๐๐๐๐ก๐ ๐๐ก ๐๐ข๐ฉ๐ โพ ( ๐บ๐๐๐๐๐ ๐๐ ๐๐'๐ ๐๐'๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐ )
๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐ข๐ก๐๐๐๐๐๐๐ ๐ฬ๐ฆ๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐ง๐๐ ๐ฆ๐๐๐๐๐ง ๐๐๐๐๐๐๐๐, ๐๐ฬ๐๐๐๐โ๐ ๐ฬ๐ง ๐ฆ๐ฬ๐๐๐๐๐ง๐๐ ๐ก๐๐๐๐ โ ๐ข๐โ๐ข๐ ๐๐๐ ๐๐ข๐๐๐๐๐๐ ๐ก๐๐๐๐๐ฃ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐ง๐๐ ๐๐ฬ๐ฆ๐๐๐. ๐ป๐๐ ๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐ง โ๐๐ ๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐ง, ๐๐๐ง๐ ๐ฆ๐๐๐๐ ๐ฆ๐ฬ๐๐๐๐๐ โ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐, ๐ฃ๐ ๐๐โ๐๐ฆ๐๐ก, ๐๐๐ง๐๐๐๐ ๐ฬ๐ง ๐๐โ๐๐ ๐๐ข๐๐ฆ๐๐ฆ๐๐๐๐ง๐๐ ๐ฆ๐๐ โ๐๐๐๐ ๐๐ฬ๐๐๐๐ โ๐๐๐๐๐๐ก๐๐ ๐๐โ๐๐ โ๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐. ๐ต๐ข ๐ฆ๐ฬ๐๐๐, ๐๐๐ง๐๐๐๐ ๐ฆ๐ข๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ง๐๐๐๐ ๐ ๐๐ฃ๐๐ ๐ฃ๐ ๐๐๐๐๐ฆ๐๐๐๐ โ๐๐ ๐๐๐ ๐ ๐๐๐๐ฃ๐๐๐ ๐ฬ๐ก๐๐ โ๐๐๐๐ง๐๐ ๐๐ข๐โ ๐๐๐๐๐ โ๐๐๐..."
๐ ๐๐: ๐ด๐๐ ๐๐๐๐๐๐
#๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ #๐๐๐๐๐
๐๐ข๐ญ๐ฃ๐ช๐ฏ ๐ด๐ถ๐บ๐จ๐ข๐ฏ ๐ค๐ฉ๐ฆ๐ค๐ฉ๐ข๐ฌ๐ด๐ข๐ฏ, ๐ฎ๐ฐ๐บ๐ค๐ฉ๐ฆ๐ค๐ฉ๐ข๐จ๐ช๐ฎ
๐๐๐๐ก๐ ๐๐ก ๐๐ข๐ฉ๐
โข
โข
โข
โข
โข
Timeskip โก๏ธ
PovAuthor:
Osmon bulutli. Seul ko'chaladi peshin bo'layotgani uchun chiroqlar yona boshladi va bu shaxarga yanada chiroy bag'ishlardi. Sokin ko'chalar deb aytib bo'lmaydigan bu insonlar gavjum ammo insonlar shunchaki shoshilinchlarsiz o'z juftlari bilan birga sayr qilishardi. Bularni kichik bir kutubxona ichida stulda yolg'iz o'tirgan qiz xo'rligi kelib, yana kitobiga qaradi. Kitob nomi ' God of Melice ' Yovuzlik xudosi... Shunchaki, qiz bu sokin kutubxonada maroq bilan kitob mutolaa qilardi. Sochlari to'lqinsimon, ko'zlari qora ammo jigarrang aralashgan rangdagi, lablari g'uncha kabi, kipriklari qisqa ammo qiz yuziga chiroy qo'shayotgan qizil yanoqlar... Bu qizni yanada mukammal qilardi. Oldida turgan idishdagi qahvani trubichkasini lablari orasiga olgan qiz, oldinga tortdi va achchiq ammo shirin tamga ega bo'lgan qahvani ichib, tetiklashdi. Kitobning keyingi betini varoqlar ekan, yana shisha bilan o'ralgan qahvaxona oynasidagi tashqariga nigohini qaratdi.
โขโขโข
PovSeoyoung:
Qahvamni birov ho'plar ekanman, kitobning keyingi bobini varoqlab o'tdim. Ammo ohista esnash orqali nigohimni tashqariga qaratdim. Shunda nigohim piyodalar yo'lagida turgan malla ham deyib bo'lmaydigan ammo jigarrang, mm yana qandaydir ahh bu yigitdan nigohimni uzolmay qoldim negadir?!. Ammo u qora ko'zoynaklari borligi uchun ko'zlari ko'rinmas edi. Jin ursin u nima qilyapdi. Piyodalar yo'lagida yashil chiroq yonmadiku? Nega yuryapdi. Jin ursin uni qutqarishim kerak.
