Deadly Obsession
Jk:endi kech bizni oldinda uzun tun kutmoqda xotinjon
Mari:yo'q yo'q iltimos Jungkook og'riydi
Jk:og'rimaydi va'da beraman. Agar og'risa ayt o'sha zahoti to'xtaymiz
Jungkook shunday deb ko'ylagining tugmalarini yechishni boshladi. Jungkook ko'ylagini yechib chetda turgan divanga otib endi yotoqqa chiqmoqchi edi eshikning taqillashi uni to'xtatdi.
Jk:jin ursin rosa vaqtini topadi hammasi (asabiy holda)
Jungkook ko'ylaksiz holda borib eshikni ochdi va patnisda suv ushlab turgan Minsoni ko'rdi. Unga savol nigohida qaradi.
Jk:hech kim suv olib kel demadi
Minso Jungkook ko'ylaksiz tanasiga tikilib qoldi. Jungkookning nuqsonsiz tanasi har qanday ayol zotini aqldan ozdirishi tabiiy hol albatta.
Jungkook qo'lini Minsoni yuzi oldida silkib yana gapirdi.
Jk:nima tilingni yutib yubordingmi? GAPIR
Jungkook ko'tarilgan ovoz tonidan Minso sakrab tishdi va duduqlanib gap boshladi.
Minso:m-men haligi....men Jeon xonimni dorisini bergani kelgandim
Jk:dori? Nega meni xabarim yo'q (Mariga senchi deya savolli nigoh bilan qaradi u ham yo'q deya bosh silkidi)
Minso:sizlar uyda emasligingizda doktor berib ketgandi kuniga ikki mahal ertalab va kechqurun ichishi kerakligini aytdi. Suyuqlik bo'lganligi uchun suvga qo'shilsin dedi shunga suvga qo'shib olib keldim.
Aslida hech qanday dori ham yo'q doktor ham kelmagan bu Minso tomonidan Mari va uning qornidagi mug'rakni yo'qotish uchun tayyorlangan zahar edi. Afsuski buni na Jungkook, na Mari bilardi. Jungkook stakanni oldi.
Minso ketdi va Jungkook eshikni yopib Mariga yuzlandi. Mari unga qovog'ini osgancha qarab turardi
Mari:(yotoqdan turib Jungkook tomon harakatlanar ekan gap boshladi) siz hozir manashu ko'ylaksiz tanangizni begona ayolga ko'rsatingizmi?
Jk:ha shunga nima qipti? Minso bu tanani birinchi marta ko'rgani yo'q. Sendan ko'proq ko'rgan
Mari:meniki bo'lgan narsani hech kim va hech narsa ko'riahga, hattoki o'ylashga ham haqqi yo'q
Jk:(lab chetida kulib) nima rashk qilyapsanmi? Bu menga yoqdi
Mari:men jiddiy gapiryapman bundan buyog'iga mendan boshqasi sizni kiyimsiz ko'rmaydi haqqi yo'q
Jk:hop hop sizni nima desangiz shu zoti oliylari (biroz kesatiq bilan)
Mari:shunday bo'lsin. Agar yana bir marta kiyimsiz boshqa ayol oldida tursangiz badali og'ir bo'ladi. Hozir esa hech qanday yaqinlik bo'lmaydi. Birga aloqa qilmaymiz bu sizga jazo bo'lsin. Dorini esa bering menga (stakanni olib suvni bir ko'tarishda ichib tugatdi)
Mari:hayrli tun erginam (Jungkookdan qisqagina bo'sa oldi va borib joyiga yotib shirin uyquga ketdi)
Jungkook ham yengilganini bilib uni yoniga borib yotdi va Mari quchoqlagancha uxlab qoldi.
Ertasi kuni Jungkook ertaroq turib Mari va o'zi uchun nonushta tayyorlashga oshxonaga kirdi. Biroz o'ylanib oxiri Marining sevimli pankeyklarini qilishga qaror qildi. Jungkook gaz oldida turib pankeyklarni pishirarkan belidan ikki nozik qo'l o'ralganini his qildi. U Mari edi. Mari hali to'liq uyg'onmagan va Jungkookga suyangancha ko'zini yumib turardi
Jk:uyg'on hayotim sening sevimli pankeyklaringni tayyorlayapman. O'zing yoqtirgan qulupnay sharbati bilan yeb olasan
Mari:negadir charchab ketyapman. Xuddi ichimni nimadir sekin asta kemirayotganga o'xshaydi.
Jk:(Mariga xavotirli yuz ifodasi bilan qaradi) balki homiladorlik sabablidir
Mari:balki. Balki ovqatlansam o'tib ketar
Jk:haa kel o'tir nonushta tayyor pankeyk va qulupnay sharbati. O'zing xohlaganingdek
Mari:rahmat katta qo'llaringiz dard ko'rmasin
Ular suhbatini eshik yonida eshitib turgan Minso ayyorona jilmaydi.
Minso:hali boshlanishi Mari xonim ichki a'zolaring butunlay parchalanib ketganida ko'raman ahvolingni. O'shanda ham mening Jungkook bilan shunday kulib o'tirolasanmikin