UzASBO DMda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobi
27 razryadlik shaxsiy g'azna hisobvaraqlarning 7-9-raqamlari valyuta turini bildiradi. 400910860124017094100350001 SHG'Hdagi 860 raqami uning valyuta turi so'm ekanligini bildiradi. Bu yerda 860 dan boshqa raqam bo'lsa, uning qaysidir valyuta turi bo'yicha ochilganligini bildiradi. Misol uchun, 400110840124017094100350001 SHG'Hda 840 raqami valyuta turi AQSH dollari ekanligini bildiradi.
20 talik bank hisobraqamlarning esa 6-8 raqamlari valyuta turini bildiradi. 23214000904627460998 hisobraqamda 000 raqami uning valyuta turi so'm ekanligini bildiradi. 20203978500788053001 hsiboraqamdagi 978 raqami esa valyuta turi yevro ekanligini bildiradi va h.
Dasturning Global ma'lumotnoma-Valyuta qismida valyuta turlari bo'yicha ma'lumot mavjud. Asosan quyidagi valyuta turlari keng ishlatiladi.
Valyuta hisobraqamlarga kassa xarajati subchyoti biriktirish tartibi
Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Tashkilot shaxsiy g'azna hisobraqami qismida valyuta hisobraqamni tahrirlab, unga kassa xarajati subchyoti biriktirishda subchyot ko'rinmaydi. Chunki valyuta hisobraqamga faqat bvalyuta subchyot biriktiriladi. Shuning uchun valyuta hisobraqami mavjud yoki ma'lum bir sabablar bilan yangi valyuta hisobraqam ochilgan tashkilotlar, eng avvalo, hududiy administratorga murojaat qilishi va dasturda valyuta bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun tegishli vakolatni qo'shdirib olishi kerak.
So'ngra Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Subchyot qismiga kiriladi va hisobraqamga biriltirilishi kerak bo'lgan kassa xarajati subchyoti tanlanib, Klonlash tugmasi bosiladi.
Subchyotni klonlash oynasida Subkod joyiga qo'shimcha belgi va raqam kiritiladi. Valyuta tugmaga bayroqcha qo'yiladi va valyuta turi tanlanib saqlash tugmasi bosiladi. Bir subchyotda bir valyuta turi bo'yicha faqat bitta subchyot yaratish mumkin.
Qaysi hisobraqamlarga qaysi subchyot kassa xarajati subchyoti sifatida biriktiriladi?
2 va 3 bilan boshlanuvchi davlat maqsadli va boshqa byudjetdan jamg'armalar mablag'lari uchun ochilgan hisobraqamlarda - 105200
20 talik bank hisobraqamlariga esa - 107000 va hokazo.
Valyuta hisobraqamlar bo'yicha yil boshiga qoldiqlarni kiritish
Hisobraqam, chorak, yil va valyuta turi tanlangandan so'ng yil boshiga hisobraqamdagi valyuta qoldig'i va uning so'mdagi ekvivalenti kiritiladi. Faqat shu hujjatni tuzishda valyuta bo'yicha va so'm bo'yicha hujjat summasi qo'lda kiritiladi, chunki yil boshiga ularning summasi Markaziy bank kursidan farqli holatda bo'lishi mumkin. 2024-yil 1-yanvar holatiga qoldiq kiritishda Yil boshiga qoldiq (so'mda) va Yil boshiga qoldiq (valyutada) qismlarigina to'ldiriladi. Hujjatning qolgan Hisobot davrida tushgan tushum (so'mda), Hisobot davrida tushgan tushum (valyutada) va hujjatning pastki qismlari mutlaqo to'ldirilmaydi.
Valyuta bo'yicha operatsiyalarni hujjatlarda ko'rsatish
Hujjatlarni tuzishda valyuta ko'rsatilishi kerak bo'lsa, tizim valyuta subchyot tanlansa, avtomatik valyutani kiritish joyini chiqaradi. Bu kabi hujjatlarda hujjatning summasini so'mda kiritib bo'lmaydi. Valyuta summasi kiritilsa, hujjat sanasiga belgilangan Markaziy bank kursidan kelib chiqib, hujjatning so'mdagi ekvivalenti hisoblab chiqariladi. (O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunining 17-moddasida "Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so‘mda yuritiladi.", deb belgilangan) To'lov hujjatlari, pul mablag'lari tushumi, kassa kirim va chiqim orderlari, avans hisoboti kabi hujjatlar valyuta bilan ishlashda ko'p foydalaniladi.
Etiborli tarafi valyuta hisob raqamiga kelib tushgan mablag'larni hisob raqamga kirim qilish uchun uning manba hisob raqami orqali (kredet hisob raqamida manba hisob raqami va unga oid bo'lgan kontragent , shartnomalar tanlanadi) kirim qilinishi kerak bo'ladi.Bunda manba hisob raqam bilan hosil bo'lgan (151900 yoki 341900) debetor qarzdorlik bartaraf etiladi. (Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi 329-sоnli qarori)
Agar valyuta hisob raqamidagi tegishli kassa amaliyotini g'aznachilik organi tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa , bunda aynan qaysi sana bilan UzASBO DM ning ShG'H ko'chirmalarining ma'lumoti qismida aks etganini aniqlik kiritilishi kerak va dastur aynan usha sanaga tegishli valyuta kursni to'g'ri shakllantiradi.
Savol:
Valyuta hisob raqamidan amalga oshirilgan kassa amaliyotiga qanday haqiqiy harajati amalga oshiriladi ?
Valyuta hisob raqami uchun haqiqiy harajat amalga oshirish mumkin emas, balki ushbu haqiqiy harajatni ham mos ravishda manba hisob raqami orqali amalga oshirish talab etiladi.
Valyutani qayta baholash
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” ning 14-bandida "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi", deb belgilangan. Shuningdek, 15-bandda "Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari;
b) to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.", deb ko'rsatilgan.
Valyutani qayta baholash uchun Hujjatlar-To'lov hujjatlari-Valyutani qayta baholash qismiga kiriladi. Bu yerda hisobot topshirilayotgan davrning har bir oyiga alohida hujjat kiritiladi. Kurs farqi bo‘yicha foyda subschyotiva Kurs farqi bo‘yicha zarar subschyoti avtomatik tanlanadi, izoh kiritiladi va hujjat saqlanadi. Hujjat tasdiqlansa, tizim qayta baholash summasini avtomatik tarzda hisoblaydi, unga hisobchi mutlaqo aralashmaydi. Shundan so'ng tegishli hisobraqam bo'yicha byudjetdan tashqari hisobvaraqlar bo'yicha hisobotni tuzish mumkin.
Valyuta bo'yicha aylanma
Valyuta bo'yicha operatsiyalar to'g'ri amalga oshirilayotganini va boshqa holatlarni ko'rish uchun Hisobotlar-Hisobotlar-Aylanma qaydnoma (valyuta) qismiga kiriladi. Bu yerda valyuta turi bo'yicha operatsiyalarda qaysi valyutada qancha aylanma bo'lganligi ko'rinadi.