Yesterday

𝑴'𝒂𝒎𝒐𝒖𝒓

24—bob. Hayvonot olami

«Ingliz tilidagi love (“muhabbat”) so‘zi juda yoqimsiz sanskrit ildizidan kelib chiqqanini bilsangiz, hayron qolasiz. U “lobh” ildizidan olingan. Lobh “ochko‘zlik” degan ma’noni anglatadi. Oddiy muhabbat haqida gapiradigan bo‘lsak, u ham o‘ziga xos ochko‘zlikdir. Shu sababli pulni sevadigan uylarni sevadigan, u yoki bu narsani sevadigan odamlar bor. Hatto erkak yoki ayolni sevishsa ham, bu shunchaki ularning ochko‘zligi ular o‘zlariga yoqqan narsaning barchasiga egalik qilishni istashadi».

Osho. «Ma’rifatdan narida»

Tae bo‘layotgan voqealarga mutlaqo qiziqish bildirmasdi. Ular kabinetda divanga qulay joylashib o‘tirishardi. Chongukning sonlari ustida noutbuk, qo‘lida xushbo‘y qahva solingan finjon, tilida esa ishonch bilan aytilayotgan gaplar. Ammo Tae ularni haqoratli darajada befarqlik bilan tinglardi.

— Bir og‘iz ham gapirmaysanmi? Har doimgidek, hammasini o‘zim hal qilishim kerakmi? Mas’uliyatni boshqalarga yuklash sening odatingga aylangan.

— Bularning barchasi haqidagi fikrimni bilasan. Farzandni sen xohlaysan menga esa baribir.

— Urug‘ingga bunchalik beparvo munosabatda bo‘lmasliging kerak. Bu lahzaning qanchalik muhimligini his qil. Sen ota bo‘lasan.

Tae qoshlarini chimirdi lablarini ham biroz cho‘chchaytirdi kattalarning fikriga rozi bo‘lmagan xafa bolaga o‘xshab. Ana shunday muhim lahzalarda uni titroq bosardi. Uning istagani esa faqat xonadan otilib chiqib eshikni qarsillatib yopish edi. Chonguk esa tankdek oldinga bostirib borardi.

Noutbuk ekranida surrogat ona bo‘lishga nomzodlar bazasi ochiq edi. Bu qizlardan biri katta qorni bilan yurishini, aniqrog‘i uning ichida o‘z farzandi bo‘lishini tasavvur qilganida, Taening ko‘ngli ayniy boshlardi. U kelajagini xira tasavvur qilardi ammo farzand paydo bo‘lganidan keyingi hayotini umuman ko‘z oldiga keltira olmasdi. Noto‘g‘ri burilish. Berk ko‘cha. Xato.

— Mendan qanday ota chiqarkin?..
Uning ovozida umidsizlik sezilardi.

Chonguk kaftining orqa tomoni bilan uning yuzini siladi biroq Taening xavotiriga befarq qoldi.

— Sen uddalaysan. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi?

Bu gap uni zarracha ham tinchlantirmadi...

— Tae ekranga e’tibor ber. Ulardan biriga biz eng qimmatli narsamizni ishonib topshiramiz. Men esa ulardan biriga anchagina pul to‘layman.

— Bu xarajatlar umuman shart emas... Bularning hammasi qanday amalga oshadi o‘zi?

Tae hali rozilik bermagan bo‘lsada nigohini noutbuk ekraniga qaratdi.

— Hozir tuxum hujayra donorini tanlayapmiz. Bolani boshqa ayol ko‘tarib yuradi. Uning tashqi ko‘rinishi ahamiyatga ega emas u yosh, sog‘lom va avval farzand tuqqan bo‘lishi kerak. U bilan shartnoma imzolaymiz keyin esa sud orqali tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olamiz. Unda «ona» degan joy bo‘sh qoldiriladi. Shuning uchun hozir donorni tanlash ayniqsa muhim. Senga fransuz ayolini taklif qilish haqida o‘ylagandim, ammo unda bola menga umuman o‘xshamay qoladi.

—Men esa buni istamayman. Mana bu qizga qara yigirma yoshda. Chiroyli plastik operatsiya qildirmagan kelajakda shifokor bo‘lmoqchi. Uni go‘yo birga yotoqni baham ko‘rishni istaydigan insoningdek tasavvur qil.

—U sen bilan tengdosh axir sen ham o‘zingga teng yoshli qizni orzu qilganding.

