November 3

𝑴'𝒂𝒎𝒐𝒖𝒓

20/2— davomi


Taehyon mutlaqo karaxt ahvolda tergov izolyatoriga olib boradigan maxsus politsiya mashinasiga chiqdi. Yo‘l davomida bir necha marta uyqu bosib ko‘zlari yumilib ketdi. Uning ahvoli juda yomon ko‘rinardi. Hayotida ilk bor yo‘li mutlaqo noma’lum tomonga boshlanayotgandi.

Yetib kelgach, unga mahbuslar kiyimi berildi kalta yengli bej rang ko‘ylak va xuddi shu rangdagi dag‘al matodan tikilgan shim. O‘zi bilan hech qanday issiq kiyim olib kelmagandi. Umuman olganda yonida hech vaqosi yo‘q edi. Balki shuning uchun unga rahmlari kelgandir pidjakning har bir qarichini sinchiklab tekshirishganidan so‘ng, uni Taehyonda qoldirishdi.

U unchalik ko‘p film ko‘rmagan bo‘lsada ayrimlarida qamoqxona mavzusi uchragan edi. Shu sababli bunday muassasalar haqidagi tasavvurlari ancha qoliplashib qolgan edi. Ammo hammasi u o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas ekan. Kamera yorug‘ va toza edi. Sakkizta futon bor, ulardan bittasi uning uchun bo‘sh edi. Afsuski hojatxonani ajratib turuvchi to‘siq yonida joylashgan edi. Hatto devorga keng ekranli televizor ham o‘rnatilgandi.

U boshini ko‘tarib kamera sheriklariga nazar tashlashga o‘zida kuch topdi. Yuragi yana bir bor ezilib ketdi. Organizm boshidan kechirgan ruhiy zarbadan so‘ng ishlashdan bosh tortib uyqu va osoyishtalik talab qilardi. Ammo Taehyon xayolida eng yomon manzaralarni gavdalantira boshladi. Oldinda uni mahbuslar orasiga qabul qilish marosimi qamoqxona hayotiga jirkanch tarzda «bag‘ishlash» kutayotgandek edi. Bu esa yaqin bir sutka davomida ko‘ziga uyqu kelmasligini anglatardi.

Uning ortidan eshik yopildi.

«Inkor etma, qo‘ng‘iroq qilasan» — degan so‘zlar qulog‘i ostida qayta-qayta jaranglardi. Rostini aytganda hoziroq Chongukka qo‘ng‘iroq qilgisi kelayotgandi.

— Xo‘sh kiraver tortinma. Bu yerda hammamiz o‘zimiznikimiz.

O‘zimiznikilar... Yo‘q yo‘q, u ulardan biri emasdi.

Tashqi ko‘rinishi bir-biridan keskin farq qiladigan yetti nafar erkak unga tikilib qoldi. Uni deyarli majburlab, o‘tmishi haqida gapirtirishdi. Buning evaziga ular ham o‘zlari haqida ochiqchasiga so‘zlab berishdi.

Bu yerda ikki nafar giyohvand bor edi. Yana biri firibgar to‘rtinchisi esa yirik miqdordagi o‘g‘rilik uchun avval ham qo‘lga tushgan endi yana xuddi shu modda bilan qaytib kelgandi.

Beshinchisi qirq yoshlardagi ko‘rinishidan ancha obro‘li odam edi. U avval plastik jarroh bo‘lgan ehtiyotsizlik oqibatida ikki nafar talaba qizni mashinada urib yuborgan ekan. U Taehyonga o‘xshash g‘amgin ifoda bilan chetroqda o‘tirardi. Hech bo‘lmaganda o‘sha talabalar tirik qolishgan Taehyonning singlisi esa yo‘q.

Oltinchisi o‘zining aytishicha tuhmat qurboni bo‘lgan ekan. Umuman olganda, puli bor yigit bo‘lib hech narsadan qayg‘urmasdi.

