Ishdagi ishq
"Min Corporation" ning yosh va kelishgan boshlig'i Min Yoongi (do'stlari va boshqa yaqinlari orasida Suga) o'ziga yangi kotiba tanlamoqda. Eskisini haydalishiga sabab esa aytilgan ishni vaqtida qilmas edi.
Sg:ufff...shu oxirgisi agar bunisi ham talablarga javob bermasa kotibasiz ishlayman...
Eshik ochildi va undan o'ta hashamdor ham, o'ta oddiy ham kiyinmagan qiz kirib keldi va Sugaga hujjatlarni taqdim edi.
Qiz:istasangiz Cara, istasangiz Minso
Minso:haa Amerikada o'qiganim uchun Cara ismidan foydalanganman. Sizga qaysi biri qulay bo'lsa shu bilan chaqirishingiz mumkin
Sg:yaxshi unda Minso...o'qishni bitirib buror joyda ishlaganmisiz?
Minso:yo'q hali lekin bir ikki praktikaga chiqqanman va a'lo darajada uddalaganman
Sg:o'zingizga ishonchingiz baland ekan va bu yaxshi
Sugani bir narsa qiziqtira boshladi. Nega bu qiz avvalgi talabgorlarga o'xshamaydi? Nega u avvalgilar kabi Sugaga suzilmayapti? Nega u faqatgina so'ralgan narsalarni gapiryapti boshqa payt sukut saqlayapti, qolganlar kabi xohlaganini gapirmayapti? Nega u o'zini yaxshi ko'rsatish maqsadida turli xil gaplar gapirmayapti? Nega?
Sg:bu ishni ya'ni mening kotibam bo'lishni eplab ketishingizga ishonchingiz komilmi?
Minso:menku uddalayman lekin sizning ishonchingiz birinchi o'rinda. Men barcha ishni gardsiz qilsamu lekin siz menga ishonmasangiz men bu ishni qilishimdan foyda yo'q
Sg:to'g'ri...agar shunchalik uddalay olsangiz unda men roziman ishga olindingiz. Ertadan ish boshlashingiz mumkin
Minso xonadan chiqib ketdi ammo u haliham Suganing hayollarida aylanardi. Qanday qilib shunday mag'rur o'tirgani, o'z o'rnini bilib masofa saqlagani miyasini tark etmasdi.
Ertasi kuni erta tongdan Minso o'z ishiga mos kastyum shimda kompaniyaga yo'l oldi.
Minso ishxonaga yetib kelganida Suga allaqachon kelib hujjatlarni tekshirishni boshlagandi shuning uchun Minso to'g'ri uning xonasiga bordi. Va eshikni taqillatdi.
Sg:hayrli tong sizga ham. Birinchi kuningiz yaxshi o'tsin omad tilayman
Sg:bir finjon qahva olib kelolasizmi
Minso:ha albatta qanday qahva bo'lsin?
Minso:hop bo'ladi hozir olib kelaman
Shunday deya chiqib ketdi va to'g'ri qahva tayyorlagich turgan burchakka bordi. U yerdabir erkak hodim bor edi. Minso yangi bo'lganligi uchun unga qizib qoldi
X:kechirasiz sizni bu yerda oldin ko'rmagandim? Yangimisiz?
Minso:haa yangiman janob Minning yangi kotibasi
X:haa sizga achinishni ham hursand bo'lishni ham bilmayman
X:hursand bo'lishimning sababi siz Koreadagi eng kuchli biznesmenning kotibasisiz, achinishimga sabab esa uning oldingi kotibasi janob Minning o'ta darajada talabchan va qattiqqo'lligidan bo'shab ketgan
Minso:haa lekin menimcha boshliq yaxshi
Minso o'sha xodim bilan gaplashib qahva yodidan ko'tarilgandi va kechikdi shu sababli Suga xonasidan chiqdi va u turgan tomonga qaradi.
Minso va erkak xodimni birga ko'rgan Suga ham g'azab, ham xafalikni his qildi. Ammo negadir bu ikki tuyg'udanda kuchliroq rashkni his qilayotgandi.
Birdan eshitilgan xuddi kamon o'qidek uchqur ovozdan Minso sakrab tushdi.
Minso:h-haa janob nimadur bo'ldimi?
Sg:sen nega borganding u yerga?
Minso:ahh jin ursin unutibmanku (o'ziga o'zi)
Sg:endi qahvani keragi yo'q xonamga kir tez!!!
Minso uchib borib xonaga kirdi va so'zsiz Sugaga qarab turardi.
