydi.

Birinchi bor ular sukunatda, yolg‘onlarsiz, kodlarsiz... odam bo‘lishdi.

Ammo shu payt Lisa kompyuterga tikildi.

Uning rangi oqarib ketdi.

— “Yoongi... bu nima?”

Ekranda yangi tizim kodi paydo bo‘lgandi.

KR-ROOT: faollashtirildi. Yangi tashuvchi: YUJIN.

Yoongi bir zumda o‘rnidan turdi. — “Yo‘q... bu bo‘lishi mumkin emas...”

Taehyung ham oldinga yurdi. — “Demak tizim unga o‘tgan. Endi Yujin — markaz?”

Lisa ko‘zini yumdi. — “U yuragini berdi... tizim esa uni o‘zgartiryapti.”

Yujin hayron tikilib turardi.

— “Men nima bo‘layapman?”

Jungkook asta o‘rnidan turdi. Uning ovozida vahima bor edi.

— “Yujin, sen yuraging bilan meni qutqarding. Ammo tizim seni o‘z yuragi deb qabul qildi. Endi ular seni qidiradi.”

Yujin orqaga chekinib, lablarini tishladi.

— “Demak men... xavfdaman?”

Yoongi ohangida achinish bor edi. — “Agar seni o‘zlariga olsalar, bu butun dunyoga tahdid.”

Lisa unga tikildi. — “Yagona yo‘l... tizimga qaytish va ildiz kodni yo‘q qilish.”

Taehyungning yuzi jiddiy edi. — “Lekin bu yo‘lda sen o‘lishing mumkin, Yujin.”

Yujin sekin bosh irg‘adi.

— “Agar bu mening yuragim orqali boshlangan bo‘lsa... men uni yakunlayman.”

Jungkook uning qo‘lini ushladi.

— “Men sensiz yashay olmayman.”

Yujin ko‘zlaridan yosh bilan jilmaydi.

— “Sening sevging meni kuchli qildi. Endi esa men butun tizimga qarshi turishga tayyorman.

Chunki men faqat qutqaruvchi emasman... men — kalitman.”


Ular yana yo‘lga tushdilar.

Yuzaki tinchlik endi orqada qolgandi.

Yurakda urayotgan yangi kod — tizimni yo‘q qilishga tayyor bo‘lgan insoniy qudrat.

Yujin... endi nafaqat sevgan insoni uchun, balki butun insoniyat taqdiri uchun jang qilishga kirishmoqda edi.


Davomi bor...