Yettinchisi esa bu yerda o‘ziga xos obro‘ga ega edi. U ham avval giyohvand moddalar savdosi uchun qamalgan ekan. Aynan o‘sha odam Taehyonga shunday dedi: yuzi bunchalik chiroyli ustiga-ustak bunday modda bilan qamoqqa tushgan odam bu yerdan tirik chiqmaydi. Endi uni hibsga olishgan ekan demak qamoq jazosiga ham tayyor turishi kerak. Yana bir narsani qo‘shib qo‘ydi hatto Taehyon haqiqatan ham aybsiz bo‘lsada o‘zi mustaqil ravishda bu vaziyatdan qutula olmaydi.

Vijdonli davlat advokatiga umid bog‘lash o‘z boshini kundaga qo‘yish bilan barobar ekan.

Plastik jarroh esa achchiq kinoya bilan

— Bitta omadsizlik evaziga ikkita jasad — deb qo‘ydi.

Uning qo‘shig‘i allaqachon tugagan endi esa koloniya sharoitida yana davom etishi aniq edi.

Taehyon hammadan oldin kechki soat yettidayoq boshini yostiqqa qo‘yishi bilan uxlab qoldi. Go‘yo o‘likdek qotib uxlar qo‘l-oyog‘ini ham boshini ham sezmasdi. Charchoq qo‘rquv ustidan g‘alaba qozonib, dam olish uchun ajratilgan vaqtni o‘ziga tortib olgandi.

Uyqusi shu qadar qattiq bo‘lishiga qaramay, tun yarmida uni qitiqlash uyg‘otdi. Shishgan ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib nima bo‘layotganini anglay olmadi. Uxlash uchun tanlagan holati noqulay edi. Badaniga salqin havo urildi. Ammo eng yomoni o‘zini g‘alati darajada jirkanch va yopishqoq his qildi.

Taehyon zo‘rg‘a ko‘zini ochib, tepasida engashib turgan o‘sha «puldor» yigitning soyasini ko‘rdi. Keyin shimining tushirib qo‘yilganini ham sezdi. U shu zahoti uyg‘onib, deyarli o‘rnidan sapchib turdi ammo yigit uning og‘zini berkitib, yana yostiqqa bosdi. Yigit tirjaygancha unga qo‘l tekkizar, sonlari orasini paypaslab qulog‘iga issiq nafasini urib shahvoniy shivirladi.

— Silliqqina iflos.

Taehyon bor kuchi bilan tipirchilab, har qanday tovushni chiqarishga urindi. Qorin va ko‘krak oralig‘iga berilgan bitta kuchli zarba uning qarshiligini to‘xtatdi. U shu damning o‘zida o‘lib qolishiga ishona boshladi. Hech qachon ko‘kragiga bunday zarba olmagandi. Shu sababli uzoq vaqt nafas ololmagach, xayolida allaqachon Mihyonning yonidagi joyini ko‘z oldiga keltirdi. Ammo nihoyat, ochko‘zlarcha chuqur nafas oldi. Shundan keyin yigit yana uning og‘zini berkitdi. So‘ng, chamasi «ehtiyot chorasi» sifatida musht bilan qorniga yana bir bor urdi.

Taehyon... o‘zini yo‘qotdi.

Tasodifan qo‘lini bo‘shatishga muvaffaq bo‘ldi va tirnoqlari bilan hujum qilgan yigitning yuzini tirnab yubordi. U og‘riqdan uvvos tortdi. Taehyon o‘rnidan sapchib turib yigitning chotiga tepdi. Keyin esa jirkanish va xo‘rlikdan titrab o‘zini boshqara olmay uning qorniga ham, orqasiga ham tepishni boshladi. Atrofda juda katta shovqin ko‘tarildi. Ammo unga baribir edi... Zarrachalik ham afsuslanmadi.

Uni oxiri o‘sha obro‘li mahbus ajratib oldi. Og‘riqdan ingrab yotgan yigitni esa o‘z matrasiga qaytarib tashlashdi. Taehyon ulardan istalgan biri eng yomon ishlarni qilishini kutgandi, ammo uni indamay, tinchgina uxlagani qo‘yib yuborishdi.

U endi hech qachon uxlay olmasligiga ishongandi. Biroq ruhiy zarba va ojizlik yana uni uyquga cho‘mdirdi.

Taehyon o‘zini himoya qiladigan biror panoh izlar ammo faqat pidjakka umidsizlarcha o‘ranib olishdan boshqa hech narsa qila olmasdi.


Ertalab uning oldiga davlat advokati kelib tergovning borishi bilan tanishtirdi.

Janob Im Mihyonning sobiq birga yashagan sherigi, qirq uch yoshli xususiy tadbirkor hozirda kasalxonada yotgan ekan. Sevgilisining o‘limi sabab yuragining ahvoli yomonlashibdi.

Taehyonning ham ahvoli yomonlashdi ularning yoshidagi farqni eshitgach.

Ko‘p qavatli uy yo‘lagidagi va bino tashqarisidagi kuzatuv kameralari yozuvlari aynan qotillik sodir bo‘lgan kuni o‘chirib tashlangan edi. Taehyon tunda uxlagan ammo buni na kameralar na boshqa biror kishi tasdiqlay olardi.

O‘gay otasi hamon unga tuhmat qilishda davom etardi. Noma’lum janob Im ham xuddi shunday uning aytishicha, Mihyon akasining o‘ziga nisbatan shafqatsiz munosabatini eslab, tez-tez yig‘larkan. Shu sababli u erkaklarga ishonishdan qo‘rqarkan.

Bu endi qanday tomosha o‘zi?!

Advokat faqat qo‘llarini ikki tomonga yoyardi. Bu ayblovlarni qanday rad etish mumkin? Eshik tutqichidagi qon unga qarshi ilgari surilgan yagona dalil edi. To‘g‘rirog‘i, kichik bir tuzatish: qon va Taehyonga tegishli barmoq izi. Boshqa hech narsa yo‘q. Ammo uni panjara ortiga tiqish uchun buning o‘zi ham yetarli edi.

Buning evaziga advokat Jinoyat kodeksini yoddan bilib olgan edi. U Taehyonga 250-modda — «To‘g‘ri chiziq bo‘yicha qarindoshni o‘ldirish» haqida batafsil tushuntirdi. Ushbu modda o‘lim jazosi yoki umrbod muddatga og‘ir mehnat jazosini yoxud kamida yetti yillik qamoq jazosini nazarda tutardi. Begona insonni o‘ldirganlik uchun esa kamida besh yil muddat belgilangan edi.

Taehyon bu borada ham «omadli» chiqdi.

U umuman olganda juda omadli inson edi.

Kamerada nonushtadan keyin, obro‘li mahbusni prokuror bilan uchrashuvga olib chiqishganida kechagi dahshat yana Taehyonning boshiga tushdi.

Kecha tunda unga tajovuz qilgan buzuqi yigit orqasidan tashlanib sochidan ushladi va boshini devorga urdi. Shundan so‘ng uni ura boshladi. Ikki nafar giyohvand ham firibgar ham unga qo‘shildi. Qolganlar esa shunchaki tomosha qilib turishdi. Nima ham derdingiz, bu yerda har kimning o‘z tashvishi boshidan oshib-toshib yotardi.

Avvaliga Taehyon qarshilik ko‘rsatishga urindi, ammo ko‘p o‘tmay homila holatiga kirib, yuzini himoya qila boshladi. Endi unga faqat o‘z qismatiga tan berish qolgan edi.

Yaxshiyamki u shunchaki hushini yo‘qotdi.

Oxirgi o‘yi esa shunday bo‘ldi.

«Ichki a’zolarim yonib ketyapti».


U hushiga keldi. Albatta keldi. Obro‘li mahbus qaytib kelgan va aynan u Taehyonning yuziga shapaloq urib ustidan sovuq suv quyayotgan edi.

Bu safar unga nima qilishlarining endi Taehyon uchun farqi yo‘q edi. Butun tanasi og‘rirdi. Oldinda sud va qamoqxona kutayotganidan ham endi xavotirlanmasdi garchi bularning barchasi aqlga sig‘maydigan tushdek tuyulsada.

Agar o‘sha yigit bo‘lmaganida Taehyonning kamera sheriklari bilan hech qanday muammosi bo‘lmasdi.

