Ishdagi ishq
Suga Minsoni ko'tarib o'z yotoqxonasiga olib chiqdi. Minsoni yotkizib ustiga pastelni yopib qo'ydi. Minsoning quyoncha kabi uxlashini ko'rgan odam ishxonadagi qat'iyatli, o'ziga ishongan Minso shumi deb o'ylardi. Suga Minsoga tikilub biroz o'tirdi va chiqib qayta ishlash xonasiga kirib dizaynlar chizishda davom etdi. Soat millari 23:38 ni ko'rsatganida Suga uyquga taslim bo'ldi va stol tepasida uxlab qoldi. U xattoki tushida ham Minsoni boshqa erkak ishchilar bilan gaplashib turganini ko'rdi va uyg'onib ketdi.
Suga:jin ursin...unga shunchalik bog'lanib qoldimmi...yoki rostan bu sevgimikin...demak sevgi deganda shuni nazarda tutishar ekanda. Yoringni boshqasi bilan ko'rganingda, uning tola sochi zarar ko'rganini bilib qolganingda, uni ko'zlarida g'amginlikni payqaganingda dunyolarni yoqib yuborishni xohlashingmi, uning birgina betakror tabassumi uchun bor-budingni berishga tayyorligingmi, rashkning kuchliligidan uni xatto o'zingdan qizg'onishingmi...ee xudo menga nimalar bo'lyapti. Yo'q...mening hayotimda sevgi deya atalmish tuyg'uga o'rin yo'q, hech qachon hech qachon o'zimga zaif nuqta yaratmayman sevgi bo'lmagan narsa
Ertasi kuni ertalab Suga allaqachon uyg'onib tayyorlanib bo'lgan faqatgina Minsoni uyg'onishini kutardi. Minso esa atrofidagi dunyodan bexabar shiringina uxlab yotardi. Kutaverib oxiri Suganing sabr kosasi to'ldi va dadil va shahdam qadamlar ila yuqoriga Minso uxlayotgan xonaga ko'tarildi. Suga xonaga kirganida Minso haliham uxlayotgan edi. Minso bu holda Sugaga xuddi farishtadek ko'rindi va biroz avvalgi g'azab o'rnini sevinch egalladi. Suga unga qarab jim turardi. Minsoni hech ham uyg'otkisi kelmasdi. Bu yoqimli manzarani birgina ishni deb buzgisi kelmasdi. U bu holatda xuddi do'kon rastalarida tuganman shirinlik ko'rgan yosh bolaga o'xshardi. Minso erinibgina ko'zini ochdi atrofini qo'li bilan paypaslab ko'rdi va tushundiku u o'z uyida emas. Tezlik bilan ko'zini ochdi va Sugani ko'rdi. O'rnidan sapchib turdi va kechirim so'rashga tushdi.
Minso:uzur so'rayman janob uxlab qolibman boshqa qaytarilmaydi iltimos janob meni haydamang
Suga:hech kim seni haydagani yo'q. Tez bo'l yuz qo'lingni yuvib pastga tush nonushta tayyor. Tezlash ishga kech qolyapmiz
Minso hop deb hammomga yugurib kirib ketdi. Oradan ikki daqiqa o'tar o'tmas qaytib chiqdi va nonushta qilgani stulga o'tirdi. Nonushta qilib bo'lgach ishxonaga ketish uchun tayyorlanishdi. Minso ishni yoniga bordi ammo u qulf edi.
Suga:haa ertalab ochishni unutibman.
Aslida uni ataylab qulflagandi. Suga eshik yoniga bordi va uni ochish uchun biroz egildi. Natijada esa Minso eshik va Suganing orasida qolib ketdi. Minso eshikka tiralgancha qilt etmay turardi. Suga ham aynan shuni xohlagandi va miyig'ida kulib qo'ydi. Ular shunchalik yaqin ediki Minso Suganing nafasini o'zining ochiq va oppoq bo'ynida his qilardi. Suga gap boshladi
Suga:kompaniyada sen muloqot qiladigan yagona erkak menman tushundingmi agar bir marta bo'lsa ham seni boshqa erkak xodim bilan ko'rib qolsam buning jazosi og'ir bo'ladi.
