October 6, 2025

𝗧𝗨𝗚𝗜𝗟𝗚𝗔𝗡 𝗞𝗨𝗡

.
.
.
.
.
.
Timeskip➡️
PovAuthor:
Yarim tun. Soat 2:42 atrofida edi. Qiz divanda o'tirib, issiq qahvani ohirini tugatar ekan, stakanni stol ustiga qo'yib devorga osilgan elektr soatga qarab qo'yardi. Uyqisirab, esnagan qiz qo'llarini keng yoygancha chuqur nafas oldi. Yarim tun bo'lishiga qaramay eridan darak yo'q. Qiz havotir olardi. Uyoqdan buyoqqa yurayotgan Aein ko'z kosasiga yosh to'lib kelardi. Taehyung bu kabi kech olmas edi. Qiz qo'liga telefonini olib yana qong'iroq qildi. 66 ta chaqiruv, 25 ta qizil tugma bosilgan chaqiruvlar, 105 ta javobsiz qoldirilgan smslar.

Aein: Jin ursin! Jin ursin! Jin ursin seni Kim Taehyung qayerdasan!? Nega telefonini ko'tarmaydi! ) qiz sochlarini asabiy orqaga oldi. Birdan eshik qulf ochilgan ovoz keldi. Qiz telefonini divanga uloqtirgancha, yugurib eshik oldiga bordi. Oyoq kiyimini yechib, kaystumini yelkasiga tashlab kirib kelgan erini ko'rgan qiz havotiri tushdi ammo hali g'azablanib turardi) - Taehyung? Soat nechi bo'lganini bilasizmi? ) qiz tomon qaratilgan qop qora qorong'u nigohlar qizni jim bo'lishiga sabab bo'ldi.

Taehyung: Nega uhlamading? ) ilk bor aytilgan so'z bo'ldi. Qiz norozi ohangda gapirdi.

Aein: Sizni kutdim. Menimcha, mendan ham muhim ishlaringiz bilan band bo'lsangiz kerak. Har xolda sizni uyda kutadigan xotiningizni unutganingiz aniq. ) deya kinoya bilan gapirgan qiz labini burishtirgancha xonasiga zinalardan ko'tarilib ketdi. Yigit birdan uhh tortgancha devorga suyandi.

Taehyung: Zaxarli yo'lbarscham. ) deya nim tabassum qilgan yigit qiz ortidan xonasiga ketdi. Qiz allaqachon ustiga yopinchiq olib yotoqda uhlab yotgan edi. Yigit qizga nigohini tashlab, yotoqdan yostiqni oldi. Qiz buni sezgan holda eriga qaradi.

Aein: Qayerga ketyapman deb o'ylayapsiz?

Taehyung: Men zaldagi divanda uhlamoqchiman. ) dedi eshik oldida turib.

Aein: Ertaga qanaqa kun ekanini bilasizmi? ) qiz ko'zlari yoshga jiqqa to'lib turardi. Taehyung bu ko'zlarga yengilmaslik uchun xotiniga qaramay gapirdi.

Taehyung: Ahh, fuck! Ertaga Rossiyalik hamkorlar bilan muhim uchrashuvim bor edi. Sevgilim z eslatganing uchun raxmat) deya eshikni orqasidan yopib chiqib ketdi. Qiz yanoqlariga ko'z yoshlari oqa boshladi.

Aein: Ertaga tug'ilgan kunim....








PovAuthor:
7-Oktabr. Soat 18:47

Soat 18:47 edi. Shom havosi sokin, lekin biroz sovuq edi. Quyosh ufq ortiga yashirinayotgan payt, osmonning chetlari binafsha rangga kirgan, shahar esa sekin qorong‘ilikka cho‘mib borardi. Qiz ish joyidan chiqdi — yelkasi pastga tushgan, qo‘llari cho‘ntagida. Kun og‘ir o‘tgan, charchoq va g‘am aralash fikrlar yuzida aks etgan. Har bir qadami sekin, xuddi bu dunyo unga endi begona bo‘lgandek.Yo‘l bo‘ylab shamol yengil esib, sochlarining uchlarini o‘ynatar, qiz esa o‘yga tolib ketayotgan edi. Shu payt orqadan mashina g‘ildiraklarining shoshqaloq g‘ijirlagan ovozi eshitildi. U ortiga qarashga ham ulgurmay, qora “van” turidagi mashina yonida to‘xtadi.Eshik keskin ochildi — hammasi bir lahzada yuz berdi. Qizni kuchli qo‘llar tortib ichkariga olib kirib ketdi. Uning sumkasi yo‘l chetiga tushib qoldi, ichidan mayda narsalar to‘kildi — kalit, telefon, qog‘ozlar... Lekin hech kim ko‘rmadi, hech kim eshitmadi.Mashina bir soniyadan so‘ng g‘oyib bo‘ldi — shahar ko‘chalarida yana tinchlik o‘rnashdi. Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.Faqatgina yo‘l chetida qolgan kalitlar jim yotardi.

