Deadly Obsession
Mari nonushta qilib bo'lgach Jungkook bilan birga televizor ko'rish uchun mehmonxonaga kirishdi. Endigina divanga o'tirganida Minso yana dori deb o'sha zahar solingan suvni ko'tarib keldi.
Mari zaharlangan suvni bir ko'tarishda ichib yubordi. Endi ovqatlangani uchunmi yoki zahar o'z ta'sirini boshlagani uchunmi Marining ko'ngli aynishni boshladi va tezda hammomga kirib ketdi. Uni ortidan xavotirlangancha Jungkook ham ketdi. Minso esa mehmonxonada yuzida ayyorona jilmayish bilan qoldi.
Minso:haa Mari xonim zahar ta'sirini boshladi endi seni kim qutqararkin ko'ramiz. Seni hatto o'sha sevimli ering Mafia Qiroli Jeon Jungkook ham qutqarolmaydi. Tezroq shu ichingdagi haromingdan qutilsam Jungkookni o'zimniki qilaman. Meni Minso deb qo'yishibdi. Men istagan narsa meniki bo'lmasa unda hech kimniki bo'lmaydi.
Mari qayt qilayotganida Jungkook uni sochlarini ortida ushlab turdi. Ko'ngil aynishi to'xtaganidan keyin Marining yuzini yuvdi. Mari allaqachon holdan toygan va rango oqarib bir ahvol bo'lib qolgandi.
Jk:hayotim ahvoling yaxshimi? Meni qo'rqitib yubording
Mari:o'zim ham bilmayman birdan ko'nglim behuzur bo'ldi. Balki homiladorlik sababdur
Jk:balkim lekin negadir ertalab ichimni nimadir kemiryotganga o'xshaydi deganingdan beri ko'nglim g'ash xuddi yaqin orada eng yaqin insonimdan ajrab qoladigandekman
Mari:tavba qildim deng nafasingizni shamol uchirsin hech ham unday bo'lmaydi hammasi yaxshi bo'ladi
Jk:hop hop lekin qancha harakat qilmayin o'zimni tinchlantirolmayapman
Mari:men bir pas dam olay balki o'tib ketar
Jk:haa mayli kel yordam beraman
Jungkook Marini ko'tarib yotoqxonaga olib kirdi. Yotoqqa yotkizib ustini uncha qalin bo'lmagan choyshab bilan o'rab qo'ydi.
Mari ko'zini yumdi va bir necha daqiqa ichida uxlab qoldi. Mari uxlayotganda xuddi mushukchaga o'xshardi. Jungkook Marining yuzidagi sochlarini olib tashlab, ikki yanog'idan o'pib xonadan chiqib ketdi. Oradan bir necha soat o'tgach Mari uyg'ondi va pastga tushdi. Bu paytda Jungkook mehminxonada telefonda gaplashayotgan edi. Mari uni yoniga borib o'tirdi va yelkasiga boshini qo'ydi. Jungkook telefonni o'chirdi va gap boshladi
Jk:tayyorlan azizam asal oyiga ketyapmiz Svitzerlandiyaga u yerni havosi yaxshi deyishyapti balki senga biroz bo'lsada yordam berar
Mari:buncha tez. Men hali kiyimlar hal sotib oloshim kerak
Jk:kiyimlaring yo'lda kelyapti. Haa keyin balki oy kuning yetkunicha o'sha yerda qolarmiz
Mari:mayli lekin Aera va Taeni to'yiga albatta kelamiz
Ularning suhbatini Minso eshitib turgandi.
Minso:ular meni o'zlari bilan olib ketmasligi aniq shubday ekan zahar bir nima qilib bo'lsada berib yuborishim kerak. To'xta ularga uni dori deb aytganman. Aqlimdan aylanay bitta dori shishasiga quyaman va Jungkookka beraman. O'zi bu zaharni sevimli xotinjoniga ichiradi (uning hayollarini Jungkookning baland ovozi buzdi)
Jk:Minso qo'riqchilar olib kelga kiyimlarni chamadonga sol meni ham chamadonimni tayyorla. Haa aytgancha Marini dorilarini solishni unutma
Minso qo'riqchidan kiyimlarni olib yuqoriga chiqib ketdi. Sal kam 1 soatda ikki chamadonni ham tayyorlab pastga olib tushdi.
Minso:chamadonlar tayyor janob
Jk:haydovchiga ber mashinaga soladi
Haydovchi Minsodan chamadonlarni olib mashina yukxonasiga joylashtirdi.
Jk:aytib qoyay shaxsiy samalyotda ketamiz faqat ikkimiz va uchuvchi bo'ladi
Mari:hop ering mafia bo'lsa mazzada😅
Jk:hooo yoqme qosin (kulib gapirdi)
Mari:albattda nima yolg'onmi istagan vaqting istaga yeringa bora olasan.
Jk:hop hop endi yuraqol keta qolaylik. Haa aytgancha Minso biz qaytgunimizcha bu uy qulflanadi. Hech kirmaydi ham chiqmaydi ham shuning uchun sen ham biz qaytgunimizcha biror joyda yoki qarindoshlaringnikida yashab tur. Bu qo'rg'on faqatgina qo'riqchilar bilan o'ralgan bo'ladi.
Minso narsalarini yig'ib uyni tark etdi. Jungkook bilan Mari ham qo'rg'onni qulflab aeroportga yo'l olishdi.