November 4

𝑴'𝒂𝒎𝒐𝒖𝒓

21/2— davomi


Klinikaga uni Isaak olib bordi. Qizig‘i shundaki Taehyon uni ko‘rganidan xursand bo‘ldi.

Repetitsiyalar unga kuch va g‘ayrat bag‘ishlardi. U boshdan-oyoq oq kiyimda yurib, ishga jon deb kirishardi. Agar kimdir uning truppaga osonlikcha qaytganidan keyin undan nafratlanib qolgan bo‘lsa ham, repetitsiyalar paytida bunga vaqt yo‘q edi. Ammo repetitsiyadan keyin...

Jihyo uni yo‘lakda tutib oldi. Boshqalar hali tarqab ketmagan, ularning suhbatini eshitib qolishlari mumkin edi. Aniqrog‘i Jihyo uni ovoz berib to‘xtatdi.

— Dyuran! To‘xta.
U yelkasidagi sumkasining tasmasini ushlab beparvo qiyofaga kirdi.

— Tanaffusdan keyin gullab-yashnab ketibsan. Oilaviy sabablar tufaylimi? kinoya bilan so‘radi u. Aslida Taehyon uning nega bunchalik g‘azablanganini tushunardi. O‘sha surat Jihyoning g‘ururini yer bilan yakson qilgandi.

— Chon bilan biror joyga dam olgani bordinglarmi? Yarashib oldinglarmi?

Taehyon uning ataylab asabiga tegmoqchi ekanini tushunardi ammo bunga qanday munosabat bildirishni ham bilmasdi.

— Pэ xonimga yolg‘on gapirish yaxshi emas.
Taehyon uning gapini bo‘ldi.

— Demak suratni baribir unga ko‘rsatding.
— Nima unga sig‘inib yuraman deb o‘yladingmi? Ko‘rsatdim ham u haqda xususan sen haqingda nimalar deb o‘ylashimni ham aytdim.
U Jihyoning gaplariga shubha bilan qarashga jur’at etdi.
Rostdan ham bor gapini aytdimi?
Chongukning o‘zi umuman birovni tinglashni yoqtirmasligini, haqorat masalasida esa hech qachon indamay qolmasligini hisobga olsak, bu biroz qo‘rqinchli eshitilardi.
Albatta Jihyoning ko‘ngli og‘rigandi va Taehyon buni juda yaxshi ko‘rib turardi. Garchi unga hech qanday va’da berilmagan, u esa kimligini bilmagan odam bilan yaqinlik qilgan bo‘lsa-da, baribir o‘zini foydalanib ketilgandek his qilardi. Nega Taehyonning unga rahmi keldi? Bu tuyg‘uni undan yaxshiroq tushunadigan odam yo‘q edi.

— Bularning bari nima uchun?

— Hech qanday sabab yo‘q. Shunchaki orangizda nima bo‘lganini va sizlarning o‘sha buyuk muhabbatingiz nimadan iboratligini bilgim keldi. Ayniqsa, sen ham Hunhe bilan ham u bilan vaqt topib uchrashayotganing hayratlanarli! Kulgi. Ma’lum bo‘lishicha, Chong shunchaki ahmoq ekan. Qani endi kimdir uning ko‘zini ochsa...
Jihyo uning yelkasidan turtib, yonidan o‘tib ketdi. Shu payt kiyinish xonasidan Genzo ham chiqib keldi. Aftidan, u nimanidir eshitgan. Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek yangi g‘iybatlarni yig‘ishga shoshilayotgandi.

— Nima haqida gaplashdinglar? — deb beparvolik bilan so‘radi u.

Taehyon yelkasini qisdi. Bu bema’ni gap-so‘zlarga parvo qilmay, indamay chiqish tomon yurdi.

Aslida, uning ko‘ngli ancha yengillashgandi. Jihyo u bilan haqiqatan ham ajrashgan ekan. Nafrat esa... Nafrat ham bir kun kelib o‘tib ketadi.


Bugun uning ish smenasi yo‘q edi, ammo buning o‘rniga Nikolас bor edi u hech qanday ogohlantirishsiz Taehyonning oldiga kelgandi. Taehyon u bilan tanish emasdi va umuman olganda, tanishishga ham unchalik ishtiyoqi yo‘q edi. Chonguk uni bekorga sevimli Larkinni emas aynan o‘zining ovcharkasini yubormagan bo‘lsa kerak.

