Yesterday

𝐀𝐋𝐋𝐘𝐔𝐑

16/2— bob davomi

Chongukka ham buni yuz marta takrorladi.

Taehyung allaqachon ichiga haddan tashqari ko‘p narsani yutib kelmoqda.

— Ranging oqarib ketibdi.

Taehyung uzatilgan choy stakaniga qaradi so‘ng nigohini yuqoriga ko‘tardi. Chongukning ko‘zlarida ikkilanish bor edi. U hozir ham Taehyungni to‘xtatmoqchi edi. Axir poyga ishtirokchilari barcha tayyorgarlik bosqichlarini yakunlab, start kataklariga kirish haqidagi signalni kutib turishardi.

— Hayajondaman.

Taehyung stakanni oldi va bir necha qultum ichishga o‘zini majbur qildi. Ularning sukutida poygaga chiqishni taqiqlovchi biror gap yangramasligiga umid qilardi.

Chonguk buni qilishi mumkin edi. Jokeyning murabbiyi va biyasining egasi sifatida bunga haqqi ham bor edi. U qanchalik haq yoki nohaq bo‘lishidan qat’i nazar uning qarori hal qiluvchi bo‘lardi.

Taehyung erkak o‘zining ham, yigitning ham his-tuyg‘ularini bir chetga surib, uning ahvoliga xolis baho berishga va mustaqil qaror chiqarishga urinayotganini ko‘rib turardi.

Poyga boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolgandi.

— Taehyung men nimadandir xavotir olishim kerakmi?

Bu savolda rost javobni eshitishga umid bor edi. Taehyung esa ishonchni oqlash uchun haqiqatni tan olishi kerakligini tushundi.

— Hozir emas — dedi u ochiqchasiga.

— Hech bo‘lmaganda poyga davomida emas. Va’da beraman uddalayman. Poygadan keyin yiqilaman qo‘llaringda uzoq yig‘layman keyin esa meni majburan psixologga olib borasan.

Chunki u o‘zi uddalay olmayotgandi. Ammo kim yordam berishini bilardi.

Otlarning start kataklariga kirishi haqidagi e’lon yangradi. Bu ovoz egani o‘z favoritidan ayirdi.

Chonguk negadir Taehyungga ishonardi.

Bu aqlga sig‘mas darajada tavakkal edi. Axir uning ruhiy holati barqarorlikdan ancha yiroq edi. Shunga qaramay negadir Taehyung bu poygani hech qanday muammosiz yakunlaydigandek tuyulardi.

Taehyung his-tuyg‘ularini jilovlay olardi. Hayotda bu unchalik ham afzallik emas ammo sportda yaxshi ko‘nikma edi.

Shu bois u biyani ippodromning tashqi yo‘lagi bo‘ylab ishonch bilan yetakladi, egarini joylashtirdi va o‘n ikkinchi start o‘rnini egalladi.

Altair boshini yuqoriga ko‘tardi jilovni Taehyungning qo‘lidan deyarli tortib oldi. Past ovozda, baland va uzoq pishqirdi. Ammo Taehyung unga e’tibor qaratib tinchlantirishi bilanoq o‘zini bosdi.

Bu g‘alati xatti-harakat xavotir uyg‘otishga ham ulgurmay, start kataklarining eshiklari ochildi va ishtirokchilar ichkariga kiritila boshlandi.

Kuzatuvchi xodimlar otlar va jokeylarni diqqat bilan nazorat qilishardi. Ular ham shubhali xatti-harakatni payqashsa, ishtirokchini poygadan chetlatish huquqiga ega edilar.

Shuning uchun Taehyung sekin nafas oldi biyasining bo‘ynini siladi va unga hammasi yaxshi bo‘lishini pichirladi.

To‘liq sukunat.

Start sirenasi yangraydi, temir eshiklar qattiq zarb bilan devorlarga urildi.

Altair kutilmaganda ikki oyog‘iga ko‘tariladi.

