November 4

𝐀𝐋𝐋𝐘𝐔𝐑

16/ 1—bob davomi

— Taehyon tinchlan...

— Unda menga duch kelgan birinchi odam bilan yotishni taklif qilma! Go‘yo men istalgan odamning oldida yechina oladigandek. Bu unday emas! Hech qachon bunday bo‘lmagan va sen buni juda yaxshi bilasan. Xonangda sening oldingda kiyimlarimni yechayotganimda qanday titraganimni o‘zing ko‘rgansan. Men sen meni jazman sifatida qabul qilishga rozi bo‘lishingdan qo‘rqardim.

Taehyon hozir ham o‘zini yalang‘och qilayotgandi. Hatto o‘ziga ham tan olishni istamagan narsalarini oshkor etardi. U birovning jazmani bo‘la olmasdi. Shu sababli o‘zini kiyimlarini yechishga, go‘yo bunga qodirdek ko‘rinishga majbur qilgandi. Taehyon ilgari bunday ish qilmagan shuning uchun maqsadiga erishish yo‘lida shunchaki jazman bo‘lishi hamma narsaga ko‘nishi mumkin deb o‘ylagandi. Ammo uni sevishni boshlashganida va bu tuyg‘ular unga haqiqatni ko‘rsatganida, bunday qila olmasligini anglagandi u faqat o‘zi sevgan inson bilangina birga bo‘la olardi.

— Qo‘ng‘iroq qilaman, — dedi Taehyon tishlarini qisgancha.

— Faqat kimdir meni tunashga uyiga taklif qiladi degan umidda ortimdan kelishga urinib ko‘rma.

Taehyon keskin ortiga burilib, klub darvozasi tomon yo‘l oldi. U ma’nosiz suhbatni davom ettirishni ham, Chongukning gaplariga yashirin ma’no izlashni ham istamasdi. Bu safar hech qanday tagma’no, chuqur ma’no yo‘q edi. Ularning munosabatlaridagi mutlaq erkinlikka yo‘l qo‘yilgan bu kichik istisno haddan oshib ketgandi.

Ammo bir oz yurib to‘xtadi. Taranglikdan kaftidagi sumka tasmasini yanada qattiqroq siqdi, shovqinli xo‘rsinib, ko‘zlarini osmonga tikdi-da, ortiga qaytdi. So‘ng aniqlik kiritdi.

— Qolaymi?

Axir Chonguk bu yerda bekorga o‘tirgani yo‘q edi. Balki uni kutgandir Taehyon esa ketmoqchi. Ustiga-ustak, Chongukni dahshatli kayfiyatda qoldirib ketadi, o‘zi esa unga bunday gaplarni aytishga nima turtki bo‘lganini ham tushunmaydi.

— Bor— dedi Chonguk xotirjamlik bilan.

Uning ovozida zarracha soxtalik yo‘q edi.

Borgan sari uni tushunish qiyinlashib borardi.

— Birga boraylik — yana taklif qildi Taehyon. U ayni damda bundan yaxshiroq yechim izlash uchun Chongukka imkon qoldirmoqchi emasdi.

— Mojarodan qochishga urinayotganing menga yoqadi — maqtadi Chonguk panjaradan o‘zini itarib.

— Ammo seni sinash uchun qo‘yib yuborayotganim yo‘q. Rejalaring borligi uchun ruxsat beryapman. Hech qachon birov deb rejalaringni o‘zgartirma.

— Sen men uchun «birov» emassan— deb eslatdi Taehyon.

U bir qadam ortga chekindi ammo darhol o‘girilib ketmadi. Go‘yo yana nimadir aytmoqchidek edi.

Lekin aytmadi.

— Sen men uchun «birov» emassan — deb eslatdi Taehyon bir qadam ortga chekinar ekan. Ammo darhol ortiga o‘girilmadi. Go‘yo yana nimadir aytmoqchidek edi.

Lekin aytmadi.