Sg:bu hujjatlardan nusxa ol demoqchi edim lekin qahvani olib kelmaganing uchun o'zing uni boshqa listga bittalab yozib chiqasan. Agar zarracha xato bo'lsa yana boshidan boshlaysan....haaa aytgancha shu ishni tugatmaguningcha uyinga ketishga ruxsat yo'q
Hujjatlarni oldida tezda chiqib ketdi va to'g'ri o'z ish stoliga borib kompyuterda yozishni boshladi.
Suga xonasida haligacha o'sha rashk tuyg'usi bilan o'tirardi. To'g'ri bu tuyg'uni tuyushi juda katta xato. Minso uni shunchaki kotibasi buni ustiga uni endi ko'rib turibdi ko'rishganiga endigina ikki kun bo'ldi. Lekin uning tashqi ko'rinishi, fe'l-atvori, o'zini tutishi barcha barchasi Sugani Minsoni yaqindan bilishga,uni o'ziniki qilishga undardi.
Kech tushdi. Minso hattoki tushlik ham qilmasdan hali ham hujjatlarni ko'chiryapti. Kompaniyadagi barcha hodimlar ketib bo'lgan. Bu yerda faqatgina boshliq topshirgan ishni tezroq bitkazish maqsadida ko'zlari tolib kompyuter qarshisida o'tirgan Minso, hamda uni bo'lishini kutayotgan Suga bor edi xolos.
Suga kutish davomida Minsodan xabar olish haqida ham o'yladi ammo bu ish uning jazosi ekanligi uni to'xtatdi.
Vanihoyat soat 23:59 ni ko'rsatgan payt Minso ishni tugatdi va hech narsani o'ylamasdan Sugani xonasiga bordi.
Minso:mana janob barchasi tugatdim (hujjatlarni Sugaga uzatgan holda)
Sg:yaxshi ularni ko'rib chiqaman
Suga hujjatlarni ko'zdan kechirar ekan Minsoga bir-bir qarab qo'yardi.
Minsoning butunlay charchagani uning nuqsonsiz yuzlaridan bilinib turardi. Minso ayni damda shu yerning o'zida uyquga ketib qolmaslik uchun ko'zlarini zo'rg'a ochib turardi.
Minso orada bir ikki esnab qo'ydi. Bu esa Sugani kulgisini qistatdi. Lekin ichida nimadur Sugani Minsoni shu vaqtgacha ishxonada ushlab o'tirganligi uchun aybdorlik va afsuslanish hissini tuydirardi.
Ko'zlari yumilishni boshlagan Minso Suganing doimgidek yo'g'on va o'tkir ovozidan biroz tetiklashdi.
Sg:hammasini yaxshi bajaribsan hech qanday xato yo'q. Uyinga ketishing mumkin. Yana shunday yarim tungacha qolishni istamasang boshqa hodimlar bilan gap sotish o'rniga ishingni vaqtida qil
Minso shunchalik charchaganidan bir so'z demadi shunchaki boshini 'haa' degandek qimirlatdi va chiqib to'g'ri uyiga yo'l oldi.
Minso uyiga ketarkan tanasidagi charchoq tufayli xuddi oyoqlari o'ziga bo'ysunmayotgandek tuyulardi.
Yo'ldagi qiyinchiliklarga qaramay axiyri Minso uyiga yetib keldi. Xattoki kiyimlarini ham alishtirmay divanda uxlab qoldi.
Derazadan tushgan quyosh nurlari shiringina bo'lib uxlab yotgan Minsoni uyg'otdi. Erinibgina ko'zini ochdi va to'g'ri hammomga kirib ketdi.
Issiqqina dushdan keyin o'ziga kelgan Minso oshxonaga nonushta qilish uchun kirib ketdi.
Vitaminlarga boy nonushtadan so'ng kechagi charchoqni butunlay unitgan qiz kiyinib va yengil pardoz qilib ishxonaga yo'l oldi.
Suga va Minso kompaniyaga teng yetib kelishdi. Va salomlashishdi.
Sg:senga ham o'ylaymanki kechagi charchoqlaring unutilgan chunki bugun yangi hamkirlar bilan uchrashuv bor. U yerda aytilgan gaplarni oq qog'ozga tushurasan. Haa aytgancha fransuz tilini bilaman deganmiding?
Sg:yangi hamkor fransuz shuning uchun u bilan bo'ladiga suhbatni tarjima ham qilasan
Tasjida indamay turgani bilan Minso o'ziga yuklatilgan topshiriqni o'ylab siqilishni boshlagandi. O'ziga berilgan ikki topshiriq ya'ni ham suhbatno yozib borish ham uni tarjima qilishni qanday qilib bir vaqtning o'zida qilishni o'ylardi.
Soat millari 9:45 ni ko'rsatganida hamkor yetib keldi va majlis boshlandi.
Minso majlislar xonasiga o'zi bilan diktafon olib kirdi. Shundagina tarjima qilayotgan paytida ham suhbatni yozib borolardi.