Bir necha soniya ularni ancha ortda qoldirdi, biroq ot sharhlovchining so‘nggi ishtirokchi start olganini e’lon qilayotgan ovozi ostida tezda joyidan qo‘zg‘aldi. Chonguk unga ippodromda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har bir vaziyat uchun alohida qoida yo‘qligini o‘rgatgan. Ba’zan soniyaning ulushlaridayoq qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Atrofdagi vaziyatni, otni, o‘zingni va boshqa ishtirokchilarni kuzatish har bir harakatni oldindan taxmin qilish kerak. Shu sababli Taehyung hozir bir qarorga kelishi lozim.

U esa biyani to‘xtatmadi.

Birinchi aylanishda oradagi masofa qisqaradi. Altair otlar oqimining o‘rtasiga kirib rejalashtirilgan strategiyani amalga oshirishga kirishadi.

— Ularning holatida nimadir noto‘g‘ri— nihoyat Jin-Ho ippodromdan ko‘z uzib, egasiga qaraydi. Chonguk esa nafas olmayotgandek edi.

Ular Taehyungni kuzatib muammo unda deb gumon qilganlarida xatoga yo‘l qo‘yishgan.

— Ularni zudlik bilan to‘xtatishsin — deb buyruq berdi Chonguk va tribunadan tushib ketdi.

Muammo otda edi.

Altair boshini sezilarli darajada silkitadi, go‘yo nimadir unga xalaqit berayotgandek. Uning qadamlari maromidan chiqadi. Uni quvib o‘tayotgan ot kutilmaganda oldidan kesib o‘tganida, Altair chetga buriladi, to‘xtaydi va jokeyni ustidan uloqtirishga urinib yana ikki oyog‘iga ko‘tariladi. Tribunadagi tomoshabinlarning yarmi yuraklarini hovuchlab o‘n ikkinchi ishtirokchiga tikilib qoladi. Xodimlar allaqachon uning tomon shoshilmoqda.

Taehyung boshqaruvni qaytarishga urinadi ular hali ham oldinga chiqib olishlari mumkin. Ammo biya buyruqlarga bo‘ysunmaydi: pastga tushadiyu yana tik ko‘tariladi. Altair avval klubda, keyin esa shu yerda ham tekshiruvlardan o‘tgan hech kim muammoga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan biror alomatni aniqlamagan edi.

Ammo Taehyung o‘zini egarda ushlab qola olmaydi. U chang-to‘zon ichiga, chalqancha qulaydi. Ko‘zlarini yumishga ham jur’at etmaydi quyosh otning sharpasini ko‘rishga xalaqit beradi. U bevosita otning tagiga tushib qoladi.

Qattiq zarba. Og‘zida tuproq va qon ta’mi.

Finish chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan ot haqida signal yangraydi. Poyga yakunlandi.

Mavsum ochilishi esa ikki xil sarlavha bilan tarixga kiradi.

Quloqlaridagi chiyillash atrofdagi shovqin-suronni xavotirga to‘la ovozlarni baland buyruqlarni va hatto o‘z nafasini ham deyarli bosib ketadi. Taehyung umuman nafas olayotganiga ham ishonchi komil emas. Ko‘z oldidagi manzara xira uni o‘rab olgan tibbiyot xodimlari ko‘rinadi ammo Altairni topishga bo‘lgan urinishlari samarasiz.

Hushiga kelganida unga karaxtlik holati tashxisi aytiladi. Jiddiy jarohatlar yo‘q otning tuyoqlari ostida qolishdan qutulib qolgan.

Altair bilan veterinarlar shug‘ullanmoqda. Taehyung bilan esa klub egasining o‘zi band u homiylar bilan bog‘liq muammolarni g‘azabdan quturayotgan matbuotni va atrofdagi barcha narsani bir chetga surib hozir faqat o‘zining favoritiga e’tibor qaratgan edi.

Taehyung Chongukning qancha vaqtdan keyin qaytib kelganini ular qachon jo‘nab ketganini yaxshi anglay olmaydi. Faqat Altairni ortga olib ketishayotgani, biya hech qanday jarohat olmagani haqidagi taskin beruvchi gaplarni ilg‘aydi. Yuz bergan hodisa mumkin bo‘lgan eng yaxshi natija bilan yakunlangan edi jokey faqat karaxtlik holati va ko‘karishlar bilan qutulib qolgan.