โข
PovAuthor:
Qiz shoshilib, qahvaxonadan chiqishi bilan yigit tomon yugurdi. Piyodalar yo'lagida mashinalar o'tishiga e'tibor bermagan qiz, tezda yigitga yetib bordi va yigit bilagidan ushlab, yo'lning narigi tomoniga olib o'tdi.
โข
PovJimin:
Bilaman. Sezyapman. Yashil chiroq hali yonmadi. Ammo mashina signallariga e'tibor bermay yo'ldan o'ta boshladim. Bu la'nati mashinalar ham hayotimni tugatishni xohlamaydi. Ko'zlarim ojiz bo'lmaganda balki hayotning yorqin tomonlarini ko'rgan bo'larmidim ahh. Shu hayollar og'ushida edim. Birdan....birdan bu issiq kaftlar... Bilagimni siqimlagan issiq kaftlar meni o'ziga tortgancha meni o'zi bilan olib keta boshladi. Hatto qadamlar ham ataylab, mashina egalari ustidan kulgandek sekin edi. Negadir yuragim ko'ksimdan otilib chiqqudek uryapdi. U to'xtadi uning yelkasiga ko'ksim yelgil urildi. Undan qandaydir yoqimli qulupnayning ifori kelardi. Jin ursin bu ifor judayam shirin va yoqimli edi
*
*
PovAuthor:
Qiz va yigit yo'lning narigi tomoniga o'tib to'xtashdi. Yigit ko'ksi behis qiz yelkasiga tegdi. Yigit boshini sezdirmasdan biroz egdi va mayin nafas oldi. Qizning qulupnay ifori yigitni aqldan ozdira boshladi. Qiz tezda yigitgan kaftini oldi. Va qiz yigit o'girilib qaradi. Qiz yigitni sinchkilib qarar ekan, lablari biroz ajraldi. Yigit shunchalik yoqimli va mukammal ediki qiz hayoti davomida bu mukammal yigitni ko'rmagan edi. Yigit nimadir deyish uchun og'iz juftladiyu lekin gap kelmadi.
Seoyoung: Janob? Siz yashashni xohlamaysizmi? Nega endi o'lishni tanladingiz? Aqlingiz zaifmi yoki? ) qiz gapirar ekan lablari orasida sezdirmay tabassum qilgan yigit qiz bilan oradagi masofani yopdi. Qiz ham qaysarlik qilib bir qadam ham siljimadi omma yigitga tushunqiramay qaradi.
Jimin: Agar, siz ko'rib turgan hayotni qorong'u zulmat aks ettirilgan holatda emas, balki rango-rang ko'rganimda yashashga ishtiyoqim so'nmas edi, Mia etulie... ) yigit barmoqlari qizning soch tolasini ohista siladi. Qiz tushundiki, yigitning ko'zlari ojiz ekani va qattiq gapirgani uchun asabiylashdi.
Seoyoung: Janob, uzr so'rayman. Men buni hatto tahmin ham qilmagandim... Aybimni yuva olamanmi? ) qiz yigitga nigohini ko'tarib mayin ovozda dedi. Chunki qiz o'zida uyat hissini his qildi.
Jimin: Men Park Jiminman. Shunchaki.. Jimin. Va siz?
Seoyoung: Han Seoyoung. Shunchaki... Seo ) qiz tabassum qilgancha unga uzatilgan kaftlarni siqimladi.
***
Timeskip โก๏ธ
PovAuthor:
Oradan kunlar o'ta boshladi. Qiz va yigit yaqinligi kun sayin mistahkamlasha boshladi. Ularning sevgisi boshlanishi shu tanishuvdan boshlangandi. Jimin ko'zlari ojiz bo'lgani sabab Seoyoung doim uni shu qahvaxonada kutib olardi. Va Jimin bilan birga shaxar aylanishardi. Seoyoung qalbida yigitga nisbatan qandadir his boshlangandi. Jimin esa qizni allaqachon sevib qolgan edi. Ammo bu haqida qizga aytishdan qo'rqardi, qiz rad etsachi degan o'ylovlar uni tunlari uyqusidan ayirardi. Bir kuni ular sohilga borishdi. Suv oldidagi qumlikga borib ikkisi ham o'tirishdi.
Seoyoung: Jimin~ sizdan bir shaxsiy savol so'rasam bo'ladimi? ) dedi qiz Jiminga yaqin o'tirgancha.
Jimin: Seo, sen mendan hamma narsani so'rashing mumkin? ) deya uzoqqa tikilgancha gapirdi.
Seoyoung: Jimin, ko'zlaringiz nima sabab ojiz? Siz oldin ko'zlaringiz ko'rganmi? ) dedi ikkilanish bilan yigitga qaradi.