—Qanday yoqdimi?

—Bundan ilhomlanishim kerakmi?

—O‘z gaplaringni o‘zing eshityapsanmi o‘zi?

—Meni yoningga o‘tqazib qo‘yib ulardan biri bilan yotganimni tasavvur qilishimni istayapsan...

—Qoyil qoldim.

—Bu shunchaki xayol. Tortinma bemalol tasavvur qilaver. Men esa shunchaki sizlarni kuzatib o‘tiraman.

—Meni biror ayol bilan yotganimni ko‘rishni istayotganingni aytishing birinchi marta emas— dedi Tae lablarida kinoyali quvnoq bo‘lmagan tabassum bilan.

— Bu seni qo‘zg‘atadimi?

—Meni aynan sening reaksiyang qo‘zg‘atadi.

—Xo‘sh qanday reaksiya bildirarkanman?

Chongukning lablarida mayin tabassum paydo bo‘ldi u qo‘lini Taening soniga qo‘yib, uni mahkam siqib qo‘ydi.

—Juda uyalib ketasan. Ishonchim komilki, ayol ustingda bo‘ladi aniqrog‘i men undan...

U Taening qulog‘iga yaqinlashib, pichirladi

— ...sen blan sikishib yotishini so‘rayman. Bunday paytda chetdan qanday ko‘rinishingni ko‘rish juda qiziq. Tae unga xuddi tushunarsiz, o‘zga sayyoralikcha bema’ni gaplarni aytayotgan o‘zga sayyoralikka qaragandek tikilib qoldi va Taening dahshatiga, u har bir so‘zni tushunib turardi.

—Lekin xayolimga to‘liq erk berishdan oldin ekranga yaqinroq egilib, tanlovimni ma’qullab qo‘y chunki o‘zing biror qarorga kelishga ojizsan.

Tae nomzodga yana bir bor ko‘z tashladi, ammo unda biror kamchilik topa olmadi.

—Mayli o‘sha bo‘la qolsin.

—Xo‘sh iltifoting uchun rahmat— deb kulib qo‘ydi Chonguk hech qanday g‘arazsiz shunchaki yengil ohangda. U Tae aytganini so‘zsiz bajarishiga bir soniya ham shubha qilmagan edi.

—Bolaning jinsini tanlay olamizmi? O‘g‘il xohlaysan shundaymi?

—Meni faqat o‘g‘il farzandni xush ko‘radigan odam deb o‘ylayapsanmi?

—Agar qiz bo‘lsachi ikkovingizni ham uydan haydab yuborishim kerakmi?

Bu fikr uning o‘zini kuldirgandi ammo Tae uchun bu mutlaqo kulgili tuyulmadi. Chon Chonguk haqida gap ketganda, har qanday narsaga tayyor turishingiz kerak...

— Qaysi tarafda ekanligingizni bilmayman.


Xitoydagi gastrol safarlari yakunlandi. Truppa Koreyaga qaytdi. Bu yerda ham bir nechta spektakl namoyish etishdi. Kanal uchun ajoyib treyler suratga olishdi.

Chonguk bilan gaplashish befoyda edi xuddi devorga no‘xat otgandek. Uning butun fikri shu farzandga qaratilgandi...

Tae avvalgidan ko‘ra tez-tez Yenga tikilib qoladigan bo‘ldi. Ehtimol otalikning ijobiy tomonlarini izlayotgandir. «Ehtimol» asosiy so‘z aynan shu edi. U Chongukning o‘g‘li bilan qanday munosabatda bo‘lishini ham diqqat bilan kuzatardi. Ha, aslida u Tae bilan qanday muomala qilsa Yen bilan ham deyarli shunday muomala qilardi. Faqat o‘g‘liga nisbatan ko‘proq ishonch va hurmat ko‘rsatardi.

Ishonch va hurmat munosabatlar tayanadigan ikki ustun. Demak Chonguk unga aqli yetmaydigan boladek munosabatda bo‘lardi... Unda nega yana bir farzand so‘rayapti?

Millerning maslahat berishga shay turgani yodiga tushdi. Shu bois Tae nihoyat uning oldiga murojaat qildi. Afsuski amerikalikning ajoyib tavsiyalar banki bankrotga uchraganga o‘xshardi.

— Tae, menimcha bu masalani baribir Chonguk bilan muhokama qilganingiz ma’qul. Men sizga qanday yordam bera olaman?