Matbuot esa uni ayamaydi. Birin-ketin sarlavhalar paydo bo‘ladi. Har bir keyingisi bu aralash zotli otliqning har yili yiqilishini masxara qiladi, Mustang klubi egasining la’nati haqida yozishadi.

Janob Chonning qulayotgan yulduzlari.

Birinchisi esa Kor-Karoli edi.

Chonguk Taehyungdan hech bo‘lmaganda biror munosabat bildirishga faqat klubga yetib kelishganida erishadi. U hoziroq shaharga, mutaxassis huzuriga borish kerakmi degan savolga boshini chayqab, rad javobini beradi. Axir sodir bo‘lgan voqea izsiz o‘tib ketmasligi aniq.

Taehyung o‘zidan hamisha biyani ustun qo‘yadi. Shu bois Altairning bezovta xatti-harakatiga nima sabab bo‘lganini veterinardan bilish uchun otxonaga yo‘l oladi.

Hozir Chongukning homiylar bilan muammolari bo‘lishi kerak. Ular va’da qilingan natijalarni ololishmadi, shuning uchun ayrimlari hamkorlikni albatta to‘xtatadi. Poyga otini tekshirish paytida muammo aniqlanmay qolganiga kimdir javob berishi kerak.

Aybdor Taehyung.

Start kataklariga kirishdan oldin ham biyasining g‘alati harakatlarini aynan u payqagan edi. Taehyung to‘xtashi musobaqada qatnashishdan hatto uch marta voz kechishi mumkin edi, ammo baribir otni oldinga haydadi.

Hammasiga faqat uning o‘zi aybdor.

— Mana bu yerda veterinar otning og‘zidagi, yugan temiri joylashadigan shilliq qavatni ko‘rsatadi.

— Yallig‘lanish bor. Hozirgina paydo bo‘la boshlagan shu sababli tekshiruv vaqtida uni sezishmagan. Ammo, chamasi og‘riq boshidan beri bo‘lgan.

Bu shunchaki tasodif xodimlardan birortasining xatosi emas. Chunki ko‘zga ko‘rinadigan yallig‘lanish faqat hozir namoyon bo‘lyapti. Taehyungga buning xavfli emasligini tushuntirishdi otlarda bunday holat uchrab turadi va davolanish bir haftadan ham kam vaqt oldi. Ippodromdagi hodisa ham jiddiy oqibatlarga olib kelmagan Altair shunchaki qo‘rqib ketgan noqulaylik va sarosimani his qilgan.

Ammo Taehyung baribir uni oldinga haydagan edi.

Nimadir noto‘g‘ri ketayotganini ko‘rdi shunga qaramay uni ippodromga olib chiqdi. Hech narsa bo‘lmadi deb o‘yladi. Uning o‘ziga ortiqcha ishonishi va qaysarligi ham o‘z rolini o‘ynadi. Axir u Chongukning gapiga quloq solib atigi bitta poygani o‘tkazib yuborishi mumkin edi.

Axir Altairning og‘rig‘i bor edi.

Taehyung nafasini ichiga yutib qoldi. Nafas chiqarishlari esa undan qolgan so‘nggi kuchni ham tortib olayotgandek. Ko‘zlarini aybdorlik va pushaymonlik qopladi. Bir qo‘li bilan yuragi ustidagi ko‘ylagini changalladi ikkinchi qo‘li bilan yog‘och tayanchga suyanib, so‘nggi muvozanatini saqlashga urindi.

U darhol to‘xtashi kerak edi.

Nafas olishga havo yetmadi. Bo‘ynidagi jilov tobora qattiqroq tortilayotgandek ayb hissi ko‘ksida, naq yuragi ustida mayda harflar bilan iz qoldirib terisiga kuydirib yozilayotgandek. Kimdir uni chaqirayotganga o‘xshadi ammo ovoz eshitilmadi. Yonoqlarini sho‘r yosh kuydirdi. Taehyung polga cho‘kib tushdi nafas olishga urindi. Qayerdadir yaqinida oxirgi sigaretasi bor u yordam berishi kerak edi. Ammo kimdir uning qo‘lini tutib qoldi isitishga qarshisiga qarashga majburlashga urindi. Taehyung esa hatto qovoqlarini ko‘tarishga ham qiynaladi.