• Qiz uyg'ondi. Ko'zlari mato bilan bog'lgan. Tik turgan holatda. Qo'llari orqada bog'liq. Havo suvoq edi. Qiz tanasi titrab ketdi. Qiz orqaga qadam tashladi. Va qum. Qiz oyoqlari ostida namlikni his qildi. Qiz alanglay boshladi ammo sas sadosiz ovoz ham yo'q edi. Ammo birdan sovuq ovoz eshitildi.

– Joyingdan qimirlama, Cordelia. Bo'lmasa nozik uzun oyoqlaringni urib sindiraman. ) erkak ovozi qizga juda tanish edi ammo ovoz sal o'zgartiribroq va qo'pol ohangda edi.

Aein: K-kimsiz? M-m-mendan nima xohlaysiz? ) qiz qo'rquv aralash duduqlanib gapirdi.

– Cordelia. Ajoyib nom to'g'rimi? Senga juda mos, oppog'oyim.

Aein: Meni bunday chaqirishga haqqing yo'q! Erim kim ekanini bilasanmi? U seni o'ldiradi!! ) erkak oldidagi yigit tezda miyig'ida tuvushsiz tabassum qilib qo'ydi. Yigit qiz tomon yaqinlashar ekan, qiz ortidan kelib qizni belidan qo'llarini o'radi. Qiz tezda tipirchilashni boshladi ammo qiz to'xtadi. Shunda qiz yigit quchog'iga ko'proq kirdi. Yigit bundan hayron qoldi ammo yuzidagi tabassum kengaydi.

Aein: Meni qo'yib yubormang ) qiz uni quchgan yigitga dedi. Yigit erkakga qarab, otishmalarni tayyorlashni buyurdi. Yigit qizni qo'lini yechgancha uni o'ziga qaratdi.) Tae....

Taehyung: Bu mendagi atir sababmi yoki tez yodlab oldingmi, Sohibjamol? ) yigit qiz qulog'iga kelib shivirlar ekan, qaynoq lablarini qiz qulog'ini ortiga bosdi. Qiz endi gapirmoqchi edi ammo yigit qiz yuzini osmonga qaratib, ko'zidagi matoni bir unirinishda yechib tashladi. Va osmonda "Salyut" lar otila boshladi. Osmon bir daqiqa ichida rang-barang bo'ldi. Salyutlar har xil shaklda. Qiz hayratda qotib qoldi. Qiz shunda atrofga qaradi. Qiz sohilda edi. Qizil atirgullar, bezaklar, ikki kishilik stol. Nihoyatda go'zal.

Taehyung: Cordeliam uchun kecha yarim tungacha qolib ketdim va uni qo'rqitib yuborganim uchun meni avf etadimi? ) deya qiz belidan ushlab o'ziga tortdi.

Aein: Esingizdan chiqqan deb o'yladim. ) yigit bu gapdan qiz sochlarini to'zg'itdi.

Taehyung: Qanday qilib bunday deb o'ylading a? Ahir sendagi har bir kichik detallargacha bilaman. ) dedi qizga yaqin kelib. Taehyung qizni ortida turgan mashina oldiga olib keldi. ) ochamizmi? ) qiz bosh irg'adi tabassum qilgancha. Yigit mashina bagajini ochdi va qiz yana bir bor hayratlandi. U yerdagi gullar.... ) TUG'ILGAN KUNING BILAN, CORDELIA) Yigit baralla baqirib qiz, lablariga yopishib ketdi.