𝗙𝗢𝗥𝗚𝗜𝗩𝗘 𝗠𝗘
PovAuthor:
Havo iliq, biroq unda qandaydir g‘alati og‘irlik bor edi — osmonni bosib olgan quyuq qora bulutlar orasidan biror nur ham sirg‘alib chiqa olmas, shamol esa sokinlikda yo‘l chetidagi daraxtlarning yaproqlarini sekin silkitardi. Yomg‘ir seldek yog‘ar, tomchilari asfaltga urilganda shaffof zarrachalarga bo‘linib sachrardi, havoda esa yangi namlik va qora yerning hidi aralashib ketgan edi. Ikki tomoni zich o‘rmon bilan o‘ralgan uzun yo‘l go‘yo hech qayerga olib bormaydigandek tuyulardi, faqat mashina g‘ildiraklarining izi yomg‘irda sekin yo‘qolib borardi. Ana shu yo‘l chetida esa qop-qora mashina to'xtab turardi — yomg‘ir ostida sokin, ammo o‘zidan qandaydir sirli kuch taratib, o‘tmishdagi voqealarning guvohiday sukut saqlardi. Uning sirtidan suv tomchilari pastga sirg‘anib, qora metallni yanada jilosiz, sovuq va befarq ko‘rsatardi; faralari o‘chgan, mashina oynalari mashina ichini ko'rsatmasdi.
–M-men..... – qiz gapirishga og'iz ochgan edi ham uni yigit kesib tashladi.
– Aslo gapirma, Jaewon! – yigit rulga mushtini siqimladi va qo'llarida tomirlari bo'rtib chiqdi. Bundan qiz asabiy holda yutundi.
– Tushun... – qiz yana gapirishga harakat qildi ammo bu safar yigit nazoratini yo'qotib qizga baqirib yubordi.
– NEGA QO'NG'IROQLARIMGA JAVOB BERMADING? Qancha havotir olganimni tasavvur qila olasanmi? La'nati! – yigit rulga mushtini urdi. Qiz bundan bir sakrab tushdi. Qiz ataylab qilmagan edi. Ammo sababini yigitga ham ayta olmasdi.
***
Flashback➡️ Besh kun oldin.
PovAuthor:
Dorilar hidi anqib turgan bu xonada qiz ko'z yoshlariga ko'milib o'tirardi. U hozir quloqlariga ishonmas edi. Shifokor aytgan gaplarini aqlida tahlil qilar ekan, hayolida bir fikr bor edi 'uni o'zimdan qanday qilib nafratlantiraman?' xonaga shifokor qayta yangi qon analizlarini olib kirib, joyiga o'tirdi. Jaewon ko'z yoshlarini artib, Shifokorga qaradi.
– Buni davosi bormi? – dedi qiz ovozi titragan holda.
– Xonim, sizga davolanishingiz bir yil oldin aytgan edik ammo siz bu o'tib ketadi deb befarq qoldingiz? Shunchalik joningizdan to'yganmisiz? Ahh, hozir siz ikkinchi darajali bosqichdasiz. Hali ham uchinchi emas.
– Bu shunchalik qo'rqinchlimi? – dedi qiz bu haqida bilsa h beparvo bo'lishga harakat qilib
– Xonim, bu oddiy kasallik emas. Bu 'oshqozon raki' siz endi 19 yoshni qarshilayapsiz. Siz kabi bu yoshdagilar allaqachon hozir o'lim to'shgida mixlanib qolgan bo'lardi – shifokor asabiylashar ekan, Jaewon harakat qilardi ko'z yoshlarini tiyishga.
– Qancha vaqt umrim qoldi?– dedi Jaewon shifokorga qarab.
– Umr haqida gapiryapsizmi? Shu holatingizdaya? Uzog'i bilan besh oy, balki undan ham kamroq. Ammo aperatsiya qilgan taqdirimizda ham bu 100 dan 30 foizga to'g'ri keladi...– ohirgi gapini ichiga yutulib ketdi shifokorni.
– Agar meni bu yerga Jungkook degan yigit hushsiz holda olib kelsa, iltimos unga bu haqida aytmang....– qiz iltijo qilgandek gapirdi va shifokor bosh irg'adi.