— Janob Chong buyruq berdi. Yig‘ining, — dedi u. Bu shunchaki gapirmadi balki momaqaldiroqdek gumburladi. Taehyonga xuddi bo‘sh joyga qaragandek boqardi.

— Mening ishim bor.
Yoki bu shunchaki bahona edi. Buni uning bilishi shart emasdi.

— Buning ahamiyati yo‘q.

Taehyon qovog‘ini soldi va endi nima qilish kerakligini tezda o‘ylay boshladi. Qo‘riqchidan mashinada kutib turishini so‘radi, o‘zi esa telefoniga qo‘l uzatdi. Uning xayoliga aniq bir fikr keldi: agar Chonguk bilan odamdek gaplashsa, biror kelishuvga erishishi mumkin bu safar hech bo‘lmaganda yana bir-ikki soat vaqt yutib olardi.

Avval qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat so‘rab xabar yozdi. Yaxshiyamki, uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmadi Chongukning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi.

— Eshitaman, diqqat bilan tinglayapman.

— Ko‘chishni kechqurunga qoldirsak bo‘ladimi? Ishim bor.

— Endi sening ishing yo‘q, — dedi u buyruq ohangida emas ammo nasihat qilayotgandek.

— Ish menga o‘zimni odamlardan uzib qo‘ymaslikka yordam beradi. Uni yo‘qotishni istamayman.

—Uyda o‘tirishni ham xohlamayman.

—Iltimos.

Iltimos sehrli so‘z. Hech bo‘lmaganda biror joyda uning sehri ish berishi kerakku.

— Bunchalik uzoqqa borib, arzimas pul uchun ishlashingdan hech qanday ma’no yo‘q. Agar ishlashni shunchalik istasang uyimizga yaqinroq joydan boshqa ish topganing ma’qul.

Taehyon biroz jim qoldi, uning taklifini o‘ylab ko‘rdi. Gapida jon bor edi. O‘zi ham bunga qo‘shilardi bunchalik uzoqqa qatnashning ma’nosi yo‘q. Ammo joydan joyga ko‘chib ishni tez-tez almashtirish ham oson emasdi. Axir u yangi qahvaxonaga endigina ishga kirgan va allaqachon unga ko‘nikib qolgandi.

— Mayli. Hech bo‘lmasa, u yerga borib ishdan odatdagidek bo‘shasam bo‘ladimi?

— Telefon orqali ishdan bo‘shagin. Hech kim xafa bo‘lmaydi. O‘rningga tezda boshqa odam topishadi.

Taehyon eshitishni istagan va istamagan hamma gaplarini eshitgandek edi ammo qo‘ng‘iroqni tugatishga shoshilmadi. Ko‘chib o‘tish fikri uni quvontirmasdi lekin bu masalada unga tanlov qoldirilmagani uchun hech bo‘lmaganda u yerga ikkovlari birga borishini afzal ko‘rdi.

— Yana nima?

— Yen uydami?..

— Maktabda. Kechgacha to‘garagi bor.

— Birga borsak bo‘ladimi?

— Yendan qo‘rqib qoldingmi? Go xonim seni kutyapti, narsalaringni joylashtirishga yordam beradi. Men kelgunimcha dam olib ulgurarsan.
— U yerga yolg‘iz bormayman— dedi Taehyon ovoziga ishonch bag‘ishlashga urinib.

— Men bilan qanday gaplashishni o‘rgan. Sababi?

— O‘sha uyda o‘tkazgan so‘nggi kunlarimda xayolim faqat sen tirik qolasanmi yoki yo‘qmi degan o‘y bilan band edi. Bu yetarlicha jiddiy sabab emasmi?

— Yaxshi kechqurun o‘zim seni olib ketaman. Boshqa bahonalar bo‘lmasin.

— O‘tkir zehningni do‘stlaring bilan mashq qilarsan— u shubha bilan kulimsiradi.

— Men ular bilan ham muloqotimni kamaytirishim kerakmidi?

Chonguk qoshini ko‘tarib Taehyonning qulog‘iga engashdi. Ataylab biroz sukut saqladi bu uni asabiylashtirishini yaxshi bilardi.

— Tishli baliqvoy.

— Nima?

— Tishli baliqvoy kimligini bilmaysanmi? Ertaklarni ham bilmaysan, baliqlarni ham tanimaysan. Faqat tishingni ko‘rsatishni bilasan.

Taehyon kulib yubormaslik uchun yonoq ichini tishladi.

— Bu baliqmi?

— Qanday qiziquvchan aql egasisana.

Uning lablari beixtiyor titradi. Taehyon nigohini chetga olib qochdi. Shuncha voqeadan keyin ham u Chonguk bilan shunday yoqimli tarzda tortishib o‘tirganidan o‘zi ham hayratda edi.

Ammo bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Uyda uni katta tishli baliqdan ham qo‘rqinchliroq kimsa kutib turardi bu begona bola edi.


Go xonim ularni hovlida kutib oldi. Taehyonning qo‘lidan tutib, ko‘zlariga o‘zgacha mehr bilan qaradi-da, bosh irg‘adi uni bu yerda yana ko‘rganidan xursand edi. Qo‘riqchilar ham chiqib, sumkalarni olib ketishdi. Ularning ortidan esa... malla it yugurib chiqib, vovullay boshladi. To‘g‘ri, chaqirilmagan mehmon tomon yugurayotgandi.

— Uragan oldimga kel! — deb baland ovozda chaqirdi egasi.

Taehyon, albatta, qo‘rqib ketdi. O‘zini himoya qilish instinkti ishga tushdi. U endigina qochishga chog‘langan edi, Chonguk itning bo‘ynidagi tasmasidan ushlab qoldi.

— Qo‘rqma, u tashlanmaydi. Shunchaki hidingni olmoqchi edi.

U Taehyonga bir qarab olib kinoya bilan qo‘shib qo‘ydi.

— Yoki pidjaging unga yoqib qolgandir.

It tinimsiz uning atrofida aylanib, egasiga suykalardi.

— Bu beozor bo‘ronchamiz. Agar uni ovqatlantirsang, qo‘llaringni yalay boshlaydi. Uyda yana biri bor Harbin. U esa qo‘rqoqroq. Bizda u biroz o‘zgacha.

— Bular Yenning itlarimi?..

— Men ularni topib olganman. Uraganni Okpoda topishgan. Kemazor ishchilaridan ochlikdan ovqat so‘rab yurgan ekan. Harbinni esa, nomidan ham bilsa bo‘ladi, Harbindagi qurilish maydonidan topishgan. U qizamiq bilan kasallangan, shuning uchun asab tizimida muammolar bor ba’zan yengil tirishishlar kuzatiladi. Ammo ikkalasi ham sog‘lom. O‘g‘lim bilan birga ko‘chib kelishgan.

Uyda ularni Miller kutib oldi. U mamnuniyat bilan ovoz chiqarib, quchoqlashish uchun qo‘llarini keng yozdi.

— Bonjour, janob Dyuran!

Xitoylik qiyofasidagi enaga ko‘rindi, uning ortidan esa... Yen chiqdi.

Uning nigohidan kayfiyatini anglashning iloji yo‘q edi bularning bari bir necha lahzagina davom etdi.

— Salom bolakay, — Chonguk o‘g‘liga murojaat qilib sochlarini to‘zg‘itdi. Bola esa faqat unga qarardi.

— Kuning qanday o‘tdi?

— Salom dada. Bugun Aleks amaki bilan tennis o‘ynaganimizda men uni yutdim!

— Rostini aytyapman, — deb soddadillik bilan tasdiqladi Miller.

— Xo‘sh Aleks o‘z mavqeini boy berayotgan ekan, endi sen mening xavfsizlik xizmatim boshlig‘isan.

Miller kulib yubordi, Yen esa jiddiy qiyofada Koreya kemasozlik zavodlarini boshqarishni rejalashtirayotganini Millerni lavozimidan chetlatish niyati yo‘qligini tantanavor tarzda e’lon qildi. Hamma jilmayib qo‘ydi va asta-sekin ovqatlanish xonasiga yo‘l oldi.

Chonguk ikkinchi qavatga chiqib ketdi, Yen ham uning ortidan ergashdi. Taehyon esa stol atrofida Millerning yonidan joy oldi. Miller uni ruhlantirishga urindi. Yen yaxshi bola ekanini aytdi. Shunchaki avvaliga, albatta, hamma bir-biriga ko‘nikib olishi kerak edi.

Chonguk pidjagi va galstugisiz qaytib keldi, yenglarini shimarib olgandi. Yen allaqachon uni suhbatga tutib, nimanidir jiddiylik bilan tushuntirardi.

Taehyon xuddi o‘shanda kasalxonada bo‘lgani kabi, o‘zini ortiqchadek his qildi. Bu endi uning uyi emasdi, Chonguk bilan ikkovining uyi ham, ularning dunyosi ham emasdi. Hammasi boshqacha edi. Bu o‘z tartibiga tushib ulgurgan begona oilaning hayoti edi va Taehyonning unga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Ya’ni, u birovlarning oilasiga bostirib kirayotgandi. Bola undan nafratlanishga haqli edi.

— Yen Tae amakiga salom ber. Ikkovimiz bu haqda gaplashganmiz hammasini kelishib olganmiz. U men bilan yashaydi.

«Biz bilan» emas, «men bilan» so‘zlarni to‘g‘ri tanlagandi.

Bola istamaygina otasining gapiga quloq solib, nigohini Taehyon tomonga burdi.

— Assalomu alaykum. Sizni kasalxonada ko‘rgandim. Siz hamshiramisiz?

— Salom — deb past ovozda javob berdi Taehyon va stol boshidagi odamga qaradi. Bu safar qanday rolni ijro etishi kerakligini bilmasdi.

— Yo‘q u hamshira emas. Tae balet bilan shug‘ullanadi. Men esa sog‘ayib ketishim uchun u menga yordam bergan chunki bizning munosabatlarimiz yaqin.

— U koreys emasmi? Tae taylandlikmi?

— Buni Taening o‘zidan so‘ra. U qarshingda turibdi.

Bola yana istamaygina Taehyonga yuzlandi.

— Siz koreys emasmisiz?

— Fransuz ildizlariga ega koreysman.

Taehyon bolaga biroz hayron bo‘lib qaradi, so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanlardi. Yenning yoshiga xos bevosita gapiraverish odati hali yo‘qolmagandi, ustiga-ustak u otasining xatti-harakatlariga taqlid qilardi.

— Oilangizda kim fransuz?

— Onam.

— Familiyangiz nima?

— Dyuran.

— Tushunarli, — dedi Yen, go‘yo zerikib qolgandek. U Taehyonga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotdi, ammo baribir gapida davom etdi.

— Mening onamning familiyasi esa So. Men yarim xitoyman. Onam So Ridjin. Lekin mening familiyam dadamnikidek. Sizning otangiz yo‘qmi?

Taehyon xuddi boshiga qop bilan urgandek karaxt bo‘lib qoldi. Bunday gapni eshitishni sira kutmagandi. Bu shunchaki o‘ylamay aytilgan gapga o‘xshamasdi. Aksincha, Yen haqiqatan ham yoshiga nisbatan ancha ulg‘aygandek, uning beandishaligi esa go‘yo «yoqish/o‘chirish» tugmasiga ega edi.

— Yen— dedi otasi qat’iy ohangda uni to‘xtatib.

— Nima? Onamning ismi rostdan ham So Ridjin. Uning vafot etgani endi u haqida gapira olmaymiz degani emasku.
Chonguk o‘g‘liga norozi bo‘lib, qovog‘ini uyib qaradi.

— O‘zingni qanday tutayotganingni va endi Aleks amaki bilan Tae sen haqingda nima deb o‘ylayotganini yaxshilab o‘yla.

— Lekin men nima qildim? Menga fransuz ildizlariga ega enaga yoqmaydi, uning biz bilan yashashini ham istamayman. O‘zing huquqlarimni himoya qilishim kerakligini aytgandingku.

— Buni qulog‘ingga quyib ol... — dedi u hukmron ohangda.

— O‘zingning uying bo‘lganda, unda kim yashashini o‘zing tanlaysan. Men esa o‘z uyimda kim bilan yashashni xohlasam, o‘sha bilan yashayman. Bu yerda o‘tirganlarning hech biri onang endi yo‘qligida aybdor emas. G‘azabing va alamlaringni boshqa odamlardan olish aqlning belgisi emas. Onang hech qachon bunday qilmagan. Yana bir gap u enaga emas Tae amaki.

