August 27, 2025

𝐒𝐇𝐄𝐂𝐊𝐋𝐄𝐃 𝐃𝐄𝐒𝐈𝐑𝐄🚭

I wanted revenge, but you are the flower that turned my revenge into love, Jae.

#Shackled_Desire


Episode 5


***

PovJaewon:
Mashinani rasvo qildim. Va mashinani tuzatishga pulim yetmasligi aniq. Bu qadar qimmat mashini orqasiga mashinangni etib urguncha , daraxtga etib urganim yaxshi edi. Jin ursin hammasini. Mashina oldida qaddimni tik tutishdan oldin, oldimga kelgan yigit aurasini his qildim. La'nati men yana nigohim o'sha yerga tushdi. Va ovoz kelgani uchun tezda qaddimni rostlab, yigit nigohiga tikildim. Bu o'sha menga tanish ko'zlar....

• Bir necha daqiqalardan so'ng.

PovAuthor:
Mashina ichida qattiq taranglik sabab, faqat yerda ishqalanayotgan shinalar ovozi chiyillashi kelardi. Mashinani qiz asabiy holda haydar ekan, oynadan orqada o'tirgan yigitga nigoh tashladi.

— Men sizning shaxsiy haydovchingiz emasman! ) qiz rulni qattiqroq siqar ekan, qizil chiroq yongani sabab, tormozni bosdi. Yigit nigohini qo'lidagi planshetidan uzmasdan lablarida jilmayish paydo bo'ldi.

— Buni meni mashinamga mashinangni eltib urmasdan oldin o'ylash kerak edi, qizaloq!? ) Jungkook gapirar ekan, qizga kichik nigoh tashlab qo'ydi.

— Sizga tuzatib berishimni aytdim. Buni yuzimga solavermang! ) qiz sochlarini yelkasidan orqasiga tashladi. Qiz shunda mashinani ataylab silkitishni xohlab birdan gazni bosib qayta tormozni bosdi. Jaewon yigit orqa o'rindiqda albatta boshini urib olgandir deb umid qilgancha, Jungkookga qarar ekan birdan yuzida tabassum so'ndi.

— Yaxshi, ish qilmading. ) deya pinagini buzmasdan Jungkook qizga gapirdi.

—La'nati! ) Jaewon shunda tezroq Jungkookni kompaniyasiga olib borish uchun mashinani tez haydadi.



Timeskip➡️
PovAuthor:
Mashinani juda katta bino oldiga kelib to'xtatgan qiz, hayrat bilan binoga tikildi. Qiz pastki labini tishlari orasiga olib, tishlari bilan ezg'ilar ekan buni kuzatib turgan orqa o'rindiqdagi yigit og'ir yutundi. U hozir nazoratini yo'qota olmaydi. Shunday ekan qattiq tomoq qirib qizni shoshiltirib qo'ydi.

Jungkook: Men bilan ofisimga borasan. ) birdan bu qarorga kelgan yigitga qiz norozi ohangda gapirdi.

Jaewon: Men universititimga kech qoldim. Albatta siz sababli. Endi siz bilan ofisha kirishimni talab qilyapsizmi? ) qiz mashinadan tushmagan holatda yigitga qaramay gapirdi.

Jungkook: Sen Turk tilini bilishing haqida eshitgandim, bu rostmi? ) to'satdan berilgan savolga Jaewon, Jungkookga qaradi. Buni faqat o'zi va otasi bilar edi.

Jaewon: Ha, bilaman. Muammo bormi? ) qiz unga sovuq javob berishga harakat qildi ammo yumshoq ovozda ohista gapirdi.

Jungkook: Men bilan mehmonlarni kutib olasan. Mashinadan tush. ) yigit ohangida bahslashishga o'rin qoldirmadi.

• Qiz va yigit mashinadan tushishdi. Ular bino ichiga kirib borishar ekan, Jaewon bu begona muhit va begona odamlar oldida noqulay bo'lardi. Shu sababli Jungkook bilan teng holatda ketardi. Bino ancha baland edi. Ular lift tomon kelishar ekan, qiz to'xtab qoldi. Jungkook lift ichiga kirgancha unga qoshini ko'tarib qaradi. Jaewon unga liftdan qo'rqishini ayta olmasdi. Shu sababli ikkilangancha lift yopilishidan oldin tezda ichkariga kirdi.



