December 18, 2025

Konstitutsiya - bosh qomusimiz!

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligiga 33 yil to‘ladi. Bu qutlug‘ sana munosabati bilan butun respublikamizda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida bayram tadbirlari, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi asosida Buxoro viloyat Onkologiya va Radiologiya markazi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya- adolat tantanasi” mavzusida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning oliy maqsadi – inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblangan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni, bir so‘z bilan aytganda yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun mustahkam konstitutsiyaviy zamin yaratganligini alohida ta’kidladilar.

Konstitutsiyamizda “inson-jamiyat-davlat” tamoyilining huquqiy jihatdan o‘rnatilishi natijasida davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy qiyofasi tubdan o‘zgardi. Asosiy qonunimizda inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi alohida belgilandi.

Buxoro shahar YUXKM