𝑴'𝒂𝒎𝒐𝒖𝒓
Tahra mukofotlash marosimiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ular madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash maqsadida milliy raqslar asosidagi chiqishni tanlashdi. Dasturda pichoqlar bilan ijro etiladigan raqs qumsoat shaklidagi nog‘oralar bilan raqs va yelpig‘ichlar bilan raqs ham bo‘ladi. Bularning barchasi zamonaviy uslubda qayta ishlangan sharqona musiqa jo‘rligida ijro etiladi. Taehyonga madaniy an’analar mavzusi juda yoqardi. U o‘z vatani deb Koreyani bilardi, chunki shu yerda tug‘ilib, voyaga yetgandi.
Chiqish uchun Hunhe bir homiy topdi. U esa janob Chondan boshqa hech kim emasdi. Unga reklama kerak emasdi, biroq rahbar ayol bilan telefonda ikkinchi marta gaplashganida ishtirokchilardan biri bilan tanishtirishlarini so‘radi. Hunhe telefonni qo‘yganidan keyin rosa kulgili tarzda norozilik bildirgandi axir janob Chon yaqindagina Jihyo bilan munosabatda bo‘lgan, endi esa yangi tanishuvni so‘rayotgandi. Taehyon avvalidanoq bu homiyga qarshi edi ammo u yigitning gapiga quloq ham solmadi. Keyin esa ustiga-ustak o‘sha bema’ni shartni qo‘ydi...
Hunhe hali o‘zini biroz chalg‘itishganini bilmasdi. Taehyon shaxsiy hayoti haqida hech kimga gapirishni istamasdi. Gap faqat uning o‘ziga emas umuman, biror kishiga bu haqda aytishni xohlamasdi.
Kiyim almashtirish xonasidagi janjaldan keyin u Hunhega vaziyatni tushuntirdi unga yolg‘on gapirishni yoqtirmasligini ammo butun haqiqatni ham ayta olmasligini bildirdi. Hozir yolg‘iz yashamayotganini shu sababli kutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganini aytdi.
Jiddiy biror gap bo‘ldimi?
— Yo‘q, bu mening oilamga aloqador emas, — dedi u. Axir endi uning hech qanday oilasi qolmagandi.
— O‘sha odam bilan janjallashib qoldik telefonim ham yonimda emasdi. Mashg‘ulotni qoldirganimdan juda afsusdaman. Kechiring Pe xonim.
— Rostini aytchi kim bilan yashayapsan?
Bu savoldan qochib qutulolmadi. Taehyon ikkilanib qoldida nigohini yerga qadadi.
— Qayerdan bildingiz? — dedi Taehyon hayratdan dong qotib.
— Shunchaki seziladi. Kasbimizda jinsiy orientatsiyang bilan meni hayratda qoldira olaman deb o‘ylamagan bo‘lsang kerak? Xo‘sh bu erkak kim?
— Homiyimiz — dedi u istamaygina taslim bo‘lib.
— Janob Chonmi? Voy ayyor tulkivoyey!
—Jihyodan tortib oldingmi? Qani topaychi festivalda tanishdinglarmi?
— Yo‘q. Aslida biz munosabatlarimizni qayta tikladik.
Hunhening yuziga sirli tabassum yugurdi.
— Ana xolos qanday ehtiroslar! Demak, u... — ayol kulib yubordi.
— Bularning hammasini sening sharafingga qilayotgan ekan-da.
— Demak rost ekan. Sen esa o‘zing haqingda gapirishni yoqtirmaysan. Xo‘sh, nima ustida kelisha olmayapsizlar?
— Oramizda tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lib turadi.
— Singling vafotidan keyin ancha ichimdagini tashqariga chiqarmaydigan bo‘lib qolding. Munosabatlaring bu borada senga yordam beryaptimi? To‘g‘risi, men hech qanday o‘zgarish sezmadim. Albatta, hukm chiqarish menga emas ammo mening tushunchamda munosabatlar insonni baxtli qilishi kerak. Eh mayli, kimni aldayapman... U ma’yus kulimsiradi.
— Shu yoshimga kelib, bir xulosaga keldim hech bir erkak eshityapsanmi, Taehyon hech biri sevgingga ham ko‘z yoshlaringga ham arzimaydi. Lekin baribir yana sevib qolaman, yana ko‘z yosh to‘kaman. Munosabatlar juda katta mehnat talab qiladi. Shuning uchun ulardan hissiy qoniqish olishdan ko‘ra, ularni saqlab qolish uchun ko‘proq kuch sarflab charchayman. Xullas, buni boshingga olma, ortiqcha gapirib yubordim. Keling, aniqroq masalaga o‘taylik. Janob Chon bizning truppamiz haqida nima deydi?
Chon haqida ma’lumot olish uchun undan har bir gapni qiynalib sug‘urib olishga to‘g‘ri kelardi. Taehyon endi ortiqcha gapirmaslik buyurilganini unutmasdi.
— Ha, to‘g‘ri Jihyo bir safar aytgandi. Demak, bu sening sharafingga qilingan ish ekan-da. Chiroyli e’tibor.
Chiroyli e’tibor... Taehyon esa ishidan keyin baletdan ham osongina mahrum etilishidan tobora ko‘proq xavotirlanardi.
— U uyga kech qaytishimni yoqtirmaydi. Oktyabrdan keyin nimadir o‘zgarishiga juda umid qilaman.
— Men ham umid qilaman, Taehyon. Bu yerda yarim tungacha qolib, buning uchun hech qanday haq ololmaslik hech kimga yoqmaydi. Bugun o‘sha Chonni biznikiga taklif qil. Erkakning ko‘nglini tinchlantiraylik.
— Yo‘q... — Taehyon hayratdan og‘zini ochib qoldi.
— Jihyo ham... Bu dahshatli fikr. Uning bunga qiziqishi yo‘q.
— Ayol sifatida Jihyoni tushunaman, ammo hozir meni ko‘proq homiyligimiz masalasi qiziqtiryapti. Ochig‘ini aytsam Tahraning kelajagi sizlarning kelishmovchiliklaringizga bevosita bog‘liq. O‘zim unga qo‘ng‘iroq qilaman.
Taehyon dahshat ichida Hunhening qo‘ng‘iroq qilishini kuzatib quloq soldi. Shu paytning o‘zidayoq bularning barchasini Chongukka qanday tushuntirish haqida bosh qotira boshlagandi. Ammo Hunhe g‘olibona tarzda qizil lab bo‘yog‘i surtilgan to‘la lablarini yoyib tabassum qildi.