• Borgan sari g'azabi vulqondek otilayotgan yigit qizni yomon ahvolga solishni istardi ammo nazoratni yo'qotsa ham sevgilisiga zarar yetkaza, hirsiga berila olmasdi. Chunki yigit sevardi. Yigit ohiri teshuvchi nigohini qizga qaratar ekan, allaqachon qiz yanoqlari nam bo'la boshlagandi.
– Jae~..... – qiz bu ohangdan endi battar yig'lay boshladi. Chunki tez orada bu erkalashni eshita olmasdi. Qiz boshini eggancha pastki labini qattiq tishlab ovozini chiqarmay yig'lardi. Jungkook o'yladiki u uzoqqa ketdi. Shunda ortiq gapirmay qizni xavfsizlik rementini yechib, quchog'iga oldi. – Kechir, oshirib yubordim. Meni kechir, farishtam.... – Jaewon yuzini yigit ko'ksiga ko'mib chuqur nafas oldi. Titrayotgan qo'llari bilan yigit kiyimini kafti orasiga siqimladi.
– Jungkook, meni siz kechiring. Aslida bu hammasi meni aybim edi. Sizga ko'p muammo olib kelyap.... – yigit ko'zlari xavfli darajada qorayib, qiz gapini lablari bilan to'sdi. Chuqur va iliq bo'sa ola boshladi yigit. Va bo'sa ikki daqiqa ichida buzdi.
– Menga hecg qachon muammo olib kelmagansan, Jaewon. Bu axmoqona fikrlarni aqlingdan chiqar. Men sendan havotir oldim. – qiz sochlarini qizni qulog'i ortiga olib, qizni peshonasidan o'pdi.
– Men sabab bugun interviewga bormadingiz.– dedi qiz yigitga qaragancha
– Menga bular muhim emas – dedi yigit qiz ko'z yoshlarini bosh barmog'i bilan artib
– Yomg'irga chiqishni istayman– dedi qiz gapni boshqa tomonga burib
– Kasal bo'lib qolasan, ketamiz. – ammo qiz mashina eshigini ochib tashqariga chiqqan edi. Jungkook hafsalisi pir holatda chuqur nafas oldi. Va qizni zimdan kuzatdi. Jaewon yuzini osmonga qaratib qo'llarini keng yoydi. Va yomg'irdan bahramand bo'la boshladi. Jungkook lablari chetida tabassum qilib qizni kuzatib turdi. Besh daqiqa mashina ichidan qizni kuzatib, ohir chiday olmay mashinadan tushdi. Va qiz ortidan borib, belidan quchib oldi. Jaewon biroz seskandi ammo yigit quchog'iga kirdi.
– Jungkook – dedi qiz sokin ovozda
– Hmm ~ – dedi Jungkook qizni nam sochlariga yuzini ko'mib
– Valsga tushamizmi? – Jungkook qizni o'ziga aylantirib qaratdi. Va yuzida juda ham chiroyli tabassum paydo bo'ldi. Jaewon mashina tomon borib, musiqa qo'ydi. "Decalcomania" Jungkookni qoshlari bir muddat chimirildi. Chunki u bu qo'shiq allaqachon unitilgan deb o'ylardi. Jaewon tezda yigit oldiga keldi.
– Vals tushamizmi, Shaxzodam? – yuzida soxta tabassum olib, tabassum ortida og'riqlarini yashirgan bo'ldi qiz. Jungkook qiz belidan ushlab o'ziga tortdi, ikkinchi qo'li bilan qiz kaftini qo'liga oldi.
– Albatta, malikam – Jungkook to'la-to'kis tabassum qildi.
