𝐒𝐇𝐄𝐂𝐊𝐋𝐄𝐃 𝐃𝐄𝐒𝐈𝐑𝐄🚭
#Shackled_Desire
•
•
Episode 4
•
•
***
***
PovAuthor:
Ertalab quyosh nurlari deraza orqali xonaga tushar, ammo qiz uyg‘onishni istamasdi. Kechagi voqealar uni butkul charchatgan, butun tanasi zo‘riqib og‘riyotgandek edi. Xonasining shiftiga uzoq tikilib yotdi. Yuragi hanuz tez urardi. O‘sha sovuq temirning beliga tegib turganini esladi va beixtiyor qaltirab ketdi.
Bu savol miyasini tirnab, tinchlik bermayotgandi. Lekin hozir buning ustida o‘ylashni xohlamasdi. karavot chetiga o‘tirdi. Xonasining jimjitligi uni yanada g‘ashlantirardi. Telefonini qo‘liga olib vaqtga qaradi — soat 9:23.
U ko‘zlarini pirpiratib, ekrandagi raqamlarni yana bir bor ko‘rib chiqdi va birdan hushyor tortdi.
Jaewon: Men darsga kech qoldim! Jin ursin?!! )Shoshilib karavotdan sakrab tushdi. Shu payt oyoqlari polga tegishi bilan og‘riqni his qildi. Kecha daraxtga chiqqanida oyoqlari biroz lat yegani esiga tushdi. Ammo hozir bu haqida o‘ylashga vaqt yo‘q edi.
Juda tez kiyinib, sumkasini oldi-da, pastga tushdi. Oshxonadan ovqat hidi kelardi, lekin to‘xtab nonushta qilishning imkoni yo‘q edi. "Keyinroq nimadir yeb olarman," deb o‘ziga shivirladi va eshik oldiga bordi.
Palto yelkasiga tashlangan, qo‘llari esa tugmalar bilan band edi. Tashqariga chiqqach, haydovchisini bilan birga ketdi. U bugun hammasi oddiy o‘tishiga umid qilgancha universitet tomon yo‘l oldi…
**
Timeskip
PovAuthor:
Jaewon universitet eshigi oldiga yetib kelganida, yuragi tez ura boshladi. Mashg‘ulotlar allaqachon boshlangan, auditoriyaga kechikib kirish unga yoqmasdi. Ammo tan olish kerak, bu birinchi marta emas. U chuqur nafas oldi va yo‘lak bo‘ylab shoshildi.
Dahliz jimjit, faqat auditoriyalardan kelayotgan o‘qituvchilarning ovozlari eshitilardi. O‘zining darsi qaysi xonada bo‘layotganini eslab, eshikni asta ochdi. Ichkarida professor doskaga nimanidir yozayotgan, talabalar esa jimgina yozib olishardi. Uning kirganini ko‘rib, o‘qituvchi boshini ko‘tardi.
Professor: Miss Kang, yana kechikdingiz, — dedi u sovuq ohangda.Jaewon noqulaylik sezgan holda bosh egdi.
Jaewon: Kechirasiz, professor. (U auditoriyaning orqa tomoniga yurdi va bo‘sh o‘rindiqqa o‘tirdi. Yonida kimdir kulimsirab unga qarayotgan edi
Eun Woo Yana kech qolding-a? — deb pichirladi u, qo‘lidagi ruchkani aylantirib. Jaewon unga ters qaradi.
Jaewon: Shunchaki, jim bo'l! Gargamel
Sen nima san unda, Qora mushukcha!, — Eun Woo qoshini ko‘tarib qo‘ydi. Va kuldiJaewon ensasini qotirdi.
Professor: IKKINGIZ DARSDAN KEYIN TOZALASHGA QOLASIZ!!
Eun Woo va Jaewon bir birga yomon qaradi. Jaewon sochlarini to'zg'itib uff tortdim Jaewon daftarini ochib, yozayotgan bo‘ldi, lekin miyasi butkul boshqa joyda edi. Kecha bo‘lgan voqealar xayolini tark etmasdi. O‘sha begona odam… u kim edi? Nega bunday yo‘l tutdi? Dars davom etardi, lekin Jaewonning fikrlari auditoriyada emasdi…
**"
Timeskip
PovAuthor:
Jungkook bugun shaxsiy ofisida, deraza yonida turib, shahar manzarasiga tikilib turardi. Yorug' osmon ostida harakatdagi insonlar.... Kecha bo‘lgan uchrashuv, o‘sha qiz... hammasi hali ham xotirasida edi. U stol ustida yotgan sigaret qutisini olib, bir donasini lablariga joyladi, lekin yoqishga shoshilmadi. Uning yonida Taehyung jim turgancha unga qarab turardi.
