October 7, 2025

Taqdir xazili

.

Taqdir xazili 13-qism

Tong. Tashqarida yomg‘ir shivirlab yog‘moqda. Havo salqin, oynadan oqayotgan mayin nur xonani yoritib turardi.

Y/N sekin uyg‘ondi. Uning yonida, so‘rida yotgan JK chuqur nafas olayotgan edi. U hali ham kasal.
Y/N sekin jilmaydi:

— “Bolalarcha uxlaydi…”

U asta turib, oshxonaga yo‘l oldi. Qaynab turgan suvdan choy tayyorladi va stol ustiga dori bilan qo‘ydi. Shunda eshik taqilladi.
Jimin: “Y/N, hali uyda ekansan-a? JK yaxshimi?”

Y/N: “Ha, biroz yaxshiroq. Hozir uyg‘onsa, dorisini ichiraman.”
Jimin: “Maktabga kech qolasan-ku?”

Y/N jilmayib: “Bugun darsdan ko‘ra uni kuzatish muhimroq.”

Jimin: ha😁 mayli unda ertaga korishguncha

Y/n: hayr

🌧 Shu paytda kollejda…

Tae auditoriyaga kirib keldi. Bugun odatdagidan boshqacha — nimadandir hayajonlangan edi. Seyon esa deraza yonida o‘tirib, daftariga nimanidir chizib o‘tirardi.
Tae asta yoniga bordi:

Tae: “Seyon… kecha aytmoqchi edim, lekin… yuragim bardosh bermadi.”

Seyon sekin qaradi: “Nimani?”
Tae chuqur nafas oldi, so‘ng asta dedi:

— “Men seni yoqtiraman, Seyon.”
Bir zumda jimlik cho‘kdi. Yomg‘ir tomchilari derazaga urilib, tovush chiqardi. Seyon yuragi tez ura boshladi.

Seyon: “Tae… men ham senga befarq emasman.”

Tae jilmaydi. Ularning orasida birinchi marta ochiq his-tuyg‘u paydo bo‘ldi.

🏫Kollejda...

Eshikdan yangi talaba kirib keldi — Suga. U tinch, ammo sovuqqon nigoh bilan atrofga qaradi. Tae uni darrov tanidi.

Tae (ichida): “Suga?.. U bu yerda nima qilayapti?”

Seyon hayron bo‘lib, shivirladi:
Seyon: “Bu kim o‘zi?”

Tae: “... Do‘stim. U yaqinda bu kollejga o‘tgan.”

Ammo ichida Tae bilardi — bu shunchaki do‘st emas edi.

Suga unga yaqinlashdi, ohista dedi:
— “Tae, sen va JK hanuz tinch yashayapsizlarmi?”
Tae yuragi “gup” etdi.

— “Sen... u haqda qaerdan bilasan?”
Suga sovuq jilmaydi:

— “Men hamon eski dunyodanman, Tae. JKning o‘tmishini men bilaman... u kimlardan qochganini ham.”

🌙 Kechqurun, JKning uyida…

Y/N dori olib keldi, JK asta uyg‘ondi. U Y/Nga qarab jilmaydi:
— “Sen hali ham shu yerdasanmi?”

Y/N: “Ha. Ketay desam ham, yuragim ruxsat bermaydi.”

JK kulib boshini yostiqqa qo‘ydi.

JK: “Men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman,

Y/N...”

Y/N: “Hech qachon meni yo‘qotmaysan.”

(Shu payt ularning qo‘llari bir-biriga tegadi, va ular jim qolishadi. Yuraklarining urish ovozi, tashqaridagi yomg‘ir tovushi bilan aralashib ketadi…)

Ammo Y/N hali bilmaydi — u sevgan insonning o‘tmishida qorong‘u sirlar yashiringanini.
Va bu sirni aynan Suga ochishga qaror qilgan edi.

Davomi 14-qism