SEVGI MAKTABINING 7 SIRLARI
Dahye oʻrnidan turib ketdi va Bonani sochidan ushlab turgan qizning qoʻlini ushlab qayira boshladi
Dahye ; sen nima ishing bor sochini yigʻadimi yoki yoyadi aa
Shu payt haligi qizning sherigi Dahyeni qoʻlidan ushlab siltab tashladi lekin buni koʻrib turgan Jaevon,Jia,Yuna va Bona oʻrinlaridan turib ikki qizning atrofini oʻrab olishdi
Jia : sen oʻzingdan ketmayapsanmi
X ; oʻzumdan ketsam nima qilasan ,churvaqa
Bundan keyin Jaevonning gʻazabi qaynab ketdi va qizning sochidan qattiq ushlab jahl bilan gapirdi
Jaevon ; hoy ,menga qara haddingni bil .Kim bilan gaplashayotganingni his qil
Yuna : agarda his qila olmasang his qildirishga bemalol kuchimiz yetadi
Shu payt xonaga Lili kirib keldi va qizlarni ajratishga tushdi
Lili : qizlar boʻldi iltimos bas qilinglar
Jia ; Lili hamma narsaga burningni tiqaverma
Lili : qizlar direktor bizni xonaga kelyapti iltimos oʻtiringlar
Dahye: qizlar boʻldi , jaevon uni sochini qoʻyib yubor
Jaevon qizni siltab qoʻyib yubordi va Jia bilan birga borib joylariga oʻtirishdi Lili bona bilan Dahye esa Yuna bilan oʻtirardi.Ularga qarab turgan Suga va Jhope sekin oldinga qaradi va Suga sekin Jhopega pichirladi
Suga : ehh essiz juda zoʻr tomosha boʻlayotgan edi
Jhope ; qiziq nega direktor bizni xonaga kelyapti ekana .
Bu payt Bona Lilidan haligi qizlar haqida soʻrar edi
Bona : Lili nega ular buncha qoʻpol ,yomon qizlarmi ,ismlari nima
Lili : bular sinfimizdagi bezori qizlar birinchisini ismi Tami ,keyingisiniki esa Dora ,Tami Sugani Dora esa Taehyungni sevadi garchi yigitlar ularga eʼtibor qilmasa ham
Shu payt xonaga matematika oʻqituvchisi Park Jimin kirib keldi
Jimin ; salom oʻquvchilar,adashmasam bizda yangi oʻquvchilar bor ,ha mayli dars davomida tanishib olamiz
Dahye xonaga kirib sekingina oʻz joyiga oʻtirdi lekin Dora va Tami uning oldiga kelib gap boshladi .
Tami : xoʻsh ana endi yolgʻiz gaplashib olsak boʻladi
Dora : ortingdan qolmaydigan toʻrtta yugurdaklar qani
Bu gapdan keyin Dahyeni jahli chiqib ketdi va Doraga juda qattiq tarsaki tushirdi
Dahye ; ovozingni oʻchir, iflos
Dora ham Dahyeni uraman deb qoʻlini boshi uzra koʻtardi lekin kimdir uni qoʻlini ushlab qoldi bu Taehyung edi
Taehyung : bas qil va koʻzimdan yoʻqol
Taehyung : men senga yoʻqol dedim
Tami : sen hali maktabimizga kelganiga bir kun ham boʻlmagan qizni tarafini olyapsanmi
Taehyung ; YOʻQOL IKKALANG HAM
Qizlar Taehyungning bu qarashidan qoʻrqib ketdi va tezda uzoqlashishdi lekin Taehyungdan qoʻrqqan faqatgina Tami va Dora emasdi.Dahye ham undan choʻchib qolgandi ,buni sezgan Taehyung oʻzini bosishga harakat qildi chunki u Dahyeni qoʻrqitishni hoxlamasdi .
Taehyung :hoy ahvoling yaxshimi, kechir men seni qoʻrqitish uchun baqirmagan edim
Dahye : y..y..yoʻq hammasi yaxshi
Taehyung : tanishganimdan xursandman
Taehyung : bu qizlarga eʼtibor qilmasang oʻzinga yaxshi , hatto ular oʻzlarini oʻzlari tushunishmaydi
Bona kutubxonaga kirdi lekin u yerda hech kim yoʻq edi.U sekin kitoblarni bir chetdan koʻra boshladi va koʻzi tepada turgan bejirim muqivali kitobga tushdi va uni olish uchun oyogʻini tagiga stul qoʻydi baribir boʻyi yetmadi , birdan stul qimirlab Bona qulayotganda uni baquvvat qoʻllar tutib qoldi.Bona sekin asta unga qaradi va bu Namjoon edi
Namjoon; bu yerda nima qilyapsan
Bona oʻzini sekin oʻnglab Namjoonning quchogʻidan chiqdi
Bona ; kitob oʻqish uchun keldim
Namjoon; kimdan ruxsat soʻrading
Bona ; nima kitob oʻqish uchun kimdandir ruxsat olishim kerakmi😒
Namjoon ; bu kutubxona menga tegishli
Bona : etiboring uchun bu kutubxona maktabga tegishli
Namjoon ; bu maktabdagi hamma biladi bu yerga mendan boshqa hech kim kirolmasligini
Bona; nega ekan ,menga qizigʻi yoʻq
Bona shunday deb oʻzi qidirgan kitobni oldi
Namjoon : bir safar indamadim keyingi safar qadamingni ham bosma
Bona shunday deb kutubxonadan chiqib ketdi
Jaevon bilan Yuna maktab koridorlarida yurar ekan ortlaridan kimdir tinmay kuzatayotganlarini sezishdi va...