-Taqdir istagan yo'l
Saroy devorlarida shivirlab aytilgan so‘zlar daryo suvidek tez tarqalayotgan edi. Oshxonadagi xizmatkor qizlardan biri, dag‘dag‘ali ko‘zlarini kattaroq ochgancha, qo‘lidagi laganni yerga tushirib yuboray dedi:
— Nimalar deyapsiz? Rostan ham… Malika Armin o‘z akasiga turmushga chiqayotganmikan?
Uning dugonasi unga yangilikni biroz oldin yetkazgan edi. U shunchaki eshitmagan, eshitganlarini hali-hali o‘z ongiga sig‘dira olmayotgandi.
— Ha-da, o‘z quloqlarim bilan eshitdim, — dedi boshqa xizmatkor, past ovozda. — Malika hali endigina 16 yoshda, ammo Shaxzoda Sunghoon 23da. Eng yomoni, ular akayu-singil, onalari boshqa bo‘lsa ham...
Malikaning xonasida esa sukut hukm surardi. Bu sukutni shunchaki jimlik deb atab bo‘lmasdi. Bu, yurakni tilayotgan savol va ko‘zga ko‘rinmas azobning og‘ir sukunati edi.
— Ona… Nimalar deyapsiz? — Arminning ovozi larzaga to‘ldi. — Nega aynan… akam?
Yoshgina malika g‘azab, hayrat va ko‘ngilning sindirilgan bo‘laklari ichida bo‘g‘ilayotgan edi. Uning xayolida hali to‘liq ochilmagan yoshlik gullari, orzulari, hali yozilmagan hayot sahifalari bor edi.
— Qizim… — Ikkinchi qirolicha, onasi sanaluvchi ayol, ko‘z yoshlarini yashirishga harakat qildi. — Majburmiz. Bu bizni surgundan qutqarib qoladi. Qirol bu qarorni bekor qilmaydi...
Arminning yuragi gup-gup urar, bu so‘zlar unga pichoqdan battar edi.
— Siz… siz ming qirolicha bo‘lsangiz ham, aslida onamsiz. Nega bunday bo‘ldi? Qarshilik qilolmadingizmi? Yoki sizga faqat manfaat kerakmi, a?
Arminning ovozi g‘azabli, ammo aslida o‘ksinib titrardi. U kutgan mehr, himoya bu ayoldan chiqmayotgandi.
— Bas qil! Haddingdan oshma, zero men seni onangman… Qirolichaman!
Qirolicha xonani tark etdi. Og‘ir eshikning yopilishi bilan Armin butunlay yolg‘iz qoldi. Bu eshik faqat xonani emas, yurakdagi barcha yo‘llarni ham yopgandek bo‘ldi.
Shaxzoda Sunghoon... U jim edi. Bu to‘y uning siyosiy kuchini mustahkamlardi. U uchun bu qadami kerak edi. Ammo Armin… bu to‘y uni parcha-parcha qilayotganini ko‘rib ham hech narsa deya olmadi.
Shu kunlardan so‘ng, ular bir-birining ko‘ziga qarashga yurak topa olmadilar. Aka-singil orasidagi har qanday mehrdan asar qolmadi. Har ikkisining ham ko‘nglida alam va sovuqlik ildiz otgan edi.
— Malikam, iltimos, o‘zingizni qo‘lga oling. Qirol bu harakatlaringizni ko‘rsa, oqibati og‘ir bo‘ladi…
Bu so‘zlarni Armin bilan tengdosh xizmatkor qiz, titrab aytardi. Ammo Arminning ko‘zlari qizargan, yuragi sinib ketgan, va uning bag‘rida to‘xtovsiz alangalanayotgan narsa — norozilik edi.
— Senga nima? Chiqib ket xonamdan! Sen kimsan menga nasihat qilishga! Yoqol!
U qo‘lidagi kichkina xanjarni eshik tomonga otib yubordi. Xanjar og‘ir gumburlab eshikka tegdi. Xizmatkor qo‘rqqancha ortga chekindi.