Chonguk ham indamadi. Hatto otxonada Taehyon bilan o‘sha qiz o‘rtasida yuz bergan voqeani muhokama qilishga ham urinmadi. Kelajakda shunday vaziyat yana takrorlanishining oldini olish uchun gaplashmadi. Taehyon uzoq vaqtdan beri undan nega qochib yurganini eshitganidan keyin ham uni to‘xtatmadi, yordam berishga harakat qilmadi.

Taehyonning fikricha, Chonguk undan yordam so‘rashini, o‘zi tomon bir qadam tashlashini, muammolarni kattalardek hal qilishga qaror qilishini kutayotgandi. Shu sababli birinchi bo‘lib aralashmas, uning hayotini butunlay nazorat ostiga olishga urinmasdi.

Taehyon esa yordam so‘ramasdi. Go‘yo bu yordam endi unga kerak bo‘lmay qolgandek.

℧

Tae Xyonning shifoxonalarga nisbatan nafrati o‘sha kuz faslidan beri ancha susaygandi. O‘shanda u reabilitatsiyadan o‘tayotgan Chongukni yo‘qlab kelardi. Shu bois endi uning qum rang ko‘zlarida faqat zerikish va jahl sezilardi.

Taehyon Sugyom bilan kutish zalida o‘tirardi. Tizzasida ot sporti mavsumi oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun berilgan yo‘llanmalar va hujjatlar uyumi turardi. Mavsumning ochilish kuni may oyining so‘nggi kuniga to‘g‘ri kelardi.

Mamlakat kubogi musobaqasi esa ertaga boshlanadi.

O‘tgan yilgi hayajondan asar ham qolmagan, janob Chondan alohida yordam kutishga ham ehtiyoj yo‘q edi. Nazarida hozir ular munosabatlaridagi o‘sha tanaffus davrini boshdan kechirishmoqda. Buni kim boshlab bergani noma’lum ammo Chongukning yana murabbiy maqomini qaytarib olishga urinayotgani yaqqol ko‘rinib turardi. U yana o‘zining sevimli chavandozini to‘shakka zo‘rg‘a yetib boradigan darajada holdan toyguncha mashq qildirardi.

Ertaga ular ilk bor uchrashganlariga naq bir yil to‘ladi.

— Nihoyat, ajrashdinglarmi? kutilmaganda Sugyom bo‘g‘uvchi sukunatni buzdi.

— Voy, qoyil! Klubga kirish va musobaqalarda qatnashish uchun hamma narsaga tayyor ekansan. Butun bir yil davomida unga yon berding. Qaysidir ma’noda, qoyil qoldiradi.

Hech bo‘lmasa, uning sa’y-harakatlariga qoyil qoladigan kimdir topilibdi.

— Kutganmiding? — deya jokeyga yuzlandi Taehyon.

— Tabriklayman. Endi Chongukning atrofida parvona bo‘lib uning e’tiborini qozonishga urinmoqchimisan?

— Uning ortidan bir qiz ham ancha yugurib yuribdi — dedi Sugyom sun’iy tabassum bilan.

— Sening sevimli chavandozlik o‘rningni egallash uchun jon-jahdi bilan harakat qilyapti. To‘g‘ri qilyapti. Axir sen ketganingdan keyin janob Chonning to‘shagini kimdir isitishi kerakku.

Elliyning otxona egasi yonida paydo bo‘lishini Taehyonning o‘zi ham bir necha bor payqagandi. Buni yaqinda Jin Xo ham egasi va uning sevimli chavandozi huzurida tilga olgan edi. Ehtimol, u Chonguk Taehyonga nisbatan o‘z pozitsiyasini aniq belgilab berishini, Elliyaning unga ochiqchasiga ko‘rsatayotgan e’tiborini sezmayotgandek tutmasligini istagandir. Ammo Chonguk menejerning bu gaplariga hech qanday javob qaytarmadi.

Chetdan qaraganda, ular haqiqatan ham ajrashgandek ko‘rinishardi.

Jin Xo ularning munosabatlarini muammoli, oldindan muvaffaqiyatsizlikka mahkum va tinimsiz janjallarga sabab bo‘ladigan munosabatlar deb ataganida haq edi. Ular bu nizolardan chiqib keta olishmasdi: bir muammoni hal qilishsa, ortidan yangisi paydo bo‘lardi.

Chonguk esa bu munosabatlarning bir qismi ekanini aytgandi. Chunki odamlarning o‘zi mukammal emas ekan munosabatlar ham mukammal bo‘la olmasdi. U o‘zining halol inson emasligini, shantaj va kelishuvlarga murojaat qilishini, o‘zi ham xatolarga yo‘l qo‘yishini eslatgandi. U ham qo‘rqardi.

Taehyonni boshqa birov bilan yaqinlashtirishga uringani ham shunchaki qo‘rquvining ovozi edi, xolos. Axir u yigitning yoshlik yillarini o‘ziga bog‘lab qo‘yayotganini bilardi. O‘zi esa Taehyonning yoshida sheriklarini har oy almashtirib yurardi.

— Bunga bunchalik jiddiy qarama, naslsiz — xo‘rsinib maslahat berdi Sugyom skameykadan turarkan.

— Axir hech narsangni yo‘qotmadingku.

Darhaqiqat. U hali ham hech narsasini yo‘qotmagan edi. Ularning hech biri his-tuyg‘ular yo‘qligi haqida so‘nggi so‘zini aytmagandi. Chongukdan «Men seni endi sevmayman» degan gap chiqmagan.

Ammo «Men seni sevaman» degan so‘zlar ham hech qachon yangramagan.


Klubga qaytishgach, Sugyom ko‘rik natijalarini egasining o‘ziga olib kirishni xushmuomalalik bilan taklif qildi. Go‘yoki Taehyon uning davrasida ortiqcha ovora bo‘lib yurmasin, degandek. Bunga javoban esa chinakamiga tushunmay qaragan nigohga duch keldi. Jokeyda birdan insoniylik uyg‘ondimi yoki shunchaki birovning ko‘nglini og‘ritish uchun bahona topildimi? Taehyon buni aniqlashni istamadi. Indamay Sugyomning qo‘lidan tibbiy xulosalarni oldida egasining oldiga yo‘l oldi.

Hech bo‘lmasa hozir ular gaplashib olishlari kerak edi.

Taehyon janob Chon bo‘lganida doim ochiq turadigan kabinet eshigi yopiq ekaniga e’tibor bermadi. Taqillatib, kelganini bildirish uchun ham to‘xtamadi. Shunchaki ichkariga kirib yuragining devorlariga ignadek sanchilgan manzarani ko‘rdi.

Uning o‘rnida bir qiz o‘tirardi.

Elliyaning bemalol o‘tirganidan ular erkin suhbatlashib o‘tirganlari ko‘rinib turardi. Bu yigirma yoshli qiz uchun hatto uning murabbiyi ham bo‘lmagan katta yoshli erkak bilan haddan tashqari erkin munosabat edi. Taehyonning o‘zi ham janob Chon bilan yolg‘iz qolishga darrov ko‘nikolmagandi. Qolaversa, kasbiy odob qoidalariga ko‘ra hamkasbing bilan yolg‘iz qolganingda la’nati kabinet eshigini yopish mumkin emas edi.

Taehyon rashk qilmayotgandi yo‘q, bunga sabab yo‘q edi. Axir erkaklar jinsi Chongukni jinsiy jihatdan qiziqtirmasdi. Ammo egasining atrofida tinmay aylanib yuradigan bu qizni esa qora ayg‘irdagi qirolni o‘ziga rom etish ehtimoli aniq o‘ziga tortayotgandi.

Taehyonning unga janob Chonda qirollikdan faqat sahna liboslari borligini aytgisi juda kelardi.

— Sen xalaqit beryapsan— dedi u qizga go‘yo birovning suhbatini aynan o‘zi bo‘lmayotgandek.

— Yaxshisi oting bilan mashq qil. Shunda hasading kelib, boshqalarning otiga tegging kelmay qoladi.

