Buxoro shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Buxoro shahar adliya bo'limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Buxoro shahar "Muhammad Narshaxiy" MFYda ma'sullar hamda fuqarolar bilan uchrashilib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori va boshqa zarur qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati mas’ullarga batafsil tushuntirildi hamda ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bunda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tizimi samarali amalga oshirilishi yuzasidan belgilangan quyidagi tartib aytib o'tildi:
yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar “E-ma’muriy ish” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtning o‘zida huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga nisbatan avtomatik tarzda “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha xulosa shakllantirilishi va ijroga qaratilshi;
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarga nisbatan shakllantirilgan har bir xulosalar ijrosi ustidan kunlik idoraviy nazorat mexanizmlari joriy etilishi;
mahallalarda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini amalga oshiruvchi subyektlar va ko‘maklashuvchi shaxslarning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlariga (KPI) ijtimoiy profilaktika tadbirlari natijalari kiritiladi hamda baholashda alohida inobatga olinishi bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida“Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining ilovalaridagi, 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to’g’risida tushunchalar berildi va qarorning mazmun-mohiyati bo’yicha o’quv amaliy mashg’uloti tashkillashtirildi.
Shuningdek, ishtirokchilariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oid tayyorlangan targʻibot materiallari (buklet, flayerlar) tarqatildi.
Buxoro shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi.