October 10, 2025

Taqdir xazili

Taqdir xazili

Taqdir xazili 14-qism

Tashqarida bulutlar quyoshni to‘sib turgan, shahar jim. Shovqin yo‘q, go‘yo osmon ham bir narsa kutayotgandek.

Y/N ertalab JKga choy tayyorlab berdi.

JK endi o‘zini ancha yaxshi his qilayotgandi.

Y/N jilmayib dedi:

— Nihoyat rangi o‘zingnikiga o‘xshabdi. Bugun maktabga borasanmi?

JK choydan bir ho‘plab, xotirjam javob berdi:
— Ha, vaqt keldi. Juda ko‘p dars qoldi.

Y/N unga dori uzatar ekan, ko‘zlari bir lahza to‘qnashdi. Ichida qandaydir iliq his paydo bo‘ldi.
JK jilmaydi:

— Rahmat. Sen bo‘lmaganda bilmadim, qanday tuzalardim...

Y/N:

— Shunday dema, JK. Menga yoqdi senga g‘amxo‘rlik qilish...
Ular jim qolishdi. Tashqarida quyosh bulutlar orasidan chiqdi.

🌤 Maktab sari yo‘l

JK yo‘l bo‘ylab ketayotgandi. Qulog‘ida quloqchin, qo‘lida kofe. U o‘ziga xos xotirjamlik bilan yurardi.
Lekin shu payt bir odam bilan yelkasi urilib ketdi.

Jk Suga.

Ikkalasi bir zumda bir-biriga qarashdi.

JK bir lahza to‘xtadi, lekin hech narsa demay, yo‘lida davom etdi.
Suga esa joyida qotib qoldi. Nigohi sovuq, lekin ko‘zlarida titroq bor edi.
Suga (ichida):

“U meni... tanimadimi?.. Yo‘q... bu mumkin emas.”

Suga orqasidan qarab qoldi. U JKning yonidan Y/N yugurib kelayotganini ko‘rdi — qo‘lida daftar, yuzida tabassum.

Y/N JKning qo‘lidan tutdi.

Y/N:

— Ha, kutdingmi meni?
Ular birga kulishib, ketishdi.
Suganing yuzi asta o‘zgardi. Qorong‘u hislar yuziga yoyildi.

— “Demak, shunday-a… Meni unuting... ammo o‘sha qizni tanlaysan...”

Uning qo‘li musht bo‘lib qisildi.

🏫Kollejda

Tae deraza yonida o‘tirgan edi. U Suga kirib kelganini ko‘rdi — Suga xuddi bo‘ron ichida kelayotgandek edi, nigohlari keskin, sovuq.
Tae:

— Senga nima bo‘ldi?

Suga:

— Uni ko‘rdim.

Tae:

— Kimni?

Suga (past ovozda):
— JKni. U meni tanimadi.
Tae jim bo‘ldi. U bu so‘zlarda nimadir xavf borligini his qildi.

Tae:

— Suga, ehtimol u eslolmagandir... O‘tmishdagi hodisani unutgan.
Suga jilmaydi, ammo bu jilmayish sovuq edi:

— Men eslayman, Tae. Har bir soniyasini. U esa... meni unutgan.

— Endi esa, men unga eslataman.
Tae yuragida sovuq his sezdi.
U bilardi — bu nigoh, bu ohang... xavfli.

🌧 Kechqurun

Y/N bilan JK parkda yurishayotgandi. Osmonda yomg‘ir tomchilay boshladi.

JK bir zum to‘xtadi, yuziga yomg‘ir tomchilari tushdi.

U birdan bir narsani eslaganday boldi qolini boshiga qoydi 😣

Y/N:
— JK, yaxshimisan ?

JK:
— Ha... bilmadim... Birdan bir tasvir ko‘z oldimda paydo bo‘ldi.

U jim qoldi.

Y/N uning qo‘lini ushlab dedi:
— Balki bu tushdir?

Lekin JK bilardi — bu oddiy tush emas edi.

U bilmasdi: uzoqdan, qorong‘u mashina ichida kimdir ularni kuzatayotgan edi.

Suga.

U labini qimirlatdi:
— “Biz yana uchrashamiz, JK... Bu safar sen meni eslaysan.”

•••

Yomg‘ir tinmayotgan edi. Shaharning yuqori qavatlaridagi derazalarga suv tomchilari urilib, jimlikni buzardi.

Suga oynadan tashqariga qarab o‘tirar, ich-ichida bir ovoz tinchlik bermasdi.

Tae stolga suyanib unga qaradi:
— Senga nima bo‘ldi, Suga? So‘nggi paytda juda o‘zgarding.
Suga kulimsiradi, lekin bu kulgu og‘riqli edi.

— Ba’zi og‘riqlar bor, Tae... ularni so‘z bilan emas, faqat vaqt bilan unutasan.

U joyidan turdi, derazaga yaqinlashdi.

Tashqarida yomg‘ir oqib tushayotgan, xuddi o‘sha kechani eslatayotgandek.

Suga asta lablarini qimirlatdi:

— “Yana shu yomg‘ir… o‘sha tunni eslatyapti. U rulda edi… men orqada... va u…”

U jim qoldi. Tae hech narsa demadi — u shunchaki sezdi, bu mavzuni ochish og‘ir.

🏫 Maktabda (shu paytda)

JK darsda o‘tirgan, biroq nigohi derazadan tashqarida.

Tomchilab yog‘ayotgan yomg‘ir unga notanish hislarni eslatardi.

Y/N unga qarab dedi:
— Nega yana jim qolding?

JK:

— Bilmayman. Qachondir… yomg‘ir yoqqanda yuragim og‘riy boshlaydi. Go‘yo biror narsa esdan chiqib ketgan, lekin muhim.

Y/N:

— Balki bu oddiy holatdir, yoki… sen nimanidir eslash arafasidirsan.
JK jilmaymoqchi bo‘ldi, lekin lablari qaltirab chiqdi.

— Balki… lekin ba’zan qo‘rqaman.

Uning nigohi to‘satdan derazaga tushdi.

Maktab darvozasi yonida kimdir turardi — qora soch, qora kurtka, ko‘zlarida chuqur og‘riq.
Suga.

JK bir zumga nafas ololmay qoldi.
— U… u yana shu yerda.

Y/N orqasiga qaradi, lekin hech kimni ko‘rmadi.

🌧 Kechqurun – Suga yolg‘iz

Suga kollej hovlisida yomg‘ir ostida turardi.

Qo‘lida kichik metall zanjir — o‘sha qizning bilaguzugi.

Unga bir tomchi yomg‘ir tushdi, u esa qo‘llarini qattiq siqdi.

— “U rulda edi… u aybdor emasdi, lekin baribir u…”

— “Endi u meni tanimaydi, balki bu Yaratganning jazosi…”
Yomg‘ir asta kuchaydi.

Suga boshini osmonga ko‘tardi, lablari orasidan shivir chiqdi:

— “JK… bir kun kelib, sen bu yomg‘irni eslaysan.” ...

Davomi 15-qism