Qizning chiroyli bo‘yalgan qoshlari uyat va xijolatdan chimirildi. Axir u sevimli chavandozning nega unga bunchalik qo‘pol munosabatda bo‘layotganini aytmagandi. Taehyon ham o‘zini oqlashga urinmadi janob Chon hech narsadan xabari yo‘q edi. Agar bu mavzuni ko‘targanida, bilib olishi mumkin edi. Ammo ularning hech biri yuz bergan voqeani jiddiy muammo deb hisoblamagandi. Sevimli chavandozning asablari tarang mayli shunday bo‘la qolsin.

Taehyon qizning qandaydir majburiy ketishi haqidagi ming‘irlashlariga quloq solmadi. Shunchaki uning o‘rnini egallab, stol yoniga bordi va tibbiy xulosalarni ustiga tashladi.

Hech qanday jiddiy muammo yo‘q edi. Bular shunchaki rejali tekshiruvlar bo‘lib, aslida musobaqada qatnashish uchun emas balki jokeylar xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan odamga, ya’ni faqat murabbiyga kerak edi.

Ammo Chonguk qog‘ozlarga ko‘z tashlamadi ham. Uning nigohi avval to‘zg‘igan bug‘doyrang sochlarga, so‘ng pastga Taehyonning ko‘zlariga tushdi.

— Biroz sabr qila olasanmi?

Chonguk endi undan iltimos ham qilmayotgandi buning foydasi yo‘q edi. Shunchaki aniq javobni bilish uchun so‘radida gapida davom etdi.

— Xalqaro musobaqagacha atigi ikki oy qoldi. O‘zingga muammo orttirib olma. Bunday tavakkal qila olmaysan.

— Nega men qandaydir tirrancha qizning oldida sudralib yurishim kerak?

— Uning onasi jurnalist.

— Mening onam esa ichkilikboz — deya istehzo bilan kuldi Taehyon.

— Kechir seni u bilan tanishtirmabman. Men boy otaxon bilan yotayotganimni u esa sukut saqlagani uchun onamga ichkilikka, otamga qimor o‘yinlariga pul berishga qodirligini bilsa quvonchdan o‘zini qo‘yarga joy topolmasa kerak.

Ular tanishganidan beri Taehyon ota-onasini atigi ikki marta tilga olgandi. Ular hech qachon uning hayotida muhim o‘rin tutmagan. Ammo so‘nggi bir oy ichida u o‘zini go‘yo birgalikdagi ichkilikbozlikning xatosi bo‘lgandek ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermayotgandi.

— Ota-onang kimligi menga baribir — deb yana takrorladi Chonguk asabga tegadigan xotirjamligini saqlagancha.

Taehyon uning ota-onasiga hech qachon o‘xshamaganini o‘zini arzimas deb hisoblamasligi kerakligini eshitishi lozim edi. Ammo uning qulog‘iga butunlay boshqa gaplar chalindi.

— Ha, to‘g‘ri — Taehyon bosh irg‘ab, go‘yo muammoni endi tushungandek ko‘rindi.

— Axir sening moddiy jihatdan ta’minlangan ota-onalarga alohida qiziqishing borku. Kechir, esimdan chiqibdi.

— Elliya orqali kabinetimda seni kiyimlaringni yechishga majbur qilganim haqidagi suhbatimiz matbuotga sizib chiqishi mumkinligini tushunyapsanmi? Chonguk e’tiborni muammoning asl mohiyatiga qaratdi.

— O‘tgan yili ham ma’lumotlar tarqalib ketgandi. Men buni bosib qo‘ygandim. Ammo bu safar hammasi xuddi shunday osonlik bilan tugaydi degani emas. Nahotki, meni o‘z biznesimning taqdiri tashvishga solyapti deb o‘ylasang?

Taehyon hozir umuman nima haqida o‘ylayotgandi? Agar bir yil davomida Chongukning niyatlari unga hamon ikki xil ma’noda tuyulayotgan bo‘lsa, ular bilan nima sodir bo‘lyapti o‘zi?

Taehyon jim qoldi va to‘g‘ri qildi: bundan keyin aytiladigan har qanday gap suhbatni yanada keskinlashtirardi. Holbuki endi vaziyatni yumshatish kerak edi.