• Yomg‘ir seldek yog‘ar, havoda iliq namlik va qora osmonning og‘ir nafasi sezilardi. O‘rmon ichidan kelayotgan shabada yaproqlarni sekin silkitib, ularning shivir-shiviri musiqadek yangrardi. O‘sha nam, jimjit yo‘l o‘rtasida, yomg‘ir ostida ikki soya asta bir-biriga yaqinlashardi. Ularning atrofida hamma narsa jim, faqat tomchilarning yerga urilishi va yuraklarning bir xil ohangda urilishi eshitilardi. Jungkookning qo‘llari Jaewon belidan ohista tutar, uning nigohi qorong‘ulik orasida faqat Jaewonni ko‘rardi. Ular musiqaga hamo-hang raqsga tushishardi — faqat yuraklari o‘zining valsini chalardi. Jaewonning sochlariga tomchilar tushar, ammo Jungkook ularni kafti bilan sekin artar, go‘yo har bir tomchini asrab qolmoqchidek. Ularning har bir harakati sekin, his bilan, vaqtni to‘xtatgandek edi. Yomg‘ir ularni to‘liq o‘rab olgan, ammo o‘sha lahzada ular uchun dunyo faqat shundan iborat edi — ikki yurak, bitta ohang, va jimjit, qora osmon ostidagi abadiy vals. Jungkook bir daqiqaga ham qizdan ko'zlarini uzmadi. Bir nasranini tushunishga harakat qilardi. Jaewon nega aynan bu qo'shiqqa valsga tushishni istadi? Barchasigq keyin javob topishni o'ylagan yigit hozir faqat qiz bilan bu vaqtda zavqlanmoqchi edi. Jaewon esa bu borada o'z og'riqli fikrlari bilan ko'milgandi. Ko'z yoshlari yomg'ir bilan birlashib ketgan edi.
PovJaewon:
Mening hayotim mazmuni. Meni sevgilim. Mening yuragim egasi.Jungkook… Allohim menga bergan eng katta mukofotimsiz — yuragimdagi osoyishtalik, tinchlik va muhabbat manbai. Siz bilan har bir kunim ma’noga to‘ladi, har bir nafasim sababli bo‘ladi. Siz kulganingizda butun olamim yorishadi, jim turganingizda esa hatto shamol ham to‘xtab qolgandek bo‘ladi. Siz men uchun shunchaki sevgi emassiz — siz mening duoyim, yuragim egasi, Allohimga shukr qilishimga sabab bo‘lgan yagona insonsiz.Men sizni so‘zlardan, hatto o‘zimdan ham chuqurroq sevdim, Jungkook. Meni kechiring ohirigacha siz bilan bo'la olmaganim uchun. Sizni o'zimdan nafratlantirishim kerak. Aslida hozir sizni o'zimdan itarib yuborishim kerak lekin qo'limdan kelmayapdi. Sizga bog'langan ipim mustahkam ekan u uzila olmayapdi. Meni kechiring, hayotim.
PovAuthor:
Qiz shu hayollar bilan musiqa tugaganini sezmay qoldi ammo birdan boshida turgan qattiq og'riqdan ikki qo'li bilan boshini ushlab qoldi. Jungkook qiz yiqilishidan oldin qizni ko'ksiga tortdi. Jungkook yuzida havotir aks etdi. Jaewonni ko'z oldi xiralashib, boshi aylana boshladi. Qiz katini lablari orasiga olib kelib, qattiq yo'taldi. Qiz kaftida qon paydo bo'ldi. Jaewon qon yo'talganini tushundi. Jungkook buni ko'rib yurak urishi to'xtab qolgandek o'zini yomon his qildi. Qiz endi muvozanatini yo'qotib qo'ydi. Jungkook qizni bir urunishda ko'tarib oldi.
– Yo'q, yo'q, yo'q. Senga nimw bo'ldi? Jaewon iltimos ko'zingni och farishtam meni qo'rqitma !! – deb tinmay baqiryotgan yigit qizni mashina old o'rindig'iga joylashtirib mashina gaz pedalini bosgancha kasalxonaga haydadi. – Iltimos, malikam chida. Nega bunday bo'lyapdi? Mendan nimani yashiryapsan, Jaewon!? LA'NATI! – 30 Daqiqa ichida Jungkook Seoul kasalxonasiga keldi. Jungkook kasalxonani boshiga ko'tarib baqirdi.
– ILTIMOS UNGA YORDAM BERING! – hamma joyida muzlab qoldi. Chunki hamma tanigan idol Jeon Jungkook hozir kasalxonaga bir qizni ko'tarib olib kelgan edi. – Qarab turmang! Agar unga nimadir bo'lsa hammangiz o'z joningiz bilan javob berasizlar?! – lablari orasida xavfli holda vishillab gapirdi Jungkook. Shifokorlar tezda zambilni olib kelib qizni yotqizishdi.