Suganing bu so'zlri uning cukudiga titroq berdi. Suga Minsoning g'unchadek lablariga birozz tikildida umdan bo'sa olish uchun biroz boshini egdi. Lablarida iliqlikni sezgan qizning ko'zlari katta katta bo'lib ketdi. Lekin Sugaga qarshilik qilmasdi aksincha birozdan so'ng Minso uning bo'sasiga javob qaytara boshladi. Bu esa Suagining oloviga yanada moy sepdi. Suga qiz bo'ynining orqasiga metindek qo'lini qo'ydi va orasidagi masofani yanada qisqartirib bo'sani chuqurlashdi. 5 daqiqalik bo'sadan ikkisi ham nafas yetmaganligi uchun ayrilishdi. Ikkisi ham bir biriga so'zsiz tikilib turardi. Bir-ikki daqiqadan so'ng Suga o'ziga keldi va eshikni ochib orqaga ikki qadam tashladi va Minsoga chiqishiga ishora qildi. Minso ham o'ziga kelib tezda eshikdan chiqib ketdi.
Yarim soatda kompanoyaga yetib kelishdi. Minso o'z xonasi tomon buruldi ammo u bo'm-bo'sh edi. Suga buni ko'rdi va dedi:
Suga:bugundan boshlab meni yonimdagi xonada ishlaysan e'tirozlar qabul qilinmaydi.
Minso hech narsa demasdan yangi xonasiga kirib ketdi. Suga va uning xonasini bir katta shisha devor bog'lab turardi. Tabiiyki ular bir-birini ko'rib turishardi. Suga buni atayin qilgandi Minsoning har bir harakatiniyu, yoniga kirib chiqqan odamlarni bilib turish uchun.
Tushlik vaqti bo'lganida Suga Minsoni xonasiga chaqirdi.
Minso:haa janob nimadir kerakmi?
Suga:hozir bir joyga borib kelasan
Minso:hozir? Axir hozir tushlik vaqti
Suga:men sendan qanday vaqt ekanligini so'ramadim. Borasan gap tamom
Minso:hop (asabiylashgani ovozidan ma'lum edi)
Suga uning asabiylashganini sezib miyig'ida kulib qo'ydi.
Suga:mana bu manzilga borasan. U yerda 60-65 yoshlardagi erkak bor u senga bir quti beradi. O'sha qutini joningdek asrab shu xonaga olib kelasan. Agar ichidagi narsaga nimadir bo'lsa kalang bilan javob berasan uqdingmi?
Suga:seni uaydovchi olib boradi. Ketishing mumkin
Minso chiqib to'g'ri haydovchi turgan yerga bordi va Suga aytgan gaplarni aytdi. So'ng ular aytilgan manzilga ketishdi. Yo'lda ketisharkan Minsoning oshqozoni ovqat talab qilardi. Lekin u bunga e'tibor bermasdan ketardi. 15 daqiqada manzilga yetib kelishdi va Minso ichkariga kirdi. Rostan ham u yerda qari bir erkak bor lekin u yer uning tasavvur qilganidek emasdi. U yerda turli hil bitkazilmagan oyoq kiyimlar turardi. Birozdan so'ng erkak ichkarida chiqdi va Minso u bilan salomlashdi.
Erkak:hayrli qizim hayrli o'ylashimcha Yoongi seni jo'natgan quti uchun
Minso:kotibasi nimadir bo'ldimi?
