July 1, 2025

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤBLAYZE

EPISODE 2: RASHK YOKI BOSHQA, AMMO HAMMASI BIR HIL!

P.O.V. DAHE:

Ishdan chiqqanimdan so'ng, kayfiyatim butunlay charchagan edi. Minaga bir necha bor qo'ng'iroq qildim — ikki, balki uch marta. Javob yo'q. Ichimda bir g'alati tuyg'u bor edi — u menga kerak edi. Shunchaki gaplashish, ko'ziga qarab jim turish ham bo'lsa... kerak edi. Telefon javobsiz qolgach, to'g'ridan-to'g'ri kvartirasiga yo'l oldim.

Mina — bolaligimdan beri eng yaqin inson. 9 yoshimdan buyon yonimda. Bizni nafaqat do'stlik, balki oilalarimiz o'rtasidagi iliqlik ham bog'lab turardi. U mendan ikki yosh katta bo'lsa-da, men har doim uni "sen"layman. Chunki u hech qachon e'tiroz bildirmagan, shunchaki qabul qilgan. Har doim.

Uning hayoti doim menga g'alati tuyulgan: ota-onasining bosimi ostida yashaydi. Ular uni itlar bo'yicha mutaxassis bo'lishga majburlashgan. Mina o'qishni yoqtirmaydi, biroq ota-onasi aytganidek o'qidi, diplom oldi, va endi otasining kichik kompaniyasini boshqaryapti. Mening esa yo'lim boshqa edi. Men bu sohaga oshiqman. Ishimni sevaman. Orzuim — shaxsiy reklama agentligimni ochish.

Mina yashaydigan binoga yetib keldim. Liftda 5-qavat tugmasini bosib, ko'nglimda og'irlik bilan yuqoriga ko'tarildim. Uning kirish parolini bilaman, albatta. Eshik ochildi.

Ichkarida qorong'u. Hech qanday chiroq yoqilmagan. Poyabzallar tartibsiz sochilgan. Bu Mina emas. U tartibni sevadi. Har bir narsani joyida saqlaydi. Yuragimda noaniq xavotir bilan yotoqxona tomon bordim.

Ichkaridan g'alati ovozlar eshitilardi. Nafasimni ichimga yutib, eshikni sekin ochdim va chiroqni yoqdim.

Ko'z oldimda ko'rgan manzara meni titratib yubordi.

Mina... va bizning kompaniyadagi bosh o'rinbosar — yalang'och holda, bir-biriga yopishgan. Ular meni ko'rib qoldilar, hayrat bilan choyshab ostiga yashirishdi.

Men esa... jim edim. Nafas ololmadim.

"O'yoo'q... Mina, men noto'g'ri pallada kelib qoldim shekilli. Mayli, hayr. Bo'shaganingdan so'ng qo'ng'iroq qilarsan," — dedim va chiroqni o'chirib, yuragimda portlayotgan tuyg'ular bilan eshikni yopdim.


Uyga kelib, shunchaki yig'ladim. Tilimda so'z yo'q edi. Ko'zlarimdan yosh oqayotganini ham sezmadim. Bu kun — balki hayotimdagi eng og'ir kunlardan biri edi. Yigitim bilan ajrashgan kunimni esladim. Bu voqeaga ham roppa-rosa bir yil bo'ldi. O'shandan beri yuragimga hech kimni yaqinlashtira olmayapman. Ehtimol, hanuzgacha o'shani sevayotgandirman. Kim bilsin.

Ertaga oilam sayohatdan qaytadi. Otam, onam, o'gay opam Soojin. Akam esa hanuz Xitoydagi savdo do'konimizni boshqaryapti. Ularni sog'indim.

Ko'zlarim og'irlashib, uyquga ketdim.


Tong. Soat 5:00. Xonam eshigi taqqilladi. Soojin edi. Ichkariga kirdi.

Men shoshib o'rnimdan turdim.

"Pastga tush, otang va onang seni chaqirishayapti," dedi u odatdagi sovuqlik bilan.

Men yuzimni yuvib, pastga tushdim. Otam bilan quchoqlashib so'rashdim, onamga esa xolosgina salom berdim. U bilan oramiz allaqachon sovigan.

