August 21, 2019

Andijonda kannabis “agronom”i qoʻlga tushd

Andijonlik shaxs uyida kannabis oʻsimligiga agrotexnik ishlov berib parvarishlayotgani maʼlum boʻldi.

Andijonlik fuqaro uyida kannabis oʻsimligini alohida eʼtibor bilan parvarishlayotgani aniqlandi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyatida Bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Qora-dori 2019” keng qamrovli tezkor tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi fuqaro U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, xonadon tomorqasida kannabis oʻsimligi oʻsayotgani aniqlandi. Eʼtiborli jihati, bu giyohvand oʻsimlik alohida agrotexnik ishlov berib parvarishlangan. Maʼlum boʻlishicha, alohida parvarishda oʻstirilayotgan och yashil, oʻtkir hidli daraxt shakliga kirgan “kannabis” oʻsimligi 13 tup boʻlgan. Bundan tashqari, xonadon hovlisiga sochilgan va quritilgan holdagi 490 gramm “marixuanа” giyohvandlik moddasi borligi ham aniqlangan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.