Targ'ibot va profilaktika ishlari o'tkazildi......
Qoraqalpog'iston Respublikasida 2025-yil aprel oyida jinoyatlar soni oshgan "qizil" toifadagi mahallalarda joriy yilning may oyida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan "mahallabay" huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasining 4-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Amudaryo tumani Adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 02-may kuni "Alisher Navoiy" MFYda mahalla raisi va yettiligi ishtirokida o'g'rilik, bezorilik va o'rtacha o'g'ir tan jarohat yetkazish jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlari o'tkazildi.
Targ‘ibot jarayonida Qoraqalpog’iston Respublikasi konstitutsiyasining 32 yilligi bo’yicha tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevralidagi PF-18-son Farmoni, PQ-1-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi «Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-son qarorining mazmun-mohiyati, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganligi, ayniqsa kriminogen holati og’ir mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholining bu masalaga befarq bo’lmasligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, shuningdek, elektrlashtirish va bu borada davlat tomonidan berilgan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.