– Janob, siz shu yerda qoling. Kirishinguz mumkin emas – deya hamshiralar Jungkook yo'lini to'sib qo'yishdi.
PovAuthor:
Kasalxona ichida sovuq sukunat hukm surardi, devorlardan dorilar hidi va yomg‘irning nam isi aralashib, havoni og‘irlashtirgan edi. Koridor oxirida, devorga suyanib, Jungkook turardi — ko‘zlari yoshga to‘la, lablari titrardi, u o‘zini tutishga urinar, lekin yuragidagi og‘riq har bir nafasda yuzaga chiqardi. Uning nigohi faqat bitta joyda — operatsiya xonasining yopiq eshigida edi. Eshik ortida esa Jaewon yotar, shifokorlar shoshilinch harakatda, yurak urishini bildiruvchi qurilma bir maromda chalar, har soniya vaqt bilan kurashayotganini bildirardi. Jungkook devorga peshonasini tirab, past ovozda faqat bitta so‘zni takrorlardi — “iltimos, uyg'on…” U o‘zining butun kuchsizligini, butun sevgisini shu bir lahzaga jamlab,— faqat yurakning urishi va ko‘z yoshining jim tovushi eshitilardi.
Pov Jungkook:
Jaewonim… malikam, farishtam, senga nima bo‘ldi? Nega bunday bo‘ldi, nega bu dunyo seni bunchalik qiynaydi? Men hali ham ishonolmayapman — bir zumda hammasi o‘zgardi, bir lahzada hayotimdan nur ketgandek. Men bu devorga suyanib turgancha, yuragim ichidan qon oqayotgandek his qilyapman. Iltimos, tuzal, yagonam… Men sensiz nafas olishni ham bilmayman. Har safar yurak urayotganini eshitsam, o‘ylayman — bu yurak sen uchun uryaptimi, yoki sendan ajralayotganini his qilyaptimi, bilmayman. Har bir tomchi ko‘z yoshim seni qaytarib kelishiga umid bog‘laganman. Iltimos, ko‘zlaringni och, menga yana o‘sha tabassumingni ko‘rsat. Sen kulsang, men yashayman, sen jim bo‘lsang, dunyo to‘xtaydi. Jaewon, men senga hali aytolmagan so‘zlarim bor, hali senga “men seni abadiy sevaman” deya quchoqlashni istayman. Faqat qayt, iltimos, qayt menga bu dunyo sensiz juda qorong'u, yuragim esa sening isming bilan urib, seni kutmoqda. Jaewon, mendan nimani yashiryapsan o'zi? Jin ursin barini....
PovAuthor:
Oradan uch soat vaqt o'tdi. Bu vaqtda Jungkook allaqachon o'zini yeb bitirgandi. U uchun bu huddi uch yildek uzoq muddat bo'lib qolgandi. Shunda birdan Jungkook nigohini tikkan eshik ochildi. Jungkook o'rnidan qanday turib, shifokor oldiga qanday borganini bilmay qoldi. Shifokor horg'in holatda chiqqani Jungkook qalbiga mushtdek urildi.
– U.. u yaxshimi? Unga nima bo'lipdi? Iltimos gapirsangizchi?! – Jungkook shifokor yelkasidan ushlab silkidi. Shifokor Jungkook qo'lini siltadi. Bir muddat Jungkookga qarab turdi. Ammo qiz aytgan gaplarga e'tibor bermadi. Va borini aytdi.
– Sizga qiz muhimmi? – dedi shifokor. Jungkook yuzida qaxr paydo bo'ldi.
– Bu nima deganingiz? U mening uchun hayotimdan ham muhim! Unga nima bo'lganini ayting, yoki qo'limni qoningiz bilan bulg'ayman?! – lablari orasida vishillab gapirdi Jungkook.
– Xonamga – dedi yigitni taklif qilib. Jungkook bosh irg'adi. Ular shifokor xonasiga kirishdi.
– Xonimda oshqazon raki bor, bu bir yildan beri davom etyapdi. Unga nechi bor aytdik ammo davolanishdan bosh tortdi. Va sizga aytishimni istamagandi ammo mening bemorim hayoti men uchun muhim. Ammo.... – Jungkook ichida uni dunyosi quladi. Jungkook yurak urishi sustlashdi. Hozir shifokor gaplari uning qalbiga sanchilgan pichoqdek bo'ldi.
