May 17, 2025

𝐌𝐘 𝐂𝐇𝐎𝐈𝐂𝐄

1-BOB

"Baxt deysizmi? O‘z juftingiz bilan? Adashasiz... men undan faqatgina iztirob va nafrat ko‘rdim xolos."

2024-yil 17-sentabr

Kuz poytaxtga endigina qadam qo‘ygandek tuyulsa-da, havoda hali ham yozning ilikligi saqlanib turardi. Ammo bugun... bugun ikki qalb uchun butun umr yodda qolajak, quvonch va hayajon bilan yo‘g‘rilgan kunga aylangandi.

Bazm allaqachon o‘z boshlovini olgan, kelinning dugonalari esa uni sahnaga chiqarish uchun qizg‘in tayyorgarlikda edilar. Bu orada esa kuyov – yuragi orzular va hayollar bilan to‘lib-toshgan holda, hayotining eng muhim qadami sari odimlayotgandi.

— "Daxe, bu libosim chiroylimi? Bilasan, bu shoshilinch tanlov edi..." — dedi Mina , ko‘zlarida asabiylik yaltirab.

Ammo u juda go‘zal edi. Yuzida beg‘ubor jilmayish, nigohlarida esa sof baxt porlab turardi. Uni ko‘rgan har kim: “Yo‘q, bu qiz hech qachon 26 yoshda bo‘lishi mumkin emas,” deya hayratga tushardi.

— "Ey go‘zal dugonam, sen har doim chiroylisan, bugun esa... bugun butun dunyodan ham maftunkar ko‘rinyapsan," — dedi do‘sti, iliq bir mehr bilan.

Ular xursandchilikdan kulishib turgan bir paytda boshlovchi mikrofonni olib, kelinni sahnaga taklif qildi.

Bazm xonasi – go‘yo sehrli ertakdan ko‘chib kelgandek: oppoq gullar, sokin ranglar jilosi, va muhabbat bilan yo‘g‘rilgan muhit...

— "Hayajonlanma, Minashi... Sen bunga tayyorsan, shunday emasmi?" — dedi dugonasi, uning qo‘lini tutib.

Mina chuqur nafas oldi va iltifot ila javob berdi:
— "Ha... Men tayyorman."

Eshiklar ochildi. Xonani to‘ldirgan ohanglar orasida otasi Minani ko‘rib to‘xtab qoldi. Ko‘zlari yoshlanib, yuragida aralash tuyg‘ular g‘uvilladi. Axir bugun u yagona farzandini – yuragining bo‘lagini – boshqa bir erkak qo‘liga topshirmoqda edi.

— "Malikam... Bugun sen o‘z hayotingdagi eng go‘zal kuningda, yuragimni yana bir bor zabt etding. Ketdik, qizim."

Otasi Minani qo‘lidan tutib, ulardan biroz narida turgan kuyov — Cha Eun Woo tomon yurdi.

Ularning hikoyasi esa, bundan ancha yillar ilgari, talabalik kezlarida boshlangan edi...


2018-yil, Bahor

— "Armin, qayerga ketayapmiz? Hozir darsga kech qolamiz-ku! Janob Parkning qattiqqo‘l ekanligini bilasan axir..."

— "Bir daqiqaga jim bo‘lsang, yaxshiroq eshitasan. Esingdami, bir yigit bilan tanishganimni aytgan edim? Endi seni u bilan tanishtirmoqchiman. Nahotki hanuzgacha o‘sha pastkashni deb yuraging og‘risa? U bunga arzimas ham edi!"

— "Iltimos, uni eslatma... U mening yuragimda faqat alamli xotira bo‘lib qoldi."

— "Hey, mana u kelayapti!"

Mina boshini ko‘tardi. Qarshisida, quyosh nurlarida porlagandek, bir yigit u tomonga yaqinlashayotgan edi.

Mina (Pov):
Uzoqdan kelayotgan yigit — Armin aytgan o‘sha yigitmikan? Haqiqatan ham chiroyli, o‘ziga ishongan, ko‘zlarida nimadir bor. Jozibasi meni beixtiyor tortib ketmoqda...

Yigit avval Armin bilan ko‘rishdi, so‘ngra Mina tomon yuzlandi:
— "Salom, men Cha Eun Woo... Ammo siz shunchaki 'Eunwoo' deb chaqiravering."

— "Salom, men Mina . Tanishganimdan mamnunman."