Shu sababli Chonguk yana birinchi bo‘lib qadam tashladi. U ularni ajratib turgan stolni aylanib o‘tib, yigitning ro‘parasida to‘xtadi ammo unga tegmadi. Na kaftining iliqligini Taehyonning yuzida his qildirdi, na barmoqlari bilan to‘lqinsimon sochlarini siladi.

Faqat nigohi bilan qaradi. Hamon o‘sha nigoh o‘zgarmagan nigoh bilan.

— Meni sening kelajaging tashvishga solyapti Taehyon.

— Unda o‘zingni ko‘rmaydigan kelajagingmi?

Taehyon yana bir muammoga ishora qildi.

— Sen hech qachon «bizning kelajagimiz» demaysan. Men butun umrim davomida yolg‘iz bo‘lganman. Shundan keyin sen munosabatlar va muhabbatni boshdan kechirganimdan so‘ng sendan shunchaki voz kecha olaman deb o‘ylaysanmi?

Qiziqish yoki xilma-xillik uchun boshqa birov bilan yotishga boramanmi?

Seni istiqbolli klub egasiga almashtiramanmi?

Rostdan ham shunday deb o‘ylaysanmi?!

Taehyon urinib ko‘rgandi.

Ataylab emas. Bunday fikr uning xayoliga ham kelmagan bo‘lardi. Bu majburiyat tufayli yuz bergandi.

U boshqa bir klub egasining oldiga ketdi va yo‘liqqan har bir odamni Chonguk bilan taqqosladi. Shunchaki klub egasidan ham yuqori mavqega ega bo‘lgan insonlar bilan o‘nlab uchrashuvlarda bo‘ldi. Ammo ularning hech biri bilan belgilangan vaqtdan ortiq qolishga ham istak uyg‘onmadi. Boshqa birovni o‘pib ko‘rmagandi, xolos. Bunga xohish ham mayl ham yo‘q edi. O‘pkasidagi patlar lovullab yonayotgandek his uyg‘onmasdi.

— Menga bu afsonaviy jokeyning keragi ham yo‘q! — deya tan oldi Taehyon tutqanoqdek titragan xo‘rsinish va ko‘zlarini qoplagan yosh pardasi bilan deyarli jazavaga tushgan holda.

— Men seni sevib qoldim.

U Chongukning dabdabaparastligini soxta kibrliligini, o‘zini baxtiyorlik pardasi ortiga yashirishini va iflos garovlarini sevib qolgandi. Yo‘q u bularni qabul qilmagan. Taehyon hech qachon insofsiz sport bilan murosa qilmaydi, bu musobaqalarda hech bo‘lmaganda bir marta qatnashishga ko‘ndirishlariga ham rozi bo‘lmaydi. Uning haddan tashqari takabburligi va xudbin xatti-harakatlarini hamon yomon ko‘radi.

U Chongukning kamchiliklarini sevib qolgandi, chunki ular ham bu erkakning bir qismi edi.

Xuddi Chonguk ham ojiz o‘jar va o‘zi bunchalik qaysarlik bilan kirib borishga urinayotgan dunyo haqida hech narsa bilmaydigan o‘sha bolani sevib qolgani kabi.

— Yaxshi — dedi Chonguk bu mavzuga nuqta qo‘yib.

— Seni tushundim. Endi asabiyliging bilan nima qilamiz? Dam olish kunlari kerakmi yoki seni mening psixologim qabuliga yozdiraymi?

— Ertaga musobaqadan keyin gaplashamiz.

Taehyon shuncha vaqt jim yurganini mamlakat chempionati oldidan kechqurun og‘riqli mavzuni ko‘tarish uchun qilmagani tushunarli edi. Hozir unga faqat dam olish va tushunilish kerak edi. Hatto g‘amxo‘rlik ham emas, e’tibor ham emas, qo‘llab-quvvatlash ham emas. Hech bo‘lmaganda, bu safar.