Va uning ichida yig‘ilib qolgan hamma narsa birdan otilib chiqdi. So‘nggi haftalarda to‘planib kelgan og‘riq bir zumda alamli yig‘i o‘zini tuta olmaslik va kecha unga qo‘yilgan asabiy zo‘riqish tashxisi bilan yuzaga chiqdi. Chonguk uni o‘ziga keltirishga urindi Jin-Honi kabinetda qoldirilgan tinchlantiruvchi dorini olib kelishga yubordi va yigitni o‘ziga tortib nafas olishni so‘radi.

Taehyung qattiq titradi go‘yo sovqotayotgandek. Erkakning pidjagidan mahkam ushlab kechirim so‘ramoqchi bo‘ldi.

Taehyung aybdor.

O‘z aybdorlik hissi uni ich-ichidan parchalab tashlaydi yuragini yanada ezdi.

U xato qilishdan va yiqilishdan shunchalik charchagan ediki. Taehyung barcha omadsizliklar o‘tgan yilda qolganiga ishongandi. Ular to‘qnashuvlar ehtimolini kamaytirish uchun shuncha mashq qilishgan strategiyani shuncha sayqallashgandi.

Uning bitta xatosi uzoq vaqt davomida mehnat qilib erishgan barcha natijalariga chiziq tortdi.

— Taehyung — deya past ammo undan o‘zini yemirishni bas qilishni talab etuvchi ovozda chaqirdi Chonguk. Uning iyagidan ushlab jag‘ini mahkam tutdi.

— Qani Taehyung, buni ichishing kerak.

Yoqimsiz hid uning ongiga zo‘rg‘a yetib bordi ammo barmoqlarning ta’siri kuchliroq ular og‘zini ochishga majbur qildi. Tishlari stakanga taqillab tegdi. Nafas chiqarayotgan paytda yutish og‘riqli lekin Taehyung Altairga bundan ham qattiqroq og‘riq bo‘lganiga amin. U stakanni chetga olishiga yo‘l qo‘yishmadi. Qo‘llarini ushlab ichidagi hamma narsani ichishga majbur qilishdi va faqat shundan keyingina qo‘yib yuborishdi.

Qaniydi uning poygada qatnashishini ham xuddi shunday qat’iylik bilan bekor qilishganida.

— Hammasi yaxshi Taehyung, — dedi Chonguk uni bag‘riga bosarkan. U yigit uning ovoziga quloq solishini gaplarini eshitishini biladi.

— Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Bunday gaplarni faqat yolg‘onchilar aytdi. Chonguk esa hozir qo‘llarida qolgan so‘nggi narsani yo‘qotmaslik uchun yolg‘on gapirishga majbur.

U Taehyungning pidjak matosini changallab turgan barmoqlari asta-sekin bo‘shashayotganini sezadi. Har daqiqada nafas olish va chiqarish soni bir-biriga tenglashib boradi. Chonguk boshini chayqab, yaqinlashmoqchi bo‘lganlarga ishora qildi kerak emas, yaqin kelishmasin.

Taehyung uni kimdir siniq holda ko‘rishini yoqtirmadi.

Ammo bu safar uni hamma ko‘rdi.

℧

Maqolalarning sarlavhalari «yiqilish» so‘zining ijodiy o‘rinbosarlari bilan to‘lib-toshgan. Ippodromda poyga vaqtida va undan keyin olingan suratlar janob Chonning favoriti ko‘zlaridagi bo‘shliqni muhrlab qo‘ygandi. Uning shov-shuvli omadsizligi bilan birga, bundan o‘n yil avvalgi xuddi shunday voqea ham kavlab chiqarildi.

Bir kunning o‘zi juda ko‘p eski yaralarni ochib yubordi.

Taehyung telefon ekranida barmoqlarini yurgizdi. Maqolalarni uzoq vaqt diqqat bilan o‘qimadi boshqa narsani qidirdi ammo baribir topolmadi. Shu payt telefonni qo‘lidan tortib olishdi va stol ustiga taraqlatib qo‘yishdi. Chonguk burnining ustidan barmoqlarini yurgizib e’tiborsiz qoldirilgan iltimosi tufayli paydo bo‘lgan yengil achchiqlanishini bosdi. So‘ng ortiga o‘girilib qo‘llarini ko‘ksida chalishtirgancha mehmonxonada o‘tirgan yigitga qaradi.