Taehyung: Nima o‘ylayapsan? — deb so‘radi Taehyung. Jungkook kulimsiradi va sigaretni qo‘liga oldi. —
Jungkook: Hayollarim chalkash Tae..! (Taehyung uning javobidan ko‘zlarini qisdi. —
Taehyung: Odatda hech narsani ortiqcha o‘ylamaysan, lekin bugun boshqa Jungkookni ko‘ryapman. (Jungkook unga bir qarab oldi, keyin sigaretni chetga qo‘ydi.
Jungkook: Janob Kang.... U meni orqaga qaytganimni biladi, harakatga ham o‘tgandir. Lekin men bu safar uni bu hayotda tirik yurishga yo'l qo'ymayman (Taehyung qoshini ko‘tarib, kulimsiradi.
Taehyung: Demak, bu bilan uni o'ldirmoqchmisan?
Jungkook: Hali ham uni unutmadim, otamga qilgan ishini...... — pichirladi u o‘ziga o‘zi. Taehyung esa stol yonida unga qarab turardi.
Taehyung: Savolga javob shu. Qasos ko'zlaringni ko'r qilgan, Jungkook— dedi u ohangida yengil beparvolik bilan. Jungkook qoshlarini chimirdi, yuragida qaynayotgan g‘azab yuziga aks etdi.
Jungkook: U harakat boshladi, ha? Bilasanmi, Taehyung, men bu kuni juda uzoq kutdim. U mendan hamma narsani tortib oldi. Endi men ham undan hamma narsani olaman.
Taehyung: Sen haligacha o‘sha kun haqida eslaysanmi? (Jungkookning qo‘llari musht bo‘lib tugildi.
Jungkook: Men hammasini aniq eslayman. Otam... — u chuqur nafas oldi. — Otam o‘sha kuni politsiya tomonidan o‘ldirilganida, ularning boshida kim turganini hammadan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Janob Kang.
Taehyung asta stulga o‘tirdi. — Lekin ishonching komilmi? Bu faqat gumon bo‘lishi ham mumkin. (Jungkook unga sovuq nigoh bilan tikildi.
Jungkook: Bu gumon emas, Taehyung. Otam oddiy odam emas edi, u mafiya boshlig‘i bo‘lgan, lekin u bunday o'lim topishga loyiq emasdi. Kang esa uni qonun nomidan o‘ldirgan qahramon emas, u shunchaki niqob ostidagi hayvon.
Taehyung bosh irg‘adi. — Xo‘sh, rejang qanday? Uni shunchaki yo‘q qilmoqchimisan? (Jungkook jilmaydi, lekin bu jilmayishda hech qanday iliqlik yo‘q edi.
Jungkook: Yo'q. Uni shunchaki yo‘q qilish juda oson. Men undan ham battarroq ish qilaman. U sevadigan narsani tortib olaman. Uning g‘ururini yer bilan bitta qilaman. U meni yoshligimda sindirgan bo‘lsa, endi men uning dunyosini parchalashni boshlayman. (Taehyung uning nigohidagi sovuqqonlikni ko‘rib, chuqur nafas oldi.
Taehyung: Shuning uchun qizga qiziqayapsanmi? (Taehyung unga qiziqib tikildi. — Sen haqiqatan ham uni shunchaki o‘yin deb o‘ylaysanmi? (Jungkook qoshlarini chimirdi.
Jungkook: Men o‘yin o‘ynamas edim, Ayniqsa, odamlar bilan
Taehyung jilmaydi. — Lekin sen uni egallashni xohlaysan, shunday emasmi? (Jungkook nigohini unga qaratdi. Uning ko‘zlarida qorong‘u narsa yaltiradi.
Jungkook: Men undan voz kechish niyatim yo‘q. (Taehyung yelka qisdi.
Taehyung: Demak, u senga muhim? (Jungkook buni inkor eta olmadi. Chunki qizning ko‘zlarida qandaydir yorug‘lik bor edi, bu yorug‘lik esa uni o‘ziga tortardi. U qizning qo‘rquv bilan aralash qiziqish bilan qaragan ko‘zlarini esladi. U qizni o‘yinchoq sifatida ko‘rayotganini o'ylasa ham, haqiqat bunday emasligi aniq edi. Lekin u qizni ogohlantirgan edi. Uni yo'lidan chiqmasligini ammo qiz bir necha bor u bilan to'qnash keldi.