— Men shunchaki fikringizni bilmoqchiman sizningcha, bizning vaziyatimizda farzand ko‘rish masalasini ko‘tarish to‘g‘rimi?

—Men oila qurish mumkin bo‘lgan insonga o‘xshaymanmi?

U shunday ohangda gapirardiki suhbatdoshini o‘z fikriga qo‘shilishga majbur qilayotgandek edi. Ammo Miller osonlikcha ta’sir ostiga tushadiganlardan emasdi.

— Nahotki o‘zingiz haqingizda bunchalik yomon fikrda bo‘lsangiz? Bunday qilmang. Siz mehribon va ko‘ngli nozik yigitsiz.

—Nega buning yorug‘ tomonini ko‘rmayapsiz?

—Chonguk sizni munosib baholaydi. U aynan sizdan farzand istayapti, boshqa birovdan emas. Bunda nimasi noto‘g‘ri?

Tae vazmin Millerdan bunday javob kutmagandi. Ammo janob Chongning o‘ng qo‘lidan yana nima kutish mumkin edi?

— Siz nimanidir yashiryapsizmi?.. Chonguk sizga men bilan gaplashishni taqiqladimi?

— Tae...

Miller iliq tabassum qildi, ammo ko‘zlari atrofidagi ajinlarda mehr bilan qorishgan kinoya yashiringandi.

— Men deyarli ellik yoshdaman farzandim yo‘q. Shu sababli maslahat beruvchi sifatida mendan yaxshi odam chiqmaydi. Chonguk esa otalik tajribasiga ega. Uning gaplariga quloq tuting agar u siz uddalay olasiz deb hisoblasa, demak, shunday. Men esa oilangizga yana bir farzand qo‘shilishidan faqat xursand bo‘laman.

Oxir-oqibat ma’nosiz gap almashishlardan so‘ng Tae u yerdan yanada tushkun kayfiyatda ketdi. Aslida, u Millerning o‘z fikriga qo‘shilishidan va ehtimol keyinchalik qandaydir yo‘l bilan Chongukka ta’sir o‘tkazib, hech bo‘lmaganda farzandli bo‘lish qaroridan voz kechishga ko‘ndira olmasa ham bu ishni biroz ortga surishga undashidan umidvor edi. Axir Miller bo‘lmasa, yana kim yordam bera olardi?

Afsuski bu safar ham hech narsa o‘xshamadi. Bu gal xavfsizlik xizmati xodimi ularning oilaviy ishlariga aralashmoqchi emas.


«Tahra» yana kundalik bir xillik qa’riga cho‘mdi. Yangi balet sahnalashtirish kerak edi, ammo kim uchun?
Qayerda?
Xunxeni ham fevral melanxoliyasi chetlab o‘tmadi. U truppaning kelajagiga oid masalalarni sukunat va yolg‘izlikda hal qilishni afzal ko‘rdi.

Tae esa go‘yo anabioz holatiga tushib qolgandi. Turli shubhalar uning ichida his-tuyg‘ular gulxanida qaynab uni qiynardi uzoq vaqtdan beri bosh og‘rig‘iga aylangan surrogat onalik masalasi, baletdagi faoliyati haqidagi ikkilanishlar... Ammo u ichida qaynayotgan bu tuyg‘ularni tashqariga chiqarmasdi.

Chonguk esa, odatdagidek, undan so‘ramasdan, kechikkan yangi yil sovg‘asini topshirdi. Bu sovg‘a chang‘i kurortiga sayohat edi. O‘tgan kuzda ular bu ta’tilni rejalashtirishgan, biroq avariya barcha rejalarini chippakka chiqargandi. Endi esa hammada bo‘sh vaqt topildi Yen maktab ta’tilining so‘nggi kunlarini o‘tkazayotgan Tae ham, Chonguk ham bir necha kunlik ta’til olishi mumkin edi.

Yen kurort Fransiyada ekanini va «Tae amakiga Fransiyani ko‘rsatish kerakligini» eshitishi bilanoq bunga qarshilik bildirishga urindi. U Yaponiyaga borishni so‘radi. Aytgancha u yerda allaqachon bo‘lgan edi. Shu sababli otasi uning istagini qat’iyan rad etdi.