— "Men ham."

Ular bir-biriga kulib qarashdi. Yangi bir hikoya endi boshlanayotgan edi.

— "Shu yerda to‘xtab turamizmi? Yaqinroqda juda ajoyib shirinlik kafesi bor. U yerga boramiz, maylimi?"


2019-yil, Qish

— "Minam , iltimos uchrashaylik. O‘sha birinchi uchrashuvimizdan boshlab yuragimni egallab bo‘lding. Har bir so‘zing, sening chiroying, fe’l-atvoring... hammasi menga aziz. Iltimos, menga imkon ber — seni baxtli qilishga so‘z beraman."

Mina biroz jim qoldi. Ko‘zlari yigit ko‘zlarida javob izlayotgandek edi:
— "Bilasanmi, Eunwoo... menga biroz vaqt kerak. Bu yengil qaror emas."

— "Ha, qancha vaqt kerak bo‘lsa kutaman. Faqat sen bo‘lgin."


2020-yil, Fevral

— "Mina, bugun biz rasmiy juft bo‘lganimizga aynan bir oy to‘ldi. Bu — mening hayotimdagi eng yorqin kunlardir. Menga rozilik berganing uchun minnatdorman. Seni sevaman."

— "Menimcha, biz ajoyib juftlikmiz... Men ham seni sevaman, azizim."

2024-yil, iyul
Issiq yoz oqshomida…

Garchi kun issiq, quyosh esa olovdek porlayotgan bo‘lsa-da, ular — Mina va Eunwoo — bir-birini ko‘rish uchun har qanday holatga tayyor edilar. Atrofdagi odamlar dengiz bo‘yida to‘planib, iliq shabada esayotgan bir paytda, bu ikki yurak egasi ham ana shu jimjimador manzaraning bir bo‘lagi bo‘lishar edi.

Eunwoo sekinlik bilan cho‘ntagiga qo‘l soldi. Yuragi qattiq urar, ammo nigohlari qat’iyatli edi. U cho‘ntagidan mayin charm bilan qoplangan qizil qutichani olib chiqdi va yuragidagi jasorat bilan tiz cho‘kdi. Qutichani ochganida, unda yiltirab turgan, nozik bir brillianli uzuk ko‘zga tashlandi — go‘yo osmonda yongan yulduzdek porlar edi u.

Mina nafasini ichiga yutgancha, bir zumda hayrat va hayajon orasida qotib qoldi. Keyin yurak amri bilan unga yaqinlashdi.

— Minam... bilasanmi, men seni har bir yurak urishimda, har bir nafasimda sevaman. Har tong seni ko‘rishni, har tun sen bilan uxlamasdan suhbat qurishni istayman. Hayotimda sensiz lahza tasavvur qilolmayman. Malikam... men bilan bir umrga qolasanmi? — dedi Eunwoo, ovozida titroq, ko‘zlarida samimiyat bilan.

Atrofdagi odamlar bu go‘zal manzaraga guvoh bo‘lib, beixtiyor hushtak chalib, baqirishdi:

— “Xa de!”
— “Sizlar jannatdan tushgan juftliksizlar!” — degan ovoz eshitildi olomon ichidan.

Mina jim turardi. Lekin ko‘zlarida minglab so‘z, yuragida esa bir qaror allaqachon shakllangan edi. U yengilgina bosh irg‘adi, so‘ng mayin, ammo qat’iy ovozda dedi:

— Men… men roziman.

So‘zlari bilan birga ko‘zlaridan baxt yoshi yuza tomon oqib tushdi. Bu ko‘z yoshlari armon emas — bu sevgining eng pok, eng chiroyli timsoli edi.

Eunwoo sekin Minaning nozik barmog‘iga uzukni taqdi. Bu lahza — ikki yurak, ikki taqdir, ikki dunyoning birlashgan onlari edi. U o‘rnidan turdi va sevgan qizini bag‘riga bosib, peshonasidan mayin bo‘sa oldi.

Osmonda quyosh hali botmagan edi, lekin ularning muhabbati allaqachon porlayotgan yulduzga aylangan edi.

Atrofni qarsaklar tutdi.
Hammaning yuzida tabassum, yuraklarda esa iliqlik bor edi. Kimdir telefon chirog‘ini yoqdi, yana kimdir "Wooh!" deb baqirdi. Ular uchun — Mina va Eunwoo uchun — bu oqshom hech qachon unutilmaydigan xotiraga aylangandi.