– Ammo NIMA? – Jungkook baqirib yubordi.
– Buning da'vosi yo'q janob Jeon .... – Jungkook o'rnidan turib ketdi va stol zarb bilan polga yiqildi.
– NEGA? NEGA UNI DA'VOLAY OLMAYSIZ? – Jungkook ahvoli o'g'irlashdi.
– Afsus....– Jungkook xona eshigini kuch bilan qarsilatib yopib, qiz xonasiga yugurib ketdi
PovAuthor:
Jungkook sekin, yuragi gursillab urgancha, eshikni asta ochdi. Xonadan chiqayotgan hidsiz sovuq havo yuziga urildi, hammasi shu qadar sokin, ammo shu qadar og‘ir edi. Ichkarida oppoq devorlar, ishlayotgan tibbiy uskunalarning mayin shovqini va yurak urishini bildiruvchi qurilmaning tinimsiz “bip” tovushi eshitilib turardi. Jaewon karavotda yotgan, tanasiga bir nechta ingichka simlar ulanib, yon tomonda suyuqlik tomchilab turgan shaffof shisha idish asta chiyillab tomchilardi. Uning yuzi rangsiz, ammo hali ham o‘sha muloyim go‘zallikni o‘zida saqlab turardi. Jungkook bir lahzaga nafasini to‘xtatdi, uni bunday holda ko‘rish yuragini parchalab tashladi.Jaewon yostiqqa suyangancha, asta suv ichardi. Uning harakati sekin, ehtiyotkor, go‘yo tomchi suv ham unga og‘riq bag‘ishlardek edi. Lablari orasidan suv o‘tganida, u biroz nafas oldi, so‘ng ko‘zlarini ko‘tardi, u yerda Jungkook turardi. Nigohlari to‘qnashdi va shu payt dunyo yana nafas ola boshlagandek bo‘ldi. Ularning orasida so‘zsiz, ammo yurakni tilka-pora qiladigan bir his kechardi: sog‘inch, qo‘rquv, minnatdorchilik va muhabbat hammasi bitta nigohda jam edi. Jungkook qiz oldiga yurishni boshlaganda Jaewon tezda yigitdan yuzini burdi.
– Ket! – dedi qiz sovuq ohangda itarish vaqti keldi degan fikrga kelgancha. Jungkook buni tushundi. Qiz uni o'zidan itarishga urinyapdi. Ammo Jungkook e'tibor bermay, qiz yotog'i oldiga kelib o'tirdi. Jaewon Jungkookga aslo qaramadi. – Men sizga keting dedim. Sizni ko'rishni.... – Jungkook qiz gapini bo'ldi.
– Imkonsiz. Hammasini bilaman. Meni itarishga urinma. – dedi Jungkook qiz sochlarini silagancha. Jaewon muzlab qoldi va Jungkookga qaradi.
– Yo'q, yo'q bilmasligingiz kerak edi. Jungkook keting. Hayotimdan butunlay keting. – Jaewon baralla yig'lay boshladi. Jungkook ortiq ko'z yoshlarini ushlab tura olmay, qizni bag'riga tortdi. Ikki bir vaqtni o'zida yig'lashni boshlashdi. Jaewon kafti orqasida ulangan kapilnitsaga e'tibor bermay yigitni mahkam quchoqlab oldi. Jungkook qiz sochlarini silab tinmay o'pardi.
– Meni farishtam, hali ko'p yashaydi. Jaewonim iltimos yig'lama. Seni da'volaymiz. Eng yaxshu shifokorlarga olib boraman seni hali hammasi yaxshi bo'ladi. – deya qizni bag'rida ohista tebrata boshladi.– Nega bila turib davolanishdan bosh tortding? Nega unday qiling?!
– U payt men sizga erisha olmayman deb o'ylagandim. Shu sababli xohlamagandim buni– dedi qiz ko'zlar orasida pichirlab.