Ammo… Armin to‘xtamadi. Uning yuragidagi og‘riq tana orqali chiqardi. U xanjarni yana qo‘liga oldi. Yelka, bel, son, oyoq… har joyi qonga belandi. Har bir kesik — to‘yga, qirolga, hatto taqdirga bo‘lgan ichki norozilikning aks-sadosi edi.
Xizmatkor jim ketdi, ammo yuragi bukilgancha yugurdi. U bunday holatni indamay qoldira olmasdi.
— Shaxzoda! Malika Armin… u… u tanasini xanjar bilan shilmoqda!
Qizning ko‘zlarida yosh, ovozida titroq bor edi. Shaxzoda Sunghoon buni eshitib, titrab ketdi. Nafas olishi qiyinlashdi, yuragi g‘azab bilan to‘ldi. U tezlikda yugurdi. Arminning xonasi eshigini ochib, birdan yopdi. Ko‘rganlari yuragini tilib yubordi.
Yerda hushsiz holatda, butunlay yalang holda yotgan singlisi… Malika…
— Tez, choyshab bilan uni o‘ra! — deb baqirdi u xizmatkorga.
Xizmatkor uni orab bo‘lgan zahoti, Sunghoon Arminni qo‘liga oldi. Yuragidagi og‘riq kuchaygancha yugurdi. U shunchaki valiahd emasdi — u qattiq azob chekayotgan birodar edi.
— Tabib! Tabib! — u baqirdi. — Tezroq unga yordam bering!
Tabib ayol Arminni yotoqqa yotqizdi, malham surtishga tushdi. Sunghoon esa ularni yolg‘iz qoldirib chiqib ketdi, yuragida o‘zini aybdor sanab.
Armin asta ko‘zini ochdi. Atrofda notanish, oppoq xona. U o‘zini tabibxonada ekanini angladi. Yonida esa tanish bir qiz — xizmatkori.
— Malikam, ahvolingiz yaxshimi? Hech qayeringiz og‘rimayaptimi?
Armin og‘ir boshini ko‘tardi. Ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Yuragida savol qaynadi:
— Meni bu yerga kim olib keldi?
Bu so‘zlar Arminni hushyor torttirdi. Sochlari tikka bo‘lib, boshini yerga egdi:
— Nima?.. Yalang‘och holimdami?.. Sharmanda…
— Yo‘q, yo‘q! Men sizni choyshab bilan oradim. U kishi sizni shunday holatda ko‘rishni xohlagan emas…
Armin bir zum jim qoldi. Yuragidagi og‘riq o‘zgarayotgan edi. Endi u faqat g‘azab emas, balki noaniq, achchiq bir mehr, alamli bir ehtimol edi.
Saroy bugun ilgari hech ko‘rilmagan darajada fayzli, shovqinli va ulug‘vor edi. Me’moriy naqshlar yaltirab turar, devorlardagi oltin yoysimon bezaklar yorug‘likda ko‘zlarni qamashtirar, har bir burchakda mayin kuy yangrardi. Ayollar nafis atlas liboslarda, erkaklar esa tantanali shoh kiyimlarda birin-ketin zalga kirib kelar, har kimda bayramona kayfiyat bor edi.
Bugun... qirollikdagi eng muhim nikoh marosimi bo‘lib o‘tardi. Barchaning nigohi — malikaga.
U baland va hashamatli zinapoyalardan shivirlagan oydek sokin, ammo yuragi har zarbda sinayotgan ohangda pastga tushdi. U bugun nihoyatda go‘zal edi — o‘zining ham istamasdan go‘zal bo‘lib ko‘ringani unga o‘zgacha og‘riq bag‘ishlardi.
Uning tanasini nozik, uzun qiyofa bergan, oppoq va och moviy rangdagi hanfu kiyimi qoplagan edi. Libos yelka va bilaklardagi atlas cho‘zilmalar bilan orzu kabi hilpirardi. Bu kiyim u uchun emas, bu nikoh uchun tanlangan edi. Ammo baribir u o‘sha libosda malika edi — o‘z azobida, o‘z soxtaligida beqiyos chiroyli.
Sochlari esa yarim yoyilgan holatda, yelkasidan pastga oqib tushgan. Qorong‘u va to‘lin tundek jingalak sochlarining orasida oppoq kapalak shaklidagi to‘g‘nog‘ich yaltirardi — u go‘yo so‘nggi bor erkinlik ramzi edi. Sochlari orasidagi bu nafis bezak Arminning asl mohiyatini, o‘ziga bo‘lgan isyonini ko‘rsatardi.
Yuziga birozgina upa surtilgan — yonoqlari ohangli pushti, lablari xira qizil edi. Ko‘zlari esa... ularni hech bir qizil surma chiroyliroq qilolmasdi. Ularning ichida shunchalar to‘lib-toshgan tuyg‘ular bor ediki, har kim qarasa, ular ortida butun bir faryod yashiringanini anglardi.
Armin yurarkan, yuragi yurmayotganday tuyulardi. Atrofdagi har bir olqish, har bir tabassum, har bir nigoh unga begona edi. Bugun u chiroyli qobiqda, ammo ichida sinib ketgan ko‘ngil bilan to‘y tomon borardi. U go‘yo gulxanga uzatilayotgan ipakli pardaday — tashqarisi chiroyli, ichkarisi yonayotgan.
Ko‘pchilik u go‘zallikdan hushdan ketgudek bo‘ldi. “Malika bugun farishtadek ko‘rinadi” deyishdi. Ammo hech kim — hech kim — bu go‘zallik ortida qanday iztirob borligini anglay olmasdi.
U o‘zini ko‘zguda ko‘rganda “bu men emas” deb o‘yladi. Bu shunchaki Armin emas edi. Bu — qirolning farmoniga bo‘ysunayotgan, butun qalbi qarshilik qilsa ham jilmayish kerakligini bilgan bir qiz edi.
Nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu to‘y bo‘lardi. Armin bu holatni tushungan. U o‘zini ovutmoqchi bo‘lib, ichida shunday deb takrorlardi: “Men faqat siyosiy kelishuv uchun turmushga chiqyapman. U akam. Chegaralar bo‘ladi. Hech narsa o‘zgarmaydi.”
Ammo o‘sha kechagi voqea… U hushsiz bo‘lganida Sunghoon uni ko‘targancha tabib qoshiga olib borgandi. O‘sha paytda, Shaxzoda Arminning yuziga qaradi. U avval hech bunday qaramagandi. Uning nigohida hayrat aralash hissiyot bor edi. Balki ilgari shunchaki singlisi sifatida ko‘rgan qiz bugun boshqacha ko‘ringandir. Sunghoon uchun hammasi o‘zgarib borayotgandek edi.
To‘y kuni saroyda hamma bayramga tayyor edi. Ayollar chiroyli liboslarda, erkaklar tantanali kiyimlarda. Musiqa yangraydi, hushbo‘y hidlar havoda. Armin ham ko‘pchilik kabi go‘zal edi, lekin yuragida og‘riq bor edi. Oq va och moviy rangli hanfu kiyimida, sochlari yengil yoyilgan, kapalak shaklidagi to‘g‘nog‘ich bilan bezatilgan. Yuziga ozgina upa surtishgan, ammo u tabiatan ham juda chiroyli edi.
U Sunghoon yoniga bordi. Shaxzoda odatdagidek jiddiy edi. Ammo ichida nima bo‘layotganini hech kim bilmasdi.
Marosim an’anaga ko‘ra boshlandi. Avval duo, so‘ng uzuklar taqildi. Sunghoon Arminning barmog‘iga uzuk taqqanda, qiz biroz titradi. Armin ham unga uzuk taqdi. Shunda ularning ko‘zlari bir-biriga tushdi.