Shunday qilib, ular Paradiskiga uchib ketishdi. Shubhasiz qimmatbaho ta’til Taega kuch va quvvat bag‘ishladi. U butun parvoz davomida Chongukka katta minnatdorlik bilan qarab bordi. Biroq ko‘z o‘ngida qora dog‘dek gavdalanib turgan Yenning borligi uni hushyor torttirardi. Bola nazarida, uni umuman payqamas, otasining butun e’tiborini o‘ziniki qilib olardi. Otasi uning istagiga ko‘nmagan bo‘lsada, bola injiqlik qilmadi. Buning o‘rniga Tae amaki o‘zini ortiqcha odamdek his qilishi uchun qo‘lidan kelganini qildi. Va bunga erishdi ham.

Paradiski uchun chang‘i abonementi qimmat edi undan ham qimmati faqat Shveysariyada bo‘lardi. Chonguk butun bir uy shaleni ijaraga oldi. U yerda qo‘riqchilar, enaga va bitta uy xizmatchisi bemalol joylashdi. Uy juda shinam va chiroyli edi ham ichkaridan, ham tashqaridan. Ayvondan tog‘lar manzarasi ko‘rinib turardi. Bu yerda to‘qilgan kreslolar, stol va jakuzi ham bor edi.

Tae avvalgidek chang‘iga chiqmasdi, Chonguk esa Yen bilan chang‘i uchdi (albatta, ular turli yo‘laklardan foydalanishdi). Chongukning maslahatiga ko‘ra Tae itlar qo‘shilgan chana sayriga ham chiqdi. Uning aytishicha, bu nozikgina qushchasi uchun ayni muddao bo‘lgan mashg‘ulot edi. Qor avtomobillarida sayr qilish ham unga juda yoqdi. Avval yolg‘iz o‘zi haydadi keyin Chonguk bilan birga sayr qildi. Buning evaziga Yenning tund qiyofasiga duch keldi.

Bir-birlariga doimiy ravishda yaqin bo‘lishlariga to‘g‘ri kelayotgan hozirgi sharoitda bola shunchaki otasini qizg‘anardi.

Fransiyadagi maktab ta’tillari sababli dam olish maskani odamlar bilan gavjum edi. Maktab o‘quvchilari qatorida keksa yoshdagi insonlar ham ko‘p edi buning sababi shundaki yetmish uch yoshdan oshganlar uchun chang‘i uchish bepul ekan. Tae havoda paragliding (paraplan) bilan uchayotganlarni ham kuzatdi instruktorlarning ko‘zi ojiz va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni parvozga olib chiqayotganini ko‘rib, u juda ta’sirlandi.

Nimagadir Tae o‘zi ham uchib ko‘rish imkoniyatidan foydalanmadi ehtimol bunga sabab Chongukning taklif qilmagani bo‘lsa kerak Tae esa birovdan xarajatni ko‘tarishni so‘raydigan odam emasdi.

Chonguk Yen bilan birga yopiq tennis kortlariga ketgach Tae to‘g‘ridan-to‘g‘ri yotoqxonaga yo‘l oldi. Ularning xonasida alohida hammom va usti g‘oyat yumshoq qalin to‘qilgan choyshab bilan yopilgan katta karavot bor edi.

Ikkinchi oqshom u va Chonguk terassaga chiqishdi. Chonguk o‘zi bilan bir shisha vino olib keldi uning hidi odamning boshini aylantirishga yetarli edi.

Taega ichishga ruxsat berildi aslida Chonguk uning qadahi bo‘shashi bilan qayta to‘ldirib turdi va yigitning yonoqlari qizarib tezda mast bo‘lib qolganini katta qiziqish bilan kuzatdi. Tae issiq vannada yalang‘och holda qolganini xira-xira eslardi ammo o‘sha vannaning o‘zida qattiq jinsiy aloqada bo‘lganini juda aniq eslardi. Uning mast holatdagi o‘zini tiymagan ingrashlari shu qadar baland ediki Chonguk ularni bo‘g‘ib qo‘yishga majbur bo‘ldi aks holda butun "Paradiski" dam olish maskani nima bo‘layotganini ko‘rish uchun yugurib kelishi mumkin edi.

Umid qilish mumkinki hech kim ularni eshitmadi yoki hech bo‘lmaganda ko‘rmadi chunki Tae o‘sha paytda juda ayanchli ahvolda edi va o‘ziga xos bo‘lmagan haddan tashqari uyatsiz va erkin harakat qilayotgandi.