Timeskip➡️
PovAuthor:
Shisha devorlari orqali butun shahar manzarasi ko‘rinib turgan keng majlis xonasi zamonaviy ruhda bezatilgandi. Katta, qora rangda oval shakldagi stol markazda joylashgan, uning atrofida charmdan yasalgan kursilar tartibli qator bo‘lib joylashtirilgan edi. Stol ustida tartibli qilib qo‘yilgan noutbuklar, stakanlar va ingichka qora ruchkalar yaltirab ko‘rinar, yon tomonda esa katta ekranli monitor majlisni boshqaruvchi taqdimotga tayyor turardi. Havoda yangi tayyorlangan qahva va yengil atir hidi aralashib, muhitni hushyor va jiddiy tutib turardi. Jungkook stolning bir tomonida, uning qora kostyumi mukammal tarzda yelkalariga yopishgan, qo‘lidagi ruchkani ohista aylantirib o‘tirgan edi. Uning qarshisida esa Jaewon joylashgandi. Ikkinchisining nigohi hushyor, qo‘lidagi daftarni varaqlab, uchrashuvning eng muhim nuqtalarini qayd etardi. Ikkisi o‘rtasida so‘zsiz bir tushunish, sukunat ichida sezilib turadigan o‘zaro kuchli aloqa mavjud edi. Jungkookning nigohi vaqti-vaqti bilan Jaewonga tushib, go‘yo boshqa hech kimni ko‘rmayotgandek bir lahzaga to‘xtalib qolardi. Shunda xonaga kirib kelgan turk kompaniyasidan kelgan vakillari edi.

Suxbat turk tilida boshlandi.

Janob Cemal: Janob Jungkook? ) degancha Jungkook tomon yurib keldi. Jungkook ham qo'l berib salomlashgancha, kursida o'tirishini imo qildi. Turk hodimlari o'z joyiga joylashar ekan, Jungkook oldida noqulay asabiylashib tizzasini qimirlatayotgan qizga qarab qo'yishdi. Shunda Jaewon Jungkookga qanday yordam kerak ekanini tushunmay qarab turardi. Qiz Jungkook nigohi o'ziniki bilan bog'langanidan foydalanib, nima qilishim kerak deganday lab qimtidi.

Jungkook: Mening tarjimonim bo'l. ) dedi. Turk vakillari bu suxbatmi chetdan tomosha qilishardi. Jaewon nozorilik bilan bosh irg'adi.

Jaewon: Merhaba, ben Jungkook Bey'in tercümanı olacağım. (Salom men Janob Jungkookning tarjimoni bo'laman) ; dedi suxbat shu orada davom etarkan, qiz Jungkookning har bir gapini turk tilida tarjima qiv gapirardi. Negadir muhit negadir qizg'in tus oldi. Jungkook nigohi Janob Cemal yordamchiga tushdi. Yordamchi pastki labini yalagancha qizning ochiq oppoq sonlarida edi. Shunda Jungkook qo'liga qurolini olib, turk tilida gapirdi. Va O'rnidan turdi.

Jungkook:Cemal, yardımcının ölmesini istemiyorsan onu odadan çıkar. (Jemal, yordamchingning o'lishini hohlamasang, uni xonadan chiqarib yubor.) Jungkookning bu harakatidan qotib qolgan qiz Jungkook oldida tik turdi. Janob Cemal yordamchisiga qaradi. Va yordamchi xonadan chiqib ketdi. Qiz bu holatdan og'ir yutundi. Janob Cemal sof kores tilida Jungkookni tinchlantirish uchun gapirdi. Bundan qiz ikkinchi bor qotib qoldi.

Janob Cemal: Jeon, shunchaki meni ma'zur tuting. Shartnoma imzolandi deb qabul qiling. Va men ketdim. ) degancha u qiz va Jungkookni xonadan yolg'iz qoldirib chiqib ketdi.

***
• Jungkook qurolini stol ustiga qo'ygancha, unga tikilgan g'azabli nigohlarni o'ziniki bilan ushlab oldi. Qiz tomon o'girilib masofami yopdi. Jaewon gapirishidan oldin Jungkook uni gapini bo'ldi.