— O‘zingni yerga yotqizishlariga yo‘l qo‘yma aks holda boshqa qayta oyoqqa turolmaysan — dedi unga giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan mahbus.

Keyin u qo‘riqchiga murojaat qildi. Taehyon haqida nimanidir so‘radimi yoki shikoyat qildimi tushunish qiyin edi. Ammo gapning qisqasi Taehyonni bir kishilik karserga olib ketishdi.

Bu yerda sukunat va yolg‘izlik hukm surardi.

Aynan unga kerak bo‘lgan narsa shu edi.


Taehyon ko‘p soatlab uxlab yana shuncha vaqt o‘y surdi. Yolg‘izlikda yashash unga rohat bag‘ishlay boshlagandi. Uni doimiy ravishda karserga joylashtirishlari uchun yana urishishga ham tayyor edi.

Ammo u o‘z qadr-qimmatini ikkiga bo‘lib o‘sha baxtsiz qo‘ng‘iroqni amalga oshirsa nima bo‘lishi haqida o‘ylardi.

Shubhasiz, ozodlikka chiqardi Chonguk va’dalarni o‘ngu so‘lga sochadiganlardan emasdi. Qolaversa bu uning o‘z manfaatlariga ham mos kelardi.

Ammo keyin nima bo‘ladi?

Aynan ular o‘rtasidachi?

Taehyon Chongukni qachon zeriktirib qo‘yishi uchun necha yil o‘tishi kerak edi? Shu yillarni butun dunyodan nafratlanib qamoqda o‘tkazgani yaxshimi yoki sobiq sevgilisi hanuz sevib turib ham yomon ko‘radigan insoni bilan munosabatlarda o‘tkazgani ma’qulmi?

Javob ayon edi.

Ha Chonguk bilan yotish ham qamoqda o‘tirishdan yomon emasdi. Ammo o‘zini yengish naqadar qiyin! Taehyon uni sog‘inishi sevishi mumkin edi lekin irodasini doimiy ravishda bo‘g‘ib kelgan munosabatlarga qaytishni istamasdi. Chonguk bilan birga bo‘lish ham qafas ichida yashash bilan barobar edi.

U narx oshishi haqida gapirganida nimani nazarda tutgandi?
Qanday qoidalar joriy qilmoqchi edi?
Bu safar uni nimalar kutardi?..

Taehyon qo‘ng‘iroqni paysalga solardi. Tez orada uni yana kameraga qaytarishardi, u yerda esa nimalar yoki kim kutib turganini hech kim bilmasdi.

Birinchi navbatda, u qanday qilib qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini so‘radi. Unga bir varaq qog‘oz va ruchka berishdi. Telefon orqali suhbatlashish uchun faqat yozma ariza bilan murojaat qilish mumkin ekan. Abonentning ismi, manzili, telefon raqami, shuningdek, qo‘ng‘iroq davomiyligini ko‘rsatish kerak edi.

Sudlanuvchining, ya’ni Taehyonning shaxsiy hisobida pul yo‘q edi. Demak, qo‘ng‘iroq uchun to‘laydigan mablag‘i ham yo‘q. Shu sababli u to‘lov janob Chongukning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ko‘rsatdi.

Mayli, bir qo‘ng‘iroq bilan kambag‘al bo‘lib qolmas...

Kechqurun Taehyonning oldiga kelishdi va uni telefon orqali gaplashish xonasiga olib borishdi. Yo‘l davomida u o‘zining avvalgi hayoti bilan, oxir-oqibat mutlaq erkinligi bilan xayrlashardi. Bu qo‘ng‘iroq bilan hammasi tugaydi Chonguk yana uni o‘z nazorati ostiga oladi yana jazolar va taqiqlar joriy qila boshlaydi.

Qolaversa, o‘z qo‘li bilan do‘zaxga jo‘natgan insoni oldida yana bosh egish... bu ham unchalik yoqimli emasdi.

Ikkinchi marta yordam so‘rash ancha... ancha qiyin edi.

Ammo hozir uning chindan ham boshqa chorasi yo‘q edi.

Yana kimga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin?

Namjunga?

