Buxoro shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Buxoro shahar 67-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mehnat huquqlari, ta'tillar va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminar davomida qatnashchilarga:
🔹 mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning qonuniy asoslari;
🔹 xodimning asosiy mehnat huquqlari va kafolatlari;
🔹 yillik mehnat ta'tili, qoʻshimcha ta'tillar va ularni berish tartibi;
🔹 ish vaqtini toʻgʻri tashkil etish hamda moddiy javobgarlik masalalari boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir interaktiv savol-javoblar bilan boyitilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan amaliy javoblar oldilar.
Bunday seminarlar kelgusida ham davom ettirilib, xodimlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.