𝗤𝗔𝗡𝗢𝗧𝗦𝗜𝗭 𝗙𝗔𝗥𝗜𝗦𝗛𝗧𝗔𝗠
Uyga kirganingda go‘yo vaqt bir lahza to‘xtagandek bo‘ladi — Minsu Seokjinning tug‘ilgan kuni uchun yaratgan manzara, butun bir hikoya edi. Xona keng, yorug‘ va poklikdan yaltirab turardi: devorlar bo‘ylab oppoq, kumush va mayin pushti rangdagi sharlar turlicha balandlikda osilgan, ularning har biri xuddi yulduzday sekin tebranib yon-atrofga mayin akslar sochar edi. Tom ostiga esa uzun-uzun LED chiroqlar ilingan bo‘lib, ular xonani mo‘’jizaviy sokinlik bilan yoritib, rangini asta sepiqqan tong nuriga o‘xshatardi. Burchakda turli o‘lchamdagi sovg‘a qutilari juda ehtiyotkorlik bilan joylashtirilgan, har birining ustiga Seokjin uchun kichik yozuv — “sizni sevama”, “mening farishtam Seokjin”, “mening hayotim” kabi samimiy so‘zlar yozilgan lenta bog‘langan. Deraza tokchasiga oppoq atirgullar guldastasi qo‘yilgan bo‘lib, ular xonaga toza hid, iliq kayfiyat va bayramning jozibasini qo‘shardi.Ammo eng katta sehr stol atrofiga to‘plangandi: dasturxon oppoq atlas matodan, uning ustida kumush rangda taralgan mayda yaltirashlar xuddi tungi osmonda tarqalgan yulduzlardek ko‘rinardi. Markazga qo‘yilgan shisha shamdon ichida yonayotgan mayin olov stol ustini iliq nur bilan qamrab, hamma bezaklarni bir butun qilib ko‘rsatardi. Atrofida Seokjinga oid kichik detallardan mohirona kompozitsiya yaratilgan: uning eng sevimli guli bo‘lgan yupqa yaproqli oq liliyalar, kichkina ramkalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘yilgan kulguli, esdalik suratlari, kumush lenta bilan chambarchas o‘ralgan miniatyura notalar shodasi — hammasi go‘yo “bu joy sen uchun, sen muhimsan, sevgilim” deb jaranglardi. Har bir detalning joyi aniq, har bir o‘ylangan kichik nuqta mehrning sukutdagi ifodasi edi. Xona nafaqat bezatilgan, balki yurakka tegadigan darajada mehr bilan yaratilgandi — shunday atmosfera ediki, bu yerga kirgan odam Minsu bu bayramga nechog‘li qalb qo‘shganini darrov sezardi. Minsu stolga kichik qutini qo'ydi.
– Seokjin, ishonamanki sovg'am sizga yoqadi – deya qiz chuqur nafas oldi. Shunda birdan eshik jiringladi. Minsu yugurib borib eshikni ochdi. Qarshisidagi erini ko'rgan Minsu baxtdan sarmast bo'lay dedi. Yigit kelib qizni mahkam quchdi. – Seokjin, ahvolingiz yaxshimi? – qiz havotirlanib so'radi. Yigit qizni mahkam quchoqlab oldi.
– Seni sog'indim, kichkina farishtam. Biroz shunday turaylik – degancha qiz bo'yniga nam bo'salar qoldirdi.
– Siz uchun sovg'am bor – degancha yigitni mehmonxonaga olib bordi. Xonaga kirishdan oldin Minsu to'xtadi. – Ko'zlaringizni yuming – Seokjin ohista ko'zlarini yumdi. Minsu Seokjin xonaga olib kirdi. O'zi esa sevgilisini kaftini qo'yib yubordi.
– Minsu? Ko'zlarimni ochaveraymi? – qizdan sas sado ham kelmadi. Yigit biroz kutdi va ko'zlarini ochishi bilan Minsu qarshisida tort bilan turardi.
– Tug'ilgan kuningiz bilan ~ , tug'ilgan kuningiz bilan sevgilim. Tug'ilgan kuningiz bilaaaaaaan. Qani tilak tilang ~ – Minsu tabassum bilan yigitga qarab turardi. Seokjin ko'zlarini yumib shamlarni pufladi va Minsu qo'lidan tortib olib stolga qo'ygancha qiz lablariga labini bosdi . Bo'sa ancha davom etdi. Seokjin ayolini qo'yib yuborishni istamasdi toki Minsu yigit ko'ksidan biroz itarib to'xtatmaguncha.
– Menda yana sovg'a bor. Bu asosiysi. – deya stoldagi qutichaga ishora qildi qiz. Seokjin tushmay qutini qo'liga oldi. Kichik bantikni tortib olib qutichani og'zini ochdi. Ichida esa qandaydir qog'oz turardi. Buklangan qog'ozni ochishi bilan Seokjinni ko'zlari kattalashib keyingisida esa yoshlarga to'ldi.
– Minsu yaaa~, Minsu, men ... Men.... Men ... Men OTA bo'laman ahhh, sevgilim – degancha qizni qo'llarida ko'tarib atrofga aylantirdi va mahkam quchoqlab oldi. – Raxmat, farishtam. Katta raxmat menga shunday baxtni berganing uchun. O'zimni muslima ayolim. Meni farishta ayolim, Minsu Minsu – degancha qizni yuzini har bir qismini o'pib chiqdi.
– Sizni sevaman, Kim Seokjin – qiz shunday degancha yigit yanog'idagi yoshlarni artdi. Seokjin qiz kaftini o'pdi.
– Men seni ko'proq sevaman, hayotim mazmuni, Kim xonim – deya qiz lablari bilan labini birlashtirdi.