— Yodimda saqladim — deb aniq javob berdi bola va ovqatni tezroq yeyishga tushdi.

— Endi hammaga nima deyishing kerak?

— Yoqimli ishtaha.

Miller Chonguk bilan boshqa mavzuda suhbat boshlab vaziyatni yumshatishga yordam berdi.

Taehyon esa hech narsa qilmagan bo‘lsada o‘zini dahshatli darajada aybdor his qildi.

Mana senga «Yen yaxshi bola» degan gap!


Stoldan birinchi bo‘lib Yen turib ketdi, undan keyin esa Taehyon yotoqxonaga kirib, o‘zini xonaga yashirdi. Yo‘lda tirishish xurujlari kuzatiladigan o‘sha itga oq tusli daydi Harbinga duch keldi. It undan cho‘chib, bir chetga sakradida burchakka yashirindi. Keyin esa ancha uzoq masofani saqlagancha, uni aylanib o‘tib, butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Ikkinchi qavat. Kulrang tuslardagi yotoqxona. Xonaning hidi birdan dimog‘iga urildi... so‘ng salqinligi bilan yuzini muloyim silagandek bo‘ldi. Ich-ichidan nimadir siqilib ketdi, xotirasining tubidan esa dahshatli xotiralar yuzaga qalqib chiqdi bir paytlar aynan shu karavotda uning ko‘ylaklarini quchoqlab yotgani Millerning qo‘ng‘iroqlariga javob berishdan qo‘rqqani yodiga tushdi.

Bu uy... Bir vaqtlar u shu yerda baxtli yashagan, hech narsadan bexabar beg‘am kunlarni o‘tkazgan edi. Hozir esa go‘yo boshqa bir hayotdan kelib o‘tmishiga qaytib qolgandek edi.

Chonguk uzoq kuttirmadi. Taxminan o‘n besh daqiqadan so‘ng eshik oldida paydo bo‘ldi.

— Xafa bo‘ldingmi?

Taehyon pufikda o‘tirib, qoyali devorga qarab turardi. U aynan xafa bo‘lgani yo‘q ammo butun vaziyat ko‘nglini g‘ash qilayotgandi. Chonguk uning yoniga o‘tirdi.

— Ko‘nglingga yaqin olma. U yaqinda o‘n bir yoshga to‘ldi. Bir-ikki marta o‘zini ko‘rsatib qo‘yadi, tanbehini oladi keyin tinchlanadi. Xarakteri biroz buzilib qolgan Ridjin vafot etdi hamma esa uni erkalatib yubordi.

— Hammasini tushunaman. Aslida u ancha ziyrak bola.

— Shunday ham. Tushunayotganing yaxshi. Faqat uning qiliqlariga uchib ketma.

— Uning munosabati tushunarli ammo sening munosabatingni tushunmayapman. Men bu yerda bo‘lmasligim kerak. Qolishni ham istamayman.

— Har safar uchrashganimizda sen bilan kurashaverishdan charchadim. Marhamat, endi mening ko‘z o‘ngimda xafa bo‘laver. Bu uy seniki demak shu yerda yashaysan.

— Bu shunchaki rasmiyatchilik. Uy egasi sen ekaningni juda yaxshi tushunaman.

— Buni tushunayotganing yaxshi, ammo bu mohiyatni o‘zgartirmaydi men bu uyni ikkimiz uchun qurgandim.

— Hammasi o‘zgardi...

— Unchalik hammasi emas, axir sen yana shu yerdasan.


Taehyon tun bo‘yi u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib chiqdi. Uyqusi kelmadi. Chonguk unga tegmadi, bu esa baribir quvonarli hol edi. (U yana lazzatlanib, keyin o‘zidan jirkanishni his qilishni unchalik ham istamasdi.)

Repetitsiya boshlanishiga hali yarim kun bor edi. Xudoga shukurki, Yen doim biror ish bilan band bo‘lardi va uyda faqat kechqurun bo‘lardi.

Taehyon butun uyni aylanib chiqib, yangi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi, hatto Yenning xonasini ham topdi. Chonguk bir vaqtlar unga ko‘rsatgan bolalar xonasi hozircha qulflab qo‘yilgandi. Balet mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan zal ham xuddi shunday.