U yotoqxonada o‘z ta’tilini "oqlash"da davom etdi. Vino uning ichidagi taranglik va qotib qolganlikni butunlay yo‘qotdi jismoniy og‘riqlarni ham bosdi bu esa unga Chongukning ustiga chiqib g‘oyat katta ishtiyoq bilan harakat qilish imkonini berdi.
Paradiskidagi barcha ko‘ngilochar dasturlarni sinab ko‘rdi bu haqiqatan ham jannatmakon dam olish maskani ekan!

Nonushta restotanda qilishdi Tae xuddi bo‘ronli bulutdek xomush o‘tirardi u ayni paytda kayf tarqalgandan boshi og‘riği va bel og‘rig‘idan aziyat chekayotgandi. U o‘tgan oqshomdagi sarguzashtlari haqida og‘iz ochishni ham istamadi. Chonguk uning ahvolini yaxshilashni aniqrog‘i tomog‘iga ikkita barmog‘ini tiqib qustirishni taklif qildi.

Taehyung esa kinoyali tabassum bilan qusish refleksini jilovlashni o‘rganib olganini aytib keskin javob qaytardi. Shunday qilib u boshini kaftlari orasiga olgancha bir tomondan tovuq sho‘rvasidan ho‘plab ikkinchi tomondan esa oshqozonini bo‘shatib yuborish istagiga qarshi kurashib o‘tirardi.

Vaziyatni yanada og‘irlashtiradigan narsa shundaki, Ian uning qulog‘i tagida tinmay gapiraverardi bu esa bosh og‘rig‘ini yanada kuchaytirardi xolos.

— Nega Tae amaki chang‘i uchmayapti?

—U uchishni bilmaydimi?

— Bilmaydi.

— Hatto *men* ham bilamanku.

Bu juda oson deb maqtanib qo‘ydi bola shu orqali u o‘zini kattalardan aqlliroq chaqqonroq va kuchliroq ekanligini ko‘rsatishga urinayotgan bolalarga xos odatiy istakni namoyon etdi.

— Unga mumkin emas, biror joyini shikastlab qo‘yishi mumkin.

— Men ham shikastlab olishim mumkin. Sen ham. Nega faqat unga mumkin emas?

Tae suhbatga chala quloq solayotgan edi. To‘satdan o‘z-o‘zidan xotiralar xayoliga bostirib kirdi xuddi kechagi kundagidek orgazmdan so‘ng Chonguk uning orqa teshigidan oqib chiqayotgan urug‘ni kutib turdi-da, so‘ng barmog‘i bilan yig‘ib olib Taening og‘ziga tiqdi. Tae bunga qarshi emasdi aksincha chinakam zavq bilan so‘rib oldi.

O‘n bir yoshli bolaning yonida o‘tirgan paytida kechagi voqealarni eslash uchun naqadar «qulay» vaqtni tanlagan edi!

— U balet bilan shug‘ullanadi tanasini ehtiyot qilishi kerak — deb javob berdi ota.

— Aytgancha nega birdan bu haqda so‘ray qolding?

— Shunchaki. — Yen jiddiy tus oldi-da, apelsin sharbatidan viqor bilan bir ho‘pladi. Shunday bo‘lsada oxirida aytmoqchi bo‘lgan gapini aytdi.

— Siz bizni Tae amaki uchun bu yerga olib keldingiz lekin u hatto chang‘ida uchishni ham bilmaydi... Tokioda ham ko‘ngilochar joylar ko‘pku.

— Bu yerda senga yoqmayotgan biror narsa bormi?

Otasining ovozi balandlashdi.

— Unday bo‘lsa shaleda o‘tirishing mumkin biz esa sayr qilamiz.

— Yo‘q. Men ham sayr qilmoqchiman.

Bola otasining jig‘iga tegishni istamay, darrov gapini tuzatdi. So‘ng mohirlik bilan mavzuni o‘zgartirdi.

— Aytgancha sen biror yaxshi yangilikni e’lon qilaman, deb va’da berganding.

«Qanaqa yangilik ekan?» — deb o‘yladi Tae istehzo bilan kulimsirab.

— Men Tae bilan farzandli bo‘lishni rejalashtiryapman. Sening ukang yoki singling paydo bo‘ladi.

...Tae birdan qattiq ko‘ngli ayniganini his qildi. Tovuq sho‘rvasi tomog‘iga noto‘g‘ri ketdi.