Chonguk uni o‘z xonadonida mana to‘rtinchi kundirki yashirib kelmoqda.

— Men senga bularni o‘qima deb aytgandim.

Uning nigohi qayta bo‘yalgan jingalak sochlarda to‘xtab qoldi. Hosoк kelib bembichasiga avvalgi rangini qaytarib bergan edi.

— Nega hech kim startdagi kechikishimizga qaramay oqimning o‘rtasiga yorib kirganimizni va quvib o‘tishga harakat qilganimizni hisobga olmayapti? tushunmaydi Taehyung. Internetga kirmaslik haqidagi ma’nosiz iltimosni esa e’tiborsiz qoldiradi.

— Agar to‘xtashimizga to‘g‘ri kelmaganida bu poygada g‘olib bo‘lardik...

— Ammo siz poygani oxirigacha yakunlamadingiz.

Chonguk ataylab uning omadsizligini eslatmoqchi emas. Shunchaki mag‘lubiyatning o‘zi aniq bo‘lib turganida «agar shunday bo‘lganida nima bo‘lardi» degan taxminlar hech kimni qiziqtirmaydi. Bu nafaqat jurnalistlarga balki homiylarga ham tegishli. Ularning yarmiga aralash zotli otga yana bir imkoniyat berishga ko‘ndira olishmadi.

Taehyung esa hali hech narsadan xabari yo‘q. Hozir kvartira tashqarisida nimalar bo‘layotganini deyarli bilmaydi. Faqat Chongukning uzoq vaqtga ketib qolishi va kech qaytishidan nimanidir taxmin qiladi. Stressni kamaytirish uchun uni tashqi ma’lumotlardan cheklashmoqda. Hatto bevosita o‘ziga aloqador yangiliklarni ham klubga qaytguniga qadar undan yashirishmoqda.

Chonguk uchun hozir eng muhimi Taehyungning ruhiy muvozanatini tiklash. Shundan keyingina uni navbatdagi poygada qanday ishtirok ettirish haqida o‘ylash mumkin.

— Meni yana ippodromga qaytar — deb iltimos qildi Taehyung.

— Altairning ahvoli yaxshi deganding. Biz asta-sekin hammasini boshidan boshlashimiz kerak. Hech bo‘lmasa, shunchaki sayr qilishdan...

— Tinchlantiruvchi dorilar ichishni boshlaganing va psixologga ikki marta borganing bilan hammasi ortda qoldi deb o‘ylaysanmi?

—Hech narsa barmoqni qirsillatish bilan yo‘qolib qolmaydi Taehyung. Agar o‘zingni yaxshiroq his qilayotgan bo‘lsang, bundan xursandman. Ammo bu qaytishing uchun yetarli emas.

Chonguk endi unga yon bermadi ishonmaydi va gaplariga quloq solmadi. Ha Taehyung aybdor emas. U poyga vaqtida hech narsa bo‘lmasligiga va’da bergan ruhiy inqiroz esa musobaqadan keyin yuz bergan. Ammo Chonguk endi bunday tavakkal qila olmaydi.

Taehyungni otxonada ko‘rganlaridek, shu qadar siniq holda ko‘rish chidab bo‘lmas darajada og‘ir.

— Shunaqa bo‘lishing uyatku, — degan ovoz oshxona tomondan eshitildi. Chonguk bu yerda ikkovlari yolg‘iz emasligini anglab yetdi.

— Shunchalik jahldorsanki, ukajon. Hosoк burchak ortidan chiqib keladi qo‘lida bir pachka chips.

— Nega uni sevib quchoqlayotganingni emas, koyiyotganingni eshityapman?

— Xursand bo‘l ingrashlarni eshitmayapsan — Chonguk galstugini yechib bir chetga uloqtiradi.

— Borliging haqida oldindan ogohlantirish kerak yashirincha quloq solish emas. Bo‘lmasa noqulay vaziyatga tushib qolishing mumkin ukajon.