Ular uzoq qarab turishdi. Atrofdagi hamma narsa jim bo‘lib qolgandek. Hech kim hech nima demadi. Ammo Armin noqulay bo‘lib, ko‘zlarini olib qochdi. Yuragi g‘ash edi. Bu qarashlar unga yoqmasdi.
Va nihoyat, saroy vakili baland ovozda e’lon qildi:
— Malika Armin Valiahd Shaxzoda Sunghoonning qonuniy rafiqasi deb e’lon qilinadi!
Zalda qarsaklar yangradi. Barchaning yuzida tabassum. Ammo Armin va Sunghoon… ich-ichidan jim edi. Ular bu nikohni xohlamagan edi. Ammo bu — ularning taqdiri bo‘lib qolgandi.
voqeani bunday bo'ladi deb o'ylamagandi. Armin ham, Sunghoon ham nima qilishni bilmasdi — axir ular oddiy yigit va qiz kabi erkin munosabatda bo‘la olishmaydi. Keyinchalik agar farzand bo‘lmasa, buni qanday tushuntirishadi?
To‘y marosimi tugadi, mehmonlar tarqaldi. Kelin va kuyov esa allaqachon o‘z xonalariga ketishgandi.
Yotoqxonada, katta to‘shakning ikki chetida Armin va Sunghoon jim o‘tirishardi. Hech kim hech nima demasdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, nihoyat Sunghoon gap boshladi:
— Men divanda yotaman, sen yotoqda uxla, — dedi u sal asabiyroq ohangda. O‘rnidan turib, divan tomon yurdi va o‘ziga yostiq bilan choyshab olib joylashdi.
— Noqulay emasmi? — so‘radi Armin. Rostdan ham bu holat unga noqulay tuyuldi. Endi ular orasida ilgari bo‘lgani kabi hazil, erkin suhbatlar bo‘lmaydi. Bunday sovuqlikni hech kim kutmagandi.
— Yo‘q, iltimos, uxla. Hamma narsani ertaga gaplashamiz, — dedi Sunghoon. U hozir hech narsa haqida gaplashgisi kelmasdi, ammo Arminga nisbatan muloyimroq bo‘lishga ham kuchi yetmadi.
Erta tong otdi. Bahorning yoqimli nafasi esib, sakura gullari g‘unchalay boshlagan edi. Saroyda kun allaqachon boshlangan, tayyorgarliklar davom etayotgan edi. Yaqinda Malika Armin — aniqrog‘i, Valiahd shahzodaning rafiqasining tug‘ilgan kuni. Sana — 16-mart.
Armin va onasi bir oydan beri asosiy saroyda yashayapti. Ular ilgari eski saroyda edi, sababi Arminning onasi bir paytlar birinchi qirolichaning homilasini ataylab tushirishga sabab bo‘lgan. Qirol buni bilgach, ularni oilasi bilan surgun qilgan edi. Oradan sakkiz yil o‘tib, ular saroyga qaytishdi. Bu qaytishning sababi esa — to‘y edi.
Oradan ikki kun o'tdi. Bahorning iliq nafasi saroy bog‘larini to‘ldirib, havoda yengil sakura ifori suzib yurardi. Ammo Malika Armin uchun bu ikki kun og‘ir, chalkash va sukutga to‘la edi. Saroydagi hayot unchalik o‘zgarmagan bo‘lsa-da, Arminning ichki dunyosi butunlay siljib ketgandi.
U xonasida uyg‘onganida Sunghoon allaqachon ketgan edi. Bu hol har doimgidek edi—ular bir xona bo‘lishsa-da, bir dunyo uzoqlikda yashayotgandek edi. Armin yotoqda bir oz sukutda yotdi. To‘y kechasidan beri ular deyarli gaplashmagan, hatto ko‘zga-ko‘z ham kelishmagan.
