December 11, 2024

-CORRECT-

O'sha vaqtlar oltinga teng edi

Busan 2003- yil qahraton qish Fasli, qor gupullab yog'ayapti, qahraton sovuq yo'llarda esa avtomobil soni juda ham kam.

Shahar markazida joylashgan shifoxonaga tez yordam mashinasida bir bemor shoshilinch olib kelindi.

-Hamshira tezlashing bemorning axvoli og'ir

Bosh shifokor hayliqqancha tug'ruq vaqti kelgan ayolni jarrohlik xonasiga olib kirib ketishdi.

Erkak jarrohlik xonasiga qaragancha
qoldi, ichida faqat shu " ikkisi ham yashasin" degan gaplar bilan havotirda edi.

Bunga sabab esa bola muddatidan oldin tug'ilishi mumkin edi va doktor ayolga bola ko'rish mumkin emasligini ko'p marotaba ta'kidlagan edi. Ammo Jeon xonim doktorning gaplariga qaramay bolani dunyoga keltirish uchun qat'iy turib olgan edi.

Oradan 4 soat o'tdi Janob Jeon jarrohlik bo'limidan chiqayotgan doktorlarni ko'rib, darrov sergak tortdi.

-doktor nima bo'ldi

Janob Jeon xavotirlangancha ularni oldiga yurayozdi

-juda ko'p qiynaldi biz ham ular ham ammo bari ortda qoldi hammasi yaxshi ayolingiz uhlayapti, qizingiz esa hamshiralar qaramog'ida

Erkak bu so'zlarini eshtib qanday baqirib yuborganini o'zi bilmay qoldi, u hozir hammadan ham baxtliroq edi, uning 3 yillik suyukli xotini 6 yillik va davom etayotgan quvonchi baxti hozir tirik va u nafas olayotgan edi, ikkinchisi ular orziqib ham qo'rquv bilan ham Sevinch bilan kutayotgani farzandlari bu yorug' dunyoni o'z ko'zlari bilan ko'ra oladi albatta, ularning baxtli va quvonchli hayotlari ana endi boshlanadi.

Shunday qayg'uli boshlanishidan so'ng oradan 7 yil o'tdi.

Bahor Fasli edi Busanning biroz chekka joyida kichik shaharcha bor edi ana shu yerda Kichik Jeon oilasi yashashar edi.

-ommoni bizni qavatga yangi qo'shnilar ko'chib kelishdi ularning kichik o'g'li ham bor ekan

Qiz o'yin maydonchasidan to uyga ha toxtamay onasiga shu gapni aytish uchun yugurdi

-Sumin sen buni Qayerdan bilding?

Onasi taomni kosalarga suzgancha qiziga gapirdi

-men ularni mashinada juda ko'p yuk bilan ko'rib qoldim va ular ko'chib kelashayotkanini tushundim

-ha Sumin barakalla sen juda ham ziyraksan

deya onasi uni erkalatib pompaloq yuzlaridan Opib qo'ydi

-qizalogim ertaga maktabga borishing kerak charchab qolmay, qani xonanga kirib darslaringni takrorlab tur men taom sovusa otang va seni chaqiraman.

-ommoni men sizga yordamlashsam bo'ladimi?

-voy qizim ulgayaptimi? mayli albatta men bundan juda hursand bolaman

ular kechki ovqat uchun taomlarni tayyorladi Sumin dasturxonga Yengil narsalarni qo'ysa, onasi taomlarni chiroyli qilib bezatar edi.

-qizim Yur yangi qo'shnilarga taom olib chiqamiz

-oo rostanmi? kettik

ular ikkinchi qavatdan uchinchi qavatga kotarilishdi

-ommoni ularni uyi qaysi?

-qizalogim men yam bilmayman, menimcha mana bu javob turgan uy

Ular o'sha eshikni taqilltishdi, eshikni esa boya Sumin ko'rgan bola ochdi

-Kim bu?

-salom bolakay biz pastki qavatdagi qoshningizmi, sizlarni ko'chib kelganingizni eshtib, taom olib chiqqan edi oyinga bormi?

-salom oyim hozir chaqiraman

Bolakay onasini chaqirib kelgach ayollar o'zlari gaplashib tanishishlari bolalar esa bir biriga qarab turardi

-salom men Suminman deya Sumin o'zi chaqqonlik bilan gap boshladi

-salom men Choi Yeonjunman Tanishkanimdan Hursandman

-men ham

ORADAN 2 KUN O'TDI

EP 1 FINISH

CHANNEL PANTERN FANFIC

#𝓙𝓮𝓸𝓷_𝓼𝓾𝓶𝓲𝓷 - ʏᴏᴜ ʜᴀᴠᴇ ᴇᴠᴇʀʏᴛʜɪɴɢ ᴇxᴘᴇᴄᴛ ᴛʜᴇ ᴏɴᴇs ʏᴏᴜ ᴅᴏɴ'ᴛ ʜᴀᴠᴇ !🎀🩰