Ishdagi ishq
Minso majlislar xonasiga o'zi bilan diktafon olib kirdi. Shundagina tarjima qilayotgan paytida ham suhbatni yozib borolardi.Minso va Suganing ortidan yangi hamkor ya'ni Louis Laurent (koreyscha ismi Cha Eun Woo) kirdi va salomlashdi
Minso:bonne journée monsieur. s'il te plaît, assieds-toi
Cha Eun Woo asli koreys bo'lgani uchun koreys tilida gapirishni boshladi.
Eun Woo:rahmat, fransuzcha gapirishni hojati yo'q men ham sizlar kabi koreysman asl ismim Cha Eun Woo
Suga ham Minso ham hayron qolishdi.
Eun Woo:keling tezroq asosiy masalaga o'tsak
Suga:ha...haa marhamat o'tiring
Eun Woo o'tirganidan keyin Suga gapida davom etdi.
Suga:o'ylaymanki nima sababdan bu yerda ekanligingizni juda yaxshi bilasiz
Eun Woo:haa albatta, sizning kompaniyangiz ishlab chiqaradigan poshnali oyoq kiyimlar uchun material yetkazib berishim kerak
Suga:to'g'ri...o'z vaqtida va sifati buzipmagan holda yetkazib berishingizga ishonchingiz komilmi?
Eun Woo:ishonchim komil bo'lmaganida bu yerda suhbatlashib o'tirmasdik. Ha aytgancha avvalgi material oladigan kompaniyaga nima bo'ldi? Nima sababdan shartnoma bekor qilindi?
Suga:u kompaniyaning mahsulot sifati ancha o'zgardi ya'ni yomon tarafga, kechikib yetkaziladigan bo'ldi. O'zingiz bilasiz Koreadagi asosiy oyoq kiyimlar mening kompaniyamdan chiqadi shuning uchun sifat a'lo darajada bo'lishi kerak
Eun Woo:tushunarli...ishni ko'zini bilar ekansiz
Suga:(nim kulgu bilan) agar unday bo'lmaganida Min Corp ham bo'lmasdi
Taxminan yarim soatcha vaqt ichida hamma shartlar kelishilib shartnoma imzolandi. Bu shartnoma toki Cha Eun Wooning materiallari Suganing nazaridan qolmaguniga qadar davom etadigan qilib imzolandi. Majlisdan so'ng Suga o'z xonasiga kirib ketdi Minso esa Eun Wooni kuzatish uchun uni ortidan ketdi. Lift yoniga yetganida biroz suhbatlashishdi. Ammo ularni Suga ko'rib qoldi.
Suga:nega u qizni boshqa biri bilan ko'rganimda qonim qaynaydi, fig'onim falakka chiqadi xudduki dunyolarga o't qo'yishni xohlaydigandek his qilaman o'zimni? Nega axir u? Ko'rishgannimizga endigina uch kun bo'ldi ustiga ustak u shunchaki kotiba bundan ortig'i ham bo'lishi mumkinn emas (Suga bu so'zlarrni o'ziga o'zi aytar ekaan Minso Eun Wooning qandaydir gapisdan kulib yubordi bu esa Suganing olov bo'lib yonaytgan yuragiga moy sepganday bo'ldi va qanday qilib Minsoni bunday baland ovozda chaqirganini o'zi ham bilmay qoldi)
Minso:leki- (uni gapini Suganing o'qdek ovozi bo'ldi)
Suga:men senga buyruq berdim iltimos emas..
Suga:siz esa Eun Woo ertaga soat 8:00 ga aytilgan materiallarni yuboring.. To'lov allaqachon amalga oshirilgan
Suga Eun Wooning javobini eshitmasdan to'g'ri xonasiga ya'ni Minsi turgan joyga kirib ketdi.
Suga:bugun menikiga borasan. Tunda yangi turdagi oyoq kiyim dizaynlarinii chizamiz. Hech qanday e'tiroz qabul qilinmaydi!!!
Minso noiloj rozi bo'ldi. Kechki payt bo'lganida esa Suga Minsoni olib uyiga ketdi. 15 daqiqa ichida ular uncha katta bo'lmagan ammo egasiga yarashadigan uy oldida to'xtashdi. Suga eshikni ochganidan so'ng ular ichkariga kirishdi. Ichki qism ham unchaliik hashamatli emas lekin did bilan bezatilgan edi
Suga:qorning och bo'lsa nimadir tayyorlayman
Minso:agar iloji bo'lsa sendvich
Bir soat ichida ular kechki ovqat qilishib, idishlarni va stolni tozalab Suganing uyidagi alohida ishlash uchun mo'ljallanga xonaga kirib ketishdi. Va dizayn chizishni boshlab yuborishdi. Minso yaxshi rasm chizgani bilan (hattoki Sugadan ham yaxshi desa bo'ladi) xatolari bor edi. Suga o'zi rasm chizish mobaynida Minsoning har bor xatosini to'g'irlashga urinardi va buni qisman uddaladi. Ular rasm chizishar ekan Minso chetda turgan ramkadagi rasmni ko'rib qoldi. U rasmda bir ayol va bir erkak turardi. Rasmdan u to'y kunida olingani ko'rinib turardi.
Minsoning qiziquvchanligi ustun kelib so'rashga qaror qildi.
Minso:anavi suratdagi kelin-kuyov kim?
Suga: (biroz o'ylanib javob berdi) ota-onam
Suga:(savolga javob berishni xohlamasdan gapirdi). Olti yoshligimda avtohalokat tufayli ham otamdan ham onamdan bir vaqtni o'zida ajrab qolganman. Yaxshiyamki baxtimga amakim ya'ni dadamni ukasi meni o'z vasiyligiga olgan. Hech narsadan kam qilmay, hech bir narsaga zoriqtirmay, xuddi o'z farzandidek katta qildi. Hozir kompaniya boshlig'i bo'lishimda ham uni hissaai juda katta
Suganing so'zlarini telefon qo'ng'irog'i buzdi. Telefondagi ID da "usta" so'zini ko'rgach hozir kelishini aytib xonadan chiqib ketdi. Taxminan 20 daqiqalardan so'ng ortiga qaytib kirdi. Lekin Minso allaqachon uyquga ketgandi. Suga uning yoniga yaqinroq borib Minso yakunlagan suratni ko'zdan kechirdi.
Suga:(o'ziga-o'zi) biroz avval xatolar qilayotgan eding lekin chizgan rasming buning aksini aytyapti. Sen rostan ham boshqachasan. Senga aytilgan narsalarni tezda o'rganib olasan. Eng asosiysi menga o'zim hech qachon his qilmagan tuyg'uni ya'ni rashkni tuydurgan ham sensan sen Park Minso.
2-qism
Davomi bor
Written by Kim Sujin
Channel:@passion_fanfics