— Rozi bo‘ldi. Hali sen shubhalanib o‘tirgandinga!
Chongukning soat o‘n birlarga yaqin paydo bo‘lishi Taehyonni xotiralar to‘lqinida ikki yil ortga Universal balet zaliga olib ketdi. O‘shanda bu erkak uning hayotida ilk bor paydo bo‘lgandi. O‘sha xotiralar beixtiyor uning lablariga sezilar-sezilmas tabassum yugurtirdi. Axir o‘shanda Chonguk unga yoqmagandi... Taehyon shunday deb o‘ylagan nigohi bunchalik sovuq, yuzida hech qanday ifoda bo‘lmagan insonlar o‘ziga jalb qila olmaydi. Hozir esa Taehyon undan nigohini olib qochmay, javoban tikilardi va negadir yuragi hayajondan bezovta bo‘lardi. Chonguk shunchaki kelishgan, salobatli erkak emasdi u erishib bo‘lmas darajada chiroyli edi. Uning sovuq ko‘zlari esa Taehyonni o‘ziga rom etib qo‘ygandi. Zalning boshqa odamlaridan ayniqsa har kuni ko‘rib yuradigan Chongukdan uyalish juda ahmoqona edi. Shunday bo‘lsada Taehyon tushunarsiz hayajon tufayli o‘zini yo‘qotib qo‘yardi.
Mehmonga keragidan ortiq tikilib qolgan faqat dovdiragan Taehyon emasdi. Jihyo ham Chongukka alam va ehtiros aralash nigohlarini o‘qdek yo‘llardi. Bu nafratmidi, qayta alangalangan ehtirosmidi yoki shunchaki yaralangan g‘ururmi buni anglash qiyin edi.
Chonguk esa juda beparvo edi. Bu nigohlar uni u yoqda tursin, hatto yoniga ham yetib bora olmasdi.
Pe xonim uni tezda o‘z kabinetiga boshlab ketdi. Ular zalni tark etishi bilan qasamki, hamma yengil nafas olgandek bo‘ldi.
U kabinetda deyarli bir soat qolib ketdi. Shubhasiz, ular faqat pul haqida emas, asosan Taehyon haqida ham gaplashishdi. Yigitga naqadar uyat edi! Go‘yo ota-onasi uning o‘qishdagi o‘zlashtirishini bilish uchun sinf rahbarining oldiga kelgandek. Bugungi mashg‘ulotni bemalol muvaffaqiyatsiz deb hisoblash mumkin edi: xayoli bir joyga jam bo‘lmadi, raqsga ham tusholmadi. Chonning yana paydo bo‘lishi esa vaziyatni battar og‘irlashtirdi. Buning ustiga, uning omadsiz urinishlarini ko‘rib, Chonguk hafsalasi pir bo‘lishidan va oxir-oqibat uning faoliyatiga butunlay nuqta qo‘yishidan qo‘rqib ketdi.
Ruxsat berilishi bilan Taehyon va, chamasi, Jihyo ham birinchilardan bo‘lib kiyinish xonasiga oshiqishdi. Erkaklar homiy haqida qisqacha gaplashishdi ayollar esa notanish erkakning jozibasi va salobatiga mahliyo bo‘lib, tinimsiz suhbatlashishardi. Jihyo tishlarini g‘ijirlatgancha chiqib ketdi. Ich-ichidan alam uni kemirayotgan bo‘lsa-da, omadsiz tugagan munosabati haqida hamkasblariga aytmoqchi emasdi.
Taehyonni asosiy kirish eshigidan sal narida mashina kutib turardi.
Bir qiynoq tugadi. Navbatdagisi boshlandi.
— Pe xonim bilan nima haqida gaplashdingiz? — deb so‘radi Taehyon shartta.
— Har xil narsalar haqida. Mashina harakatlana boshlagach Chonguk kaftini uning soniga qo‘ydi.
— Seni chalg‘itganimiz uchun uzr. Endi bu yerga kelmasang ham bo‘ladi.
Noqulay sukunat cho‘kdi ammo ko‘p o‘tmay Chonguk yana gap boshladi.
— Nega senga tez-tez tanbeh berishardi?
— Kecha meni qamab qo‘yding, uch kundan beri mashq qilganim yo‘q.
— Bu butun haqiqat emasdi, ammo sabablaridan biri edi.
— Demak bunga men sababchimanmi?
Uy ahli allaqachon uyquga hozirlik ko‘rayotgan edi. Biroq dushdan chiqqan Chonguk birdan suhbatlashishni taklif qildi. Hatto o‘zi bilan adyol ham olishni tayinladi. «Qayerga?» degan savolga esa indamadi.
Soat tungi birdan oshib ketgandi. Chonguk ertalab barvaqt turishi kerak bo‘lsa-da, uxlashga shoshilmadi. Oshxonaga borib, vino va yeguliklar olib keldi. Taehyon uning bemalol harakatlar bilan pishloq va vetchinani to‘g‘rayotganini, cherri pomidorlari, zaytunlar va yong‘oqlarni likopchaga joylayotganini indamay kuzatdi. Chonguk taxtachani unga uzatdi. Taehyonning qo‘liga esa qadahlar bilan birga oq vino shishasi tutqazildi.
Romantik oqshomga o‘xshaydi. Nahotki?
Chonguk uni tashqariga olib chiqdi. Hovli ichida yordamchi bino bilan asosiy uy orasiga ochiq taxta maydoncha qurilgan bo‘lib u ayvon vazifasini bajarardi. Unda kichkina stol va stullar turardi. Ular bu yerga ilk bor kelib o‘tirishdi. Ko‘cha chiroqlari yuzlarni bemalol ajratib ko‘rish uchun yetarlicha yorug‘lik berardi.
Chonguk vino shishasini ochib o‘z qadahiga ko‘proq quydi. Taehyon esa ataylab juda ozgina quyib oldi.
— O‘ylashimcha endi meni tinglashga tayyorsan. Oilam haqida gaplashamiz.
Taehyonning yuragiga xuddi kamondan otilgan o‘q kelib sanchilgandek bo‘ldi. U ishtahani ochadigan yeguliklar solingan taxtacha va qorincha shaklidagi qadahlarga qarab bunday suhbatni kutmagandi. Endi na ichgisi, na yegisi kelardi. Kasalxona... Ha u kasalxonaning hidini sezgandi. Bir kun kelib bu suhbat bo‘lishi muqarrar edi.
