December 26, 2025

Targ'ibot tadbiri o'tkazilmoqda...

Joriy yilning 26-dekabr kuni Amudaryo tumani Adliya bo'limi FHDY bo'limi xodimlari tomonidan Amudaryo tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 51-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Targ'ibot davomida O'zbekiston Respublikasining 08.08.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-1080-son Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Targ'ibot davomida o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi, shuningdek hozirgi kunda Respublikamizda intelektual mulk huquqiga alohida e'tibor qaratilayotganligi bo'yicha misollar keltirildi.