𝐈'𝐌 𝐀𝐅𝐓𝐄𝐑 𝐘𝐎𝐔
Koreya. Soat 23:14. Seul chekkasidagi eski turar joy dahasi.
Tungi sokinlikni faqat yomg‘ir tomchilari buzmoqda edi. Yorug‘lik tushmagan ko‘cha burchagida Taehyung mashinasini to‘xtatdi. Boshini orqaga suyan, ko‘zlarini yumdi. Onasining bugun aytgan so‘zlari yodiga tushdi:
> “Bu qiz... esingdami? Shu yerda yashardi. Sen bolaligingda har kuni u bilan o‘ynarding.”
U yana o‘sha nomni eshitdi: Mina.
U qulog‘ida qayta-qayta yangrayotgan edi.
Ko‘z oldiga tushlaridagi qorong‘ilik, sirli qiz va uning tanish nigohi keldi.
Taehyung chuqur nafas oldi. “Demak, bu tasodif emas.”
Ertasi kun. Seul markaziy tibbiyot shifoxonasi. 17-xona. Soat 18:02.
Mina stulda o‘tirgancha daftarini ko‘zdan kechirar edi. U hanuz hayratda edi. Bu yigit... Taehyung. Uning ko‘zlari, ovozi, hatto kulgusi — biror joydan tanish.
Lekin bu qanday mumkin? U hech qachon uni uchratmagan.
U yangi psixolog. Endigina klinikada ish boshlagan. Tajribasi kam, ammo o‘quv yillari davomida o‘z ustida ko‘p ishlagan. Har bir bemor unga saboq edi.
— Kiravering, — dedi u har doimgidek muloyim, lekin yuragi o‘sha "duk"ni yana his qildi.
Taehyung kirib keldi. Bugun u ancha rasmiy, qora ko‘ylakda. Ammo ko‘zlarida kechagi yumshoqlikdan asar yo‘q — u jiddiy.
— Kechirasiz, bugun biroz... hayajonliman. Siz bilan gaplashishim kerak, — dedi u, stulga o‘tirarkan.
Mina qog‘ozini chetga surdi.
— Eshitayapman.
Taehyung unga tik qaradi:
— Men bolaligimda Seulda yashardim. O‘sha vaqtda bir qiz bor edi. Uning kulgisi... meni har doim yupatardi. Biz har kuni ko‘chada o‘ynardik. Lekin keyin otamning ishi sabab ko‘chib ketdik.
Mina biroz oldinga egildi.
— Bu... men bilan bog‘liqmi, deb o‘ylayapsizmi?
Taehyung jilmaydi, ammo bu jilmayishda iztirob ko‘p edi.
— Ha. Kecha sizni ko‘rganimda... yuragim g‘alati bo‘ldi. Sizni birinchi marta ko‘rishimdek tuyulmadi. Men shunchaki tush ko‘rmayapman, Mina. Bu tushlar... bu xotiralar.
Pov Mina:
Uning so‘zlari yuragimni larzaga soldi. Men professional emasman, faqat yangi yo‘l boshlovchisi. Ammo yuragim allaqachon u bilan bir necha bor suhbatlashgandek, ko‘zlarim uning nigohini ilgari his qilgandek edi.
Shu on yuragimni boshqarolmadim.
— Balki... siz bolalikdagi o‘sha do‘stingizni izlayotgandirsiz. Balki men o‘sha emasman...
Taehyung bosh chayqadi:
— Yo‘q. Bu yurak adashmaydi. Men sizni topdim. Endi meni bezovta qilayotgan narsa — siz meni tanimayapsiz.
Avtor:
Yomg‘ir derazaga urilar, har bir tomchi ular orasidagi masofani qisqartirayotgandek edi.
Mina o‘zini yo‘qotmaslikka urinar, lekin yuragi allaqachon unga tegishli ohangda ura boshlagandi.
Bu suhbat – shunchaki psixologik seans emas.
Bu – o‘tmishdan kelgan chaqiriq, unutilgan hislar uyg‘onayotgan lahza edi.
Seul markaziy tibbiyot shifoxonasi. 17-xona. Soat 18:16.
Xona ichida sukut cho‘kdi. Faqat devordagi soat "tik-tik" tovush bilan yurib borardi.
Mina daftarini qo‘liga olib, titrayotgan qo‘llarini yashirishga urindi. Taehyungning so‘zlari yuragiga urilganidek bo‘ldi.
U ko‘zini pastga soldi:
— Men... hayronman. Bunday holatni nazariy jihatdan tushuntirish mumkin. Ammo bu his...
Taehyung sekin qo‘lini oldinga uzatdi, biroq darrov qaytarib oldi.
— Siz menga ishonmaysiz, to‘g‘rimi?
— Men professional bo‘lishim kerak, — dedi Mina sokin ohangda.
— Lekin men o‘zimni qo‘lga ololmayapman. Sizni ko‘rganimdan beri ichimda nimadir buzildi. Qachonki siz gapirsangiz — yuragimda...
U so‘zini tugatolmadi. U psixolog, lekin hozir o‘z hissiyotlarida chorasiz edi.
Taehyung o‘rnidan turdi.
— Men sizga yordam berish uchun kelmadim. Faqat sizni eslashimni aytmoqchi edim. Chunki bu eslash... meni halok qilayapti.
U eshik tomon yurdi.
Mina esa hech narsa deyolmadi. U yuragini bosib o‘tirar edi.
Eshik ochildi. Keyin sekin yopildi.
Pov Mina:
Men yolg‘iz qoldim. Shu qadar jimki, hatto yuragimning urishi qulog‘imda aks sado berayotgandek.
U menga o‘tmishni aytdi, men esa kelajakdan qo‘rqyapman.
Bu ish professional chegaralardan chiqyapti. Lekin yurakda chegaralar yo‘q, to‘g‘rimi?
Ertasi kun. Mina uyida. Soat 07:45.
Mina qahva tayyorlab turar ekan, derazadan tashqariga qaradi.
Osmon yana bulutli. U deraza ostidagi notanish gulchambarni ko‘rib hayron bo‘ldi.
Gullar orasida bir qog‘oz bor edi:
> "Bolaligimizda men seni gullardan topardim. Endi yana shu yerdaman. — T"
Mina titrab ketdi.
Gullar orasida kichik qush patlari va yodgorlikka o‘xshagan kichik bronza tugma bor edi.
Pov Mina:
Demak, u yolg‘on gapirmadi. Menimcha... men ham uni eslayapman.
Faqat bu eslash ortidan nimalar keladi — qorong‘u bir noma’lumlik edi.
Mina tushlarida bolaligidan parchalar ko‘ra boshlaydi: ko‘zlari qorong‘i, ammo do‘sti kabi iliq bolakay. U yigit aynan Taehyung edi.
Shu orada, Mina bir eski kundalikni topib oladi — u yerdagi ism... Kim T.H.