— Ridjin bilan meni o‘n to‘qqiz yoshimda tanishtirishgan. U esa, tabiiyki o‘n sakkizda edi Fayaga endigina o‘n uch yosh to‘lgandi. Bizni otalarimiz tanishtirishgan. Bu tanishuvning oxiri bir kun kelib nikoh bilan tugashini hamma yaxshi tushunardi. Bu biznes edi. Keyin men o‘qish uchun chet elga ketdim. Esingda bo‘lsa, Amerikaga ketishimdan oldin shaxsiy hayotimda muammolar bo‘lganini aytgandim. Men Ridjinga shunchaki qo‘l tekkizmagan emasman, ketgunimcha u bilan hatto gaplashmaganman ham. Birinchi kursdan keyin yozgi ta’tilga uyga qaytdim va bizni yana uchrashtirishdi. Otam mendan nima talab qilinayotganini doim aniq tushuntirardi yoz oxirigacha Ridjin bilan yaqinlik qilishim kerak edi. Aytgancha, men uning birinchi erkagi bo‘lganman. Keyin bir yil davomida u qishki ta’tilda oldimga kelib turdi, undan so‘ng esa bahorda bir oyga keldi.
— O‘sha paytda unga xiyonat qilganmiding?
— Men unga hech qachon sodiq bo‘lmaganman.
U xotirjamlik bilan qadahidan ho‘pladi.
— O‘sha paytlarda men oilaviy hayotga tayyorgarlik ko‘rish bilan emas, o‘qishim, kelajakdagi rejalarim va do‘stlarim bilan band edim. Senga hamma tafsilotlarni aytib o‘tirmayman. Qisqacha aytganda, men unchalik e’tiborli yigit bo‘lmaganman va buning jazosini tortganman.
— O‘sha bahorda men uning homilador bo‘lishiga sababchi bo‘ldim. Ikkalamiz ham bundan bexabar edik. Buni bilmaslik qiyin shundaymi?
—Axir bolalar qanday dunyoga kelishini bilamizku?
—Bu tasodif emasdi.
—Himoyalanmasdan yaqinlik qilganingda aslida buni tasodif deb bo‘lmaydi. Oltinchi haftada uning homilasi tushib qoldi. O‘sha paytda u onam bilan birga bo‘lgani va onam bu voqeani yashirishga yordam bergani biz uchun omad bo‘ldi.
Taehyonning rangi oqarib ketdi. U hayratdan og‘zini ochgancha qotib qoldi.
— Buning uchun o‘zimni kechira olmayman. Hozir ikkita farzandim ulg‘ayayotgan bo‘lishi mumkin edi. Garchi katta farzandim bilan hayotim qanday kechishini hech kim bilmasa ham. Har qanday holatda ham, bunga men aybdorman. Yigirma ikki yoshimda o‘qishni tugatib, Koreyaga qaytdim. Umumiy suhbatdan o‘tib Verfiga ishga qabul qilindim va astoydil ishlay boshladim.
— Otang hatto ishga joylashishingga ham yordam bermadimi?..
— Uning fikricha men hamma narsaga o‘z kuchim bilan erishishim kerak edi. Buning uchun esa u menga yaxshi ta’lim bergan. Bir tomondan bu mantiqli shunchaki bir qondan ekanliging uchun kompaniyani ahmoqning qo‘liga topshirib bo‘lmaydi to‘g‘rimi? Agar ahmoq bo‘lmasam, o‘zim ham martaba pog‘onalaridan ko‘tarila olaman. Boshqa tomondan esa, u juda qattiqqo‘l usullar bilan ish tutardi. Bu esa boshqa masala.
— Xo‘sh, oxir-oqibat Ridjin bilan nima bo‘ldi? Darrov turmush qurindinglarmi?
— Unchalik emas. Biz faqat ikki yildan keyin turmush qurdik. To‘y uchun pul yig‘ishim kerak edi.
— Axir otalaringiz boyku?.. Ya’ni pul bor ediku.
— U pul ularning puli edi men esa o‘z oilamni qurayotgan edim tushunyapsanmi?
—Janob Soning qiziga munosib inson bo‘lishim kerak edi. Qaynotam bilan munosabatlarim tarang edi. Men unga yoqmasdim.
— Nima u otang bilan til biriktirganmidi?
— Ular do‘st edilar. Shuning uchun ko‘p masalalarda fikrlari bir-biriga mos kelishi tabiiy edi. To‘ydan oldin ham Ridjin bilan alohida kvartirada yashardik. Bizga merosxo‘r dunyoga keltirish topshirilgan edi, shuning uchun harakat qilardik. Ammo hech narsa o‘xshamasdi. Ridjin sababini aniqlash uchun kasalxonalarga qatnab, tekshiruvlardan o‘tardi. Men esa ko‘p ishlardim. Shu bois ikkalamiz ham asabiylashib ketgandik. Keyin hayotimda o‘sha ayol paydo bo‘ldi senga u haqida aytganman. Xotinimga qo‘pollik qila olmasdim, o‘zimni tiyishimga to‘g‘ri kelardi. Ammo o‘sha ayol bilan munosabatlarimiz har xil tus olgan. Bu taxminan bir yil davom etdi. Keyingi voqealar senga ma’lum uni o‘ldirishdi, meni esa aybdor qilib ko‘rsatishdi. Ridjin esa hamon homilador bo‘la olmasdi. Buning ustiga, otalarimizning bosimi ham bor edi: ularning fikricha men erkak emasdim urug‘imning sifati yomon yotoqda ham ojiz edim. Aleks sud ishini hal qilish bilan band bo‘lgan paytda, onam oilamiz bilan shug‘ullandi. U xotinimni EKO muolajasidan o‘tishga olib bordi. Faqat shu yo‘l bilan farzandli bo‘la oldik.
—Ayol organizmidan tuxum hujayra olinadi, u laboratoriya sharoitida urug‘lantiriladi. Keyin hosil bo‘lgan embrion inkubatorda rivojlanadi va bachadonga joylashtiriladi.
— Ha bolani tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirish ancha yoqimliroq. Yen biz uzoq kutgan farzandimiz. Faqat yigirma olti yoshimdagina nihoyat ota bo‘ldim va shundan keyin bizni tinch qo‘yishdi.
— Uzoq kutilgan... Menga esa buni aytmoqchi ham bo‘lmaganding.