Erkak:qiziq...u hech qachon bunday muhim narsani olib ketish uchun kotiba jo'natmasdi. Demak senga ishonadi. Senga maslahatim uning ishonchini poymol qilma. U kamdan kam odamga ishonadi
Minso:janob menga qutini tezroq berolasizmi to'g'risini aytsam tushlik ham qilmasdan kelganman hozir itdek ochman
Erkak:(biroz kuldi) hop hop mana olaqol bubi ichidagi kompaniya uchun eng muhim narsa agar unga gard yuqtirsang boshing bilan javob berasan
Minso hop degancha chiqib ketdi. Erkak esa haliham unga qarab kulib turardi.
Erkak:demak Yoongi qalbiga kirgan inson sensan tan olish kerak rostan go'zalsan betakrorsan. Sen ham Yoongiga mossan lekin bu sevgi qissasida yoshlar bir-biriga osonlikcha erishadiganga o'xshamaydi
Minso ishxonaga qaytib kelganida tushlik vaqti allaqachon tugab bo'lgandi. U to'g'ri Suganing xonasiga kirdi va qutini topshirdi.
Suga:yaxshi ishingga qaytishing mumkin
Minso chiqib ketdi lekin haliham hech narsa yemagandi. Xonasiga kirib o'ziga pishiriq buyurtma qildi. Buyurtmasi yetib kelgach darrov uni ochib yeyishga tushdi. U ham ovqatlanardi ham hujjatlarni tayyorlardi. Minso pishiriqlarni yeyotganida yosh bolaga o'xshab qoldi. Suga u tarafga qaradi va o'sha manzarani ko'rdi. Ish vaqtida ovqatlanish noto'g'ri lekin Suga ayni damda vaqti shu yerda to'xtatib bir umr Minsoga tikilib turishni xohlardi.
Suga:nega u bunchalik yoqimtoy ehh Minso menga o'zim his qilishni xohlamaydiga tuyg'ularni his qildiryapsan....yo'q o'zinga kel Suga o'zinga kel bu shunchaki ovqatlanayotgan qiz holos u narsa hech qachon sodir bo'lmaydi hech qachon
Suga buni qanchalik inkor qilmasin lekin yuragi doim Minso tomon talpinardi doim uni yonida bo'lishni kichiki jussasini qo'llari orasida bo'lishini xohlardi
Ertasi kuni Suga Minsoni xonasiga chaqirdi va unga kutilmagan gaoni aytdi.
Suga:bugun ziyofatda meni sherigim bo'lasan
Minso:NIMA nega qanaqa ziyofat qanaqasiga men sizni sherigingiz
Suga:bugun hamkorlardan biri ziyofat uyushtiryapti va men uning taklifi rad etolmayman. Hamma u yerga sherigi bilan boradi men o'zim yolg'iz borolmayman axir
Minso:lek- (uning gapini Suga bo'ldi)
Suga:lekin pekini yo'q borasan tamom bilasan yo'q degan javobni qabul qilmayman. Kechki payt 18:00 ga tayyor tur haydovchi seni meni uyimga olib ketadi o'sha yerdan ketamiz. Haa aytgancha senga o'zim kiyim jo'nataman
Soat millari kechki 6 ni ko'rsatganida Minso tayyor bo'ldi. Suga unga yuborgan ko'ylak va tuflini kiyib olgandi.
Ko'ylak xuddi Minso uchun tikilgandek yarashib, husniga husn qo'shib turardi. Vanihoyat haydovchi ham keldi va Minsoni olib ketdi. Minso Suganing uyiga kirganida xuddi hamma yerga nur kelgandek bo'ldi. Minsoni ushbu libosda ko'rgan Suganing og'zi ochilib qoldi.
Suga:betakror bilgandim senga yarashishini
Minso:rahmat janob (uyalganidan yanoqlariga qizillik yugurdi)
Suga:rahmatga hijat yo'q qani ketdik kech qolmaylik yana
Ular bazm bo'layotgan binoga kirishganida hamma Minsoga qaradi uning go'zalligidan hayratda qoldi. Buni sezgan Suga yana rashk qilishni boshladi.
3-qism
Davomi bor.....
Written by Kim Sujin
Channel:@passion_fanfics