– Jaewonim, seni oldin topmaganim uchun meni kechir – qiz yanoqlariga nam lablarini bosib o'pa boshladi. – Hali tuzalib ketasan. Oq libosda meni oldimda turasan. Uzugimni taqasan. Meni rafiqam bo'lasan. Malikam, bizni uzoq baxt kutyapdi faqat men uchun kurash. Taslim bo'lma! – degancha mahkam quchoqlab olgan edi qizni. Lekin Jaewonni ahvoli og'irlashardi. Jungkookni ushlagan qo'llari, yigit yelkasidan sirg'alib tushdi. Jungkook birdan qizga qaradi. Va yurak urishni tekshiradigan computer ekranidagi chiziqlar bir tekista paydo bo'la boshladi. Xonaga bostirib tezda hamshira va shifokorlar kirib kelishdi va Jungkookni baqirishiga e'tibor bermay olib chiqishdi.
– Farishtam, o'tinaman men uchun yasha! Meni tashlab ketma, Jaewon! – Jungkook devorni tepgancha baqirib gapirardi.
Kechki shamol qabriston bo‘ylab sekin esardi, osmon esa pushti va to‘q ko‘k ranglarga bo‘yalgan edi. Daraxtlar soyasi yerga cho‘zilib, har bir tomchi yaproqlarni silkitar, ularning shivir-shiviri tinchlik bilan aralashardi. Qabriston jim, faqat shamol va ba’zi masofadagi qushlarning so‘nggi chaqirig‘i eshitilardi. Jungkook asta qadam tashlab, qo‘lida yangi gullar bilan kelardi — ularning hidini shamol bilan aralashtirib, go‘yo o‘tmishdagi xotiralarni uyg‘otardi. Har bir qabr yonidan o‘tganida yuragida og'riq turardi, lekin yuragida faqat bitta qabr bor edi: Jaewoniki. U yerda to‘xtab, gullarni ehtiyotkorlik bilan yerga qo‘ydi, lablari titrab, ko‘zlaridagi yoshlar gullarning yaprog'iga aralashib oqardi. Qabristonning sokinligi va kechki yorug‘lik Jungkookning ichki og‘rig‘ini yanada chuqurlashtirardi, lekin u bilardi bu yerda, bu lahzada, u sevgisini so‘zsiz ifoda qilmoqda edi.
– Men yana keldim, farishtam. Ishonamanki, sen tinch orom olyapsan. Meni malagim. Oradan bir yil o'tdi. Seni sog'indim. Ofiringni to'yib hidlashni, seni yana bag'rimga bosib, yoqimli sevgi izhorlaringni eshitishni istayman. Jaewon, qaniydi vaqtni uch yil ortga qaytarganda seni asrab qolgan bo'lardim. Meni kechir, sevgilim. Men yana kelaman oldinga. Xayr, farishtam – Jungkook ko'z yoshlari tuproq bilan aralashib ketdi. Yigit o'rnidan turgancha uzoq qabrdagi ismga tikilib keyin bu yerni tark etdi. ""
• Qiz qo'lidagu kitobga o'xshash blaknotni olgan yigit, uni stol chetiga qo'ydi. Va qizni kelinlik usulida ko'tarib yotoqxonaga olib bordi. Qizni divanga qo'ygan edi, qiz peshonasidan o'pdi.
– Hikoyani ayanchli tugatish shartmi, Jeon xonim? – dedi Jungkook qizni yotoqqa ikki qo'li bilan mahkamlagancha.
– Anchadan beri tragediya janrda kitob yozmagandim. Bu safar shunday tugatishga qaror qildim. – dedi qiz Jungkook bo'ynidan qo'llarini o'rab. Jungkook mayin tabassum qildi. Jungkook qizni quchog'iga olib yotdi
– Muhimi, sen tuzalding. Va men bilansan. Seni qo'yib yubormayman,farishtam – Jungkook shunday degancha qiz bo'yniga yuzini ko'mib oldi.
– Mm, mendan qutula olaman deb o'ylaysizmi? Yo'q siz menga yopishib qolgansiz. Siz faqat Jeon Jaewonga tegishlisiz. – dedi qiz yigit sochlarini tartibsiz holatga keltirib.
– Sen esa Jeon Jungkookga tegishlisan, Jeon xonim. – deb lablarini qiz lablariga bo'sin chuqur bo'sa ola boshladi.