— Xudoyim hammamiz insonmiz. Bemalol mazza qilib maza qilinglar men quloqchin taqib olaman.

Jin-Ho esa ularga ishora qilishlar ko‘zga tashlanadigan vaziyatlar noz-karashmalar va munosabatlariga aloqador barcha narsalardan uni xalos etishlarini so‘ragan edi. Fevral oyida Taehyung ularning anchadan beri birga tunab yurganini tan olganida esa quloqlarini berkitib olgandi. Taehyung va’da qilganidek bu haqda birinchi bo‘lib menejer xabar topdi. Aniqrog‘i u klub egasiga xos bo‘lmagan tartibsizlikni ish stoli ustida ko‘rdi ustidagi ayrim buyumlar yerga tushib ketgandi. Ularning eng sevimli joyi o‘sha stol edi.

Fevral Taehyungning xotirasida iliq va ehtirosli oy bo‘lib qolgan. Qaynoq choy, lablarni kuydiradigan o‘pichlar yopiq eshiklar ortidagi qizigan havo... Sog‘inchga to‘la o‘pichlar, mehrga tashna teginishlar, imkoni boricha bir-biriga yaqinroq bo‘lish istagi. O‘shanda Taehyung har qanday bo‘sh daqiqani poylab, uni o‘sha erkak bilan birga o‘tkazishga urinardi. Chongukning telefonini o‘chirib qo‘yar kiyimlarini yechardi. Unga ko‘p narsalarga ruxsat berishardi Taehyung esa ko‘p narsalarni sinab ko‘rardi.

Hozir esa Taehyung dush qabul qilish uchun ketayotgan Chongukni nigohi bilan kuzatadi. So‘ng uyiga qaytishga hozirlanayotgan Hosoк tomonga o‘girilib, unga xayrli kech tilaydi va o‘z fikrida qat’iy turishini aytadi.

Hammasini bahor oxiridagi so‘nggi oyda Taehyungning o‘zi buzdi. O‘shanda unda o‘zidan o‘z-o‘zidan nafratlanish hissi paydo bo‘lgandi. O‘zini o‘pishlariga imkon berish o‘rniga bunday vaziyatlardan qochdi mashg‘ulotlarda o‘zini holdan toydirdi va Chongukning yonidagi to‘shagiga qaytmay qo‘ydi. Bu ahmoqlik edi ammo u hammasini o‘zi uddalay olishiga ishongandi. Ortiqcha e’tibor tortishni o‘zining navbatdagi g‘alati injiqliklariga vaqt sarflashlarini istamagandi.

Taehyung o‘rnidan turdi. Ruhiy taskin topish uchun ko‘ksiga bosib o‘tirgan yostiqni qoldirib vannaxonaga kirdi va nam havodan shoshilmay nafas oldi. Oqayotgan suvning shovqini tanasiga yoqimli titroq taratdi. Taehyung bir necha qadam tashlab kir yuvish mashinasi ustiga o‘tiradida kutarkan ensasini devorga tiradi.

Bu yerdagi ko‘zgular ko‘p narsalarning guvohi bo‘lgan. Ammo hozir yechingisi kelmadi. Suv ostiga kirish erkakning orqasida oqayotgan suv tomchilarini o‘z kaftlari bilan almashtirish istagi ham yo‘q.

Kutilmaganda cho‘kkan sukunat uni ko‘zlarini ochishga majbur qiladi. Taehyung to‘piqlarini chalishtirib sochiq bilan sochlarini artayotgan Chongukning qarshisida to‘xtaganini kuzatdi.

Qumrang ko‘zlarida savol jilolandi

— Men endi yosh va chiroyli bo‘lmay qolganimda ham meni avvalgidek sevasanmi? Ruhimning azob chekkanidan boshqa hech narsam qolmaganidachi?

O‘zi yoqtirmaydigan qo‘shiqchining qo‘shiq satrlari nihoyat Taehyungga o‘z ma’nosini ochdi. Bu haqda u ilgari hech o‘ylamagan ammo Chonguk tez-tez shu savol haqida bosh qotirardi.