Yen chinakamiga hayratlandi, og‘zi lol qolgancha xiyol ochilib qoldi.

— Nega? Axir senda men borku?..
Uning ovozi juda-juda g‘amgin tus oldi. Axir u hali bola edi.

— Albatta, sen borsan. Bunaqa xudbin bo‘lma. Men seni avvalgidek yaxshi ko‘raman.

Chamasi, Yenning boshqa gapirgisi kelmay qoldi. U boshini egdi, yelkalarini bukib oldida likopchasidagi ovqatni maqsadsiz titkilay boshladi.

Tae Chongukning bu istagiga ko‘nikishi shundoq ham qiyin edi. Ammo Yenning munosabati unga o‘zini bundan ham yomonroq his qilish mumkinligini ko‘rsatdi. Axir bola ham xuddi shunday fikrda edi nega yana farzand kerak? Mana bittasi borku shu ham yetarli.

— Yen.

Chonguk uning yuzini ko‘tarib, yonoqlariga muloyim qoqib qo‘ydi.

— Nima bo‘ldi nega xafa bo‘lib qolding?

— Men sizning yana bir farzandiniz bo‘lishini istamayman. U menga begona bo‘ladi. Siz Tae amakini shunchalik yaxshi ko‘rasizki keyin faqat o‘sha bolani yaxshi ko‘rib qolmaysizmii?

— Sen endi katta yigitsanku. Bu qanday bema’ni gaplar?

— Nega siz bilan oyim ikkinchi farzandli bo‘lmagansizlar?

Uning ovozi titray boshladi, ko‘zlariga yosh qalqdi. Bu yangilik bolani shu qadar hayratga solib ranjitgandiki, u o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi.

— Unda hammamiz baxtli bo‘lardik!..

Yen yig‘lamaslik uchun tishlarini mahkam qisdi, axir u ham dadasi kabi haqiqiy erkak edi. Ammo nonushtani davom ettirishdan bosh tortib, stoldan turishga urindi. Chonguk uning qo‘lidan tutib to‘xtatdi va o‘ziga yaqinroq tortdi.

— Sen onangni sog‘inyapsan men ham sog‘inaman. Biz uni hech qachon unutmaymiz. Sen doim mening o‘g‘lim bo‘lib qolasan. Men seni sevishdan to‘xtamayman sendan voz ham kechmayman. Nahotki menga ishonmasang?

— Yo‘q.

Yen lablarini qattiq qisib mushtlarini tugdi. Alamdan to‘kilmoqchi bo‘lgan ko‘z yoshlarini yana ichiga yutishga urinib, kipriklarini tez-tez pirpiratdi. Tae tomonga esa hatto qaramadi ham. Chamasi uni dushmani deb hisoblagan edi.

Chonguk uning sochlarini silab qo‘ydi-da, stulga qoqib ishora qildi. Bola yana joyiga o‘tirdi.

Tae esa yer yorilsayu ichiga kirib ketsa edi deb o‘ylardi.


Qisqa ta’tildan u yanada og‘irlashgan bosh bilan qaytdi. Ular Paradiskida to‘rt kun bo‘lishdi. Dam olishga ham, bir-birlaridan charchashga ham bu vaqt yetarli edi. Aniqrog‘i, bir-biridan Yen bilan Tae charchadi chunki ular ilk bor uzoq vaqt davomida yonma-yon bo‘lishlariga to‘g‘ri kelgandi.

Agar Taehyung unga nisbatan o‘zini biroz chetga olib, ehtiyotkorlik bilan tutgan ortiqcha ko‘zga tashlanmaslikka va Chongukning e’tiborini o‘ziga tortmaslikka harakat qilgan bo‘lsa bolakay esa tobora ko‘proq unga qovog‘ini solib go‘yo ogohlantirayotgandek qaraydigan bo‘ldi. Bunday paytlarda u otasiga yanada ko‘proq o‘xshab ketardi, ammo Tae bu holatdan zarracha erimasdi.

Ochig‘ini aytganda u bu bolani yoqtirishga yoki unga yoqish uchun o‘zini urintirishga majbur emas. Chonguk uning otasi ekan demak, bolaning e’tirozlari va noroziliklari bilan ham o‘zi shug‘ullansin, uning ruhiy holati uchun ham o‘zi qayg‘ursin. Axir bir uyda uchovlon yashashga qaror qilgan odamning o‘zi. Tae esa shunchaki ota bilan o‘g‘ilning orasiga tushmaslikka va romantik munosabatlarini ataylab ko‘z-ko‘z qilmaslikka harakat qilardi.

