December 18, 2025

Buxoro shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Buxoro shahar 51-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mehnat huquqlari, ta'tillar va mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Seminar davomida qatnashchilarga:

🔹 mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning qonuniy asoslari;

🔹 xodimning asosiy mehnat huquqlari va kafolatlari;

🔹 yillik mehnat ta'tili, qoʻshimcha ta'tillar va ularni berish tartibi;

🔹 ish vaqtini toʻgʻri tashkil etish hamda moddiy javobgarlik masalalari boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir interaktiv savol-javoblar bilan boyitilib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan amaliy javoblar oldilar.

Bunday seminarlar kelgusida ham davom ettirilib, xodimlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.