Jungkook: Kalta yubka. Bu seningcha senga zarar keltirmaydimi? Har qanday erkak bu holatda esdan og'adi, Kang xonim? ) qiz nafas olish ritmi buzildi. Orqaga qadam tashlar ekan, yigit uni bilagidan egalik bilan ushlab oldi.

Jaewon: Nima meni o'yin qilyapsizmi? Meni nega bu yerga olib keldingiz? Meni yordamimga muhtoj emas ekansiz-ku. ) deya titroq ovoz bilan gapirdi.

Jungkook: Savollarni javobsiz qoldiraman, Suis bella. ) deya qiz tomon yana qadam bosdi. Ilk bor qizga nisbatan ishlatilgan bu italyancha laqab sabab Jaewon yuragida notinchlikni his qildi.

***
14:32
PovAuthor:
Seulning abedgi sokin, ko‘chalar bo‘ylab avtomobillar tinimsiz harakatda, tirbandlik orasida signal tovushlari aralashib ketar, piyodalar esa yo‘l chetidagi tor trotuarlarda o‘z shoshqin odimlarini tashlardi. Osmonga qaratilgan osmono‘par binolarning oynalari quyosh nurlarida yarqirab, shaharni yanada kattaroq, yanada jo‘shqinroq ko‘rsatardi.Jaewon qo‘lida kichkina sumkasini ushlagancha, keng yo‘lakdan odimlab borardi. Qiz yigitni la'natlagancha bo'lgan ishdan mutlaqo xursand emasdi. Havo iliq, biroz shamollab turgan, atrofda qahvaxona va kichik do‘konlarning eshigidan chiqayotgan xushbo‘y hidlar ko‘ngilni tetiklantirardi.Ammo Jaewonning nigohi to‘satdan yon ko‘chaga tushdi. U yerda, qorong‘iroq burchakda, bir guruh bezorilar bir yigitni o‘rab olib, shafqatsizlarcha urayotganini ko‘rib qoldi. Yigit besh olti ta bezorilarga hujum qilardi ammo zarbalar ketma-ket yog‘ilardi. Bezorilar qahqaha otib, qo‘llaridagi tayoqlar bilan uni ura boshlashar, ularning harakati qo‘rqinchli va yovuzona edi.Jaewonning yuragi beixtiyor tez ura boshladi. U bir zumda to‘xtab, vaziyatni kuzatdi. Atrofdagi odamlar bu manzarani ko‘rib ham o‘z yo‘lidan davom etardi, go‘yo begona dard ularga tegishli emasdek. Shahar shovqini bu zo‘ravonlikni yutib yuborar, ammo Jaewon uchun bu lahza vaqtni to‘xtatgandek bo‘ldi. Ichida ikkilanib, lekin qaror qilishi kerakligini his etdi: yo ko‘z yumib ketish, yo yordam berish. Shunda Jaewon telefonidan palitsiya signalini yoqdi. Va o'zi rolga kirgancha huddi palitsiya kelayotgandek qo'llarini bezorilarga qaratdi.

Jaewon: Mana ular. Qarang, qochib kutishyapdi! ) qiz shovqin ko'tarib baqirgancha ular ketishini kuzatdi. Bezorilar bu holatdan qo'llaridagi tayoqlarni yerga uloqtirgancha qochib ketishdi. Shunda Jaewon fursatdan foydalanib, yigit oldiga bordi. ) Hey, sen. Ahvoling yaxshimi? ) yigit lablari qon va yuzida ko'karishlar bor edi.

Yigit: Sen kimsan? Nima, qo'rqmaysanmi? ) yigit qizni qo'pol gapirgancha yengi bilan labini chetini artdi.

Jaewon: Ayshh, men senga yordam bersam-u, raxmating shumi? Tsk.) qiz yigit nigohidan ko'zlarini olgancha mensimagan ovoz chiqardi. Yigit qizni turtib o'tib ketdi.

Yigit: Yo'lingdan qolma... ( Yigit joyida to'xtagancha orqasiga qaramay gapirdi.) Sehun. ) dedi qiz unga tushunmay qaradi.

Jaewon: bu raxmatmi?

Sehun: Ismimni eslab qol, burunduqcha. ) shunday degancha yigit orqaga qaramay ketib qoldi.