Menga Parijdan turli sovg'alar olib kelishgan. Raxmat aytdim, va xonamga chiqib ketdim. Ishga borish vaqti yaqinlashmoqda, ammo hech qanday ishtiyoq yo'q. Yuragim g'ijim. Ruhiy charchoq haddan tashqari.


OFIS – Jungkook tarafidan

Tushlik yaqinlashmoqda, lekin Seo Dahe hanuz ofisda yo'q. Bu — g'ayrioddiy. Chunki Dahe hech qachon kechikmaydi. Har doim o'z vaqtida. Har doim mas'uliyatli.

Jungkook ofisida reklama dizayniga doir bir muhim loyiha ustida ishlayotgan edi. Ko‘zlari monitorga tikilgan bo‘lsa-da, yuragi noto‘g‘ri urayotgandek tuyuldi. Va nihoyat, o‘zini tuta olmadi.

Marketing bo‘limiga bordi.

Xonada odatdagi shovqin, lekin... Dahe yo‘q. Uning joyi bo‘sh.

Jungkook Yeonjunning oldiga bordi.

"Hayrli kun barchaga. Seo Dahe qani? Biror narsa bo‘ldimi?"

Yeonjun salom qaytardi:

"Bugun Dahe xonim kelmadilar. Telefon qilishdi, ammo javob yo‘q."

Jungkook bir zum jim qoldi. So‘ng ohangsiz ohangda:

"Mayli. Yaxshi ishlanglar," — dedi va orqasiga burilib, chiqib ketdi.

Ammo yuragida savollar girdob edi:

"Nega u kelmadi? Nima bo‘ldi? Va... nega bu menga ta'sir qilayapti?"

DAHE – Kechki payt

Uzoq uxlab qolganimni bildim. Tongdagi uchrashuv ham, ota-onam bilan qisqa suhbat ham, bugungi ishim — hammasi bir-biriga aralashib ketdi.

Telefonimni tekshirdim. Yeonjun, ishxonadagi qizlar — hammasi yozgan. Ammo Jungkook... u hech narsa yozmagan. Shu jimligi bilan yuragimni battar siqib qo‘ydi.

Bir zumda ko‘z oldimga o‘sha Mina ko‘rinishi keldi. Yuragim yana siqildi.

Ko‘zlarim deraza tashqarisiga qadaldi. Shahar chiroqlari yaltiraydi, odamlar harakatda. Men esa bir joyda qotib qolganman.

"Ertaga... men kuchli bo‘lishim kerak. Bugun yo‘q bo‘lib qolganim yetarli. Yana o‘zimni ko‘rsataman..." — dedim o‘zimga.

Yostiqqa boshimni qo‘ydim. Faqat yelkamda og‘irlik bor. Yolg‘izlik. Ishonchsizlik. Ammo baribir umid... bor.

Ammo Tae shunchaki u.. mening sobiq yigitim ammo, u hali ham qalbimda bor edi, o'sha 1 oylik sirli munosabatlar va ajralish menga yomon ta'sir qildi, mana 1 yildan so'ng uni boshqa ammo menga yaqin qiz bilan ko'rdim, bilasizmi nima men xatto Minani ham ayblay olmayman u bundan bexabar.

...Men esa... bularni kechirib yuraveraman. O‘zimni baxtli ko‘rsataman.
Lekin yuragimdagi bo‘shliq – u haqiqiy. Soxta tabassumlar bilan to‘lgan kunlarim endi ortda qolishi kerak.

Men hozir yolg‘izman. Ammo bu — kuchsizlik emas. Bu – kuch to‘plash bosqichi.
Shunchaki, ertaga men o‘zim bo‘laman.

Derazamni ochdim. Tashqarida yengil shamol esyapti. Havo salqin, biroq bu meni o‘zimga keltirayotganday. Osmonga qarab, ohista pichirlab qo‘ydim:
“Endi hech kimga orqa qilmayman. Hatto hislarimga ham.”

Telefonimga bir qaradim — “Soat: 00:48”. Ish boshlanishigacha besh soat bor.
Ko‘zlarim ohangrabodek xiralashib borar ekan, ichimdan shunday deb uxlab qoldim:

“Yangi kun, yangi men...”


QUETO :
“Ba'zan eng og‘riqli haqiqatlar, eng kuchli insonni uyg‘otadi.”

Muallif> Eveille Seraphina Liora