Hovlida esa tebranma ayvon paydo bo‘lgan ekan. Taehyon Harbin bilan tanishish uchun uni tashqariga chiqarishga urinib, shu yerda rosa ikki soat vaqt o‘tkazdi. Ammo uning atrofida faqat malla Uragan aylanib yurardi. Chonguk aytganidek, Taehyon unga bekon berganidan keyin it uning qo‘llarini yalay boshladi. Qiziq do‘st ekan.

Keyin Larkin keldi. U Taehyonni quvnoq ovozda chaqirib, yana uning qo‘riqchisi bo‘lganini eslatdi. Bundan o‘zi juda xursand edi. Taehyon bilan ovora bo‘lishga ko‘p to‘g‘ri kelmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Ular repetitsiyaga jo‘nash vaqti kelguncha suhbatlashib o‘tirishdi. Taehyon hatto undan ish topishda yordam bera olishini so‘radi. Larkin tabiiyki, yordam berishga rozi bo‘ldi.

Ajablanarlisi o‘sha kuni uning kayfiyati yaxshi edi. Hunhe yangi tadbirga tayyorgarlik ko‘rayotgan, bo‘lajak sahna ko‘rinishini zavq bilan tasvirlab berardi. U yana tanish-bilishlari orqali yo‘l topib, musiqa ijrochilari va aktyorlarni taqdirlash marosimi tashkilotchilariga bir og‘iz gapirib qo‘yishlarini so‘ragandi. Uning otasi badavlat odam edi, u ham o‘z ta’sirini ishga solgandi. Endi ularga faqat kutish va umid qilish qolgan edi. Hunhe ularning chiqishi dasturga albatta kiritilishiga ishonardi.

Taehyon ham uning jo‘shqinligiga berilib ketdi. Jihyoning o‘ziga qaratilgan qiyshiq nigohlariga biror marta ham e’tibor bermadi.

Uyga tungi soat ikkidan keyingina qaytdi. Baxtiyor holda yotoqxonaga kirib, keyin hammomga sekingina yo‘l oldi. Chonguk allaqachon uxlayotgandi va uning kechki repetitsiyalardan unchalik mamnun emasligi aniq edi.

Taehyon tezda yuvinib oldi. Endigina sochiqqa qo‘l uzatganida, eshik oldida qoramtir bir sharpani ko‘rdi.

— Yarim tunda yuzingda quvonchli tabassum bilan sezdirmay yuribsan. Qoyil. Qani, uchta urinishda topchi men bu haqda nima deb o‘ylayman?

— Men faqat repetitsiyada edim. Larkin buni tasdiqlaydi.
Taehyonning tabassumi darhol so‘ndi. U shosha-pisha sochiqni beliga o‘rab oldi. Sochlaridan tomchilar yelkasiga oqib tushar birdan urgan sovuqdan badanini jimirlash qoplardi.

— Larkin bilan orangizdagi aloqa haddan tashqari mustahkam emasmi?

Taehyonning kayfiyati shu zahoti yo‘qoldi. Ko‘zlaridagi quvonch uchquni so‘ndi.

Chonguk og‘ir xo‘rsinib uning orqasiga yaqinlashdi va odatdagi harakati bilan quchoqladi. To‘g‘rirog‘i, bu bir vaqtlar odatiy hol edi hozir esa unday emasdi. Ular ko‘zguda bir-birlariga qarab turishardi.

— Repetitsiyada qanday yaxshi voqea yuz berdi? Mana, butunlay boshqa mavzu. To‘g‘ri savol.

— Chamasi oktabr oyida taqdirlash marosimida raqsga tushamiz.

— Xo‘sh, sizlarga homiylar kerakmi?

— Ehtimol, ha.

— Mendan so‘raysanmi? Yoki yana eski odatingga qaytasanmi?

— Sendan so‘ramayman.

— So‘rashing kerak.

— Sen juda qimmat narx qo‘yasan.

Chonguk shubha bilan xunuk kulimsiradi.

— Buning evaziga foyda olishim kerakku, bo‘lmasa, men qanday biznesmen bo‘ldim? Ish masalasini nima qilding?

— Qidiryapman. Ertaga suhbatlarga boraman.

— Men uchun ishlashga nima deysan?