Taehyon nigohini pastga tushirdi. Chongukning kaftiga tegishni, unga bo‘lgan hislari o‘zgarmaganini, kayfiyatining buzilishi esa o‘zini ich-ichidan yemirib yuborayotganining oqibati ekanini qandaydir tarzda ko‘rsatishni istadi. Chongukning bunga aloqasi yo‘q edi.

Ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Barmoqlari titrardi. Otxonada yashirib qo‘ygan sigareti hozir eng yaxshi yechimdek tuyuldi.

Taehyon qo‘llarini sport shimining cho‘ntaklariga tiqdi. Xayrlashmadi. Qaytib borishga otlandi. Balki tun yaqinlashganda suhbatlashishga na vaqt, na kuch qolgan paytda yana kelar.

— Taehyon — Chonguk uni to‘xtatdi. Taehyon ortiga o‘girilib, uning qo‘lidagi tibbiy ko‘rik natijalarini ko‘rdi.

— Nevrolog senga tinchlantiruvchi dorilar yozib beribdi.

Bu ma’lumot Taehyonga unchalik muhim tuyulmadi. U indamadi, muammoning qanchalik jiddiy ekanini anglamayotgani yaqqol ko‘rinib turardi. Ha, undan uyqusi ishtahasi kayfiyati va umumiy ahvoli haqida qandaydir savollar so‘rashgandi ammo u bunga ahamiyat bermagandi. Endi esa vaziyatni anglay boshladi. Chongukning xavotirli nigohini, o‘zi uchun notanish bo‘lgan qandaydir muqarrarlikni ko‘rdi.

— Bu ertangi musobaqada qatnashishimga hech qanday ta’sir qilmaydimi? deb aniqlik kiritdi Taehyon. Go‘yo hozir qandaydir mayda muammolarni muhokama qilishning ahamiyati yo‘qligiga ishora qilayotgandek.

Cho‘zilib ketgan sukunat orasida u eshitishni istamagan haqiqat yangradi: egasi jokeyning kuchli stress holatida musobaqaga chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi.

— Chonguk — Taehyon butunlay ortiga o‘girilib, xavotirli fikrlarini haydashga urindi.

— Men yaxshiman.

— Yaxshi emassan.

— Unda buni ko‘rmaganga ol.

Agar Taehyon tinchlantiruvchi dorilar haqidagi birgina qayd uning kechasini barbod qilishini, qolaversa, ertangi musobaqada qatnashish imkoniyatini ham shubha ostiga qo‘yishini bilganida, tibbiy xulosani naycha qilib o‘rab darvoza oldida chekib yuborgan bo‘lardi.

Chonguk tibbiy xulosani stol ustiga qo‘ydida telefoniga qo‘l uzatdi. Kerakli raqamni kontaktlardan topishga ulgurmay, Taehyon uning qo‘lidan telefonni tortib oldi va bo‘g‘iq deyarli irillagan ovozda dedi.

— Meni musobaqadan chetlatishga jur’at etma.

— Qaytar— talab qildi Chonguk, avvaliga shunchaki qo‘lini uzatib.

— Unutdingmi men avvalo sening murabbiyingman? Eng asosiy vazifam seni va biyangni halokatga olib bormaslik ekanini eslaysanmi?

— Kelishilgan g‘oliblarni ham ataylab qilingan to‘siqlarni ham eslayman! Chonguk!

Taehyon begona telefonni ko‘ksiga bosdi. U rostdan ham qo‘rqib ketgandi.

— Xalqaro musobaqalarga chiqish uchun ikki yilimni sarfladim! Komissiyagacha bor-yo‘g‘i uchta poygam qoldi!

Taehyon hozir shu yerga yetib kelish uchun nimalarni boshdan kechirganini Chongukdan yaxshi biladigan odam yo‘q edi. U maqsadiga bir paytlar begona bo‘lgan, ammo keyinchalik o‘zining orzusiga aylangan orzuga atigi bir necha qadam qolgan edi. Otiga birga imkon qadar yuksak marralarga ko‘tarilish haqidagi bergan va’dasiga ham oz qolgan edi.