U bahslashishga kirishmadi qolaversa, Taehyonning ranjishi ham shunchaki yo‘qolib qolmasdi. Vaziyatga oydinlik kiritish, albatta, zarur edi. Ammo Taehyon uchun «shunchaki tanish qizga uylanish» va «shunchaki uzoq kutilgan o‘g‘il» oddiy yangiliklar emasdi.
— Onang sizlarni doim qo‘llab-quvvatlagan ekan. U haqidagi gaplarni eshitish menga yoqadi.
Chonguk kutilmaganda tabassum qildi. Chamasi xotiralar uni kulimsirashga undagandi.
— Mening sher urg‘ochim o‘ziga xos fe’l-atvori bor. Uni ko‘rsang qo‘rqib ketarding.
Taehyon ham uning tabassumiga javoban kulimsiradi. Agar Chongukni nimadir tabassum qilishga majbur qilsa, demak, o‘sha mavzu o‘z-o‘zidan qiziqarli bo‘lib qolardi.
— Otamga shuncha yil chidash uchun yo telba bo‘lish kerak, yo mening onam. Faqat mengagina hamma narsani kechirishardi, boshqalarda bunday imtiyoz yo‘q edi.
— Keyin oilang bilan nima bo‘ldi?
— Ridjin dono ayol edi va to‘g‘ri yo‘l tutdi. Shu sababli biz shunchaki er-xotindan ko‘ra yaqinroq insonlarga aylandik.
— Unda nega xotining va o‘g‘ling Xitoyda yashashardi?
— Avval uning otasi, oradan yarim yil o‘tib esa mening otam vafot etdi. U oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun Xitoyga ketdi. U yerda uzoq qolib ketdi va oxir-oqibat o‘sha yerda yashashga qaror qildi. Biz hech narsani o‘zgartirmaslikka kelishdik.
— Xotiningning ham boshqa erkaklari bo‘lganmi? Sen ular haqida bilarmiding?
— Men uchun nimanidir bilmay qolish qiyin. Jinsiy hayotimiz munosabatlarimizni buzgan edi. Tabiiyki, uning ham mendan boshqa munosabatlari bo‘lgan. Men uning sarguzashtlari tafsilotlariga qiziqmadim ammo so‘nggi paytlarda u bir san’atshunos bilan uzoq vaqt uchrashib yurgandi.
— Tushunarli...
Nihoyat, uning hikoyasi tugadi. Noqulay sukunat cho‘kdi. To‘g‘rirog‘i, bu sukunat faqat bir kishiga noqulay edi.
— Oilang katta ekan eshitish qiziq bo‘ldi. Ammo bu seni kechirdim degani emas...
— Farzandim borligini bilib hayratga tushganingni va bundan ranjiganingni tushunaman. Ammo men senga xiyonat qilganim yo‘q. Bu vaziyatni ortda qoldirishing kerak. Asta-sekin avvalgi munosabatlarimizga qaytamiz.
— Nega endi men shunday qilishim kerak?.. Agar o‘sha baxtsiz hodisa bo‘lmaganida!..
— Sen baxtli yashayotgan bo‘larding, xotinim tirik bo‘lardi, o‘g‘lim esa to‘liq oilada ulg‘ayardi. Hammasi a’lo darajada bo‘lardi, Taehyon.
— Nimasi a’lo darajada bo‘lardi? Agar mening ham yashirin xotinim va farzandim bo‘lganida, sen ham shunday fikrlarmiding?
— Bema’ni gaplarni gapirma. Agar sening oilang bo‘lganida, men senga hatto e’tibor ham bermagan bo‘lardim.
— Men ham seni rad etgan bo‘lardim! Afsuski, menga bu haqda hech kim aytmagan. Endi hammasini aytib berding, demak, meni kechirishim kerak deb hisoblayapsanmi? Keyingi safar yana nima kutishim kerak? Balki sendan yana bir yashirin oilang borligi ma’lum bo‘lar?
— Genrix VIII Anna Boleyn uchun Angliyada Rim papasining hokimiyatini ag‘dardi va ikki marta uylangan ilk qirollardan biri bo‘ldi. Aytgancha bu shunchaki bir misol.
— Men tarixni bilmayman, — dedi Taehyon jahli bilan. U gapning ma’nosini tushunmagandi.
— Anna yosh saroy xonimi edi. O‘sha davrda ayollar odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishardi iffat va o‘zini erkaklardan yiroq tutish ularni erkaklar ko‘zida yanada jozibali qilardi. Genrix yetti yil davomida ajrashish uchun kurashgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Anna nikohdan keyingina unga o‘zini bag‘ishlagan. Bizning vaziyatimizga biroz o‘xshamayaptimi Taehyon?
— Men endi ayolga o‘xshaymanmi?
— Sen bundan o‘zing uchun xulosa chiqarishing kerak mening bir xotinim bor edi ammo men sen bilan ikkinchi tanlagan insonimdek yashadim. Ikkinchi bo‘lganing uchun xafa bo‘lishing kerak emas.
— Genrix Anna Boleyn bilan nima qilganini bilasanmi? Uni qatl ettirgan. Chunki Anna makkor jazavakor takabbur va manman ayolga aylangan edi. O‘zingga chetdan qarab ko‘r janjallaring naqadar xunuk ko‘rinadi. Balki endi xulq-atvoringdagi ayrim narsalarni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandir.
— Bu ogohlantirishmi? — Taehyon birdan jiddiy tortdi. Suhbatga bo‘lgan qiziqishi butunlay so‘nib xuddi ignalarga to‘la tipratikandek tikanlarini chiqarib oldi.
— Bas qil! Boshimni aylantirishni bas qil! Bu voqea seni hayajonga solyaptimi? Chonguk, unday bo‘lsa, o‘zingga biror saroy xonimini top, yangi xotin ol, nima bilay! Yoki seni yana nima qiziqtirsa o‘shani qil! Men endi bokira ham emasman, men bilan qiziq bo‘lmay qolganman. Nega ikkalamizni ham qiynayapsan? Bizdan hech qachon oila chiqmaydi. Nima desang ham, men erkakman! Ikki erkakdan oila bo‘lmaydi! Bizning umumiy farzandimiz ham bo‘lishi mumkin emas! Qanday xayollar bilan yashayapsan o‘zi?