Keyin unga qarzdor bo‘lib qolish uchunmi?

Endigina oila qurgan inson qotillikda ayblanayotgan odamning ishiga aralashishni istarmikan?..

Hunhega qo‘ng‘iroq qilsachi?

Yo‘q Taehyon hech qachon ayoldan yordam so‘rashga o‘ziga ruxsat bermaydi. Balki u rad ham etmasdi... Ammo uning uchun advokat yollashga arziydigan kim bo‘libdi?

Qotil... U bunga ishonishi ham mumkin. Nega ishonmasligi kerak?

Axir ular bir-birlarini deyarli tanishmaydi. Ketma-ket qotillar ham kim uchundir yaxshi qo‘shni vijdonli hamkasb bo‘lishadi...

Agar balet truppasi uni qotil deb hisoblasa Taehyon bunga chiday olmasdi. Albatta, Chonguk bilan munosabatlarini tiklaganidan keyin Tahra sahnasini yana ko‘rish nasib etsa...

Barbod bo‘lish...

Gudoklar yangrayotgan paytda Taehyon uni kuzatib turgan qo‘riqchiga ko‘z qiri bilan qaradi. Kaftlari terlab yana titray boshladi.

Javob bermasa qanchalar kulgili bo‘lardi...

— Butun diqqatim senda.

Taehyonning yuragi bir urishni o‘tkazib yubordi. Dastlabki soniyalarda og‘zi ochilmadi. Axir g‘ururi hamon tomog‘ini bo‘g‘ishga urinayotgandi.

— Men roziman.

— Nimaga rozisan?

— Munosabatlarimizni tiklashga.

Ataylab qilgandek Chonguk barcha tafsilotlarni aniqlashtirardi. Taehyonning fikridan qaytishi uchun birorta ham imkoniyat qoldirmasdi.

— Bilmasam... Menga nima taklif qila olasan?

Ha... U yaxshilab yolvorishiga to‘g‘ri kelishini oldindan aytgandi.

Taehyon boshini egib telefon go‘shagini mahkam qisdi. Afsus uni o‘z qadr-qimmatini sindirgandek sindirib tashlab bo‘lmasdi.

— Gapirish ham qiyin bo‘lyaptimi Taehyon?

—Seni mendan boshqa kim tushunardi?

—Senga qo‘ng‘iroq qilishga uringanim, qaytishingni, yaxshilab o‘ylab ko‘rishingni so‘raganim esimga tushyapti.

—O‘shanda menga nima deganding?

—Menga boshqa qo‘ng‘iroq qilma. Yangi hamshiraga ko‘nikish oson bo‘lmadi. Bilasanmi juda ham qiyin bo‘ldi. O‘ylashimcha senga ham oson bo‘lmagan. Ammo agar sen bizga imkon berganingda, hozir ko‘p narsalarning oldini olish mumkin edi.

Munosabatlarni oydinlashtirish uchun ayni muddao bo‘lgan vaziyat...

Taehyon kaftini peshonasiga qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. Ojizlikdan deyarli shivirlab gapirdi:

— Mendan pushaymon bo‘lishimni xohlaysanmi?..

—Senga yolvorishimnimi?

—Yoki yana nimani?

— Buning nima keragi bor? Axir bu samimiy bo‘lmaydi. Biz hammasini boshidan boshlaymiz. Ozodlikka chiqqaningni «Pyer Ganyer»da nishonlaymiz. O‘shanda qilganimdek yana bir shisha vino buyurtma qilaman mehmonxona xonasini olaman. Ammo sen endi bokira bola emassan, shuning uchun bu safar ehtiyotkorlik qilmayman.

—Bundan buyon men qachon xohlasam, sen men uchun tayyor bo‘lasan. Na do‘stlaring, na truppang birinchi o‘rinda faqat men turaman.

—Munosabatlarimiz shunday bo‘ladi. Bank kartasi esa bo‘lmaydi sen hali uni olishga loyiq emassan.

—Meni yaxshilab tushundingmi?
Thpov: Afsuski ha.