Chongukning qo‘llari pastga tushib, sochiqning chetiga tegdi. Taehyon ham qo‘llarini o‘sha yerga qo‘ydi ammo sochiqni ushlab qolish uchun.

— Qanday ma’noda?

Chonguk sochiqni pastga tortishda davom etdi.

— Shaxsiy barista bo‘lasan. Ertalab yotoqqa kofe olib kelishingni xohlayman. Yana... kofe bilan birga boshqa narsalar ham bo‘lsa, yomon emas.

Taehyon sochiqni uning qo‘lidan sug‘urib oldida yana beliga o‘rab qo‘ydi.

— Men to‘rt devor orasida o‘tirishni istamayman. Ishimdan aqldan ozgudek zavqlanaman, deganim yo‘q, lekin shu vaqtgacha u menga yordam berdi... Shunchaki yordam berdi. Bundan tashqari, ish jadvalim repetitsiyalar bilan ham mos keladi.

— Bu jadvalda menga vaqt yo‘q. Bu masala haqida nima deganimizni esla.

— Shunchaki uyda o‘tirishimni xohlaysanmi? Bekorchi bo‘lib?

— O‘zingga nima yoqishini aniqlab ol men senga biror biznes ochib beraman. Masalan, o‘sha qahvaxonani. Ammo sen birovlarning yumushini bajarib yuradigan yugurdak bo‘lmaysan. Tungi repetitsiyalar masalasida esa hozircha indamay turibman.

— Agar yana hammasini mening o‘rnimga o‘zing hal qilsang, o‘zimni qanday hurmat qilaman?

— Axir biznesingni men boshqarmaymanku, o‘zing boshqarasan. Ishlaring yurisha boshlaganda o‘zingni hurmat qila boshlaysan.

Taehyon uning quchog‘idan chiqib ketdi.

— Hayotimga qaytib kirishga ulgurmay turib uni boshqatdan qurishga urinayapsan.

—Men sensiz ancha vaqt yashadim va uddaladim. Nima meni lazzatlanishimga sabab bo‘layotganing uchun yana senga oshiq bo‘lib qoldim deb o‘ylayapsanmi?

—Hammasi avvalgidan ham yaxshi bo‘lib ketadimi?

— Yo‘q. Sen menga dabdaba bilan hali kartaga loyiq emasligimni aytganding. Unday bo‘lsa, biznes haqidagi taklifingni ham o‘zing bilan olib ket.

—Menga tahdid qilmoqchimisan?

—Qani, urinib ko‘r o‘zingga bo‘lgan munosabatimni yanada yomonlashtir. Men seni kechirmadim va bir-ikki million von uchun ham kechirmayman.

—Men shunchaki kelishuvimizning o‘z ulushimni bajaryapman. Ammo munosabatlarimizni istasang nimanidir o‘zgartirishingga to‘g‘ri keladi.
Chonguk yuzida hech qanday hissiyot namoyon etmadi. Ko‘zlari bo‘m-bo‘sh edi. Yuzi oppoq qog‘ozdek barcha fikrlari sochlari ostiga yashiringandek, uning nimalar haqida o‘ylayotganini mutlaqo anglab bo‘lmasdi.

— Taqdirlash marosimi oktabrda ekanmi?

—Taklifimni o‘ylab ko‘rishing uchun senga oktabrgacha vaqt beraman.

—Oktabrda kartang ham yana qaytariladi. Mustaqil bo‘lishga intilishing juda yaxshi men buni ma’qullayman. Ammo men bilan munosabatda bo‘lib shunday uyda yashayotganing holda qahvaxonada ishlashing mantiqsizlik.

—Bu bema’nilik.

—Nima bo‘lganda ham mening yordamimni ham shartlarimni ham qabul qilishingga to‘g‘ri keladi.

—Seni qarindoshlarim bilan tanishtiraman oilamning bir qismiga aylanasan.

—O‘g‘lim sening yoningda tarbiyalanmoqda, u senga qarab o‘rnak oladi. Bu esa zimmangga muayyan majburiyatlarni yuklaydi.

—Oilamda hamma narsa eng yaxshi bo‘lishi kerak.

—Men seni faqat eng yaxshisini tanlashga majbur qilaman.

—Yana nimaga qarshisan?