— Tinchlan. Oila haqidagi tasavvurlaring shubhali. Homiladorlik masalasini hisobga olmaganda, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarda ikki erkak o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hech qanday alohida narsa yo‘q. Bizning ham o‘z majburiyatlarimiz bor, bir to‘shakni baham ko‘ramiz, men seni sevaman va himoya qilaman. Sen haqingda esa bunday deya olmayman, ammo hech bo‘lmaganda men bilan yaqinlik qilish senga yoqadi. Ishon, oilada bu juda muhim. Sen mendan yuz o‘girmasliging kerak, aks holda muammolarimiz ko‘payadi. Farzand tarbiyasi bilan faqat ona shug‘ullanmaydi. Buni sen mendan yaxshi bilishing kerak, Taehyon. Axir seni bobong tarbiyalagan. Sen ham farzandimizni tarbiyalay olasan.
— Chonguk!.. Iltimos bas qil! Men hech qanday farzand haqida eshitishni istamayman! Goh qo‘rqitasan, goh jazolaysan goh sevgi haqida gapirasan. Ridjinga qo‘pollik qila olmagansan, menga esa qo‘lingdan keladimi? Unga xiyonat qilgansan, menga esa yo‘qmi? Men senga ishonmayman! Sen bilan yashashim mumkin, ha to‘g‘ri aytasan, sen bilan yaqinlik qilish menga yoqadi bu shunchaki nafs. Ammo hayotimni sen bilan farzand orqali bog‘lashga aslo rozi bo‘lmayman!
— Sekinroq gapir xizmatkorlarni uyg‘otib yuborasan. Ular aytgancha sen hech qanday tashvish ko‘rmasliging uchun tong sahardan turishadi. Ahmoqlik qilma, baribir mendan hech qayerga ketolmaysan. Xohlaysanmi-yo‘qmi bizning farzandimiz bo‘ladi. Oldinda bizni birga o‘tkazadigan ko‘plab baxtli yillar kutmoqda. Farzandimiz sevgimizni yanada mustahkamlaydi.
Taehyon dahshatdan ko‘zlarini katta-katta ochdi. Bu gaplar shunchaki tush bo‘lishini ich-ichidan so‘rardi. Shunday paytlarda unga Chonguk haqiqatan ham aqlini yo‘qotgandek tuyulardi.
Taehyonni g‘azab, norozilik va tushunmovchilik qamrab oldi. Shu bois u birdan o‘rnidan sapchib turdi.
— Mastsan. Bu suhbatni davom ettirishni istamayman — dedi u jahli chiqib keskin ohangda.
Gazaklar solingan patnis va sharob tonggacha tegilmay shunchaki qolib ketdi.
Chonguk izdan shoshilmay xotirjam qadamlar bilan borar uni to‘lqin-to‘lqin bo‘lib kelayotgan kuchli ehtiros qamrab olardi. U mast emasdi shunchaki hech qanday uyalish hissisiz o‘z istaklariga erkin yo‘l berayotgandi. Bu odam o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishdagi mutlaq erkinligidan zavqlanardi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Taehyung qanchalik qochishga urinmasin, u baribir uni xuddi hozirgidek tutib olardi va o‘zinikini tortib olardi.
Tae unga o‘tkir g‘azabli nigoh bilan qaradi u xuddi dumini oyoqlari orasiga qisib olgan tuzoqqa tushgan sichqonni eslatardi. To‘qnashuvdan qochish umidida u keskin va asabiy qadamlar bilan hammom tomon yurdi.
Chonguk kamarini halqalaridan sug‘urib oldi va uning yo‘lini to‘sdi.
— Intizom bo‘yicha kichik bir saboq beradigan vaqt keldi.
Tae nima bo‘layotganini anglay olmay dovdirab qoldi.
U haqiqatan ham kamar ishlatmoqchimi?
Bu shunchaki qo‘rquv emasdi bu hayajon kutish va xavotirning murakkab bir-biriga chirmashib ketgan qorishmasi edi.
Uni quvib yurishga hojat yo‘q edi. Chonguk unga juda yaqin keldi hatto noqulay darajada yaqin va sekin qo‘li bilan uning yuzini silab o‘tdi, so‘ng to‘satdan bo‘ynidan mahkam ushlab oldi. Tae yuzlari qizarib ketdi. Chonguk ikkinchi qo‘li bilan uning shim va ichki kiyimini pastga tortdida uni karavot tomon itardi. Kiyimlarini butunlay yechib tashlab oyoqlarini keng yozdirib qo‘ydi.
— Yaxshi tinchlanding. Endi aql yig‘ishni o‘rganadigan vaqt keldi.
Birinchi zarba og‘riqli emas ammo keskin edi ko‘proq kutilmaganligi bilan ta’sir qildi. Zarba kelishini kutish jarayoni esa undan ham yomonroq edi. Keyin ketma-ket zarbalar yog‘ildi bu safar kuchliroq tanasiga chuqur kirib boradigan darajada qattiq urildi.
Tae kamar zarbalaridan qochishga urinib orqa tomonini qimirlatib to‘lg‘ana boshladi. Uning dumbasi tezda qizarib ketdi. Chonguk esa uning ustiga egilib shoshilmasdan qo‘li bilan o‘sha joylarni silab ko‘rdi.
—Biz sen bilan ajoyib juftlikmiz Tae. O‘zing ataylab kaltak yeyishni so‘raysan. O‘zingni jabrdiyda qilib ko‘rsatishni o‘zingga achinish tuyg‘usiga berilishni yaxshi ko‘rasan aslida esa... yanada ko‘prog‘ini istaysan.
U qo‘lini Taening keng ochilgan oyoqlari orasiga tiqdi va olatini shunday joylashtirdiki u yaqqol ko‘rinib turardi butunlay taranglashgan holda.
—Xuddi kutganimdek. Tashqaridan juda yoqimtoy begunoh mavjudotdek ko‘rinasanu aslida esa... tamomila buzuqsan.
Kaftning qattiq zarbasi yangradi. Tae ingrab yubordi va dumbasini mahkam qisib oldi. To‘xtashni so‘rash o‘z qadr-qimmatiga to‘g‘ri kelmasdi shuning uchun u lablarini tishlagancha zarbalarni indamay qaysarlik bilan qabul qilaverdi. Shu bilan birga kindik osti sohasida kuchli og‘riq sezilardi...
—Yig‘ing ishonarli chiqmayapti aksincha, xuddi zavqdan ingrayotgandek eshitilyapti.