Taehyon uzoq jim qoldi. Chamasi bir daqiqacha. U qandaydir hissiz karaxtlikka tushib, bir nuqtaga shubhali darajada tikilib qoldi.

— Taehyon.

— Sizni tushundim...

Endi o‘ziga his qilish uchun ham imkon qoldirmagandi. Balki hammasini boshidan boshlagani ma’quldir. Chunki hozirgi bor narsa allaqachon vayron bo‘lgandi.

— Men bir kishilik kamerada qolmoqchiman. Buni tashkil qila olasizmi?


Sud jarayoni ikki haftadan keyin bo‘lib o‘tdi. Taehyon ilk bor janob Imni ko‘rdi. U singlisiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan g‘alati gaplarni bir dunyo qilib gapirdi. O‘gay otasi esa hamon o‘z gapida turib oldi hamma narsada Taehyonni va uning badavlat sevgilisi voyaga yetmaganlarni yo‘ldan ozdiruvchi odamni ayblardi. Taehyonning advokati esa himoyani juda yaxshi olib bordi.

Birinchidan ular Taehyon o‘sha kuni kechasi uyida bo‘lganini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi. Haqiqatan ham uning uyi atrofidagi kuzatuv kameralari yozuvlari o‘chirib tashlangan edi. Ammo hududni sinchiklab o‘rganish davomida ular ro‘paradagi oziq-ovqat do‘koni egasining shaxsiy kamerasini topishdi. Bu kamerani ko‘rish qiyin edi. Do‘kon egasi uni ikki marta do‘konining oynasini sindirgan bezorini tutish uchun o‘rnatgan ekan.

Taehyonning singlisi vafot etgan taxminiy vaqt tungi soat birdan uchgacha bo‘lgan oraliqda ushbu kamera yozuvlarida Taehyonga o‘xshash hech kimning binodan chiqib ketgani ko‘rinmasdi.

Ammo ertalab soat to‘rtlarda kepka kiygan shubhali bir kishi kirish eshigi oldida uzoq turib kimdir eshikni ochishini kutgan. Ichkariga kirganidan atigi besh daqiqa o‘tib esa u yugurib chiqib ketgan. Uning yuz qiyofasini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Unda eshik tutqichida qon qayerdan paydo bo‘lgan?

Taehyon Mihyonni o‘z xonadonida o‘ldirib, keyin qandaydir yo‘l bilan jasadini tashqariga olib chiqishi mutlaqo mumkin emasdi. Qolaversa, uning oyoq kiyimlarida ham kiyimlarida ham qon dog‘lari yo‘q edi. Qotillik quroli ham topilmagandi.

Zarba kuchini ekspertizadan o‘tkazish va jinoyat qurolini aniqlash ishlari ham olib borildi. Hujum qilgan odam o‘ng qo‘li bilan zarba bergani ma’lum bo‘ldi. Taehyon esa chapaqay edi. Uning o‘ng qo‘li bilan bergan zarbalari yetarli kuchga ega emasdi.

Bu hali hammasi emasdi.

Ekspertiza eshik tutqichidagi qon tomchisi ustida aniqlangan barmoq izi qurib qolgan, ustiga chang ham qo‘nib ulgurgan qon qatlamida qoldirilganini isbotladi. Barmoq izi juda xira edi.

Agar zinapoya maydonchasida hech qanday kurash izlari topilmagan bo‘lsa, qon eshik tutqichiga qanday tushgan?

Xo‘sh jinoyatning sababi nima edi?

Prokuror masalaga boshqa tomondan yondashdi.

— Siz singlingizni oxirgi marta bir yil oldin ko‘rganingizni tasdiqlayapsiz. O‘shanda orangizda janjal chiqqan. Marhumaning otasi bu janjalga janob Chongukning xiyonati sabab bo‘lganini aytmoqda. Bir yil oldin janob Chonguk hali uylangan edi. Oradan yarim yil o‘tib, uning rafiqasi vafot etadi. Yana yarim yildan so‘ng esa janob Dyuranining singlisi. Janob Dyuran «raqibalaridan» qutulishga uringan, degan xulosaga kelishimiz mumkinmi?

Chonguk javob berdi.

