March 18, 2025

Deadly Obsession

Aera:....hop mayli Taega manzilni tashlayman homiladorligingni ham aytaman o'zi Jungkookni olib keladi.

Mari:hop

Aera boshqa xonaga chiqib Taega telefon qildi.

📲 telefondagi suhbat

Aera:alo yaxshimisiz

Tae:haa yaxshiman hayotim nima bo'ldi ovozing xorg'in

Aera:Tae sizga hozir bur manzil tashlayman shu yerga Jungkookni olib keling faqat tezroq

Tae:nega nima bo'ldi

Aera:haa tinchlik Mari ortga qaytmoqchi. Haa aytgancha Mari Jungkookning bir qismini vujudida ko'tarib yuribdi Jungkookka aytib qo'ying

Tae:ouww tog'a bolamanmi? Sen meni bir parchamni qachon ko'tarib yurmoqchisan? 6 oy bo'ldi seni ko'rmaganimga

Aera:Tae keyin gaplashamiz bu haqida tezroq olib keling anavini

Tae:o'zimga qaytishing bilan birinchi qiladigan ishing menga turmushga chiqish bo'ladi. E'tirozlar qabul qilinmaydi

Aera:hop endi o'chiryapman

Qo'ng'iroq yakunlandi.

Tae qo'ng'iroqni tugatib tezda Jungkookka aytish uchun uyiga ketdi. Jungkookni uyiga yetib borgach u bu vaqtda uxlayotgan bo'lgani uchun to'g'ri xonasiga chiqdi. Eshikni ochganida Jungkook va Minso yotoq ustida kiyimsiz yotishardi. Ma'lumki kecha tunda birga bo'lishgan.

Tae:hech qachon qoniqmaydi bu bola (o'ziga o'zi) Jungkook tur (ovozini biroz ko'tarib) JUNGKOOK TUR MARINI TOPTIM

Mari va toptim so'zlaridan so'ng Jungkookning ko'zlari moshdek ochildi uning harakatidan Minso ham uyg'ondi.

Minso:mmm...azizim buncha qo'polsan

Jungkook unga ahamiyat bermasdan to'g'ri Taega yuzlandi.

Jk:toptingmi? Qayerda ekan?

Tae Minsoga ishora qildi.
Jungkook Taeni nima demoqchiligini sezdi

Jk:Minso chiqib ket

Minso:negaa yaxshi vaqt o'tkazyotkandik

Jk:YO'QOL DEDIM SENGA

Minso bir so'z demasdan tashqariga chiqib ularni tinglashni boshladi.

Jk:u qayerda

Tae:avval tinchlanib ol yuvinib chiq seni u yerga olub boraman

Jungkook turib hommomga endi kirmoqchi edi Taening aytgan so'zlari uni xuddi arvoh ko'rgan odamdek to'xtatib qo'ydi

Tae:u homilador

Jungkook birozdan so'ng o'ziga keldi va Taega qaradi.

Jk:bu hazil to'g'rimi

Tae:yo'q bu rost Aera shunday dedi. Sen ota bo'lyapsan

Jk:men ota bo'lyapman qanday xursandligimni so'z bilan ifoda etolmayman. Shu yerda bo'lganida Aerani yuzidan o'pib qo'yardimu meni o'ldirib qo'yasan shuning uchun o'zing o'pib qo'y hop

Tae:Aera o'zimga qaytib kelsin yuzi tugul boshqa joyidan ham o'paman

Bu gaplarni eshik ortidagi Minso ham eshitdi va qanday qilib Mari va uning bolasini yo'q qilish haqida reja tuza boshladi
O'zida yo'q xursandligidan Jungkook qanday tayyorlanib Taeni oldiga chiqqanini bilmay qoldi.

Jk:tayyorman ketdikmi

Tae:buncha tez hizmatkoring bilan yana vaqt o'tkazasan deb o'ylagandim

Jk:kesatma kecha uyga mast holda kelgandim nima bo'lganini eslolmayman

Tae:hop mayli. Lekin bir gap hozir Marini olib kelamiz lekin unga yana zarar beradigan bo'lsang o'zim seni bir yoqlik qilaman

Jk:hop hop tezroq boraylik

Tae va Jungkook Taening mashinasida yuborgan manzilga yetib kelishdi. Jungkook Taeni kutmasdan yugurib uy ichiga kirib ketdi. Jungkook uyga kirganida Mari divan ustida uni kelganidan behabar qornidagi mitti Jungkook yoki mitti Mari bilan gaplashib o'tirardi. Jungkook eshik yonida uni gaplarini eshit qoldi.

Mari:dadang yo'lda kelyapti yana uni yoniga qaytamiz o'ylaymanki u bizga endi zarar yetkazmaydi endi bir oiladek yashaymiz. Otang menga qancha azob bergan bo'lsa ham negadir u bilan birga bo'ladiga baxtli onlarga umiq qilyapman. Bir kun bu orzular puchga chiqmasa bo'ldi.

Jungkook bu so'zlarni eshitib juda juda afsuslandi. U hech qachon his qilmagan tuyg'u aybdorlikni his qildi. Doim har qanday vaziyatda oppoq chiqib keladigan Mafia Jeon bu vaziyatda o'zini ojiz his qildi. Mariga bergan azoblarni eslab o'zini otib yuborgisi keldi. Ichkaridan chiqqan Aeraning ovozi hammani sergaklantirdi.

Aera:kelibsanda Jeon

Jungkookning ortidan kirgan Tae Aerani oldiga borib uni quchoqlab oldi. Jungkook va Mari esa bir biriga so'zsiz tikilib turishardi. Hozir bu yerda so'zlar emas ko'zlar suhbatlashardi. Jungkook ko'zlari orqali kechirim so'rashga urinardi.

Mari:ana dadang yetib keldi kichkintoy. Lekin negadir u bizga yaqinlashmayapti

Bu so'zlardan so'ng Jungkook Marini yoniga keldi va uni qaynoq bag'riga oldi. Mari uni qo'llarida o'zini xavfsiz his qildi.

Jk:nihoyat...nihoyat yana yonimdasan seni qanchalik sog'inganimni bilsang edi.

Mari:biz ham sizni sog'indik

Jk:kichkintoy yaxshimi? O'gilmi qizmi

Mari:biz yaxshimiz jinsini hali bilmayman. Birga tekshirtiramiz

Jk:hop sen nima desang shu bo'ladi. Mari agar kechirolsang meni kechir bilaman senga ko'p yomonliklar qildim kechirimingga loyiq emasman. Lekin oxirgi imkonimdan foydalanmoqchiman

Mari:men sizni kechirganman faqat iltimos bir oila bo'lib yashaylik hech qanday azob yoki xo'rlanishsiz

Jk:hop hop sen nima istasang shu bo'ladi uyga qaytib birinchi qiladiga ishimiz oila qurish bo'ladi. Farzandimizni nikohsiz tug'ilishini xohlamayman.

Mari:hop

Tae va Aera ham xonaning boshqa burchagida o'z dunyosida bir birining bag'rida o'tirishardi.

Jungkook
Taejon
Mari
Aera