Timeskip
Politsiya mahkamasi
PovAuthor:
Politsiya mahkamasi ichida keskinlik hukm surardi. Tor, uzun yo‘laklarda qorong‘i sarg‘ish chiroqlar yonib turar, devorlar bo‘ylab sovuq oq rangli bo‘yoq odamning kayfiyatini yanada bosib qo‘yardi. Har bir qadam tovushi g‘isht devorlardan aks-sado berib, havoga qo‘shilardi. Hamma yerda temir eshiklar, yuqorida esa kuzatuv kameralar ko‘zini chaqnatib, befarq tikilayotgandek ko‘rinar edi.Tutqunlar xonasi esa bundan-da og‘ir edi. Tor, oynasiz xonaning burchagida faqatgina bir dona metall kursi, stol va shiftga qadalgan kuchli lampaning qizg‘ish nuri hukmronlik qilardi. Shu xonada Jungkookning yordamchilaridan biri, qo‘llari orqasidan kishanlangan holda, kursiga zo‘rlab o‘tirg‘izilgandi. Uning ko‘zida charchoq, lablarida qon izlari, ammo baribir yon bermaslikka uringan qat’iyat sezilardi.Eshik qattiq ochilib, ichkariga Janob Kang kirib keldi. U qora kostyumida, yuzida sovuq tabassum bilan tutqunga tikildi. Stolga qo‘lini sekin urib, o‘tkir nigohini mahbusning yuziga qadadi.

Kang: Demak, Jungkook seni yuborgan, — dedi u past, ammo tahdidli ovozda. — Qani ayt-chi, uning qurol ombori qayerda? Bu safar nimaga tayyorlanmoqda? (Tutqun jim qoldi, hatto nigohini ham qimirlatmadi. Janob Kang yoniga sekin engashib, uning qulog‘iga yaqinlashdi.

Kang: Agar sen aytmasang, men boshqa yo‘l topaman. Faqat sen emas, balki boshqalar ham to‘lanadigan qarzga aylanadi, — dedi u pichirlab. Havoda zo‘ravonlik soyasi yoyildi. Shiftdagi lampa beparvo yonib turar, ammo xona ichida taranglik hamma narsani ezib yuborar, go‘yo nafas olishning o‘zi qiyin edi.

Yigit: Janob Jeon albatta sizdan o'z otasini nohaq to'kilgan qoni uchun qasos oladi, Janob Kang. ) yigit shunday degancha yuzini burishtirdi. Va qahqah otib kuldi.

Kang: O'CHIR OVONZINGNI. O'ldiring uni. Tanasi itlarga bering, Jin ursin la'nati!! ) deya yigit peshonasiga o'q uzdi.

Janob Kang

Timeskip
PovAuthor:
Kechki payt Seulning baland binolari chiroqlarini yoqib, shaharni oltin va binafsha ranglarga burkayotgan bir paytda Jungkook ofisida yolg‘iz qoldi. Shisha devorli kabinetidan pastdagi shahar manzarasi butunlay ko‘rinib turardi: avtomobillarning chiroqlari uzun yo‘llarda oqim bo‘lib ketar, odamlar esa kichik nuqta singari ko‘rinardi.U qo‘lida telefonini mahkam ushlab turar, ekranda esa hech qanday xabar yo‘q edi. Qo‘llari biroz titrardi, lekin yuzida hech qanday ifoda yo‘q – muzdek, o‘qib bo‘lmas nigoh.Yon stolda ochilmagan hujjatlar va tahlil qog'ozlar yotar, ammo ularni ko‘rib chiqishga ham ko‘zi ishtiyoqi yo'q edi. Go‘yo vaqt o‘zi uchun to‘xtab qolgandi. Faqat tashqarida shamol qog‘ozlarni sekin shitirlatib, xonaning sovuq jimjitligini buzib turardi.Jungkookning ko‘zlari shahar chiroqlarida uzoqlarga qadalgandi, birdan eshik taqqiladi va xonaga Taehyung kirib keldi.

Taehyung: Dysonni ushlashdi. Va undan xabar yo'q menimcha Kang uni o'ldirgan. ) dedi. Jungkook Taehyungga qarar ekan, Jungkook nigohida qandaydir afsus bor edi.

Jungkook: Dyson, u yaxshi yordamchi edi. Jin ursin barini. ) dedi ovozi boricha gapirdi.