— Siz janob Dyuran mening rafiqamning o‘limiga ham aloqador, avariyani ataylab uyushtirgan, demoqchimisiz? Holbuki sizning bu aql bovar qilmas xulosangizdan ancha oldinyoq yo‘l-transport hodisasining aybdori aniqlangan edi. Tuhmat uchun sud oldida javob berishga tayyormisiz?

Sudya Chongukning tarafini oldi.

— Janob Dyuran, siz uylangan erkak bilan, ta’bir joiz bo‘lsa, moddiy manfaatga asoslangan munosabatda bo‘lgansiz... — deb boshlagandi prokuror ammo Chonguk bu safar ham uning gapini bo‘ldi.

— Aloqalarimizning axloqiy jihatdan qanchalik nomaqbul ekani ushbu ishga hech qanday aloqasi yo‘q.

— Ruxsatingiz bilan, davom etaman. Janob Dyuran, — prokuror ayblanuvchiga yuzlandi.

— Sevgilingiz o‘z rafiqasiga siz bilan xiyonat qilgan. Janob Chonguk sizga ham marhuma bilan xiyonat qilmaganiga qanday ishonch bor? Axir janjalingizga aynan shu sabab bo‘lgan. Singlingiz bilan janob Chonguk o‘rtasida munosabat bo‘lganiga ishonasizmi?

Taehyon past ovozda javob berdi.

— Yo‘q.

— Mihyon menga e’tibor ko‘rsata boshlamaguncha oramizda hech qanday muammo bo‘lmagan, — qo‘shimcha qildi Chonguk.

Advokat so‘zini davom ettirdi:

— Ushbu hujjatlarda janob Chonguk Dyuranlar oilasiga tegishli xonadonni sotish va sotib olish ishlari uchun vakil yollagani ko‘rsatilgan. Keyinchalik o‘sha xonadon sotilishidan tushgan pulga marhuma Kim xonim uchun uy sotib olingan qolgan mablag‘ esa janob Duran uchun xonadon xarid qilishga sarflangan. Janob Chonguk Kim Mihyonga qarshi hech qanday e’tirozga ega bo‘lmagan. Uning akasi ham xuddi shunday. Mojarodan keyin ular shunchaki muloqot qilishni to‘xtatishgan.

— Janob Dyuran janjaldan oldin ham singlingiz bilan munosabatlaringiz nima sababdan yomon edi?

Taehyonga deyarli so‘z berishmayotgandi. Bu safar ham uning o‘rniga advokati javob berdi.

— Bu masalaning axloqiy jihati xolos. Ayblanuvchi bilan marhumaning yomon munosabatda bo‘lgani qotillik uchun sabab bo‘la olmaydi.

— Janob Dyuran shunday bo‘lsada javobni o‘zingizdan eshitishni istardim— dedi sudya.

— Biz bolaligimizdan deyarli gaplashmaganmiz. Shunchaki... biz har xil insonlarmiz. Men doim balet maktabida bo‘lardim Mihyonni esa faqat ertalablari ko‘rardim. Bir-birimiz bilan til topishishga vaqtimiz bo‘lmagan. Nega men uni o‘ldirishim kerak? Onam bilan ham munosabatlarim yomon edi, ammo uni o‘ldirmaganmanku. Singlim o‘z hayoti bilan yashardi men esa o‘z hayotim bilan. Mihyon mendan yordam so‘ragan janob Im aytayotganidek mendan qo‘rqqani yo‘q. Bu bema’nilik. Men unga javob bermadim chunki u sevgan insonimni yo‘ldan ozdirishga uringandi.

— Shunday bo‘lsada... — yana gap boshladi prokuror.

— Janob Dyuran siz erkak bilan munosabat boshlagansiz bu birinchisi. Uylangan erkak bilan bu ikkinchisi. Uchinchidan undan qimmatbaho sovg‘alar qabul qilgansiz. Ayblanuvchining axloqsiz hayot tarzi yaqqol ko‘rinib turibdi. Axloqsiz insondan boshqa kim qotillikka qo‘l urishi mumkin? Menda boshqa savol yo‘q.

— Siz qonunning harfidan mahkam ushlayapsiz ammo qonunchilikning qaysi joyida shaxsiy hayoti boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan ikki voyaga yetgan insonning munosabatlari axloqsizlik deb belgilangan? Nikohda bo‘lganimda kim bilan yotganim ham ushbu ishga aloqador emas. Men o‘z pulimni qanday sarflashni o‘zim hal qilaman. Janob Dyuran ham o‘z vaqtini qanday o‘tkazishni o‘zi belgilaydi.

Sudya qaror qabul qilish uchun zalni tark etdi. Chonguk shu vaqt davomida Taehyonning chakkasiga nigohini qadab turdi ammo Taehyon biror marta ham unga qaramadi. U faqat stol yuzasiga tikilib o‘tirardi.

Advokat Chongukka qisqagina bosh irg‘ab himoya muvaffaqiyatli o‘tganini bildirdi. Sudya qaytib kelganida esa advokatning aytganlarini tasdiqladi: janob Dyuran ustidan jinoiy ta’qib to‘xtatildi. Sud taqdim etilgan dalillar yetarli emas, degan xulosaga keldi. Biroq jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom ettiriladi.

Taehyon sud zalining o‘zidayoq hibsdan ozod qilindi.

Unga buyumlarini qaytarishdi va kiyimlarini almashtirish imkonini berishdi. Aytgancha, u kiyimlarini xuddi tush ko‘rayotgandek almashtirdi. Hammasi tugaganiga ishona olmasdi. To‘g‘rirog‘i, uning uchun tugagandi. Tergovchi jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli ishni to‘xtatish ehtimoli qanday edi?..

Taehyonni bir qo‘ldan ikkinchisiga topshirgandek janob Chongukka topshirishdi. Quvonch va baxtni aks ettirish juda qiyin edi. Shu sababli Taehyon unga bir marta hissiz nigoh tashladi so‘ng xuddi shunday befarqlik bilan jilmayib turgan Millerga qaradi.

Uning javoban jilmaygisi kelmasdi. Axir ular juda noxush vaziyat tufayli uchrashishgandi. Yana bir yangi qarzdorlik majburiyati haqida gapirmasa ham bo‘lardi...

Shu payt negadir mutlaqo xafa ko‘rinmayotgan prokuror ularning ortidan yetib keldi.

— Janob Chonguk allaqachon ketayapsizmi?

— Prokuror An bilan xayrlashib olishim kerakmidi?

Ular bir-birlariga kinoyali nigoh tashlashdi.

— Albattada. Tabriklamoqchi edim. Yana quruq chiqib ketdingiz.

«Siz» emas, «sen». Demak, ular tanish ekan. To‘g‘risi, Taehyon bundan unchalik hayratlanmadi...

Miller prokurorning yelkasiga oshna-og‘aynichilik bilan urdi, u esa bunga tabassum bilan javob qaytardi. Umuman olganda, ularning uchovidan eski tanishlikning isi kelardi.

— Yaxshi ish bo‘ldi prokuror. Baribir biroz ter to‘kishimizga to‘g‘ri keldi.

— Janob Dyuran, — bu safar prokuror Taehyonga yuzlanib, uning ham shu yerda ekanini e’tirof etdi.

— Sizning do‘stingiz juda yaxshi ekan. Siz uchun ijobiy yakunlangan ish bilan tabriklayman. Aybsiz odamlarni qamoqqa tiqmaymiz.

Chonguk ko‘zlarini biroz qisib Taehyonga buyruq beruvchi, egalikni anglatuvchi nigoh bilan qaradi. U Taehyondan qandaydir javob kutdimi?

«Ha mening do‘stim juda ajoyib! Endi unga qanchalik qarzdor bo‘lib qolganimni bir tasavvur qiling!» — degan gaplarni eshitmoqchimidi?

Taehyonning tiliga
«Bunday do‘st bilan dushmanga ham hojat yo‘q», degan gap keldi ammo u bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Qolaversa bu yerda aytadigan hech narsasi ham yo‘q edi.

U ishonch telefoni o‘rniga «Kar telefon»ga ega bo‘ldi.