Endi Tae ancha ishonarli tarzda qimirlay boshladi uning orqa tomoni xuddi olovdek yonardi, har bir zarba esa yotgan joyida uning tanasini seskantirib yuborardi. Uning olati yuzaga ishqalanar, eng noqulay pallada esa pulsatsiyalanib, og‘riq berardi. Tae boshini yon tomonga burib, Chongukka o‘tkir va yonayotgan nigohini tashladi.
—O‘zimni yomon his qilyapman... iltimos, boshqa urma.
—Aslida shunchaki tugatishni xohlayapsan xolos.
Chonguk barmoqlarini yaladida sekinlik bilan ikkitasini ichkariga kiritdi. Tae birdan siltanib ko‘rpani mahkam changallab oldi.
—U yerda... yana chuqurroq.
Chonguk Taening toshdek qotib qolgan a*zosining asosidan ushladi. Tae yig‘lab yubordi va o‘zini barmoqlar ustiga bosdi u buni butun borlig‘i bilan yomon ko‘rsada ichida nimadir his qilishga bo‘lgan kuchli og‘riqli istak uni shunga majbur qilardi. Orgazm oldidan tanasini titroq qamrab oldi ongi esa butunlay o‘chdi.
—Ah... Chonguk... Chonguk... Hozir yorilib ketaman... Ah!
U baland ovozda ingrab, cho‘qqiga chiqdi va qo‘li bilan o‘z a’zosini yopib oldi. His-tuyg‘ularning kuchliligi uni voqelikdan butunlay uzib qo‘ydi. Zo‘ravonlik qurbonlari odatda bunchalik kuchli orgazmni boshdan kechirmaydilar buni Taehyunning o‘zi ham yaxshi bilardi.
Chonguk uni qo‘llab-quvvatlagandek orqasini silab qo‘ydi.
O‘sha kundan so‘ng, Tae ba’zi narsalar haqida qayta o‘ylab ko‘rdi: uning o‘z xatti-harakatlari hatto o‘ziga ham yoqmay qolgandi. U hech narsani — hatto Jeonggukning fe’l-atvorini ham — o‘zgartira olmasligini angladi. Shuningdek, Jeonggukka ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlari jiddiy norozilikdan ko‘ra, ko‘proq injiqlikka o‘xshab ko‘rinayotganini tan olish vaqti kelgandi. To‘g‘risini aytganda, Jeongguk ham yon berayotgan edi masalan, kiyim-kechak borasidagi tortishuvlar hozircha chetga surildi. (Shekilli u Tae keltirgan dalillarni o‘rinli deb topgan ko‘rinadi.) Tae esa qahvaxonadagi ishini tashlab, endi uyidagi balet studiyasida shug‘ullana boshladi. Kun bo‘yi har kuni mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish ajoyib va zarur bo‘lsada Tae baribir o‘z daromadiga ega bo‘lishni istardi, shu sababli pul topish yo‘llari haqida tez-tez o‘ylab yurardi.
Buning ustiga Chonguk uni kech kelgani uchun koyishni ham to‘xtatdi har holda hozircha shunday. Ikkalasi ham umidlarini oktyabr oyidagi marosimga bog‘lab qo‘yishgandi. Qolaversa, o‘z oilasi (va kaltaklanish voqeasi) haqida gapirib berganidan so‘ng, Tae ancha yengil tortdi va o‘zi ham sezmagan holda munosabatlarining avvalgi maromiga qayta boshladi.
10-oktyabr kuni erta tongda Chonguk uni uyg‘otib quchog‘iga oldi. Uyg‘onishni istamagan Tae ko‘rpani teparoq tortishga urindi ammo uni quchib turgan qo‘llar yanada mahkamroq qisdi.
— Menga yaxshi kun tilab qo‘y— dedi Jeongguk darhol. Tae xirillagan ovozda kulib yubordi.
— Bugun mening sevimli kichkina qushcham dunyoga kelgan kun.
Tae uni tirsagi bilan hazilomuz turtib qo‘ydi yuzida xuddi o‘sha eski kunlardagidek keng va beg‘ubor tabassum paydo bo‘ldi.
— O‘sha kichkina qushchaga tabriklarimni yetkazib qo‘y.
Chonguk uni o‘pish uchun egildi va yostiqqa bosdi shu bilan birga qo‘llari sekin-asta uning beliga tomon sirg‘aldi. Tae o‘zini chetga tortmadi Aksincha u o‘zini butunlay ochib berdi va barmoqlarini Chongukning ensasidagi dag‘al sochlar orasidan yurgizdi. Chonguk shunday ehtiros bilan o‘padiki... Hatto uyqusirashi ham bundan zavqlanishiga to‘sqinlik qilmaydi.
— Sovg‘a borasida biron istaging bormi?
Hammasi yakunlangach Taehyung yuzini o‘girdi. Chonguk uning tanasidan urug‘ suyuqligi sizib chiqayotganini kuzatib turardi. Yomg‘ir deraza oynasini taqillatib, vaziyatdagi romantik kayfiyatga biroz mahzunlik qo‘shardi. To‘satdan Taehyung seskanib ketdi nimadir sovuq narsa to‘pig‘iga tegib ketgandi. Bu uni yana haqiqat dunyosiga qaytardi.
Chonguk uning to‘pig‘iga yaltiroq tosh o‘rnatilgan nozik kumush taqinchoqni taqayotgan edi. U hech narsani ayamagani yaqqol ko‘rinib turardi bu shubhasiz olmos edi.
—Meni hech qachon tark eta olmasliging uchun.
Bunday taqinchoqlar aslida kishan vazifasini o‘tardi u shu orqali nimadir demoqchi bo‘ldimikan?
U o‘z oyog‘iga tikilib xayolga cho‘mdi uning yuz ifodasi hamma narsani aytib turardi.
—Kechir... shunchaki ayni kerakmas paytda onam esimga tushib ketdi. Lekin rostini aytsam menga juda yoqdi.
—Eski suratlarni... ularda onam juda go‘zal va yosh ko‘rinardi. Undan menga qolgan yagona xotira shu. Imning sud jarayoni qachon bo‘ladi? — deb so‘radi u, mavzuni to‘satdan o‘zgartirib.