Ammo Chonguk Taehyonning stressi shu qadar kuchli ekanini, hatto unga maxsus tavsiyalar va tinchlantiruvchi dorilar yozib berilganini tasavvur ham qilmagandi.

— Agar ertangi musobaqadan voz kechsang, ikkita g‘alabaning o‘zi yetarli bo‘ladi — deb vaziyatni imkon qadar muloyim tushuntirishga urindi Chonguk.

— Hech narsani yo‘qotmaysan. Aksincha muvaffaqiyatsizlik yoki yiqilish xavfini bartaraf etasan. Bunday hodisa jiddiy yo‘qotishlarga, hatto faoliyating yakunlanishiga olib kelishi mumkin.

Taehyon buni xira-xira bo‘lsa-da, tushunardi. Shu sababli hozir qo‘rqayotgandi. Unga misollar keltirishning hojati yo‘q edi o‘tgan yili aynan o‘zi suyak sinishi sababli musobaqalardan chetlatilgandi. Jarohat xavfi haqida alohida ma’lumot izlash ham shart emasdi qarshisida butun umrlik sport faoliyatidan ayrilgan jokey turardi.

— Iltimos... — Taehyonning ovozi pichirlash darajasigacha pasaydi. U yig‘lagancha bosh chayqadi.

— Menga bunday qilma. Meni dam olish kunlariga yubor, klubga kelishimni taqiqlab qo‘y, lekin faqat musobaqadan keyin...

U bir qadam yaqinlashdi telefonni yanada mahkam siqib, boshini Chongukning ko‘ksiga tiradi.

— Iltimos...

Bu ham xuddi uni bolalar uyida qoldirmasliklarini yolvorib so‘raganidagi kabi umidsizlik edi. O‘sha yashirin nigoh o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘ilgan g‘urur... U bor-yo‘g‘i bir marta muammoga ko‘z yumishini so‘rab yolvorardi.

Bu manipulyatsiya edi. Taehyon murabbiylik mavqeini ataylab chetga surib, Chongukning his-tuyg‘ulariga murojaat qilayotgandi. Ataylab unga yaqinroq suykalib har bir sinayotgan ko‘z yoshining ovozini eshitishini istardi.

Ammo u ataylab yig‘lamayotgandi. Shunchaki bardoshining oxirgi nuqtasiga yetgandi
his-tuyg‘ularini boshqara olmayotgandi. Hozir unga og‘riqli va qo‘rqinchli edi.

Taehyon Chongukning qo‘llari beliga tushganini his qildi. Erkak uni quchoqlab siladi kaftini sochlari tomon surdi.

Taehyonga aynan shu narsa yetishmayotgandi, ammo u o‘jarlik bilan o‘zini bunday tushunishdan mahrum qilib kelayotgandi.

— Tinchlan— dedi Chonguk past ovozda.

— Sekinroq nafas ol. Ahvolingni yanada og‘irlashtirma.

Avvalgi suhbatning o‘ziyoq Taehyonni bunchalik hayajonga solgandi. Uning yana qancha bardosh bera olishini tasavvur qilish qiyin edi.

— Ertaga o‘zingni qanday his qilishingni ko‘raylik xo‘pmi? — taklif qildi Chonguk. U ikkalasi uchun ham betarafroq yechimni tanlayotgandi.

— Telefonni ham qaytar. Men shunchaki hozir senga qanday dori ichirish ma’qul ekanini maslahatlashmoqchiman.

Taehyon nevrolog ko‘rigidan tezroq o‘tishni xohlagandi shu sababli yolg‘on gapirishga vaqt sarflamay asabiy zo‘riqishning barcha belgilarini aytib bergandi. U shunchaki bir narsani bilmasdi: so‘nggi bir oy davomida his qilayotgan tuyg‘ularini aslida butun umri davomida boshdan kechirib kelgan edi.

Yo‘q butun umri davomida emas. Chongukning yonida u mutlaqo boshqa hislarni tuygan. Hatto ilgari xayoliga ham keltira olmagan narsalarga o‘ziga ruxsat bergandi o‘zini sevish g‘amxo‘rlik hurmat va qo‘llab-quvvatlash.

