Qonli Oy Chiqqan Kecha
Hamma ko'chada u yoqdan buyoqqa yugurayotgan payt. Bir chekkadagi skameyka ustida farzandini o'ynayotganini tomosha qilayotgan ona atrofdagi odamlardan eshitgan gapidan so'ng bundan 4 yilgi voqea, hayotidagi eng qayg'uli kun ya'ni o'z suygan yori, turmush o'rtog'ini yo'qotkan kuni ko'z oldida yana gavdalandi. Atrofda barcha "bugun qonli oy chiqadi ko'rishga ulgirib qoling" deya qichqirardi.
Li Susu:dadangni ya' sobiq imperatorimizni yo'qotganimizga bu yil 4 yil to'libdi o'g'lim. Koshki uni o'rniga men ketsaydim, bu qirollik imperatorsiz seni esa otasiz qolmasding bolajonim (bu so'zlarni aytarkan allaqachon ko'zlari namlangandi) Tantai Jin vafotingizga allaqachon 4 yil bo'ldi lekin sizning o'sha sovuq murdangiz hamon ko'z oldimda sizni haliham butun vujudim bilan sog'inaman. Ahmoq kabi haliham sizni qayta yonimga o'sha betakror tabassum bilan qaytib kelishingizga ishonaman. O'g'lingiz sizni har kuni so'raydi ammo nima ham derdim tomdan tarasha tushgan o'lgan diyolmayman. Sizni uzoqlarga ishlashga ketdi deb aytaman u ham men kabi sizni qaytishingizga ishonib yashayapti. Hayot qanchalik beshafqat...o'sha qonli oy...agar imkonim bo'lganida uni bo'laklarga bo'lgan bo'lardim. Hamma oyga yorqin ko'zlar bilan qarasa men undan hazar qilaman. Axir o'sha qonli oy meni hayotim mazmunini mendan olib ketdi...yiroq-yiroqlarga
Xitoy mamlakatida ayni daraxtlar gullagan payti imperator Tantai Minglangning yagona o'g'li voris shaxzoda Tantai Jin yaylovda ot ustida kamonda mashq qilardi.
Otda yeldek uchib ketar ekan birdaniga yo'lida o't ustida osmonga qarab ko'zlarini yumib yotgan qiz sababli keskin otni to'xtatdi. Bu harakatdan ot hurkib yubordi va qizni bosib ketishi oz qoldi xayriyatki qiz vaqtida o'rnidan turib ortga qadam tashladi
Tantai Jin:shu yerda ham yotadimi odam degan ko'rmayapsanmi men bu yerda mashq qilyapman
Li Susu:buncha osmonsiz nima endi shu o't ustida ham yotolmaymanmi
Li Susu:imperator maslahatchisining qizi Li Susu man. Sizchi? O'zingiz kimsiz
Tantai Jin:menmi men imperatorning yagona vorisi shaxzoda Tantai Jin bo'laman
Li Susu bu gaplardan so'ng ko'zlari katta katta ochildi. Va tezda ta'zim qilib uzur so'rashga tushdi.
Li Susu:uzur so'rayman shaxzodam sizni tanimabman biroz avvalgi tarbiyasizligim uchun kechiring iltimos
Tantai Jin:(miyig'ida kulib qo'ydi) hech qisi yo'q yolg'iz bo'lganimizda mulozamatni keragi yo'q meni shunchaki ismim bilan chaqiraver
Li Susu:faqatgina imperator sizni ismingiz bilan chaqira oladi lekin men bunday qilolmayman otam bilib qolsa meni koyiydi
Tantai Jin:senga ruxsatni o'zim beryapman meni ismim bilan chaqir yoki jazolanasan
Li Susu:Tantai Jin siz qirollikdagi eng mohir kamonchisiz menga ham o'rgatolmaysizmi kamondan otishni?
Tantai Jin:nega o'q otishga qiziqib qolding?
Li Susu:buvim menga doim uy ishlarini qilishni o'rgatadilar, kamondan otish, qilichbozlik, ot minish va shunga o'xshashlarni faqat erkaklar qiladi deydi. Lekin men uy ishlariga emas doim jang sanatlariga qiziqib kelganman shuning uchun iltimos o'rgating
Tantai Jin:buving to'g'ri aytgan rostan ham bu erkaklarning vazifasi...lekin sen shunchalik xohlar ekansan mayli o'rgatkanim bo'lsin
Li Susu:rostanmi...qanchalik xursand ekanligimni so'z bilan ifoda etolmayman. Rahmat sizga shaxzoda ee yo'g'e Tantai Jin demoqchi edim
Tantai Jin:(kulib gapirdi) unda ertaga shu vaqtda mana shu yaylovda ko'rishamiz. Bugun meni ishlarim bor
Li Susu:hop siz nima desangiz shu axir endi ustozimsiz
Ular hayrlashishgach Li Susu o'z qo'rg'oniga Tantai Jin esa saroyga qaytdi. Li Susu ertangi kunni o'ylab hayajonlanardi. Shaxzoda inga dars beryapti. Kimsan qirollikning voris shaxzodasi shaxsan o'zi o'q otishni o'rgatyapti