Qiz yotoqdan turdi. Uzoq oynaga yaqinlashib, o‘z aksiga tikildi. Ko‘zlarida uyg‘onmagan savollar, ichida esa tugalmas gumonlar. “U menga nafratlanadimi? Yoki shunchaki... chalkashib ketdimi
"
Armin lablarini mahkam tishlab, nigohini derazadan tashqariga burdi. Ko‘m-ko‘k osmon, ochilgan gullar, va beg‘am qushlar hayotni davom ettirardi, ammo u qalbidagi muzlik hali erimagandi.
Deraza yonida turgan holatda, u yelkasiga tushib turgan ipak libosining bog‘ichini ko‘rsatmasdan tartibga soldi. Uning ichki iztiroblari tashqaridan sezilmasdi, biroq yuragi og‘ir bo‘lib urardi. To‘y—go‘yoki baxt eshigidek tuyulgani—endi g‘ira-shira xotira edi. U hech qachon bu hayotga tayyor bo‘lmagan.
Birdan eshik sekin ochildi. Ichkariga xizmatkor qiz kirdi. Yengil ta’zim qilgancha, ohangdor tovushda gap boshladi:
— Malika hazratlari, qirolicha sizni bugun tong saharda bog‘dagi choy marosimiga taklif qildilar.
Armin sekin bosh irg‘ab, chuqur nafas oldi.
— Tayyorlanaman. Hozir emas, birozdan keyin chiqaman.
Xizmatkor bosh egib chiqib ketdi. Armin esa derazadan bir qarashda shunchalik beg‘ubor ko‘ringan manzaraga yana bir bor qaradi. So‘ngra yuragini siqib kelayotgan og‘irlikni bosishga harakat qilib, libosini almashtirish uchun harakatga tushdi.
U hozir duch keladigan har bir kishi — har bir so‘z, har bir nigoh — unga qarshi sinovdek tuyulardi. Ayniqsa, Sunghoon bilan qayta yuzma-yuz kelish… Qanchalik qiyin bo‘lishidan qat’i nazar, saroydagi hayotni davom ettirishga majbur edi.
Qiz oynaga oxirgi marta qarab, ichida shunday dedi:
"Men Arminman. Malikaman. Saroydagi har bir ko‘z mening zaifligimni izlayapti. Men zaif ko‘rinmasligim kerak."
So‘ng eshikni ochdi va sokin, lekin qat’iyatli qadamlar bilan tashqariga chiqdi. Saroy bog‘idagi choy marosimi uni kutmoqda edi… va balki Sunghoon ham.
Oradan bir oy o'tdi. Bahor to‘la gullagan, saroy bog‘lari rang-barang lola va sakura barglari bilan bezanib ketgandi. Har tong qushlar sayrashi bilan uyg‘onish — Armin uchun endi odatga aylangandi. U saroy hayotiga asta-sekin ko‘nikayotgan, ammo yuragidagi g‘ira-shira tuyg‘ular hali ham to‘liq tiniqlik topmagan edi.
Sunghoon bilan o‘rtalaridagi muzdek sukut asta-asta eriy boshlagandi. Ular hali ham ko‘p gaplashishmasdi, biroq harakatlarida bir oz iliqlik, ko‘z qarashlarida esa ehtiyotkor yumshoqlik paydo bo‘lgandi. Bir kuni tongda Armin qayergadir ketmoqchi bo‘lib, sochini tushirib, oddiy, ammo nafis libos kiygan edi. Aynan o‘sha kuni Sunghoon uni kuzatib turdi va uzoqdan mayin ohangda:
— Bugun... chiroylisiz, — dedi.
Bu so‘zlar Arminni hayratga soldi. U bir zum jim bo‘ldi, yuragi asta urib, yuzlari qizargancha:
— Rahmat, Shaxzoda... — deb javob berdi.
Ularning o‘rtasida haligacha aniq sevgi izhori bo‘lmagan, biroq bu kichik, beg‘ubor e’tibor — yuraklardagi sovuqlikni iliqlik bilan almashtirayotgan edi. Endi ular bir-biriga begona emas, lekin hali bir-birining yuragini ochib o‘qimagan ikki qalb edilar. Va balki, bu qalblar asta-sekin bir-birini his eta boshlayotgandir...