Taehyung: Endi nima qilmoqchisan? Kang u biz bilgandek emas. ) Taehyung qorong'u nigohini yigitga tikdi. Jungkook nimadir tushungacha tezda javob berdi

Jungkook: Taehyung, bu yerdagi ishlar senga qoladi. Omborni borib tekshirib kel. Men ketishim kerak . ) yigit tezda xonadan chiqib ketdi. Taehyung unga tushunmay qaradi.




PovAuthor:
Jaewon qahvaxonaning eshigini sekin ochib, tashqariga chiqdi. Issiq qahva hidiga singib qolgan muhitdan so‘ng ko‘cha havosi ancha tetik tuyuldi. Bir qo‘lida yangi olingan qog‘oz stakan, ikkinchi qo‘lida esa kichkina paketda shirinlik. Qizning ko‘zlari biroz charchoqni yashirib turardi, ammo baribir qadamlarida qat’iyat sezilardi.Atrof gavjum edi: odamlar o‘z yo‘liga shoshilar, ko‘chadan mashinalar oqib o‘tar, yon tomondagi kichik do‘kondan musiqaning yengil ohangi eshitilib turardi. Jaewon ko‘cha o‘rtasida to‘xtab, bir yudum qahva ichib, yo‘lini davom ettirmoqchi bo‘ldi.Shu payt oldidan tanish ovoz eshitildi. Nigohi ko‘tarilganda, qarshisida Eun Woo paydo bo‘ldi. U odamlar oqimidan ajralib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jaewonga yaqinlashar, yuzida biroz sirli, biroz sokin tabassum bor edi. Jaewonning yuragi beixtiyor tez ura boshladi. Bir lahza qo‘lidagi qahva stakani issiqligini ham sezmay qoldi. Ko‘cha shovqinidan ajralib, go‘yo faqat shu ikki odamning uchrashuvi muhimday tuyuldi.

Jaewon: Eun Woo? Bu yerda sen nima qilyapsan? ) Eun Woo qizga yaqinlashib kelarkan yuzida yoqimli tabassum bor edi.

Eun Woo: Shu yaqin atrofda edim. Seni ko'rishim bilan oldinga keldim, Jae~. ) Bu ikkinchi bor aytilgan yoqimli laqab.

Jaewon: N-nima? ) yanoqlari qizarishga ulgurgan qiz tutilib qoldi.

Eun Woo: Mmm, balki vaqting bo'lsa birga kinoga borarmiz, a nima deysan? ) qiz sumkasidan telefonini olib soatga qaradi. 19:13 hali 21:00 gacha vaqt bor.

Jaewon: Mayli, menda vaqt bor. ) deb nim tabassum qildi.

PovAuthor:
Shu gavjumlik orasida qora, tonirovka qilingan mashina bir chetda sokin turardi. Ichkarida esa Jungkook o‘tirardi — qo‘lida sigaret yonib turar, ammo u bir marta ham tortmadi. Faqat yonayotgan uchqun qahrli nigohini yoritib qo‘yardi.Uning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chadagi ikkita odamga qadalgan edi.Jaewonning qo‘lida qahva, yonida esa begona yigit. Ularning yonma-yon ketishi, gaplashib kulib qo‘yishi, go‘yo butun dunyo faqat o‘sha ikki odam atrofida aylanayotgandek ko‘rinardi. Jungkookning yuragi g‘azabdan qattiq ura boshladi. Ularning harakatini ko‘rgan sayin ko‘zlarida rashkning yovuz olovi yonib, yuzida sovuq ifoda qat’iy tortilib bordi. Mashina salonidagi sukunat bosimday edi. Jungkookning jag‘lari qattiq qisilgan, mushtlari esa rulda mahkam tugilgan edi. U ichida g‘azab bilan yonar, ammo tashqaridan qahri qattiq odam bo‘lib ko‘rinardi.

Jungkook: Demak…Suis bella, sevganing bormi?) telbanamo jilmaygancha birdan jiddiy tus oldi) Yo'q qilaman! Go'shtini nimatalab tashlayman. Seni esa juda qiyin ahvolga keltiraman, qizaloq!

.
.
.

6-episode tugadi. Bu safar endi reak va comentni men aytgan limitda to'ldirmasangiz fanfic muzlataman. Yoqimli mutolaa shirintoylarim💗