POV Mina :
“Yettinchi osmonda uchish deb buni aytishsa kerak…”
Ha, men hozir aynan shunday his qilyapman. Ichimda shunchalik katta baxt borki, so‘z bilan ifodalay olmayman. Go‘yo yuragim osmon quchog‘ida parvoz qilmoqda.
Men Eunwoo'ga har doim ishonganman. Endi esa, bu ishonch umrgacha davom etadi. U meni baxtli qilish uchun qo‘lidan kelganini emas, hatto kelmaganini ham qiladi. Men bunga ishonaman. Chunki uning nigohida ko‘nglim uchun joy bor. Men endi chinakamiga… sevgan odamimning "eng sevimli ayoli"ga aylanyapman.

2024-yil 17-sentyabr. Soat 19:45.
Shahar osmonida allaqachon qorong‘ilik tusha boshlagan. Bayram esa yangi avjga chiqmoqda. Yorug‘liklar, kulgular, raqslar... Hamma quvonchda. Eunwoo va men do‘stlarimiz bilan birgalikda iliq, samimiy suhbatlar, hazillar bilan zavqdamiz.

Shu payt, orqamdan tanish ovoz eshitildi:

— “Mina aytganim esingdami? Senga aytgandim-ku: u bilan tanishsang, afsuslanmaysan, deb... To‘g‘rimi?” — dedi Armin, nigohlarida quvonch bilan aralash faxr.

Men kulib, bosh irg‘adim:

— “Hey, bo‘ldi… U bilan tanishishimga qarshi bo‘lganimning yagona sababi o‘qish edi. Lekin u — aynan u — men uchun har narsaga imkon yaratdi. Endi esa, men u bilan… chin dildan baxtliman. Ishonavering, Armin.”

Armin qattiq quchoqlab oldi. So‘ngra barchamiz yana bayram ichiga sho‘ng‘idik.

Bu tun... sevgi, do‘stlik va orzularning bir nuqtada uchrashgan tuni edi.

2024-yil dekabr.

Ikki yangi er-xotinning xonasida asabiy ovozlar.

— Eunwoo, bu kim? Sendan so‘rayapman, manabu telefoningdagi qiz kim, deb so‘rayapman! — Mina ovoz ohangini ko‘tarib baqirdi.

— Mina, bu tushunmovchilik. Men... men bilmayman bu qiz kim, — yigit o‘zini aybsizligini tushuntirishga urundi.

— Aldama! Ikki kun oldin ham, kechki soat 12 da qaysidir manjalaqi bilan suyulib gaplashayotgan eding. Ayt to‘g‘risini! Bu men payqagan galati tushunmovchilik emas! Eunwoo, men senga... menga nima deganding? Shunchalik qabihmisan?! — qiz asta boshini egib, ko‘zlariga yosh oldi. O‘z tanasini boshqara olmay, o‘zini yerga tashladi.

Eunwoo shoshgancha tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi.

— Alo, alo, meni eshityapsizmi?

— Ha, janob, eshityapmiz.

— Gangnam ko‘chasi, 16-kvartira, 2-qavat, 5-xonadon. Tez yetib kelinglar, iltimos, tez!

— Xo‘p, darhol yo‘lga chiqamiz.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi. Oradan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas, tez yordam mashinasi manzilga yetib keldi. Eunwoo Minani ehtiyotkorlik bilan yotoqqa olib chiqdi. Unchalik qari bo‘lmagan hamshira Minani tekshirar ekan, Eunwoo yuragidagi og‘irlikni yashira olmay, o‘zini bu voqeada aybdor his qilardi.

— Bir nima deyish qiyin... — dedi hamshira sal bo‘g‘iq ovozda. — Ayolingiz, chamasi, ikki haftalik homilador. Juda qattiq stressni boshdan kechirgan. Tanasi esa… juda zaif. Endi esa, ikki jon uchun ham qanday ahvolda bo‘lishi noma’lum.

— Nima? Homilador?.. Rostdanmi? Men... men quloqlarimga ishonolmayapman. Men ota bo‘lamanmi?..

— O‘zingizni bosib oling. Ayolingiz bundan keyin vitaminlar, sog‘lom ovqatlar iste’mol qilishi kerak. Asabiylashtiradigan har qanday holat yo‘q qilinishi lozim. Ayniqsa, homiladorlikning dastlabki besh oyi ichida, u ko‘proq dam olishi zarur.