Chonguk taxmin qilganidek, tergov jarayonida janob Imning qotillikka aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar topilgandi. Chonguk unga bo‘lajak sud haqida gapirib berdi, ammo tafsilotlarga to‘xtalmadi. Taehyung ularni tushunmasligi va faqat xafa bo‘lishi mumkinligini anglagan edi. Ma’lum bo‘lishicha o‘gay otasi ham yolg‘on ko‘rsatma bergani uchun javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi. Aslida so‘roq paytida birinchi bo‘lib aynan u o‘zini tuta olmay, yig‘lab yuborgan va barcha aybini bo‘yniga olgan edi.
U vijdon azobidan xalos bo‘lishni istab bunday gunoh bilan boshqa yashay olmasligini qizi har kecha tushlariga kirib uni bezovta qilayotganini tan oldi. Uning aytishicha, Im uni o‘gay o‘g‘liga tuhmat qilishga va eshik tutqichiga qon surtishga majburlagan ekan. Xullas, yaxshi tomoni shundaki Mihyon akasining tushlariga kirib uni qarg‘amayapti ammo u baribir akasining xotiralarida yashashda davom etmoqda.
— Noyabr boshlarida. Bunday suhbatlar uchun noo‘rin vaqtni tanlading.
— Kechir. Shunchaki... Yomg‘ir yog‘yapti, negadir... Ridjinning ham vafot etganiga yillik sana yaqinlashmoqda. Xitoyga borasanmi?
— Men senga sovg‘a berdim sen esa marhumlar haqida gap ochding. Barakalla. Ha, noyabrda Yen bilan boramiz. Bu safar seni o‘zim bilan olib ketmayman. Hozircha Yangi yilga rejalashtiryapman.
— Bilasanku men bunga qarshiman.
— Ammo men sendan ruxsat so‘rayotganim yo‘q.
Taehyon qayg‘uli o‘ylarini haydashga urinardi biroq ko‘p narsalar unga chuqur nafas olishga ham imkon bermasdi. Nonushta tarang muhitda o‘tdi. Chonguk o‘g‘liga Taehyon amakisining tug‘ilgan kuni ekanini, shuning uchun uni odob bilan tabriklashi kerakligini aytdi.
Taehyon Yen bilan qanday gaplashishni bilmasdi u bilan suhbatlashishni ham istamasdi. Savollarga javob berishga qiynalardi. Bola esa uni doimo tarang holatda ushlab turardi.
— Men esa o‘n birdaman. Nega bunchalik yoshsiz? Yoshimiz deyarli teng ekanku.
— Senga matematika bo‘yicha qo‘shimcha darslar kerakmi? — deb suhbatga aralashdi otasi.
— Yo‘q dada. Shunchaki yosh jihatidan u sizdan ko‘ra menga yaqinroq. Aytgancha unga nima sovg‘a qildingiz?
— Bir maqolni eslab qol «Baliqni og‘zi halok qiladi». Bu ispancha maqol.
— Endi bildim. Mayli sir bo‘lsa shunchaki sir deb ayting.
Taehyon amakisi qarshisida turganida u haqda uchinchi shaxsda gapirish odobsizlik ekanini o‘rganib olgan Yen endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi.
— Nega endi dadamga o‘xshab ishga bormaysiz?
— Chunki men shunday dedim— deb yana Taehyonning o‘rniga otasi javob berdi va o‘g‘lini ko‘zlarini qisib kuzatdi.
— Agar menga maktabga bormaslikni aytganingizda sizga quloq solmasdim.
— Barakalla. Ammo men senga bunday demagan bo‘lardim.
— Siz Taehyon amaki balet bilan shug‘ullanishini aytgandingiz. Atrofimda balet raqqosi bo‘lgan birorta odam yo‘q. Bu g‘alati emasmi?
— Shim kiymasdan yurish g‘alati. «Balerun» degan so‘z ham yo‘q. Bu kasb egalari «balet artistlari» deb ataladi.
— Ammo balet artistlari shim kiymaydilarku.
Chonguk istehzoli tarzda qoshini ko‘tardi. O‘g‘li uni gapida tutib olgandi. Biroq u bir masalada o‘g‘liga qo‘shilardi: «kolgotka» degan kiyim unga mutlaqo yoqmasdi. Taehyon ularni kiyganida, go‘yo yalang‘ochdek ko‘rinardi.
— Bu seni tashvishlantiradigan masala emas. Ovqatingni ye sovib qolyapti.
Yen itoatkorlik bilan jim bo‘lib, ovqatga yopishdi. Chonguk esa likopchasiga bosh egib olgan Taehyonning minnatdor nigohini ilg‘ab qoldi.
Ularning orasida iliqlik paydo bo‘ldi. Muzlar eriy boshladi. Suvlar ko‘tarilmoqda. Endi butun dunyoni suv bosishini kutish qoldimi?
Tae chiqishdan oldingi kechada umuman uxlamadi. Tongga yaqin zo‘rg‘a bir soatgina ko‘z ilib oldi. Yakuniy mashg‘ulotdan so‘ng Xong-xe unga chiqish oldidan raqsni qayta-qayta mashq qilishni qat’iyan taqiqlagan edi asablari shu qadar taranglashgan bir paytda biror joyini shikastlab olish yoki chiqazib yuborish xavfi juda yuqori edi.
Shuning uchun u shunchaki to‘shakda u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib xayolan raqs harakatlarini takrorlab yotdi. U truppaning yuzi hamma birinchi bo‘lib qaraydigan va tomoshabinlarda umumiy taassurotni shakllantiradigan inson edi. U bitta ham xatoga yo‘l qo‘yishga bir lahzaga bo‘lsada esidan chiqarib yuborishga yoki ortda qolib ketishga haqli emasdi.
Sahna markazida bo‘lish bosimidan tashqari u ushbu raqs uchun zimmasidagi ulkan mas’uliyat yukini ham his qilardi. Mukofotlash marosimida ularni taqqoslash mumkin bo‘lgan raqobatchi raqs guruhlari bo‘lmaydi demak bu ularda unutilmas iz qoldirish uchun ajoyib imkoniyat edi. Ular bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishlari kerak edi har qachongidan ham ko‘proq. Agar ishlar nihoyat o‘nglanmasa «Tahra»ning faoliyatini davom ettirishi juda qiyin bo‘lardi.
Xongxe homiylari uchun bemalol joy tashkillashtirib berishi mumkin bo‘lsada Chonguk tadbir o‘tkaziladigan joyga chipta olmagan edi. Rostini aytsa, «Tahra»ning bir necha daqiqalik chiqishi uchun san’at va musiqa olamining elita vakillari ishtirokidagi soatlab davom etadigan tadbirda o‘tirishga uning umuman qiziqishi yo‘q edi.
Ertalab Chonguk uni uyg‘otdi va tun bo‘yi uxlamagani uchun uni «ahmoq» deb atadi. Taehyung bunga qarshi bir og‘iz ham so‘z aytolmadi.
— Hammasi yaxshi bo‘ladi o‘zing ham bilasanku.
— Bilmayman.
— Rostdan ham... Eng boshida «Bulbul» raqsi bor. Tasavvur qila agar boshidayoq xato qilib qo‘ysam... Voy bu haqda o‘ylashning o‘zi ham dahshat.
— Menga «Bulbul» raqsi yoqadi.
Janob Chon uni kuldirmoqchi bo‘layotgani aniq edi, garchi uning yuz ifodasi har doimgidek o‘zgarmas va jiddiy bo‘lsada.
— To‘xta sen uni hali ko‘rmading ham shundaymi?..
— Bulbul ham aslida shunchaki kichkina qushku. Men o‘sha «kichkina qushcha»ning raqsini ko‘rganman.
— Kelsang ko‘rsatib qo‘yay esingga tushadi. U chavandozga xos holatga kirdi bundan Tae uyalib qizarib ketdi.
— Sening «bulbul»ing shunaqa sakrab yuradimi?
— Buzuq xayolparast! — dedi Tae o‘zini yo‘qotib tovonlari bilan uni turtib qo‘ydi.
Chonguk esa shunchaki yelkasini qisib qo‘ydi. Taening ko‘zlari chaqnab ketdi u haligina o‘ta kuchli uyqu bosib turganini ham butunlay unutdi. Ustidagi ko‘rpa olib tashlanganida esa, unga yopishib olmadi.
Ularning chiqishiga hech qanday nom berilmagandi buni so‘rashmagandi ham. «Tahra Show» balet truppasi e’lon qilinganida, Taehyonning nafasi ichiga tushib ketdi, oyoqlari esa bo‘shashib qoldi. Sahna oldidagi so‘nggi hayajon eng asabiy va qiynoqli lahzalar edi.
Katta sahna, ulkan ekranlar, keng zal... Uning o‘zi esa mittigina edi. Atrofni zimiston qoplagan, faqat uning somondan to‘qilgan gilamchasi oq nur bilan yoritilardi. Qo‘ng‘iroqchalar jaranglay boshladi, ammo ohang sekin, o‘ziga xos ritmda edi. Musiqa asta-sekin odamni trans holatiga olib kirardi. Taehyon qo‘llarini mayin silkitib, nafis harakatlar bilan raqsni boshladi.
Oq rangli erkaklar hanboki uning qiyofasiga yengillik va nafosat bag‘ishlardi. Bulbul obrazi uzoq davom etmadi. Musiqa o‘zgarib, qo‘ng‘iroqchalar jarangi asta yo‘qola boshladi. Ularning o‘rnini bir nechta torli cholg‘u va nay sadolari uyg‘unlashgan, ritmik sharqona ohanglar egalladi.
Yelpig‘ichlar ko‘targan barcha ishtirokchilar sahnaga chiqishdi. Taehyon bir necha lahzaga ular ortiga yashirinib, yelpig‘ich va shlyapasini qo‘liga oldida uni birdan ochgancha oldinga otilib chiqdi. Ko‘p o‘tmay, ular juftliklarga bo‘linib yelpig‘ichlarini silkitgan holda uyg‘un harakatlarni ijro etishdi.
Oq hanboklarda ular yengil bulutchalarga o‘xshab ko‘rinardi. Ayollarning hanboki jeogori deb ataladigan ko‘ylak va yubkadan, erkaklarniki esa jeogori shim va ustidan kiyiladigan uzun chopondan iborat edi.
Ular yana birlashib, yaxlit raqs shaklini hosil qilishdi, keyin esa turli tomonga tarqalishdi. Musiqa tobora kuchayib ritm tezlashdi va zamonaviy ohanglar bilan uyg‘unlashib tomoshabinlarni o‘ziga rom etdi.
Shundan so‘ng sahnaga nog‘ora ko‘targan ikki erkak chiqdi. Yelpig‘ichlar ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Doira bo‘ylab harakatlanish sakrashlar va mato tasmalari bilan bajariladigan nafis harakatlar boshlandi. Bularning barchasi hanboklarning havoda yengil aylanib, hilpirashi bilan yanada go‘zal ko‘rinardi.
Sahnaning orqa tomonidan yana ikki g‘aroyib qiyofa paydo bo‘ldi. Har bir katta paxmoq oq libos ichida ikki kishidan bor edi. Ular yuzlariga niqob taqib afsonaviy mavjudotlarni gavdalantirishardi.
Birdan musiqa uzilib qoldi. Orqa fondagi g‘aroyib qiyofalar cho‘kkalashdi. Nog‘orachilar shoshilmay yangi ritmni chalishni boshlashdi.
Oppoq hanboklar va pichoqlar, buning ustiga balet harakatlari... Bu yerda ular zamonaviy elementlar ustida ancha mehnat qilishgan an’anaviy raqsdan sezilarli darajada chekinishgandi.
Musiqa eng yuqori nuqtasiga yetganida, nog‘orachilardan biri orqadagi raqqosga qizil bo‘yoq sachratdi. Shundan so‘ng musiqa jangovar ohanglar bilan yangidan kuchga to‘lib qonni jo‘sh urdiradigan darajada avj oldi.
Yakuniy qismda raqqoslar yana juftliklarga bo‘linishdi. Erkaklar o‘z juftlariga oshiqona nigoh bilan qarashdi. Ammo ayollar pichoqlarini bir silkib, qilich jarangiga mos ravishda ularning bo‘yniga zarba berishdi. Erkaklar jonsizdek yerga quladi.
Nog‘orachi qandaydir absurd spektakldagi qahramondek, yiqilganlar orasidan yurib o‘tdi va har birining ustiga shprits yordamida qizil bo‘yoq sachratdi.
Ayollar esa chetga chiqishdi. Bulbul raqsidagi musiqa yangray boshladi, biroq bu safar u mayinlik emas, xavotir uyg‘otardi. Qizlar somon gilamcha ustida bir-biriga yaqin turib, qisqa muddat davomida bir maromda tebranishdi. Eng oxirida esa qo‘llarini oldinga uzatib, pichoqlarini ko‘targancha qotib qolishdi.
Bulbulning g‘olibona sayrashi eshitildi...