Ehtimol, Yen endi buvisi haq bo‘lgan, Tae yomon odam ekan, deb o‘ylayotgandir. Bola qayerdan bilsin Dyuraning o‘zi ham vaziyatlar asiri ekanini.

Taehyung farzand masalasidagi suhbatlardan har qanday yo‘l bilan qochardi. Bu haqda o‘ylashlari esa peshonasidagi ajinni tobora chuqurlashtirardi. Yaxshiyamki Larkin undan savolga tutmasdi. Balki xo‘jayinining rejalari haqida hali xabar topmagandir.

Chonguk esa tobora ko‘proq ishga ko‘milib, kechgacha ishxonada qoladigan bo‘ldi. Natijada ular orasida ko‘zga ko‘rinmas devor paydo bo‘ldi. Buning ortida biror aniq sabab yo‘q edi shunchaki ishlar ko‘paygan, hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar yetarlicha edi.

Ilgari ham ularning orasida «sovuq» haftalar bo‘lib turardi. Ammo hozir buning uchun ayni vaqt emasdi. Tae uning ko‘magiga muhtoj edi bunday ko‘maksiz esa qo‘rquvlari tobora kuchayib borardi.

Qish o‘z o‘rnini bahorga bo‘shatdi. Nihoyat, mart ham kirib keldi. Kayfiyat ko‘tarilishi, tabiat uyg‘ona boshlashi kerak edi. Qani endi shunday bo‘lsa. Shu vaqt davomida Chonguk unga hatto barmog‘ini ham tekkizmadi va arzimas narsalar bilan chalg‘itmaslikni so‘radi. Uning asabiy va tund kayfiyatda yurgani ko‘rinib turardi. Taehyung esa sherning og‘ziga bosh suqishga shoshilmasdi.

Ularning uyi ustida qora bulutlar to‘plangandi. Go‘yo hamma bo‘lajak o‘zgarishlarni kutib, bir joyda qotib qolgandek edi. Xonadonning kichkina bir a’zosidan taralayotgan pinhona nafrat Taening nazaridan chetda qolmasdi. Boshqalar esa yo buni payqamaganga olishardi, yo haqiqatan ham Yenning dushmanona munosabatini sezishmasdi.

Go‘yo muammolar shundoq ham yetarli emasdek, buning ustiga Taehyung Kimning yordamchisi bilan Miller o‘rtasidagi suhbatning beixtiyor guvohiga aylandi. Yana birovlarning gapini eshitib qoldi. Rostdan ham ularning yonidan indamay o‘tib ketmoqchi edi, chin dildan shuni istadi, ammo uddalay olmadi. Go‘yo yovuz ruhlar butun dunyoning g‘azabini uning boshiga yog‘dirayotgandek edi.

— ...Pastroq gapir — dedi amerikalik past ovozda.

— Xo‘jayin oldida yashiradigan hech narsam yo‘q. Nima, men nimanidir to‘qib chiqaryapman, demoqchimisan? Dyuran ichi bo‘sh odam buni o‘zing ham ko‘rib turibsan. Chiroyli qobiq, xolos. Uning ortida nima bor? Agar Chonguk homiylik qilmaganida ularning ikkinchi darajali truppasi allaqachon barbod bo‘lardi.

Qanaqa iste’dad haqida gapiryapmiz o‘zi?

Nega unda bu iste’dodni hech kim ilgari payqamagan?

Yigirma bir yoshda ammo na ma’lumoti bor na istiqboli!

Chonguk nega u bilan yurishni yoqtirishiga aralashmayman hammamiz u yerda unga aynan nima yoqishini juda yaxshi tushunamiz lekin surrogat onalikmi?

Axir bola hatto uning o‘zidan ham bo‘lmaydi... Yo‘q tushunmayman. Hech qachon tushunmayman.

Shuning uchun ham oyoqlari uni tinglamay qolgandi... Haqiqat achchiq dori edi. Quloqqa og‘ir botardi.

— O‘z joyingda qolishni istasang tilingni tiy. Sendan hech kim fikringni so‘ramayapti — dedi Miller tishini tishiga bosib. U yordamchisi bilan hech qachon bunday ohangda gaplashmagan edi.