Taehyon aslida bundan qo‘rqmayotgandi.

Shu sababli u Chongukning quchog‘i va to‘shagidan panoh topdi. Uzoq vaqtdan beri ilk bor uning xonasiga kirdi va hatto yostiqdagi yumshoq pandani ham olib tashlamadi.

Taehyon qandaydir dori ichdi. Endi uyqusi kela boshlagandi. U pichirlab uxlab qolmasligi uchun budilnik qo‘yishni so‘radi. Ertaga ancha yaxshi bo‘lishini va’da qildi.

Ammo ahvoli yaxshilanmadi.

Ertalabki bosh og‘rig‘i haqida hech kimga aytmadi. Hatto biror tabletka olish uchun ham bormadi Chongukning fikridan qaytishiga bahona berishni istamasdi. Axir o‘zini yaxshi his qilayotganiga uni ishontira olgandi.

U hayoti davomida haqiqatni aytishdan ko‘ra ko‘proq yolg‘on gapirardi. Ba’zan hatto yaxshilik uchun ham. U bu safar uddasidan chiqishiga ishonardi. Tavakkal qilishga hech qanday sabab yo‘q edi. Hatto start oldidagi hayajonni ham sezmayotgandi. Bu safar Chonguk ham u bilan birga borardi demak xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q edi.

Otlarni yuklash jarayonini kuzatib turgan Jin Xo Takanoning odatdagidan farqli ravishda jim turib, kuzatayotganini payqadi. Uning qisilgan ko‘zlari nigohi ortidan qarab, biyani yetaklab ketayotgan sevimli chavandozni ko‘rdi.

Bu vaziyat hech bo‘lmaganda bir jihatdan g‘alati tuyulardi murabbiy No yetim bolaga zarracha qiziqish bildiradigan insonlardan emasdi.

— Seningcha, ulardan qaysi biri shubhali harakat qilyapti? — deb so‘radi Takano Jin Xoga murojaat qilib. Bu savol uni chinakamiga hayratga soldi.

Ular bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q edi. Faqat vaziyat chindan ham jiddiylikni talab qilganidagina kinoya va haqoratlarsiz bemalol suhbatlasha olishardi.

Jin Xo uning yonida to‘xtadi, ko‘zoynagini to‘g‘riladi va kuzata boshladi. Ammo u hech qanday alohida o‘zgarishni payqamadi Taehyon hamon asabiylashardi, biyasi esa buni sezayotgandi.

— Bilmayman— tan oldi Jin Xo.

— Hech kimmi?

— Ikkalasi ham.

Takano ortiga burilib, Chongukning oldiga yo‘l oldi. U e’tiborini o‘zidagi noaniq shubhaga qaratmoqchi edi, biroq Chonguk bu haqda allaqachon xabardor ekanini aytdi. Ertalab poyga otlari ko‘rikdan o‘tkazilgandi va hech qanday og‘ish aniqlanmagandi. Biyaning ishtahasi ham so‘nggi paytlarda bir maromda edi.

Ikkalasi ham buning sababini hissiy bog‘liqlikda deb hisoblashdi. Taehyon esa hozir tarang holatda edi.

Taehyonning o‘zi esa hayajon yoki ishonchsizlik alomatlarini ko‘rsatmasdi. U bularni yaxshi yashirardi, o‘zini odatdagidek tutardi.

Yo‘lda hatto musobaqadan keyin bir necha kunga dala o‘rtasidagi o‘sha uyga ketishni istashini ham aytdi. Yozning ilk kunlarini o‘sha yerda kutib olishni, yana she’rlar tinglashni va plastinkalardan yangrayotgan musiqa ostida raqsga tushadigan, endigina ochilayotgan dala gullarini eslatuvchi muhabbatni his qilishni xohlardi.

Taehyon albatta hammasini aytib beradi. Hech narsani yashirmaydi. Chongukni sevishini ham yuz martalab takrorlaydi.

Uning ichida aytilmay qolgan gaplar allaqachon haddan tashqari ko‘payib ketgandi.