Jimin: Ko'zlarim.. 15 yoshimdan beri ojiz. Shisha siniqlari sabab, ko'zlarim shikastlangan, Mia etulie...
15 YIL OLDIN/ YANVAR 12/ 00:45
PovAuthor:
Izg'irin sovuq. Bu yil qish yoqimsiz keldi. Hatto qor parchalari han insomga yoqmas edi. Ammo katta qo'rgondek uyda, shovqin edi. Ona nidosi va farzand qichqirig'i. Erkak qo'lidagi alcohol butilkasini yerga yotgan ayoliga niqtar ekan, ayol boshidan oqayotgan qon sabab hushsizlanib borardi.
Janob Park: FOXISHA.... Sen ham ayolmisan? Urug'ing bilan birga yonib kul bo'lgin. Sendek rafiqam yo'q meni! Senga majbur uylanganman. ) deya ayolining qonga belangan sochini changallab, qo'lidagi butilkani ayoli peshonasiga urdi. Burchakda tiralib turib kafti bilan og'zini yopgan bolakay na oyisini qutqara olardi na joyidan qimirlay olardi.
Park xonim: Qaysi gunohim uchun menga buni ravo ko'rdingiz Chanyeol. Hech bo'lmaganda, Jiminni o'ylang... ) ayol yig'lar ekan ovozi titrardi. Ayol hushini yoqotardi. Erkak ayolni siltap polga uloqtirdi va devorga yopishib turgan og'li tomon qo'lidagi butulkani hech ikkilanishsiz uloqtirdi.....
Jimin: Shu sabab mening ko'zlarim ojiz, Seoyoung...) deya ko'zlaridan bildirmay yosh sizib chiqdi. Seo boshqa chiday olmay, yigit yelkasidan ushlab o'ziga qaratdi. Yigit boshini yelkasiga qo'yib qattiq quchdi. Yelkasidan tasalli bo'lib silar ekan, mahkam quchdi.
Seoyoung: Jimin men shu yerdaman. Sizni o'zim himoya qilishga va'da beraman. Jimin biz...) yigit qiz gaplarimi bo'ldi
Jimin: Seoyoung, men seni sevaman. Meni sevgimni rad erma iltimos... ) deya qiz belidan quchib boshini yuzini qiz yuziga qaratdi.
Seoyoung: Men ham sizga nisbatan hislar bor...
Jimin: Bo'sa olshimga ruxsat ber, Mia etulie.. ) qiz javoban labini biroz ajratdi. Jimin qiz javobini kutarkan sabrsizlanib, qiz lablarini topgancha qizdan bo'sa oldi. Qizdan qoniqib bo'sa olarkan, 15 daqiqa davom etgan bo'sadan ular bir birlaridan uzoqlashishdi. Jimin qizni qattiq quchoqlab, iforidan to'yib nafas oldi.
Jimin: Qaniydi.. bu ojiz ko'zlaring sening go'zalligingni ko'ra olganida...
Seoyoung: Albatta, bu ko'zlar yana ko'radi. Biz harakat qilamiz
**
Timeskip โก๏ธ
PovAuthor:
Kun, hafta, oy, va yil.. Qiz va yigit munosabatiga bugun bir yil bo'ladi. Seoyoung bugun juda ham baxtiyor edi. Chunki bugun Jimin uchun qiz ajoyib sovg'a tayyorlagan edi. Qiz shoshilib eski qahvaxonaga borar ekan, ichkarida sevgilisi kokteyl ichib turganini ko'rib tezda qahvaxonaga oshiqdi. Qiz yigit qarshisiga o'tirarkan, yigit qizga negadir g'alati nigoh bilan qaradi.
Jimin: Siz... kimsiz? ) deb qizga qaragan yigit, qiz yuzidagi tabassumni tezda so'ndirdi.
Seoyoung: M-men.... Adashdim ming bor uzr ) degancha tezda o'rnidan turib qahvaxonadan chiqdi. ( Yo'q uning ko'zlari endi ojiz emas.... Ammo u meni tanimaydi. ) qiz xo'rligi kelib yig'lashni xohladi ammo ortidan kelib quchgan qo'llar sabab muzlab qoldi.
Jimin: Mening farishtam, hayotim mazmuni, mening moychechak ko'zligim, Mia etulie... Seni qanday qilib tanimasligim mumkin. ) deya qizni yelkasidan burib uziga qaratdi yigit. Qiz nigohi yigitga tikilarkan, qizning ko'zlari yoshdan qizarib ketgan edi.
Seoyoung: Ablah.... ) deya shivirladi ammo keskin bir biriga juftlashganigan lablar gapni tugatishga imkon bermadi.
Jimin: Meniki.... Sen menga tegishlisan, Mia etulie