May 11, 2025

𝐈'𝐌 𝐀𝐅𝐓𝐄𝐑 𝐘𝐎𝐔

Episode - 1

Koreya. Soat 18:59. Seul markaziy tibbiyot shifoxonasi.

Shifoxona bog‘ini o‘rab turgan binolar jimjit kechani yana-da sokinlashtirib turardi. Havo nam, bosim past – go‘yoki osmonda yig‘layotgan bulutlar yerga qulash uchun ruxsat kutayotganday. Yomg‘ir istalgan lahzada tomchilab tushishi mumkin edi.

Shifoxonaning 3-binosi, 2-qavat, 17-xonasi. Bu yer — “Psixolog” Kim Mina xonasi. Kech bo‘lishiga qaramay, Mina hali ham bemorlarini qabul qilmoqda edi. U har bir bemorining ruhiy holatiga jiddiy yondashar, ishini mehr bilan bajarar, shuning uchunmi, unga ishonadiganlar ko‘p edi.

Eshik sekin taqillatildi. Qariyb 27 yoshlar atrofidagi bir erkak eshikda paydo bo‘ldi.

— Kirsam bo‘ladimi, doktor? — ovozida ehtiyotkorlik va shu bilan birga o‘ziga xos ishonch barq urardi.

— Marhamat, kiring, — dedi Mina muloyimlik bilan.

Erkak eshikni ohista yopib, ichkariga kirdi. Shifokor unga qarab qoldi. Ko‘rgan zahoti ich-ichida bir savol tug‘ildi: “Bunday mukammal qiyofa egasining qanday muammosi bo‘lishi mumkin?” Uning yuzi, gavdasi — hammasi manhwadagi bosh qahramonlarga o‘xshardi. Ammo bu tashqi go‘zallik ortida yashiringan ichki olam har qanday kutilmagan holatlarga boy bo‘lishi mumkinligini Mina yaxshi bilardi.

Erkak Mina qarshisidagi stulga joylashdi. Oyoqlarini chiroyli tarzda tutdi, bo‘ynidagi o‘ziga juda yarashgan bo‘yinbog‘ini to‘g‘riladi va tabassum bilan unga qaradi.

— Men shifokor Minaman. Siz-chi?

— Shifokor Mina xonim, bu shartmi? — dedi yengil kinoya bilan, ammo shunchaki jilmayib qo‘shib qo‘ydi: — Ha mayli, baribir qo‘ymadingiz. Kamina Kim Taehyung.

— Xax, mayli, indamayman bu gapingizga. Ho‘sh, sizda qanday muammo bor, Kim Taehyung?

Ularning har ikkisi ham g‘ururli, o‘ziga xos jozibaga ega insonlar edi. Biri hazilkash va erkin, ikkinchisi esa vaziyatga qarab harakat qiladigan, sokin, ammo o‘tkir fikrli ayol edi.

— Meni negadir qorong‘i tushlar bezovta qilayapti. Tushimda bir chiroyli qiz turadi. Uning yoniga borishga urinsam, uyg‘otgich chalinib, bizni bir-birimizdan ajratib yuboradi... Nima qilsam bo‘ladi?

P.O.V Mina:

Bu axmoqmi o‘zi? Qanday qiz? Qorong‘ulik emish… Lekin nega u bunchalik ideal ko‘rinishda? Shu darajada go‘zal va sirli...

Avtor:

— Uyg‘otgichni olti emas, sakkizga qo‘ying. Shunda hech narsa sizlarni ayira olmaydi.

Qiz yuziga kulgi yugurtirib, mazax aralash so‘zlar aytdi. Taehyung esa boshini sal egib yengil kuldi. Biroq bu kulgi oddiy emasdi — unda bir oz noz, bir oz zavq, bir oz ichki o‘ylar mujassam edi.

— Bunchalik oson yechim topaman, deb o‘ylamagan edim, go‘zal qiz...

— Bunday axmoqona savolga javob berish oson, shunday emasmi?

— Balki... Lekin tushimdagi qiz kimligiga qiziqmadingizmi, go‘zal qiz?

— Ha, sizsiz demang faqat! — Mina xazilomus kuldi. Uning kulgusi har qanday odamni o‘ziga rom etardi.

— O qayerdan bildingiz?

— Janob, iltifot uchun rahmat, ammo uzr, men ketishim kerak. Sevgilim kutayotgan edi. Vaqt ham kech bo‘ldi, ish vaqti tugadi. Iltimos, ertaga ertaroq kelsangiz, asosiy muammoingiz ustida jiddiy ishlaymiz, — dedi u, gapira-gapira narsalarini sumkasiga joylay boshladi.

— Mayli, Mina xonim. Ko‘rishguncha, — dedi Taehyung va oxirgi so‘zini aytgancha chiqib ketdi.

Zinadan pastga tusharkan, cho‘ntagidan telefonini chiqarib kerakli raqamga qo‘ng‘iroq qildi.

— Allo, Mingyu. O‘xshamaydi bu qiz bugun... Ammo bilishimcha, uning yigiti bor ekan.

Taehyung telefonini cho‘ntagiga solarkan, yomg‘irning ilk tomchilari yuziga tegdi. U boshini osmonga ko‘tardi, go‘yo u yerdan qandaydir javob kutayotgandek. So‘ng asta yurib, shifoxonani tark etdi. Uning yurishida sukut, ko‘zlarida esa iztirob bor edi.

Pov Mina:

U ketgach, xona birdaniga huvillab qolgandek bo‘ldi. Stol ustidagi qog‘ozlarni tartibga solarkanman, yuragimda qandaydir g‘ashlik, bir g‘alati bo‘shliq paydo bo‘ldi. Axir men professional psixologman, masofa saqlash – kasbimning bir qismi. Ammo... nega yuragim unga begona emasdek tuyuldi? Uning ko‘zlaridagi og‘riq, g‘am... allaqachon ko‘rganimdaydi. Bu kechasi u tushimga kirsa ajab emas.


Ertasi kun — 17-xona, soat 17:48

Mina hali soatga qarayotgan edi. Birdan eshik taqqilladi. Kutmagan holda yuragi "duk" etdi. Nafasini ichiga oldi.

— Kim? — dedi past ovozda.

Eshik ochildi. Bu yana o‘sha yigit edi. Bugun u moviy pidjakda, jingalak sochlari bir oz nam – ehtimol yomg‘ir ostida yurgandir.

— Men aytilgan vaqtdan biroz oldinroq keldim. Bugun... asosiy muammom haqida gaplashamiz, — dedi u muloyim tabassum bilan.

— Marhamat, o‘tiravering, — Mina qog‘ozlarni bir chetga surarkan, nigohini undan uzmadi.

— Avvalo, kechagi hazillarim uchun uzr so‘ramoqchiman. Ammo... bu tushlar meni tinch qo‘ymayapti. Qorong‘u ko‘chalar, notanish joylar va har safar... o‘sha qiz. Yaqinlashmoqchi bo‘lsam, yuzini menga buradi, ammo hech qachon aniq ko‘ra olmayman. Va uyg‘onaman.

Mina unga jiddiy nigoh bilan qaradi:

— Siz tushlarda o‘zingizni himoyasiz his qilasizmi?

Taehyung bir lahzaga sukut saqladi. So‘ng sekin bosh irg‘adi.

— Ehtimol... Men uni yo‘qotganman, yoki hech qachon topa olmaganman. Ammo u qiz... qandaydir tarzda sizni eslatadi.

Pov Mina:

Bu nima degani? Meni? Bu shunchaki tasodifmi? Yoki... u meni tanidimi? Balki men uni? Yuragimni bosib, ohangimni iloji boricha xotirjam saqlashga harakat qildim.

— Bu oddiy psixologik holat bo‘lishi mumkin. Miya tanish qiyofalarni tushda timsollarga aylantiradi. Balki men faqatgina bir ko‘cha yo‘lovchisiman.

Taehyung jimgina kulimsiradi:

— Balki... Lekin men sizni ko‘rganimda, bu birinchi marta emasdek tuyuldi. Go‘yo men... sizni qachonlardir sevganman.

Bu so‘zlar yuragimni tirnab o‘tdi. Bu nafaqat bemorning hissiy yuklari, balki... bu boshqa narsa edi. Bu so‘zlar haddan tashqari chuqur, haddan ortiq yaqin edi.


Avtor:

Kim Mina — professional. Sovuqqon, tartibli, masofani saqlay oladigan inson. Lekin bu yigit — bu begona, uning ichki devorlarini asta-sekin parcha-parcha qilib sindirayapti.

Bu uchrashuv ortida qandaydir sir yashiringan. Tushlar, tanishlik hissi, yurakka botgan ohang...

> “Go‘yo men... sizni qachonlardir sevganman.”

Tashqarida yomg‘ir derazalarga ohangli urilar, yurak esa har bir zarbada unga biroz yaqinlashayotgandek urardi...

~~

2- qismdan.....

Taehyung Minani ilk bor ko‘rgan kundan beri bezovta. U ishonch hosil qiladi: bu — bolaligida sevgan, kichkina kulgichasi bilan uni ovutgan Mina!

Muallif Seo Dahye