Jungkook: U menga tegishli. — dedi Jungkook ohangida qat’iylik bilan. Taehyung kulimsirab bosh chayqadi.
Taehyung: Bunday tuyg‘ular sening o‘yin qoidangga zid emasmi? (Jungkook asta o‘rnidan turdi va derazaga yaqinlashdi.
Jungkook: Ba’zan qoidalar o‘zgaradi. (U barmoqlari orasida sigaretni burab, tutun chiqarib, past ovozda pichirladi:
Jungkook: Men uni shunchaki tomosha qilish bilan kifoyalanmayman. U meniki bo‘ladi. Lekin Kang bilan ajoyib o'yin bo'ladi.
Darslar tugagach, auditoriya asta-sekin bo‘shay boshladi. Talabalar bir-biriga qandaydir rejalari haqida gapirib, kursdoshlarini hayrlashish bilan auditoriyani tark etayotgan edi. Ammo bu jarayondan ikki kishi mustasno.
Jaewon va Eun Woo joyidan jilmadi. Ularning yuzida hafsalasizlik aks etgan, go‘yo darslar tugaganidan emas, balki oldinda ularni qandaydir jazo kutayotgani sabab.
Professor eshik oldida to‘xtadi va ularga qat’iy nigoh bilan tikildi.
— Siz ikkalangiz auditoriyada qolib, barcha kitob va materiallarni joyiga qo‘yasiz. Kechagi bahslaringiz dars jarayoniga halaqit bergani yetmaganday, bugun ham jim o‘tirmadingiz. Yana bir marta shunday holat bo‘lsa, jazolash usulini og‘irlashtiraman.
Uning ovozida nafaqat jahllanib ketgan professorning odatiy ohangi, balki bu ikki insonning munosabatidan charchagan odamning sabrsizligi ham bor edi. Jaewon chuqur nafas olib, stoldagi kitoblarni birin-ketin terishga tushdi.
— Zo‘r bo‘ldi. Bugungi asabim buzilgani yetmaganiga, yana sen bilan auditoriyada qolib ketdim. (Eun Woo unga beparvo qarab qo‘ydi.
— Hech bo‘lmaganda, menga rahmat deyishing mumkin. (Jaewon unga o‘qrayib qaradi.
— Bu mening aybim emas. O‘zing menga suqilib, g‘ashimga tegasan. Keyin esa xuddi men o‘zimni ataylab muammo izlagandek qilasan.(Eun Woo jilmayib, stolga suyanib turdi.
— O‘ylashimcha, sening muammo izlashga ehtiyojing yo‘q. Muammolar o‘zi seni topib keladi. (Jaewon unga qattiq tikildi
— Bu nima? Yana qandaydir kinoya qilmoqchimisan?( Eun Woo yelkasini qisdi.
— Men hech narsa demadim. Shunchaki kuzatishimni bildirdim. (Jaewon jahl bilan stolga kitobni urdi.
— Eun Woo, to‘g‘ri gapir! Men seni gaplaringni eshitib o‘tiradigan odam emasman. (Eun Woo esa bemalol ohangda kulib qo‘ydi.
— Shunday de. Lekin qiziq, nima uchun seni osonlikcha asabiylashtirishim mumkin? (Jaewon yelkasini qisib, xuddi umuman ahamiyat bermaganday gapirdi.
— Sababi, sen juda zerikarlisan. Seni tinglashga arzigulik gaping yo‘q. (Eun Woo bu gapga kulimsirab bosh chayqadi.
— Yolg‘on gapiryapsan. Agar men senga qiziq bo‘lmasam, sen doim menga qarab turmas eding.
Jaewon tutilib qoldi. U xuddi hozir unga qanday javob qaytarishni bilmayotgandek edi. Uning qo‘llari kitob sahifalarini bexos ko‘zdan kechirar, lekin miyasi umuman boshqa narsani o‘ylayotgandek edi.Eun Woo esa xuddi kutayotgan odamday kutdi. Jimjitlik hukm surdi.
— Agar yana besh soniya jim turadigan bo‘lsang, men bu bahsni yutgan bo‘laman.Jaewon tezda qoshlarini chimirib, unga o‘qraydi.
— Orzu qilma, Eun Woo. Sen hech qachon meni yengolmaysan.
— Ko‘ramiz, — dedi Eun Woo, uning oldiga qadam tashlab.
Jaewon gapirchi edi, lekin bir lahzada havoning harorati o‘zgarib ketgandek bo‘ldi. Yigitning ko‘zlari unga pastdan tepaga sinchkovlik bilan tikilgan edi.Ularning orasida faqat bitta stul masofa qolgan edi.