— Nimasini so‘rash kerak? Buni hamma biladiku. Men Chongukni fikridan qaytarishga urinayotganim yo‘q. Shunchaki ajoyib insonning bunchalik ahmoqona xatoga yo‘l qo‘yayotgani achinarli. Avval uyni uning nomiga rasmiylashtirdi! Endi esa bola. Balki keyin unga uylanib ham olar?

— So‘nggi marta ogohlantiryapman gaplaringni o‘ylab gapir. Buni eshitmagandek bo‘laman.

—Yaxshisi o‘z oilang haqida ham shunday qayg‘urganingda edi. O‘z xotiningni juda aqlli deb hisoblaysanmi? Uning muvaffaqiyatli faoliyati yoki istiqbollari haqida eshitganim yo‘q. Ma’lumoti bormi o‘zi? Senga uchta farzand tug‘ib bergan. O‘zing esa bilishimcha birovlarning to‘shagiga kirishni ham yaxshi ko‘rasan. Endi yana oilaviy qadriyatlar haqida gapirasanmi?

Millerning ovozi tahdidli yangradi.

Tae yana haddan tashqari shaxsiy suhbatga quloq solib qo‘ygandi. Bu asta-sekin odatga aylanib bormoqda. Yomon odatga...

Qisqa sukunat cho‘kdi. Taehyung sezdirmasdan u yerdan ketishga chog‘langan ham edi biroq yordamchi yana gap boshladi.

— Chonguk sening Ridjinga ko‘ngling borligini biladimi?

«Nima?!» — deb ichida hayratlandi yigit.

— Kim Sokjin! — ataylab baland ovozda kulib yubordi. Ammo Taening kulgiga zarracha kayfiyati yo‘q edi. Yordamchining ham chamasi.

— Men Chongukning boshqa bir ayoliga doim qiziqib kelganman. Lekin sening ko‘rishing yaxshi emasga o‘xshaydi. Yana bir narsani aytaman, Sokjin menga dushman orttirishing senga foyda keltirmaydi. Meni shantaj qilmoqchi emassan degan umiddaman?

Duran suhbatning qanday yakunlanganini eshitmadi. Uning xayolidagi fikrlar tinchlanish o‘rniga, yanada ko‘payib borardi.

Miller kimni nazarda tutdi?

Agar Ridjin bo‘lmasa, kim?

Chongukning onasinimi?

Chonguk bundan xabardormidi? Qandaydir saroy sirlariga o‘xshaydi. Oxir-oqibat, bu uning ishi emas. Ammo o‘ziga qaratilgan achchiq tanqidlar nishonga aniq tekkandi...

Ichi bo‘sh... Chiroyli qobiq. Iste’dodsiz, ma’lumotsiz... Bu so‘zlarning har biri himoyasiz jangchiga otilgan o‘qdek sanchildi. Axir, u uzoq vaqt davomida haqiqatdan qochib yashashga muvaffaq bo‘lgandi. Chonguk bilan ajrashgan paytlarida u hech kimga o‘zini munosib ko‘rsatishi shart emasdi, kichik yutuqlarining o‘zi ham unga quvonch bag‘ishlardi. Hayotini o‘zi boshqarardi va yolg‘iz bo‘lsa-da, hayoti yomon emasdek tuyulardi. Endi esa yana o‘tmishga qaytib qolgandek bo‘ldi.

Salom, komplekslar. Shunchaki chiroyli... Bu haqoratdek eshitilardi..

Agar baxt bo‘lmasa, bu go‘zallik kimga kerak?

U Chongukka munosib emasmi?

Unda nega Chonguk u bilan qolmoqda?

Nega uni o‘z oilasiga qo‘shmoqda?

Endi u haqda qanday fikrda ekan?

Bularning barchasiga qanday chek qo‘yish mumkin?

Qizilishtonning boshi og‘rimaydi, degan gap borku mana endi... O‘zini tanqid qilish jarayoni aql bovar qilmas tezlikda kuchayib yangi-yangi shubhalar ishonchsizlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishidan iborat ulkan bir tugunni hosil qilardi.

Qanday qilib bunday ahvolda farzand rejalashtirish mumkin? Taening mavqei hozir har qachongidan ham beqaror edi. Aslida, agar Chonguk to‘g‘ri qaror qabul qila olmasa, demak o‘zi nimanidir o‘zgartirishi kerak.

Axir rostini aytganda, ularning kelajagi yo‘q.