— Xo‘p, xonim, aytganlaringizning hammasini bajaramiz, albatta.

Eunwoo joyidan turdi-da, doktorga chuqur ta’zim qilib, minnatdorchilik bildirdi. Ayol qo‘lidagi ruchka bilan dorilar va ularni qachon ichish kerakligi yozilgan qog‘ozni to‘ldirib, unga uzatdi.

— Xayr. O‘zingizni va ayolingizni ehtiyot qiling.


2025-yil 2-mart

Mina qo‘lida turgan idishni yerga qarab irg‘itdi. Qattiq asabiy holatda edi, garchi bu holat unga zararli ekanini yaxshi bilsa-da.

— Eunwoo, sening joying joyidami?! Endi aniq javob berasan! Shuncha vaqt jim yuribsan, yana biror nimani yashirishga urinyapsanmi? Bundan buyon sening hiyonatlaringga ko‘z yumib turolmayman! Ayt, kim u?! Kim o‘sha eri bor, yaqinda ota bo‘ladigan insonga osilayotgan manjalaqi?! Javob ber dedim!

— O‘chir ovozingni! Senga nima kim bilan yuraman, nima qilaman?! O‘zing aybdorsan! Quruq tuhmatlar qilaverding, garchi senga hiyonat qilmagan bo‘lsam ham! Ana endi o‘zingdan ko‘r! Ha, men boshqa bir qizni sevib qoldim. Ha, u juda chiroyli, har bir narsaga urush qilavermaydi senga o‘xshab! Yetar! Men o‘ylagandimki, farzand kutayotganimizdan so‘ng hammasi yaxshi bo‘ladi, lekin unday emas ekan! Ajrashamiz, Mina!

Uning og‘ir, behis tuyg‘usiz aytgan so‘zlari Minaning yuragini tilka-pora qildi.


Pov Mina :

Aqlimga sig‘dira olmayapman… Nima, men sevgan erkak aslida shunday bo‘lganmi?.. Ah… qornimda kuchli og‘riq paydo bo‘ldi… qandayligni tasavvur ham qila olmaysiz. Boshim aylanmoqda… Shu yetmagandek…

Mina birdan hushini yo‘qotdi va yerga quladi.

Eunwoo buni ko‘rib, aytgan so‘zlari qanday og‘riq keltirganini nihoyat anglab yetdi.

— Mina, ko‘zingni ochsangchi? Iltimos, o‘zingga kel…


Kechki soat 21:49

— Mina xonimning ahvollari hozircha yaxshi… ammo…

2025-yil 2-aprel

Qop-Qora xona Minaning hayollari chalkash, shunchaki uning hayoti barbod bo'layotgan edi.

pov Mina :

Mana bu dunyo yuzini ko'rmagan bolamdan ham ayrilganimga bir oy bo'libdi..

Eh men uni juda kutayotgan edim, Afsus unga bu nasib qilmagan ekan.

Eun woo bilan bugun menga ajralish haqida sud qarori keldi va faqat meni imzoyim qoldi holos , qanday deysizmi? Xa biz ajrashmoqchimiz, biz baxtli edik ammo hozir emas, men bular bilan kurashishka harakat qildim, ammo o'xshamadi. Nega chunki endi u o'zgasini sevadi. U allaqachon meni tark etkan balki bunda mening aybim biroz bo'lsada bordir ammo u menga xiyonat bilan javob qilishi kerak emas edi.

Negadur hozir o'zimda emasman axmoq bo'lma Mina, u seni endi sevmaydi-ku. Yangi hayot boshlasamchi usiz va uni unutib yashagan holatda ammo unga bag'ishlangan umrimchi hammasi uvol ketdimi? Menimcha Ha !

Oldimda turgan ajralish haqidagi qog'ozga qarab chuqqur o'yladim, va o'z imzoyimni qo'ydim. Bizda hammasi qonuniy va ruhiy tugadi degan umiddaman.

Iltimos men uni qayta ko'rmay yana qayta qiynalishni istamayman...

2025-yil 6-iyul

Soat 8:45ni ko'rsatmoqda.. "Bileco" cosmetic kamapniya ish binosi.

-Hayirli kun Men Bae Mina bo'laman

-xa hayirli kun xonim sizni navbatingiz ekan Janob Kim Taehyung ichkaridalar.

Муаллиф Сео Даҳе