Ularning mavqei va yoshidagi farq erkakka tinchlik bermaydi. U sevgisini taklif qilganida munosabatlari bunchalik uzoqqa borishini xayoliga ham keltirmagandi. Taehyung ham o‘z shartlarini belgilarkan nimalarni his qilishini tasavvur qilmagan edi. Ular shunchaki bunga tayyor emasdilar.

— Shunday qilishimni bilasanku— deya ishontirdi Chonguk. U o‘z so‘zlarida Taehyungning javobini ham eshitdi.

U shunchaki sevishda davom etadi.

— O‘pasanmi?

Taehyung oyoqlarini bo‘shatib Chonguk yaqinlashishi uchun joy ochdi va unga qaradi.

— Faqat o‘p. Hozir rostdan ham bundan ortig‘ini bera olmayman.

— Bilasanmi qachon seni ko‘rganimda tizzalarim titrab ketgudek bo‘ladi?

Chonguk bir qadam yaqinlashadi. Kaftlarini endi avvalgidek rangpar bo‘lmagan yonoqlarga qo‘yib, ularni muloyim tutadi. Barmoqlari bilan silab, uning qalbi endi qonamayotganiga ishonch hosil qilmoqchidek bo‘ladi.

— Sen yechinayotganingda emas. Xotiramda birga o‘tkazgan tunlarimiz jonlanganida ham emas. Ishon menga, aslo unday emas— Chonguk pichirlash darajasiga tushish uchun yanada yaqinlashadi..

— Meni aqlimdan ozdiradigan narsa sening jokey formasida bo‘lishing ippodromga tikilib qarashing mashg‘ulotlardan keyin loyga belanib otdan tushishing va jilmayishing. Seni yechintirgim o‘sha loyga o‘zim ham belanib ketgim senga vanna tayyorlab, uzoq o‘pgim keladi. Chunki sening his-tuyg‘ularing vulqondek otilib chiqadi, ularni tashqariga chiqarishing kerak.

Chonguk shahvat haqida gapirmayapti.

U o‘z sevgisi haqida gapiryapti. Uni boshqa birovning yoshlik shijoati bilan bir maromda urishga majbur qiladigan, har safar yanada telbaroq tarzda oshiq qiladigan sevgisi haqida.

— Men shunchaki yonimda bo‘lishingni istayman, — deya ishontiradi Chonguk.

— Sendan menga kerak bo‘lgan yagona narsa shu.

Taehyung jim qoldi. Chunki, ehtimol ilk bor hammasini ortiqcha o‘y-xayollarsiz, qanday bo‘lsa, shundayligicha angladi. Chonguk uning tushunganini ko‘rib, endi ortiqcha so‘zlarning hojati yo‘qligiga amin bo‘ldi. Uning iltimosini bajarib o‘pdi. Ular bilan sodir bo‘lgan barcha voqealarni shu o‘pichlar bilan o‘chirib tashlamoqchidek.

O‘sha oqshom ular uzoq suhbatlashishdi. Ko‘plab so‘zlarni o‘pichlar orqali yetkazishadi va yarim tungacha bir-birlariga yangi va’dalar berishdi. Munosabatlari va ishdagi ustuvorliklarini qayta belgilashdi, shaxsiy hayot bilan sportni bir-biridan ajratishdi.

Bularning barchasi bir urinishdayoq amalga oshmadi. Taehyung, albatta, bunga darhol rozi bo‘lmadi ammo baribir Chongukning gaplariga quloq soldi. Poyga oldidan Chonguk murabbiy sifatida uni to‘xtatishga uringanini esladi. Bu unga ishonmagani uchun emas edi.

Taehyung onasi bilan uchrashganidan keyingi o‘y-xayollari haqida biyaga qiziqib qolgan yangi jokeyga qanday qilib jahli chiqqani haqida gapirib berdi. Va uni yanada mahkamroq quchoqlashlarini so‘radi.

Bas endi og‘riq yetar.

Chonguk o‘tmishdagi xatolarni takrorlashga yo‘l qo‘ymadi. U Taehyungni yig‘lashga majburlamadi aksincha o‘pdi.

U osmondan qulagan yulduzini yana o‘z joyiga qaytaradi.